
Xabardor | Lifestyle
Isroilda zaharli ozuqa fosh bo‘ldi.
Voqea Quddus shahridagi supermarketlardan bo‘lgan. Bir nechta go‘dak do‘kondan sotib olingan ’Prinok’ markali mevali pyureni yegach, to‘satdan hushini yo‘qotgan va zudlik bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Shifokorlar bolalar qonidan kuchli tinchlantiruvchi dorilar — klonazepam va lorazepam moddalarini topishgan va politsiya darhol qidiruv boshlagan.
Jinoyatchi — 41 yoshli Yan Shemla bo‘lib chiqdi. U do‘kon javonlaridan bolalar pyurelarini o‘g‘irlab, uyiga olib ketgan. Uyda shpris yordamida pyurelar ichiga dori aralashmasini yuborgan. So‘ngra hech narsa bo‘lmagandek, ularni yana qaytarib do‘kon javonlariga qo‘yib ketgan.
Yuzlab soatlik videolarni ko‘rib chiqqan politsiya jinoyatchini o‘z uyida hibsga olgan. Hozirda tergov davom etmoqda. Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi esa ota-onalarni bolalar ozuqasini sotib olayotganda qadog‘i shikastlanmaganiga e’tibor berishga chaqirmoqda
.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Mashhur turk aktyori Serhat Mustafa Qilich vafot etdi.
Kino yulduzi Istanbulning Kag'ihane tumanidagi uyida o'lik holda topilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga ko'ra aktyorning qiz do'sti bir necha kundan buyon undan xaabar bo'lmaganligi uchun uyiga borgan va uni mehmonxonadagi divanda haraksiz holatda topgan.
Dastlabki ko'rikda ko'z atrofi, qo'l va oyoqlarida ko'karishlar borligi qayd etilgan. Biroq uning tanasida kesilgan jarohatlar, shuningdek, ochiq kaltaklanish izlari aniqlanmagani bildirilgan.
Hozircha o'lim sabablari ma'lum emas.
Aktyor o'zbek kino tomoshabinlariga "Hukmdor Usmon" hamda "Qasamyod" serialidagi ro'llari orqali tanish bo'lgan.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Lola 41 yoshda
Oʻzbek estradasining eng yorqin yulduzlaridan biri latofatli Lola bugun tugʻilgan kunini nishonlamoqda. 1985-yilning 4-sentyabrida tug'ilgan xonanda bugun 41 yoshni qarshiladi.
U nafaqat xonanda, balki o'z davrining eng kassabop filmlarida bosh rollarni ijro etgan professional aktrisa hamdir.
Sahnada yulduz, hayotda esa samimiy ona, kuchli ayol va chinakam san'atkor Lola Yo'ldoshevani jamoamiz nomidan tabriklab qolamiz. Baxt va quvonch doimiy hamrohingiz bo'lsin!
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
iPhone 18 qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Yangi iPhone 18 Pro modellari dunyodagi eng kuchli 2-nanometrli chip va 12 Gigabayt tezkor xotira bilan jihozlanadi. Kameralar esa tunda xuddi professional fotoapparatdek rasmga oladi.
Insayderlar va soʻnggi sizdirilgan maʼlumotlarga koʻra, iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellari asosan uchta yoki toʻrtta yangi va oʻziga xos ranglarda taqdim etilishi kutilmoqda.
Dark Cherry ya'ni toʻq olcha rang: Mazkur avlodning eng asosiy, eksklyuziv rangi boʻladi.
Och havorang: Pro liniyasi uchun noodatiy boʻlgan, yorqin va havodor yangicha koʻrinishdagi rang.
Oʻtgan yilgi modellarda qora rang boʻlmagani sababli, Apple foydalanuvchilar talabiga binoan klassik toʻq tusni qaytarmoqda. Baʼzi manbalarda anʼanaviy kumushrang ham saqlanib qolinishi aytilgan boʻlsa-da, soʻnggi ishlab chiqarish maʼlumotlari ushbu rang yakuniy roʻyxatdan tushib qolishi mumkinligini koʻrsatmoqda.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Nogironlik ma'lumotnomasi uchun 300 dollar talab qilindi.
Aktyor Musulmon Yunusov nogironligi bo'lgan qizi hamda unga qarab kelayotgan turmush o'rtog'i uchun nogironlik holatini tasdiqlovchi ma'lumotnoma olish jarayonida korrupsiyaviy holatga duch kelganini ma'lum qilib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o'rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga video murojaat yo'lladi.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Maktab xotiralari...
Sizning davringizda maktab formalari va sharoitlari qanday bo'lgan. Sizga ham imkon berilsa, yana qaytadan maktabda o'qigan bo'larmidingiz?
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
"Primadonna" konsertga kelmadi.
Dreampark xodimlari o'tgan yili ham shunday holat bo'lganini va o'sha vaqtning o'zida Yulduz Usmonovaning o'rniga Ozodbek Nazarbekobni chaqirib muammoni bartaraf etishganini, bu yil ham xuddi shu holat yuz berganini aytishdi. Konsertga kelgan muxlislar ham videolar izohlarida 4 soatlab tik oyoqda turib kutgani va san'atkor kelmaganidan norozi ekanligini aytishgan.
Tashkilotchilar esa yig'ilgan muxlislarni xursand qilish va konsertni o'tkazish uchun xonanda Ziyodani chaqirishgan hamda noto'g'ri qilingan tanlovi uchun muxlislardan uzr so'rab video murojaat qilib chiqishgan.
Xo'sh, sizningcha bu holatda kimning uzr so'ragani to'g'ri tanlov? Odamlarga xursandchilik ulashmoqchi bo'lgan tashkilotchilarmi yoki ishiga ma'suliyatsizlik qilgan adminstrator yoki san'atkormi? Fikringizni izohlarda qoldiring.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Futbol afsonalaridan bir bo'lgan Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatiga nuqta qo'ydi. 8 karra "Oltin to'p" sohibi 20 yillik faoliyatidan so'ng terma jamoa bilan xayrlashdi.
Messi jamoadagi faoliyatini yakunlash haqidagi rasmiy bayonotida bu qarori haqida Jahon chempionatidan 2 kun o'tib ko'p o'ylay boshlaganini, bayonotdagi xayrlashuv gaplarini ham 21-iyulda yozganini hamda otasining vafotidan song bu qaroriga avvalgidan ham ko'proq ishonch hosil qilganini yozgan.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Messi poker qayd etdi.
Amerika chempionatida to'p surayotgan Lionel Messi poker qayd etdi. "Inter Mayami" ning 39 yoshli futbolchisi "Monreal" darvozasiga 4 ta gol urdi, ularning 2 tasi jarima zarbasidan.
30-avgust kuni Messining jamoasi umumiy 7:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu MLSdagi ketma-ket 4 oʼyindan buyon gʼalaba qozona olmayotgan "Inter Mayami" uchun ham oʼz tarixidagi eng yirik gʼalaba boʼldi.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube
Shou-biznesda yana bir kutilmagan to‘y!
Aktyor va bloger Shaxriyor Xolmurodov uylandi. To‘y marosimi juda fayzli va chiroyli o‘tgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarni portlatmoqda. Muxlislar Shaxriyorning ushbu kutilmagan, ammo quvonchli yangiligini katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Biz ham ijodiy jamoamiz nomidan yangi qurilgan oilaga mustahkam baxt va totuvlik tilaymiz. Ularning muhabbati ham huddi chiroyli kinolardek abadiy bo'lsin.
Instagram
|
Facebook
|
Telegram
|
YouTube