Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xalq ta’limi Info

xalqtaliminfo
Ambassador of @profiuniversity O‘zbekiston va jahon ta’limidagi dolzarb mavzularni muhokama qilamiz. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Biz haqimizda: https://xalqtaliminfo.uz/about-us Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004
Подписчики
81 805
24 часа
-81
30 дней
-963
Просмотры
12 985
ER
15,87%
Посты (30д)
83
Символов в посте
950
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 04:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Bugungi kunda O‘zbekiston oliygohlarida 50 dan ortiq davlatlardan kelgan 24 647 nafar xorijiy talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning 13 060 nafari (53 foizi)ni Hindiston fuqarolari tashkil qiladi.
Bu oddiy raqamlar emas. Minglab xorijiy talabalar O‘zbekistonda bir necha yil davomida, yashaydi, kontrakt to‘laydi, ovqatlanadi, transport va boshqa xizmatlardan foydalanadi. Demak, ularning mamlakatga kelishi iqtisodiy jihatdan ham muhim.
Ammo, ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Agar hindistonlik talabalarni O‘zbekiston oliygohlariga qabul qilishga qo‘yilayotgan cheklovlar o‘z tasdig‘ini topsa, bu qaror O‘zbekiston uchun yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi aniq. Bunday cheklovlar O‘zbekiston uchun ham iqtisodiy, ham xalqaro imij tomonlama salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1733
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 10, 10:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Sõragan_edingiz
Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Savol
MMTV Vazir jamg‘armasi ustamasi tanlovining 1 va 2-bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hududiy kvota bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxatiga kirdim.
Ushbu o‘quv yilidan boshlab ish joyimni MMTV huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabga ko‘chirmoqdaman.
Savolim shuki, Agentlik maktabiga (MMTV tizimi ichida) o‘tsam, ustama olish huquqim saqlanib qoladimi? MMTV va Agentlik o‘rtasida ishga o‘tish jarayonida ustamam bekor bo‘lib ketmasligi uchun hozir aynan qanday qadamlarni tashlashim kerak?
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1704
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 10, 07:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Bugun, 10-sentyabr kuni Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritishga oid qonunni ma’qulladi. Hujjatga asosan, alifboning 26 harf, uchta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Maktab darsliklarini esa 2027−2031-yillarda yangilangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Senatning 19-yalpi majlisida senatorlarning savollariga javob berayotib ma’lum qilgan.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1732
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 09, 14:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Germaniyada o'qituvchining bir kuni qanday o'tadi?
Ayni vaqtda Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan
Behruz Bozorov
"Tanaffus"
podkastining 38-sonida Germaniyada o'qituvchilarning bir kuni qanday o'tishi haqida qisqacha so'zlab berdi.
Xo'sh, sizning kuningiz-chi, qanday o'tadi? Izohlarda yozib qoldiring.
📝
Izoh yozish
▶️
To'liq video —
https://youtu.be/jDnnBAxWpBI
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 09, 13:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Milliy sertifikat natijangiz bormi?
Profi University'ga hujjat topshiring!
Profi University sizga ajoyib imkoniyat taqdim etadi — Milliy sertifikat natijalaringiz bilan oʻqishga qabul qilinasiz!
👉
Hoziroq roʻyxatdan oʻting va kelajagingizni bugundan boshlang!
profiuniversity.uz
📄
Litsenziya
(№ 676806, 10.11.2022-y.)
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 09, 10:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Sõragan_edingiz
1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?
Savol
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini kim o‘qitishga haqli? Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisimi yoki jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisimi? Maktabimizda boshlang‘ich sinflardagi jismoniy tarbiya darslari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yildi.
Tuman bo‘limi rahbari maktab direktoriga ushbu dars soatlarini jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga berish kerakligini aytgan. Biroq, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining diplom ilovasida boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya fanini o‘qitish metodikasi ko‘rsatilmagan.
Maktabimizda jismoniy tarbiya fanidan 4 nafar o‘qituvchi bor: 2 nafari oliy malaka toifasiga, 1 nafari II malaka toifasiga ega, yana 1 nafari yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida 1 nafari oliy, 9 nafari I malaka toifasiga ega. Ularning 2 nafarining diplomida “sport-tarbiyaviy ish” yo‘nalishi mavjud emas, qolgan 7 nafarida esa ushbu yo‘nalish mavjud.
Shuningdek, 4 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi II malaka toifasiga ega bo‘lib, ulardan 3 nafarining diplomida “sport-tarbiyaviy ish” yo‘nalishi bor, 1 nafarining diplomida esa bu yo‘nalish mavjud emas.
Yana 1 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mutaxassis bo‘lib, uning diplomida “sport-tarbiyaviy ish” yo‘nalishi mavjud. Shunday vaziyatda boshlang‘ich sinflardagi jismoniy tarbiya dars soatlari qaysi o‘qituvchilarga berilishi kerak?
Javob

https://xalqtaliminfo.uz/post/1731
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 09, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi, buning uchun qanday transport vositalaridan foydalanayotgani hamda maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjud yoki mavjud emasligi holati o‘rganilmoqda.
Mazkur so‘rovnoma poytaxtda maktab avtobuslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganish, ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda zaruratdan kelib chiqib ushbu tizimni joriy etish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1730
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 08, 12:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqotidagi natijalari e’lon qilindi
PISA 2025 tadqiqotida o‘zbekistonlik o‘quvchilar
438 ball
to‘plab,
91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni
egalladi. O‘zbekistonning tabiiy fanlar bo‘yicha o‘rtacha natijasi
438 ballni
tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich OECD mamlakatlari o‘rtacha natijasi —
482 balldan 44 ball
past.
Biroq, O‘zbekistonning matematika va o‘qish bo‘yicha ma’lumotlarida nomuvofiqliklar aniqlangani sababli OECD ushbu ikki yo‘nalish bo‘yicha natijalarni e’lon qilmadi.
Shu sababli, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning PISA-2025 hisobotida PISA 2025 natijalariga asoslanib, o‘zbekistonlik o‘quvchilarining barcha fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari haqida to‘liq xulosa chiqarib bo‘lmasligi qayd etilgan.
Batafsil

https://xalqtaliminfo.uz/post/1729
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 08, 07:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Birozdan so'ng O'zbekistonning PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi
Bugun Toshkent vaqti bilan
soat 12:30 da
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan
PISA 2025
xalqaro tadqiqoti natijalari rasman
e’lon qilinadi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning
PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari
keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi PISA 2025 natijalarini sun’iy oshirishga urinishda
ayblangandi.
Bu ayblovlar PISA 2025 tadqiqotida barcha prezident maktablarining ishtiroki bilan
bog'langandi.
Ma'lumot uchun:
PISA 2022 tadqiqotida O'zbekiston past natijani qayd etib,
81 ta davlat
orasida O'zbekiston
72-o'rinni egallagandi
. Bunda O'zbekiston
o'qish savodxonligi
bo'yicha
81 ta
mamlakat orasida
80-o'rinni
,
tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha
ham
80-o'rinni
egallagandi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube

September 08, 05:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Sõragan_edingiz
Dars taqsimotida TKT sertifikati qanday ustunlik beradimi?
Savol
Maktabimizda ingliz tili fanidan ikki nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Dars soatlarini taqsimlashda har yili muammolar yuzaga kelmoqda. Hamkasbim yaqinda homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan ishga qaytdi.
Hozir uning farzandi 6 oylik. U I malaka toifasiga ega. Unda B2 darajadagi sertifikat bo‘lgan, biroq uning amal qilish muddati tugagan. Shuningdek, unda TKT bo‘yicha C1 sertifikati mavjud.
Men esa II malaka toifasiga ega bo‘lib, amaldagi B2 darajadagi sertifikatga egaman. Maktabimizda ingliz tili fidan jami 29,5 soat dars mavjud. Shu dars soatlari biz ikki o‘qituvchi o‘rtasida qanday tartibda va qancha miqdorda taqsimlanishi kerak?
Bu yil metod birlashma tomonidan hamkasbimga 18 soat, menga esa 11,5 soat dars ajratildi. Biroq hamkasbim mening 1,5 soat darsimni ham o‘ziga olib qo‘yishni talab qilmoqda.
Avvalgi yillarda ham dars taqsimotida uning turli yutuqlari va ko‘rsatkichlari hisobga olinib, unga ko‘proq dars soati berilgan. Uning diplomidagi mutaxassisligi esa tarjimonlik bilan bog‘liq. Men esa ingliz tili fani bo‘yicha tegishli mutaxassislikka egaman. Bundan tashqari, men ham malaka toifasi va sertifikatga ega bo‘ldim.
Shu sababli, dars soatlarini taqsimlashda qaysi o‘qituvchiga ustuvorlik berilishi, mavjud 29,5 soat qanday taqsimlanishi va hamkasbimning mening 1,5 soat darsimni o‘ziga talab qilishi qanchalik asosli ekanini tushuntirib berishingizni so‘rayman. Ushbu masalani qonunchilik asosida hal etishda yordam berishingizni so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Javob

https://xalqtaliminfo.uz/post/1724
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni
@xalqtaliminfo
'da kuzatib boring.
Telegram
l
Instagram
l
YouTube