
X-Faktor O'zbekiston
🔥
Kastingning so‘nggi kuni! Orzular, hayajon va hal qiluvchi lahzalar!
🎤
X-Faktor O‘zbekiston sahnasida yana yangi ovozlar jaranglaydi!
✨
Ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etish, hakamlarni hayratda qoldirish va katta sahnaga bir qadam yaqinlashish uchun so‘nggi imkoniyatdan foydalanishadi.
🎯
Kim o‘zidagi X-Faktorni isbotlay oladi? Kimning chiqishi unutilmas taassurot qoldiradi?
Buni o‘tkazib yubormang!
👀
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🎤
Tojikistondan X-Faktor O‘zbekiston
shousining
katta sahnasi sari!
✨
🇹🇯
Firuz Akramovning orzusi — katta sahnaga chiqish va san’at olamida o‘z o‘rnini topish. Shu maqsad bilan u Tojikistondan X-Faktor O‘zbekiston sahnasiga keldi!
Firuz «Savvato» qo‘shig‘ini chiroyli ijro etib, hakamlar e’tiborini qozondi.
🎶
Uning niyati esa aniq: san’at sohasida oldinga siljish va oz bo‘lsa-da, o‘z muxlislarini topish.
Har bir katta orzu birinchi qadamdan boshlanadi. Balki Firuz uchun bu qadam aynan X-Faktor sahnasidir!
🌟
Siz unga orzulari sari yo‘lida qanday tilak bildirasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
👇
❤️
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Yangi sonni ko‘ra olmagan bo‘lsangiz, Shanba kuni soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
SAMARQANDLIK YURTDOSHIMIZ KATTA SAHNADA!
💚
«Kichik natijalarni ko‘zlama, katta maqsadlar sari intil!» — otasining shu nasihati Akram Xotamovni X-Faktor O‘zbekiston sahnasiga yetakladi.
Bugun samarqandlik Akram katta orzulari sari qadam tashlamoqda. Uning bu yo‘lidagi hayajonli lahzalarga siz ham guvoh bo‘ling!
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida.
🎶
Bir ijro — va hakamlar retro olamida!
✨
Ra’noxon Hojiyeva X-Faktor sahnasida «Sene de qalmaz» qo‘shig‘ini shu qadar chiroyli ijro etdiki, hakamlarni bir zumda retro kuylar olamiga olib ketdi!
🎤
💫
Ba’zi qo‘shiqlar shunchaki tinglanmaydi — ular o‘z davrini, xotiralarni va unutilmas tuyg‘ularni qayta jonlantiradi.
❤️
Ra’noxonning ijrosi sizda qanday taassurot qoldirdi? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring!
👇
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Yangi sonni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, Shanba soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
🎤
U uchun qo‘shiq aytish — oddiy mashg‘ulot emas!
Umidjon Salimov oshxonada oshpaz bo‘lib ishlaydi. Ammo uning hayotida qo‘shiqlarning ham alohida o‘rni bor.
🎶
Uning aytishicha, har kuni 7–8 ta qo‘shiq kuylamasa, yelkasida og‘riq paydo bo‘ladi. Chunki qo‘shiq — uning tanasida oqayotgan qon kabi!
❤️🔥
Umidjon
@xfactoruz
sahnasida «Sartarosh Ali» qo‘shig‘i bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
😄
Sizningcha, qo‘shiq inson hayotining ajralmas qismiga aylanishi mumkinmi?
💬
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Yangi sonni ko‘rishga ulgurmadingizmi, unday bo‘lsa, Shanba kuni soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
🎷
🔥
Saksafon uning qo‘lida, musiqa esa qalbida!
Qozog‘istonning Oqto‘ba shahridan kelgan Dilnaz Amangeldiyeva
@xfactoruz
sahnasida haqiqiy hayratga sabab bo‘ldi!
🇰🇿
🎤
U saksafon chalib, «It's A Man's Man's Man's World» qo‘shig‘ini kuylab barchani lol qoldirdi. Hakamlar esa shokda!
😱
✨
Dilnazning o‘zi aytganidek:
«Har safar sahnaga chiqib, saksafon chalishni boshlaganimda, bu soz xuddi men uchun yaratilgandek tuyuladi».
Nima deb o'ylaysiz, bunday sehrli ijroning siri nimada — Dilnazning ovozidami yoki saksafonda?
👇
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Yangi sonni ko‘ra olmagan bo‘lsangiz, Shanba soat 17:00 da tomosha qiling.
🎤
Farg‘onadan
@xfactoruz
sahnasiga!
🔥
Farg‘ona zaminida shakllangan
Jasur Fayz guruhi
bugun X-Faktor O‘zbekiston sahnasida! Tashkil topganiga atigi ikki yil bo‘lgan jamoa «Xasta bo‘lma» qo‘shig‘ini ajoyib ijro etib, o‘z ovozi va iste’dodini katta sahnada namoyon qildi.
🎶
✨
Ikki yillik jamoa, katta sahna va ulkan maqsadlar! Sizda Jasur Fayz guruhining chiqishi qanday taassurot qoldirdi?
💬
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har Yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Asosiy sonni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, Shanba soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
🕺
🔥
Maykl Jeksondan boshlangan orzu X-Faktor sahnasida!
Shohjahon To‘raboyevning san’atga bo‘lgan qiziqishi maktab davridayoq boshlangan. U o‘sha paytlarda Maykl Jeksonning harakatlarini takrorlab, qo‘shiqlarini kuylab yurgan. Bugun esa o‘zini X-Faktor sahnasida sinab ko‘rmoqda!
🎤
Shohjahon «Billie Jean» qo‘shig‘ini raqs va jonli energiya bilan ijro etib, hakamlarga ham manzur bo‘ldi.
⚡️
Kim biladi, balki bir paytlar maktabda boshlangan bu qiziqish uni katta sahnalarga yetaklar?
✨
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Asosiy sonni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, shanba soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
🎤
Abdulloh Sagdullayev — «Alamim bor»
X-Faktor sahnasida har bir ishtirokchining o‘z hikoyasi, o‘z tanlovi bor. Bu safar Abdulloh Sagdullayev «Alamim bor» qo‘shig‘i bilan sahnaga chiqdi.
🎶
Uning chiqishi haqida siz qanday fikrdasiz? Fikringizni izohlarda biz bilan bo‘lishing!
👇
💬
📺
X-Faktor O‘zbekiston — har yakshanba soat 19:00 da FTV telekanalida!
🔁
Asosiy sonni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, shanba soat 17:00 da takroriy efirni tomosha qiling.
🔥
Biz efirdamiz!
Bugun soat 19:00 da FTV telekanalida —
X-Faktor O‘zbekiston!
🎤
✨
Iste’dodlar, hayajon va unutilmas chiqishlar sizni kutmoqda!
❤️🔥
📺
FTV telekanalini tomosha qiling!