
Xalqaro Nordik universiteti dekanati
10 Years of MRC: Children’s Rights and Safe Migration
Migratsiya haqida ko‘p eshitamiz, lekin uning xavflari va imkoniyatlari haqida qanchalik xabardormiz?
Agar siz:
✅
Chet elda o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz;
✅
Firibgarlik va soxta ish takliflaridan qanday himoyalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz;
✅
Faol va maqsadli yoshlar bilan tanishib, networking qilishni xohlasangiz —
Unda sizni “10 Years of MRC: Children’s Rights and Safe Migration” mavzusidagi forumga taklif qilamiz!
📅
Sana: 18.06.2026
🕤
Vaqt: 09:30 – 13:00
📍
Manzil: Nordic International University
Tadbir davomida:
🎯
Interaktiv o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar
🎯
Mutaxassislar bilan ochiq muloqot
🎯
Real migratsiya holatlari tahlili
🎯
Savol-javob va qiziqarli muhokamalar
🎯
Faol yoshlar bilan yangi tanishuvlar
🏆
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi!
📌
Ishtirok bepul, joylar soni cheklangan.
#SafeMigration
#MRC
#Youth
#Networking
#Certificate
#Tashkent
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi ilk uchrashuvini birgalikda tomosha qilamiz!
Barchangizni
O‘zbekiston — Kolumbiya
uchrashuvini katta ekranlarda tomosha qilish uchun Xalqaro Nordik universitetiga taklif etamiz.
📅
18-iyun
🕖
Soat 07:00
📍
Xalqaro Nordik universiteti (307-aud)
Keling, tarixiy o‘yinda terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik va futbol bayramini birga his qilaylik!
🇺🇿
Olg‘a, Oq bo'rilar! Olg‘a, O‘zbekiston!
🌟
Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!
⚡️
Universitet hayotini yanada mazmunli qilgan yoshlarimiz yutuqlari haqida
batafsil
👉
saytimizda...
🌐
Web-site
#kitobxonlar_klubi
#besh_tashabbus
📖
Muhokama markazida — "Ular o‘nta edi"
“Soʻzlovchi sahifa”
kitobxonlar klubining navbatdagi uchrashuvi
Agata Kristi
ning mashhur
“Ular oʻnta edi”
asari muhokamasiga bagʻishlandi.
Talabalar asardagi sirli voqealar, qahramonlar xarakteri va muallif yaratgan keskin psixologik muhit yuzasidan fikr almashdilar. Qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblar va interaktiv topshiriqlar detektiv janrning oʻziga xos jihatlarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Asarning kutilmagan yakuni, adolat va javobgarlik haqidagi gʻoyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
@xnu_dekanati
#talabalar_klubi
#munozara
🎙️
Naqd pul yo‘qoladimi? Kelajak moliyasi qanday bo‘ladi?
Munozara klubining navbatdagi uchrashuvi aynan shu dolzarb savollar atrofida qizg‘in bahslar bilan o‘tdi.
Talabalar zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va iqtisodiy samaradorlik masalalarini faol muhokama qilib, o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar.
⚖️
“TASDIQ”
va
“INKOR”
jamoalari mavzuga turlicha yondashib, hayotiy misollar, xalqaro tajriba hamda mantiqiy tahlillar orqali erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini namoyon etishdi.
@xnu_dekanati
👧
👦
Katta orzular kichik qalblardan boshlanadi!
🌈
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
munosabati bilan Nordik talabalari
barcha bolajonlarni samimiy muborakbod etadi!
@xnu_dekanati
🇺🇿
🇵🇱
Polshada Nordik uchun qanday yangi imkoniyatlar ochilmoqda?
Nordik va WSEI hamkorligining navbatdagi bosqichida nimalar va’da qilinmoqda?
📌
Batafsil
—
saytimizda...
🌐
Web-site
🇺🇿
Nordik talabalari — ilm va yutuqlar yo‘lida
Talabamiz
Shaxnoza Ataxanova
“Modern Science and Research” ilm-ma’rifat markazi tomonidan
MDH miqyosida
o‘tkazilgan ilmiy-amaliy
ko‘rik-tanlov
da maqolasi bilan munosib ishtirok etdi.
Uning ilmiy izlanishlari yuksak e’tirof etilib,
“MILLAT G‘URURI”
esdalik nishoni, rasmiy guvohnoma, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
@xnu_dekanati
📚
Kitobxonlikdan — yangi g‘oyalar sari!
Xalqaro Nordik universitetida “Parchadan — g‘oyaga” nomli kitobxonlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar” hamda “Iqtisodiyot va biznesni boshqarish” kafedralari hamkorligida, “Besh muhim tashabbus” doirasida tashkil etildi.
Musobaqa davomida talabalar kitobxonlik madaniyati, erkin va ijodiy fikrlash, tahliliy yondashish hamda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Tadbir yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
@xnu_dekanati
🎙
Ingliz tilida erkin va ishonchli so‘zlash sari muhim qadam!
Nordik universitetida
“Improving Speaking Skills: Effective Strategies for Fluent Communication”
mavzusida mazmunli va motivatsion
seminar
tashkil etildi.
Unda talabalar ingliz tilida ravon, erkin muloqot qilishning samarali usullari bilan keng tanishdilar.
Speaker H
usan Abdumo‘minov
speaking jarayonida eng ko‘p uchraydigan xatolar, lug‘at boyligini oshirish yo‘llari,
IELTS Speaking
bo‘yicha muhim tavsiyalar hamda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari haqida batafsil va amaliy misollar asosida suhbat olib bordi.
Interaktiv seminarda talabalar amaliy tavsiyalarni sinab ko‘rish va xalqaro til sertifikatlariga tayyorgarlik bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
@xnu_dekanati