
Xushnudbek Xolmuhammad
#fiqh
📌
Hikmat ahlidan biriga savol berishdi: “Nega aynan fiqh va ilm o‘rganyapsan?”
U zot shunday javob berdi:
“Fiqh kitoblaridan uch masalani o‘rgandim:
🔻
Birinchisi: Nikoh bobida ikki opa-singilni bir vaqtda nikoh ostida tutish "nass" bilan harom ekanini bildim. Shunda dedim: dunyo — oxiratning opa-singilisidir. Demak, ikkalasini birga tutib bo‘lmaydi.
🔻
Ikkinchisi: Taloq bobida Payg‘ambarimiz ﷺ ajrashgan (ya’ni tark etgan) ayollari bilan nikohlanish "nass" bilan harom ekanini o‘rgandim. Chunonchi, Alloh taolo marhamat qiladi:
“Undan keyin uning xotinlariga aslo uylanmanglar.” (Ahzob, 33:53)
Shunda dedim: Dunyo — Rosululloh ﷺ tark etgan bir juftdir. Bas, u bilan nikohlanishim joiz emas.
🔻
Uchinchisi: Savdo (bay) bobida bug‘doy bug‘doy bilan faqat teng-teng va qo‘lma-qo‘l almashilishini, ortiqchasi ribo bo‘lishini o‘rgandim. Shunda dedim: Bir so (o‘lchov birligi) umrni bir so xurmo (dunyo matohi) evaziga almashtirishdan ortiqchasi (dunyoga berilish) haromdir".
🟩
Mana shu hikmatlarda avvalgi va keyingi zotlarning ilmlariga doir barcha sirlar mujassamdir.
😎
Telegram | Talabaga ta'lim-adab
Kayfiyat))
"وكان أهلُ العلم ينسون ملذات الدُّنيا عند قراءتِهم للقرآن".
عبد الله بن عباس رضي الله عنه.
-ترتيّل بديع لسورة القمر || عبدالسلام العابيدي
#tushun
⏺️
Ilm talab qilayotgan ekansan, uni Allohning tavfiqi bilan talab qil!
"Bu sharafli maqomga loyiqman, shu sabab bu yo'ldaman",- deb aslo o‘ylama. Sen ilmga yeb-ichishga va uxlashga bo‘lgan ehtiyojingdan ham ko‘proq muhtojsan. Senga bu yo'lni Alloh ravo ko'rib turibdi. Vaqtida qadrlamasang, fursatingni anglamasang uning uvoliga tayyor tur.
😎
Telegram | Talabaga ta'lim-adab
#azhar_manhaji #ekstra_qabul
✅
Azharning "E'dodiy va sanaviy" kitoblari dasturiga qo'shimcha qabul:
🗣
Kitoblar o'qilish tartibi: E'dodiydan bir bob o'qilganidan keyin, xuddi shu bob sanaviy kitobidan o'qiladi: - e'dodiydan ibodat bobi, davomidan sanaviy ibodat…
#angla
⏺️
Ilmning yoki ustozlarning uvoli tutsa, ilm buloqlarining ichida suzib yurib ham undan icha olmay yuraverasan.
Alloh taolo seni ilm davralariga keltirib qo'yib, ustozlar ichida seni jamlab qo'yib ulardan bahralantirmay jazolab qo'yadi. Bosadigan qadamingni o'ylab bos talaba. Tushun, o'yla, tafakkur qil. Alloh taolo o'zingni o'zing bilan aldatib, behuda ilmlar ila ovvora qilib qo'yishidan panoh so'ra. Atrofga qara bundaylar anchagina topiladi. O'zingdan so'rab ko'r sen ham ulardan emasmisan!?
😎
Telegram | Talabaga ta'lim-adab
#takror
#muzokara
⏺️
Shayx Muhammad Bajobir
(shaxsiyatlarini tanimayman) aytyabdilar:
"Sizlarga bir narsani eslatmoqchiman, ta’kidlamoqchiman va shu bilan birga buni sizlardan jiddiy talab qilmoqchiman. O'qigan ilmlaringizni qayta-qayta takror qiling!
Agar takrorlash degan narsa bo'lmasa ilmni o‘qishning ham, darslarga hozir bo'lishning ham, o'tirib ko'p kitob o'qishning ham foydasi yo'q.
Men takrorlashga ajratiladigan vaqt darslarga sarflanadigan vaqtdan bir necha barobar ko‘p bo‘lishini istardim. Masalan: bir soat darsda qatnashsangiz, o‘sha darsni ikki yoki uch soat takror qiling. Shunda qatnashgan darsingiz ham, undagi ilm ham zehningizda mustahkam o‘rnashadi.
Ko‘pchiligimiz ancha ilmlarni o‘rganganmiz. Lekin, afsuski, o‘rganganlarimizning aksariyatini unutganmiz, ular xuddi bug‘lanib g'oyib bo‘lib qolgandek.
Buning sababi nima? Mutolaa va muzokaraning kamligi, takrorlashning yo‘qligi yoki uni yetarlicha puxta bajarmaslik va undagi zaifligimizdir.
🟢
Shoir aytadi
:
Ilmning har damda takrori darkor,
Takrorsiz bu ilm vaqt o'tgach bekor,
Takrorni, zikrni uzun qil, qoim tur bedor
Bilginki, ilmning hayoti takrordir ming bor.
😎
Telegram | Talabaga ta'lim-adab
#murojaat
⏺️
"Iltimos bizni ham oling, qolib ketmaylik", - deb bizni charchatmang. Biz guruhlarga darajangiz mos kelsagina ola olamiz. Darajasi yetmagan o'quvchini yuqori saviyali guruhlarga olib uning umriga-yu vaqtiga, to'lov qildirib haqqiga xiyonat qila olmaymiz. 4-sinfga ko'chgan o'quvchini birdaniga 9-sinfga sakrata olmaymiz. Tushuning...
⏺️
"Falonchi domla olyabdi-ku", - demang, biz falonchi domla emasmiz, hammani o'zini tutgan yo'li bor.