
Yangibozor tuman Axborot -kutubxona markazi
Yangibozor tuman Axborot-kutubxona markazida “Pahlavon” bolalar dam olish oromgohi tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi.
Tashrif davomida
“Yoz o‘tmoqda – soz!”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, bolalarda kitobxonlikka mehr, milliy qadriyatlarimizga hurmat va jamoaviy hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda
15-son maktab
o‘quvchilarining musiqiy chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbirning eng qiziqarli qismida ishtirokchilar
“Liderlar”
,
“Zukkolar”
va
“Lochinlar”
jamoalariga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Bellashuv davomida
“Ertakni toping”
,
“Topishmoqlar”
,
“Maqollarni davom ettiring”
hamda
“Uchmas-uchadi”
kabi qiziqarli va bilimni sinovdan o‘tkazuvchi shartlar tashkil etildi. Bolalar barcha shartlarda faol ishtirok etib, o‘z bilimlari, zehnlari va topqirliklarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida faol qatnashgan jamoalar va ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ularga kelgusida ham kitob bilan do‘st bo‘lish, bilim olishdan charchamaslik tilaklari bildirildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
“Dolzarb 90 kun”
loyihasi doirasida Yangibozor tumanining
Xalqobod
mahallasida tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli sohalarga oid badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari namoyish etilib, mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
“Kitobxonlik oiladan boshlanadi”
Yangibozor tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan
“Kitobxonlik oiladan boshlanadi”
shiori ostida navbatdagi kitob targ‘iboti amalga oshirildi.
Bu galgi tashrif tumandagi
Navro‘z
mahallasida istiqomat qiluvchi
Abdullayeva Guliston
onaxon hamda
Do‘stlik
mahallasidagi
Turayeva Qurvonoy
onaxonlarimiz xonadonida bo‘ldi. Tashrif davomida onaxonlarimizga mutolaa qilishlari uchun badiiy adabiyotlar taqdim etilib, kitobning inson ma’naviyatini boyitishdagi o‘rni haqida samimiy suhbat o‘tkazildi.
Kitobga mehr va mutolaaga qiziqishni har bir xonadondan boshlash – ma’naviyatli jamiyat barpo etishning muhim qadamidir.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
Yangibozor tuman axborot-kutubxona markazida kunning eng muhim va dolzarb bo‘lgan, mamlakatimizda va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim voqealarini yoritib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 34 yilligi
munosabati bilan Yangibozor tumani Ochaqala mahallasida joylashgan tuman Axborot-kutubxona markazining ko‘chma kutubxonasi hamda kitobxon o‘quvchilar ishtirokida
“Davlat gerbi – milliy g‘urur va mustaqillik ramzi”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining
1992-yil 2-iyul
kuni qabul qilingani, uning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va milliy davlatchiligimizning muhim ramzlaridan biri ekani haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, gerbda tasvirlangan Humo qushi, nur sochib turgan quyosh, tog‘lar va daryolar, bug‘doy boshoqlari, paxta shoxlari hamda sakkiz qirrali yulduzning har biri chuqur ramziy ma’no kasb etishi, ular xalqimizning tinchliksevarligi, farovonligi, mehnatsevarligi va ezgu orzu-intilishlarini ifoda etishi ta’kidlandi.
Tadbir jarayonida o‘quvchilar davlat ramzlarining tarixi va ahamiyati haqidagi bilimlarini namoyon etdilar, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, savollarga faol javob berdilar. Davlat ramzlarini ardoqlash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekani alohida qayd etildi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
munosabati bilan tuman Axborot-kutubxona markazida
“Kelajak markazi”
o‘quvchilari ishtirokida
“Davlat gerbi – mustaqillik timsoli”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirning maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining qabul qilinishi tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda gerbda aks etgan Humo qushi, quyosh, paxta va bug‘doy boshoqlari, vodiylar, daryolar va sakkiz qirrali yulduz kabi ramzlarning ma’nolari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Davlat gerbi mustaqil davlatimizning suvereniteti, tinchligi, farovonligi va milliy birligining muqaddas ramzi ekani alohida ta’kidlandi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
“Yosh jadidlar – ma’rifat sari dadil qadam!”
Yangibozor tuman Axborot-kutubxona markazida
“Yosh jadidlar – ma’rifat sari dadil qadam!”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda jadidlar merosi va ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida jadid bobolarimizning xalq ma’rifatini yuksaltirish yo‘lidagi fidokorona faoliyati, ilm-fan va ta’limga bo‘lgan e’tibori haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar kitob mutolaasining inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida yoshlar ilm-ma’rifat yo‘lidan sobitqadam borishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga va jadidlar qoldirgan boy ma’naviy merosni chuqur o‘rganishga chaqirildi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
Odam savdosi – inson erkinligiga tahdid
Yangibozor tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Chubolonchi mahallasida
“Odam savdosi – inson erkinligiga tahdid”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida odam savdosining salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari hamda fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga odam savdosining turlari, uning kelib chiqish sabablari, firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish, xorijga ish yoki o‘qish maqsadida chiqishda rasmiy manbalarga murojaat qilish muhimligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Tadbir yakunida barchaga odam savdosiga qarshi kurashishda har bir fuqaroning hushyorligi va huquqiy ongi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
📘
"Bola tarbiyasida to‘g‘ri ko‘ringan xatolar" — Adem Gunesh
Farzand tarbiyasida biz ba’zan eng yaxshi niyatlar bilan qiladigan ishlarimiz aslida bolaning ruhiyatiga qanday ta’sir qiladi?
Mashhur pedagog va psixolog Adem Gunesh o‘zining ushbu kitobida ota-onalar yo‘l qo‘yadigan, ammo "to‘g‘ri" deb hisoblaydigan odatiy xatolarni tahlil qiladi.
Nima uchun ushbu kitobni o‘qish kerak?
✅
Muloqot sirlari:
Bolangiz bilan qanday qilib samimiy va ishonchli munosabat o‘rnatishni o‘rganasiz.
✅
Hissiy rivojlanish:
Bolaning his-tuyg‘ularini tushunish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha amaliy maslahatlar.
✅
Xatolar tahlili:
"Jazolash", "haddan tashqari nazorat" va "qattiqqo‘llik" kabi usullarning salbiy oqibatlari haqida ilmiy va hayotiy yondashuv.
Ushbu kitob nafaqat yosh ota-onalar, balki pedagoglar va bolalar psixologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham mukammal qo‘llanmadir.
✨
Xulosa o‘rnida: Tarbiya — bu bolani shakllantirish emas, balki uning tabiati bilan uyg‘unlikda yashash san’atidir.
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
Ba'zan birgina kitob, insonning hayotini o‘zgartirib yuboradi.
Shuning uchun mutolaani hech qachon tark etmang.
✨
🌐
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
✔️
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube