
Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
🇺🇿
Mahallalarda sayyor qabullar davom etmoqda
👍
Yangihayot tumani hokimi “Zarbdor” va “Gulshanobod” mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazdi.
👍
Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqaroning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kommunal xizmatlar, bandlik, obodonlashtirish hamda tibbiy yordam bilan bog‘liq murojaat va takliflari mas’ul idora vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
👍
Yakunida murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan fuqarolarga zarur tushuntirishlar berilib, ular tegishli mutasaddilarga biriktirildi.
____
🇺🇿
Выездные приемы в махаллях продолжаются
👍
Хоким Янгихаётского района провел выездные приемы в махаллях "Зарбдор" и "Гулшанобод."
👍
В ходе приема с участием представителей ответственных ведомств были рассмотрены обращения и предложения около 20 граждан, связанные с жильем, налаживанием предпринимательской деятельности, коммунальными услугами, занятостью, благоустройством и медицинской помощью.
👍
В итоге часть обращений была положительно решена на месте. Гражданам были даны необходимые разъяснения по вопросам, требующим дополнительного изучения и времени, и они были закреплены за соответствующими должностными лицами.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
#ob_havo
🗓
Bugun 29-aprel, chorshanba.
Xayrli tong, yangihayotliklar! Kunni yaqinlaringiz davrasida maroqli o'tkazishingizga tilakdoshmiz.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
🇺🇿
Tumani hokimi mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda
👍
Xususan, bugun “Tashabbus” mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
👍
Qabul jarayonida 10 ga yaqin fuqaroning kommunal xizmatlar, bandlik hamda obodonlashtirish bilan bog‘liq murojaat va takliflari mas’ul idora vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
👍
Natijada murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
#XalqFikri
🛣️
Toshkent shahri, jumladan Yangihayot tumani
bo‘ylab yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda harakat xavfsizligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
❓
Xo‘sh, ushbu jarayonlarni shahrimiz aholisi qanday baholaydi? Ularning ushbu o‘zgarishlarga munosabati qanday?
🇺🇿
“Xalq fikri” loyihasining navbatdagi sonida aynan shu savollar bilan respondentlarga yuzlandik.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
👍
285-maktabda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
👍
Bugun 285-sonli umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangihayot tumani bo‘linmasi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi a’zolari, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
👍
Muloqot davomida mas’ullar voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ular o‘rtasida vatanparvarlik ruhini targ‘ib qilish, giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli illatlardan himoya qilish, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda jamiyatga salbiy ta’sir etuvchi xatti-harakatlarning oqibatlari haqida so‘z yuritdi.
👍
Shu bilan birga yoshlarni qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob berildi.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
⚡️
Saida Mirziyoyevaning Xorazm viloyatiga tashrifi – bu faqat kuzatuv emas, balki muammolarni joyida aniqlab, ularni tez va aniq hal etishga qaratilgan tizimli ish jarayoni bo‘ldi. Hududdagi ijtimoiy obyektlar, ta’lim muassasalari va infratuzilma holati sinchiklab o‘rganilib, har bir masala alohida
nazoratga olindi
.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
#Brifing
🇺🇿
Bizda navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi
🚏
Undagi mavzu Yangihayot tumanidagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida bo‘ldi.
👨💻
Ma’lumotlar Yangihayot tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Mahkamov tomonidan taqdim etildi.
_______
🇺🇿
У нас состоялся очередной брифинг.
🚏
Его темой стала работа, проводимая по вопросам наименования и переименования географических объектов в Янгихаётском районе.
👨💻
Информацию предоставил советник хокима Янгихаётского района по вопросам повышения эффективности духовно-просветительской работы и обеспечения соблюдения законодательства о государственном языке Алишер Махкамов.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
🤔
“Inson uchun” III an’anaviy ko‘rgazmasi bo'lib o'tadi!
🇺🇿
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12–13-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida III an’anaviy “Inson uchun” ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
🤔
Ko‘rgazmada imkoniyati cheklangan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etiladi.
🟡
Ko‘rgazma davomida mehmonlar:
— imkoniyati cheklangan shaxslar mehnati bilan yaratilgan mahsulotlar bilan tanishadi;
— inklyuziv ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot oladi;
— ijtimoiy mas’uliyat, teng imkoniyatlar va bandlik masalalariga bag‘ishlangan tashabbuslar bilan tanishadi.
📍
Manzil
: Toshkent shahri, “O‘zekspomarkaz” majmuasi
📅
Sana
: 12–13-may
“Inson uchun” ko‘rgazmasi — bu nafaqat mahsulotlar namoyishi, balki inson qadri, mehnat, imkoniyat va ijtimoiy hamjihatlikni targ‘ib etuvchi muhim maydondir.
____________
🤔
Состоится III традиционная выставка «Inson uchun»!
🇺🇿
Национальным агентством социальной защиты 12–13 мая текущего года в комплексе «Узэкспоцентр» в городе Ташкенте будет организована III традиционная выставка «Inson uchun».
🤔
На выставке будет представлена продукция, производимая субъектами предпринимательства, трудоустраивающими лиц с ограниченными возможностями.
🟡
В рамках выставки гости смогут:
— ознакомиться с продукцией, созданной трудом лиц с ограниченными возможностями;
— узнать больше о деятельности предпринимателей, создающих инклюзивные рабочие места;
— познакомиться с инициативами, посвящёнными социальной ответственности, равным возможностям и вопросам занятости.
📍
Место
: город Ташкент, комплекс «Узэкспоцентр»
📅
Дата
: 12–13 мая
Выставка «Inson uchun» — это не просто демонстрация продукции, а важная площадка, продвигающая ценность человека, труд, возможности и социальную солидарность.
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot
❗️
Hurmatli “Choshtepa” mahalla ahli!
🛠
“ Ruboiy” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, bugun soat 12:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site
❗️
Hurmatli “Chortoq” va “Fayzli” mahallalari fuqarolari!
🛠️
“Karyer” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 28-aprel soat 17:00 ga qadar yuqorida keltirilgan mahallalarning ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
🌐
Тelegram
|
😏
Instagram
|
🌐
Facebook
|
🔹
YouTube
|
🌐
Web-site