Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

FARG‘ONA YOSHLARI

yia_fergana
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Murojaat uchun: @yoshlarmurojaatibot
Подписчики
7 256
24 часа
-7
30 дней
-130
Просмотры
273
ER
3,76%
Посты (30д)
169
Символов в посте
793
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 12:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qonunchilik_yangiliklari
✍️
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi takomillashtirildi
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid Qonun imzolandi.
📌
Asosiy yangiliklar:
▪️
Alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
tashkil topadi;
▪️
Asosan
«Ö», «Ğ», «Ş»
hamda
«Ç»
harflarining yozilishi o‘zgartirilmoqda;
▪️
«Ng»
birikmasi alifboning alohida harfi safidan chiqarildi.
💡
Bu nimaga xizmat qiladi?
Ushbu o‘zgarishlar yozuvimizni ixchamlashtirish hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda o‘zbek tilidan keng va qulay foydalanishga qaratilgan.

October 26, 12:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Rasmiy_axborot
❓
Yangi alifbo haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta muhim fakt
O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ–1184-son Qonuni
bilan lotin yozuviga asoslangan alifbomizga o‘zgartirishlar kiritildi.
1️⃣
Yangi alifbo tarkibi qanday?
Yangi alifbo
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisi
dan tashkil topdi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’
2️⃣
Eski hujjatlar va pasportlarni almashtirish shartmi?Yo‘q!
Qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi.
3️⃣
Peshlavha va ramzlar qachon o‘zgaradi?
Tashkilotlar peshlavhalari va ko‘rsatkichlari darhol emas,
yaroqsiz holatga kelguncha
yoki belgilangan dastur bo‘yicha bosqichma-bosqich yangilanadi.
⏳
Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tib kuchga kiradi.
➡️
Bizni kuzatib boring:
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Youtube

October 26, 12:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa

October 26, 07:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Agar IIB xodimlari bo'lmaganda nima bo'lar edi ?
➡️
Bizni kuzatib boring:
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Youtube

October 25, 19:26
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🏆
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi!
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
Tadbirlarda davlat va hukumat vakillari, vazirlik va idoralar hamda sport tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, sportchilarimiz va ularning murabbiylarini erishilgan buyuk g‘alaba bilan samimiy muborakbod etishdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, sportchilar, murabbiylar hamda ota-onalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz!
🇺🇿
🥇
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 25, 16:50
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev

October 25, 10:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Xalq xizmati uchun urar yuragi!

October 25, 09:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni
25-oktabr
–
Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimiz xavfsizligini himoya qilish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli xizmatingiz yuksak hurmatga sazovor.
Ayniqsa, yoshlarning xavfsiz va osoyishta muhitda ta’lim olishi, o‘z qobiliyatini namoyon etishi, orzu-maqsadlari sari intilishi uchun qo‘shayotgan hissangiz beqiyos. Yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasidagi hamkorligingizni yuksak qadrlaymiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli xizmatingizda kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi
🕊
Telegram
📸
Instagram
📺
YouTube
🌍
Linkedin
🌍
Veb sayt

October 24, 13:47
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev

October 23, 14:58
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

So‘xda yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi
So‘x tumanidagi “Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘inining davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Prezidentimiz tashabbusi bilan So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Telegram sahifamiz:
@yia_Fergana