Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Nurafshon yoshlari

yia_nurafshon_yoshlari

Nurafshon shahrining qaynoq yangiliklarini biz bilan birgalikda kuzatib boring!
Bizni Instagramda kuzatib boring:
https://instagram.com/yia_nurafshon_yoshlari

Подписчики
886
Просмотры
106
ER
11,81%
Посты
5 029
September 04, 19:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Davlatimiz rahbarining tadbirlarga boy va jo‘shqin rasmiy tashrifi SHHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari rivojiga yangi sur’at
bag‘ishlaydi
.
@alisher_sadullaev

September 04, 11:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi
va
Tezzgo
startapi bilan hamkorlikda yosh tadbirkorlar uchun yana bir foydali loyihani boshladik.
Tezzgo
bugungi kunda Toshkent bo‘ylab 85 ta mikromarketga ega bo‘lib, 18 mingdan ortiq odam har kuni undan foydalanadi.
Endilikda bunday mikromarketlar hududlarda ham yosh tadbirkorlar uchun
imtiyozli shartlarda
taqdim etiladi!
Bu imtiyozdan foydalanish uchun
10-sentyabr
gacha havola orqali
so‘rovnomani to‘ldirib,
onlayn vebinarda ishtirok etishingiz kerak.
Vebinarda barcha jarayonlar sizga
qadam-baqadam tushuntirib beriladi
va imtiyozli imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
@alisher_sadullaev

September 03, 19:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇨🇳
Yurtboshimiz Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Si Szinpin
ning taklifiga binoan
30 avgust - 3 sentyabr kunlari
rasmiy tashrif
bilan ushbu mamlakatda bir qator muhim
majlis, uchrashuvlar va G‘alaba paradida
ishtirok etmoqda.
Prezidentimiz tashrif davomida
Shanxay hamkorlik tashkiloti
sammiti doirasidagi
Davlat rahbarlari kengashi
majlisida,
shuningdek,
“Shanxay hamkorlik tashkiloti plyus”
shaklidagi
majlislarda
ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Shungdan so‘ng, Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Si Szinpin
bilan rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi
muzokaralar
o‘tkazdi.
Yurtboshimiz bundan tashqari Pekinda
XXR Davlat kengashi Bosh vaziri
Li Syan,
“China National Building Materials” (CNBM)
kompaniyasi direktorlar kengashi raisi
Chjou Yuysyan
,
“China National Petroleum Corporation” (CNPC)
kompaniyasi direktorlar kengashi raisi
Day Xoulyan
,
“China National Nuclear Corporation” (CNNC)
raisi
Shen Yanfen
,
“Henan Investment Group”
kompaniyasi bosh direktori
Chju Xunbinlar
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Prezidentimiz Pekin shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti
Vladimir Putin
bilan ham
uchrashuv
o‘tkazdi.
Ayni vaqtda davlatimiz rahbari Pekin shahrida o‘tayotgan Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda
ishtirok etmoqda.
@alisher_sadullaev

September 02, 13:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Yosh tadbirkorlar uchun yana bir imkoniyat!
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi
va
Tezzgo
startapi bilan hamkorlikda yosh tadbirkorlar uchun yana bir foydali loyihani boshladik.
Tezzgo
bugungi kunda Toshkent bo‘ylab 85 ta mikromarketga ega bo‘lib, 18 mingdan ortiq odam har kuni undan foydalanadi.
Endilikda bunday mikromarketlar hududlarda ham yosh tadbirkorlar uchun
imtiyozli shartlarda
taqdim etiladi!
Bu imtiyozdan foydalanish uchun
10-sentyabr
gacha havola orqali
so‘rovnomani to‘ldirib,
onlayn vebinarda ishtirok etishingiz kerak.
Vebinarda barcha jarayonlar sizga
qadam-baqadam tushuntirib beriladi
va imtiyozli imkoniyatlardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
@alisher_sadullaev

September 01, 14:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman!
Bu muqaddas sana –
xalqimizning tarixiy g‘alabasi, orzu-umidlarining ro‘yobi, milliy g‘urur va faxr manbai,
ayniqsa, bugun biz – yurt tayanchi bo‘lgan yoshlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. Mustaqil yurtimizning kelajagi bizning
bilimimiz, tashabbusimiz, mehnatsevarligimiz va yurtga sadoqatimiz
bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ulug‘ ayyomda, siz aziz yoshlarga
mustahkam sog‘lik, yuksak marralarni zabt etish yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar, oilalaringizga tinchlik va baxt tilayman.
🇺🇿
Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
@alisher_sadullaev

September 01, 01:46
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Qadrli yurtdoshlar! Aziz yoshlar!
🇺🇿
Yoshlar ishlari agentligi
nomidan, siz azizlarni
Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi
bilan samimiy tabriklaymiz!
Mustaqillik — bu bizga erkinlik, bunyodkorlik va farovon hayot in’om etgan ulug‘ ne’mat. 34 yil mobaynida yurtimiz yuksalib, xalqimizning hayoti tubdan o‘zgardi, eng muhimi, yoshlarimiz uchun yangi marralar ochildi.
Biz, yoshlar, kelajagimiz uchun mas’uliyatni his etib, ilmimiz va mehnatimiz bilan
Uchinchi Renessans
rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz.
💐
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram
📱
Instagram
📺
YouTube
🔹
Linkedin
🌍
Veb sayt

August 31, 00:02

#SEPnotes
Ilya Strebulaev darslaridan xulosalar (1-qism):
"INNOVATSIYA ORTIDAGI 3 OMIL"
Professor Ilya Strebulaev shunday deydi: ko‘plab mahsulotlar bundan 10–15 yil oldin umuman mavjud emas edi: Zoom, Alexa, Instagram, Uber, Apple Watch. 1 million foydalanuvchiga erishish uchun ketgan vaqt esa:
Netflix — 3,5 yil
Twitter — 2 yil
Facebook — 10 oy
Spotify — 5 oy
Instagram — 2,5 oy
iPhone — 74 kun
ChatGPT — 5 kun.
Uning fikricha, bunday disruptsiyaning ortida asosiy 3 omillar bor va ular quyidagicha:
https://t.me/stanford_kundaligi/347

August 30, 11:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shu yilning o‘zida yoshlarimiz
nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini
qo‘lga kiritdi.
"Biz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida
kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni
egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida
bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni
ko‘ramiz.
Saflari tobora kengayib borayotgan bunday
intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir.
Bugungi unutilmas damlarda men
butun O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman.
Aziz
farzandlarim, doimo yodda tuting:
baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar
yaratadi.
Hamisha oldinga qarab intiling,
bahodir o‘g‘lonlarim, oqila qizlarim!
Sizlarning ezgu ishlaringizda
Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladi
", – dedi Prezident.
@alisher_sadullaev

August 30, 03:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi
yoshlarimizning ovozi, g‘oya va tashabbuslari, kuch-g‘ayrati
barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda. Ular xalqimizning necha yillik
orzu-armonlarini real haqiqatga
aylantirmoqda
.
Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz
mamlakatimiz tarixida
ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini
qo‘lga kiritib,
34-yillik orzu-umidimizni
ro‘yobga chiqardi.
Talaba yoshlarimiz esa
Xalqaro yozgi universiada o‘yinlarida
116 ta davlat orasida
ilk bor birinchi o‘n beshtalikka
kirdi,
Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni
egalladi.
Ushbu bayram arafasida
19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni
degan yuksak unvonga sazovor bo‘lib, o‘zbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.
"
Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonni chinakam sport mamlakatiga aylantirish
maqsadida istiqbolli o‘g‘il-qizlarimizga atab Toshkentda
ulkan Olimpiya shaharchasini
barpo etdik.
Mamlakatimiz tarixida
birinchi marta zamonaviy ta’lim va bilim beradigan Futbol akademiyasi
qad ko‘tardi.
Ishonchim komil, zamonaviy sport arxitekturasining noyob durdonasi bo‘lgan
ushbu majmualar
minglab bo‘lg‘usi chempionlarimiz uchun yuksak parvoz maydoniga aylanadi
", – dedi Prezident.
@alisher_sadullaev

August 29, 16:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Rahbar_va_Yoshlar
#Mustaqillik34
🇺🇿
Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla yoshlari faol bo‘lishdi. Ular sportning futbol, voleybol, shaxmat va stol tennis kabi turlarida bellashishdi.
⛹️
G‘olib bo‘lgan yoshlarga esdalik sovg’alari berildi.
Madaniyat hodimlari tomonidan shahrimiz aholisi uchun ajoyib namoyishlar qo‘yib berildi.
🔥
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar uchun qo‘lbola palov tarqatildi.
🇺🇿
Tinch-totuv yurtimiz gullab yashnayversin. Mustaqilligimizning 34 yilligi barchaga muborak bo‘lsin!
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Q.Ochilova
R.Ruzibayev
H.Qurbonov
I.Maxmudov
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook