
YO'L-YO'LAKAY
Bugun Toshkentdagi ob-havo hamda dollar kursi haqida ma’lumot
👉
@YOL_YOLAKAY
Misr o‘zbekistonlik sayyohlar uchun yangi kirish talablarini joriy etishni kechiktirdi
Avvalroq 1-noyabrdan sayyohlarga viza olish, yoshiga qarab oila a’zolari bilan safar qilish va muayyan miqdorda naqd pulga ega bo‘lish talablari joriy etilishi ma’lum qilingandi. Endilikda bu muddat 2027-yil 1-martga qadar kechiktirildi.
👉
@YOL_YOLAKAY
27-oktabr kuni uchun namoz vaqtlari (Toshkent vaqti bilan)
👉
@YOL_YOLAKAY
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to’qnashdi
Bugun, 26-oktabr kuni Andijon shahridagi Bobur shoh ko’chasida Labo va Malibu-2 avtomashinalari ishtirokida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan. Hodisa oqibatida Labo haydovchisi tan jarohati olgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
👉
@YOL_YOLAKAY
Dreamland Development’da atigi bir nechta xonadon eksklyuziv narxda!
Toshkentda xonadonining
har kvadrat metri 750$ dan
boshlanadi
Xonadonni maksimal foyda bilan xarid qiling
❗️
☎️
+998781290418
Dreamland_development_bot
Sayt
|
Instagram
|
Telegram
Samarqandda 42 yoshli ayol o‘z joniga qasd qildi
Samarqand shahrida 21 oktyabr kuni 1984 yilda tug‘ilgan ayol o‘z uyining hovlisida o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan. Bosh prokuraturaning UZ24’ga ma’lum qilishicha ko‘ra, marhumning o‘lim sababi va tanasida jarohatlar bor-yo‘qligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Guvohlarga ko‘ra, ayol eri tomonidan muttasil kaltaklanishi ortidan bu ishni qilgan bo‘lishi mumkin.
👉
@YOL_YOLAKAY
Odamlar yana bitta firibgarga aldangan ko‘rinadi
“Iman Invest” kompaniyasi odamlarning bir necha million dollar pulini yeb yuborgan bo‘lishi mumkin ekan.
👉
@YOL_YOLAKAY
Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” darajaga yetdi
25-oktyabrdan-26-oktyabrga-o‘tar-kechasi shamolning kuchsizligi, havo haroratining pasayishi va harorat inversiyasi sabab PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori
ortdi
.
Kuzatuv punktlarining aksariyatida havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” toifalariga mos kelgan.
👉
@YOL_YOLAKAY
Markaziy bank qarori bilan
Open bank AJga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish
huquqi
berildi
👉
@YOL_YOLAKAY
Yuk avtomobili Onix’ni ezib, Li rusumli avtomobilni esa o‘zi bilan yo‘l qoplamasi orasiga qisib qo‘ydi — hodisa joyidan dahshatli tasvirlar.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobili o‘z vaqtida tormoz bera olmagan va natijada Onix avtomobili yuk avtomobili bilan Li 9 rusumli avtomobil o‘rtasida qolib, ezilib ketgan. Transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.
Haydovchilarning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
➡️
YO’L-YO’LAKAY 18+ kanaliga obuna bo’ling