
Yosh chol
Bizdagi ayrim eron hokimiyatidagi mullalarga simpatiyasi bor mullasevarlar eshitsin.
Manba
@yosh_chol
Kastratsiyani o'sha hayvonning aybdor a'zosini "kesib olish" desa ham bo'lar ekan.
@yosh_chol
Jamiyatda passiv pedofillar juda ko'p. Shu ishni o'ylab, xohlab yuradiganlar. Ularning sonini, kimligini hech kim bilmaydi. Balki ular qulay vaqt topa olmayotgandir, balki qilmoqchi bo'lgan ishining oqibati ularni qo'rqitar. Pedofillarga jazoni kuchaytirish orqali ularni bu ishni qilishdan qaytarib turish mumkin. Har bir passiv pedofilni aniqlash esa imkonsiz ish.
@yosh_chol
"Qashqirlar makoni" serialidan parcha
Jazoni ko'cha qoidalari berishi kerak demoqchi emasman, qonun hamma narsadan ustun. Doimo oxirgi qarorni odil sud chiqaradi.
Zo'ravonlik, nomusga tegish insoniyatga nisbatan sodir etiladigan eng og'ir jinoyatlardan biri. Ayniqsa pedofillik millatga ma'naviy zarar beradi, jamiyatning ruhiy holatini izdan chiqaradi. Pedofillarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishini so'rayman.
@yosh_chol
Bu 4 yil oldingi fikrim. Hozir ham deyarli shunaqa, faqat bu safar Ispaniya ikkinchi o'rinda. Boshqa hech qanday o'zgarish yo'q. - Argentina - Ispaniya - Braziliya - Osiyoning 3 termasi (Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron) @yosh_chol
Eron terma jamoasi yarim himoyachisi
Ramin Rizoyan
va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi bergan intervyudan parchalar. Darajani farqini sezyabsizmi? Qanday qilib bunday futbolchini O'zbekiston xalqining futbol bo'yicha bir vakili sifatida mundialga olib borishgan hayronman. Forslarning har bir futbolchisining nigohida, so'zida, jonini berib maydonda harakat qilishida millatni sevish, Vatanni sevish ko'rinib turadi. Mana sababi qayerda Eronning dunyoda juda katta o'rni borligini, buyuk davlat ekanligini.
Forslarning yana bir juda kuchli hujumchisi Sardor Azmun Dubay amiri bilan ko'rishgan fotosi sabab mundialga chaqirilmagan edi. Eron hokimiyati tepasi mullalardan tozalansa, hokimiyat almashsa, eronliklar ozod bo'lsa, davlat sifatida yanada ham to'liq potensialga erishadi.
Eslatib o'taman Eron guruhda 3 ta o'yinning hech birida yutqizmadi. Belgiya ustidan deyarli g'alabaga erishdi. O'zbekiston esa 3 ta o'yinda 11 ta gol o'tkizib yubordi.
@yosh_chol
Bu o'zbek futboli
haqida fikrlarim. Bu qarashlarim hozir ham o'zgarmagan. Oxirgi marta 2019-yilgi Osiyo kubogida Avstraliya bilan o'yinni ko'rgan edim, penaltilar seriyasida yutqizgan edik. Juda alam qilgan edi. Bugun esa Jahon chempionatida Vatanimning muhtasham bayrog'ini ko'rib ko'zimga yosh keldi.
Qaysidir amaldorlar, ayrim korrupsioner haromxo'rlar, Vatan nima ekanligini bilmaydigan tamagirlar sabab ko'nglingiz Vatandan sovib qolmasin. Ular vaqti-soati bilan tozalab tashlanadi. Insonlar kelib ketadi, Vatan esa abadiy qoladi.
@yosh_chol