Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SamDCHTI Yoshlar ittifoqi

yoshlar_ittifoqi_samdchti
Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining telegramdagi rasmiy sahifasi. https://instagram.com/samdchti_yi https://www.facebook.com/groups/210394358266908/ Taklif va savollar uchun: @farzona_sherzodovna
Подписчики
2 694
24 часа
-6
30 дней
-3
Просмотры
894
ER
33,18%
Посты (30д)
25
Символов в посте
610
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 17:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎉
YOUNG LEADERS COMMUNITY: TAQDIMOT, TAQDIRLASH VA KUTILGAN QVZ SHOU!
🎉
📢
Hurmatli talabalar va aziz yoshlar!
Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar Ittifoqi qoshida tashkil etilgan
Young Leaders Community
jamoasining taqdimot va taqdirlash tadbiriga taklif qilamiz!
✨
Tadbir davomida:
•Community tashkil etilganidan buyon amalga oshirilgan loyihalar va erishilgan yutuqlar sarhisob qilinadi.
• Faol a’zolar munosib taqdirlanadi!
🏆
• Tadbirning eng quvnoq qismi — “QVZ” shousi ham bo‘lib o‘tadi!
🎭
📅
28-oktabr, 2026-yil
🕑
14:00
📍
SamDCHTI rektorat binosi 4-qavatdagi faollar zali
Sizni unutilmas taassurotlar, quvnoq lahzalar va ajoyib chiqishlarga boy tadbirimizda kutib qolamiz!
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook

October 25, 08:25
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Samarqand Jahon sammiti:
21–22-oktabr kunlari Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammiti bo‘lib o‘tdi.
“Dunyo bola nigohida” ko‘rgazmasi 26-oktabrgacha davom etadi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Bolalar farovonligiga investitsiya” Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan “Dunyo bola nigohida” ko‘rgazmasi tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazma 26-oktabrgacha Silk Road Samarkand Expo Center’da soat 9:00dan 18:00ga qadar davom etadi. Ushbu vaqt davomida barcha istovchilar ko‘rgazmaga tashrif buyurib, unda namoyish etilgan ijodiy ishlar bilan tanishish va dunyoni bolalar nigohi bilan kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sizni “Dunyo bola nigohida” ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

October 22, 04:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌍
TIL — MILLAT KO‘ZGUSI, QALBLAR BIRLIGI!
🇺🇿
🏢
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultet koordinatorlari tashabbusi bilan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
📚
Ushbu videorolik orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtirom, shuningdek, boshqa tillar va madaniyatlarga hurmat g‘oyasi ilgari surildi.
🌐
Har bir til — yangi dunyoga ochilgan eshik, ona tilimiz esa milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz timsolidir.
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook

October 21, 11:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ona tilimiz — millatimiz faxri
🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Kechki ta’lim fakulteti koordinatorlari tomonidan tayyorlangan videolavha.
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook

October 21, 04:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ona tilimiz — millatimiz faxri, g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!
🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Payariq xorijiy tillar fakulteti koordinatorlari tomonidan tayyorlangan videolavha.
Ona tilimizni asraylik, ardoqlaylik va faxr bilan so‘zlaylik!
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
🌐
Instagram
|
📱
Facebook

October 18, 04:03
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“BIRGA” — MEHR VA EZGULIK YO‘LIDA!
🏛️
Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi jamoasi va ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining faol talabalari tomonidan
“BIRGA” volontyorlik loyihasi
doirasida Samarqand tumanida joylashgan Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida “Birga ijod qilamiz, birga orzu qilamiz” nomli ijodiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
➡️
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish va samimiy muloqot orqali o‘zaro mehr hamda do‘stlik muhitni mustahkamlashdir.
🤝
“BIRGA” — imkoniyatlarni kashf etib, ezgulikni birgalikda yaratamiz!
🌿
BIRGA o‘rganamiz, BIRGA rivojlanamiz, BIRGA orzu qilamiz!
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 17, 02:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqand, tayyormisiz?
🔥
Samarqand ahli kitobga qiziqadiganlar ko'proq ekanini isbotlaydigan payt keldi!
Malham jamoasi o'zining yangi
"Ruh shiviri"
kitobi taqdimotini
Najot Ta'lim Samarqand filialida
o'tkazmoqchi.
📚
Taqdimotda:
-
bookbloggerlar va ustozlar bilan uchrashuv
- Ruh shiviri kitobiga sayohat
-
Ustozlar bilan fotosesiya va dasxat olish imkoniyati
Keling, qatnashing va isbotlang!
🔔
Sana:
17-oktyabr, 14:00
📍
Manzil:
Najot Ta’lim, Samarqand filiali

October 16, 15:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#milliyligim_faxrim
#milliylik_aksi
🇺🇿
MILLIY LIBOS— MILLIY G‘URUR VA QADRIYATLAR TIMSOLI !
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti koordinatorlari tomonidan milliy liboslarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizni aks ettiruvchi videolavha tayyorlandi.
✨
Milliy liboslarimizda xalqimizning boy tarixi, betakror madaniyati va asrlar davomida shakllangan qadriyatlari mujassam.
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 16, 06:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
SamDCHTI talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz va pazandalik anʼanalarini ulugʻlovchi “Osh festivali” tashkil etildi.
Tadbirda talabalar milliy taomimiz boʻlmish palov tayyorlash boʻyicha oʻzaro bellashib, pazandalik mahoratlari hamda chaqqonliklarini namoyish etishdi. Har bir guruh va qavat vakillari tomonidan damlangan osh oʻzining betakror taʼmi va koʻrinishi bilan ajralib turdi.
Festival yakunida hayʼat aʼzolari tomonidan eng mazali osh tayyorlagan mahoratli pazanda jamoalar aniqlandi. Gʻolib va sovrindorlarga institut maʼmuriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Ahillik va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan ushbu fayzli tadbir kechqurun gulxan atrofida davom etdi. Mazmunli suhbat, dilrabo kuy-qoʻshiq va raqslar barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube

October 15, 18:13
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Zakovat
#Quiz
#Yoshlar_Ittifoqi_Sharq_tillari
🧠
“Zakovat Quiz” — bilim va zukkolik bellashuvi!
Sharq tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan fakultet talabalari o‘rtasida
“Zakovat Quiz”
intellektual o‘yini tashkil etildi.
🏆
Bellashuv yakuniga ko‘ra:
🥇
1-o‘rinni — “Jurnalistika 2408” jamoasi
🥈
2-o‘rinni — “Zhu” jamoasi
🥉
3-o‘rinni — “Creative Leaders” jamoasi egalladi
🎉
G‘olib jamoalarni erishgan natijalari bilan samimiy tabriklaymiz! Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari, bilim va zukkoliklarini namoyon etganlari uchun minnatdorlik bildiramiz.
Ijtimoiy sahifalarimiz
⬇️
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook