
Yoshlar Ittifoqi | OʻzDJTU
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Salom universitet” loyihasi
doirasida 1-kurs talabalari bilan birgalikda universitet hududi bo‘ylab tanishtiruv tashrifi tashkil etildi.
📚
Tashrif davomida talabalar universitetdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan,
universitet muzeyi, kutubxona, sport majmualari, oshxona, dars xonalari hamda Yoshlar ittifoqi xonalari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✨
Shuningdek, talabalarga universitet hayotida faol ishtirok etish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda turli loyihalar va tadbirlarda faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤝
Mazkur tashrif yangi talabalarning universitet muhitiga tezroq moslashishi, mavjud imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va talabalik hayotini mazmunli tashkil etishiga xizmat qildi.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
➡️
“1-kurs maktabi” haftaligi yakunlandi
11-sentabr kuni
🇬🇧
Ingliz filologiyasi fakultetida “1-kurs maktabi” haftaligi doirasidagi mashg‘ulotlar davom etdi. Haftalikning yakuniy kunida 1-bosqich talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularning universitetdagi o‘quv jarayoniga moslashuvi, fanlarni samarali o‘zlashtirishga tayyorgarligi hamda yangi o‘quv haftasini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashiga alohida e’tibor qaratildi.
⭐️
Mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishda fakultet dekani
X.I. Xakimov
,
professor-o‘qituvchilar, murabbiylar hamda fakultet koordinatorlari
yaqindan ko‘maklashib, talabalarning dastlabki o‘quv jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishiga amaliy yordam ko‘rsatdilar.
🟢
“
1-kurs maktabi
” haftaligi davomida talabalarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni va fakultetdagi imkoniyatlar haqida zarur ma’lumotlar berilib, ularning yangi muhitga moslashuvi uchun qulay sharoit yaratildi.
👦
Bundan buyon ham barcha talabalarimizga o‘qishlarida omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Ilm olish yo‘lidagi har bir qadamingiz zafarli bo‘lsin!
➡️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🌿
“GREEN ZONE” — TABIATNI ASRASH SARI BIR QADAM!
🌱
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan “Ekofest” loyihasi doirasida talabalarning ekologik bilimlarini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Green Zone” nomli qiziqarli kvest
tashkil etildi.
🧩
Kvest davomida talabalar tabiat va atrof-muhitga oid turli savollarga javob topish, berilgan topshiriqlarni bajarish hamda yashirilgan so‘zlarni aniqlash orqali o‘z bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
🤝
Qiziqarli jarayon davomida ishtirokchilar jamoa bo‘lib harakat qilish, tezkor fikrlash va hamkorlikda yechim topish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🌎
Xulosa qilib aytganda, “Green Zone” kvesti talabalarga nafaqat maroqli vaqt o‘tkazish, balki tabiatga mehr va ekologik mas’uliyatni yanada chuqurroq his etish imkonini berdi.
💚
Tabiatni asrash — har birimizning burchimiz!
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
📌
TALABALAR FIKRI — BIZ UCHUN MUHIM!
🇺🇿
O‘zDJTU
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalar bilan samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini o‘rganish maqsadida “Tilaklar bekati”
tashkil etildi.
📝
Mazkur tashabbus orqali talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, universitet va fakultet hayotiga oid samimiy tilaklari, qiziqarli takliflari hamda o‘zlarini qiziqtirgan fikr-mulohazalarini yozma ravishda qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨
“Tilaklar bekati”da talabalar o‘zlarining kelgusidagi orzu-maqsadlari, fakultetda tashkil etilishini istagan tadbirlar, yangi loyihalar va tashabbuslar haqidagi takliflarini yozib qoldirdilar.
💭
Har bir yozilgan tilak va taklif talabalarning qarashlarini yanada yaxshiroq anglash, ularning qiziqishlarini inobatga olish hamda yoshlar uchun yanada qulay va faol muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi do‘stlar orttirish va networkingni yanada kuchaytirish maqsadida qiziqarli dastur
tashkil etildi!
📌
turli xil qiziqarli va interaktiv o‘yinlar;
📌
jamoaviy va networking o‘yinlari;
📌
KARAOKE;
📌
kayfiyatni ko‘taruvchi challenge va o‘yinlar;
📌
yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar
🔥
Roman-german filologiyasi — bu nafaqat ta’lim, balki kuchli jamoa!
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🎉
1000+ obunachi! Birgalikda yana bir marraga erishdik!
📱
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashining
instagramdagi
“Poytaxt yoshlari” sahifasining obunachilari soni 1000 nafardan oshdi!
🤝
Bizni kuzatib borayotgan, postlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgan, fikr va tashabbuslari bilan faol ishtirok etayotgan barcha yoshlarimizga
minnatdorlik bildiramiz!
💚
Sizning ishonchingiz biz uchun katta motivatsiya. Oldinda yanada qiziqarli loyihalar, foydali ma’lumotlar, yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va yangi tashabbuslar bor.
👀
Siz hali ham sahifamizga obuna bo‘lmadingizmi?
➡️
Unda hoziroq
@yoshlar.uzb
sahifasiga obuna bo‘ling va poytaxt yoshlari hayotidagi eng muhim yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
✨
Bu hali boshlanishi. Birga yanada katta marralar sari!
#1000Obunachi
#BirgaKuchlimiz
#poyaxt_yoshlari
🔎
Bizni kuzatishda davom eting!
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Facebook
|
📺
YouTube
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan 1-kurs talabalari uchun “Yoshlar Ittifoqi — yoshlar imkoniyatlari maydoni” mavzusida tanishtiruv prezentatsiyasi
tashkil etildi.
📌
Prezentatsiya davomida talabalarga Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝
Shuningdek, fakultetdagi Yoshlar ittifoqi jamoasi va uning faol a’zolari tanishtirildi, jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tadbirlar va tashabbuslar haqida tushunchalar berildi.
🎥
Talabalarga Yoshlar ittifoqi faoliyati, o‘tkazilayotgan tadbirlar va loyihalarni aks ettiruvchi videoroliklar namoyish etildi.
💡
Tadbir davomida 1-kurs talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, universitet hayotida faol ishtirok etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va Yoshlar ittifoqi jamoasiga qo‘shilish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatib boring ;
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Telegram
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
“EKO FEST” ekologik tadbiri o‘tkazildi
11-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan “EKO FEST” ekologik tadbiri
bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zDJTU rektori
Ilxomjon Tuxtasinov
ishtirok etib, ekologik tashabbus doirasida rektor
qushlar uchun tayyorlangan ilk uyani daraxtga o‘rnatib, mazkur ezgu tashabbusga start berdi.
Tadbir doirasida universitet hududida
obodonlashtirish va tozalik hashari
tashkil etilib, talabalar tomonidan hududni tartibga keltirish va atrof-muhitni yanada obod qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek, qushlar va hayvonlar uchun ozuqa joylashtirilib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, talabalar tomonidan
bugungi kunning dolzarb ekologik muammolarini aks ettiruvchi rasmlar chizilib, tabiat mavzusida turli aplikatsiyalar va gerbariylar tayyorlandi
. Ushbu ishlar orqali yoshlarning ekologik mas’uliyati, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati va atrof-muhitni asrashga bo‘lgan munosabati namoyon etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌱
Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir!
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
🎮
DOTA 2 BO‘YICHA UNIVERSITET TURNIRI!
🇺🇿
Universitetimizning eng kuchli Dota 2 jamoasi kim?
Strategiya, tezkor qaror va jamoaviy harakatni namoyish etish vaqti keldi!
Turnirda ishtirok et va o‘z jamoang bilan universitet chempioni bo‘l!
👥
Format:
5×5
🎮
O‘yi
🗓
Sana:
14-sentabr
⏰
⏰
Vaq
t:
14:00
Manzil:
Asosiy bino, 3-ingliz
💙
Ro‘yxatdan o‘tish:
👉
@IT_startap
Jamoangni tuz. Ro‘yxatdan o‘t, maydonga chiq. G‘alaba uchun kurash!
🇺🇿
Faol, tashabbuskor va Vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishga intilayotgan yoshlar — ushbu challenge aynan siz uchun!
📸
Challenge doirasida o‘z suratingiz bilan
“Men — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosiman!”
deya ishtirok eting va safimizdagi do‘stlaringizni ham challengega chorlang.
✅
Biz — bir maqsad yo‘lida birlashgan yoshlar jamoasimiz!
Biz — yangi g‘oyalar, katta maqsadlar va bunyodkor tashabbuslar egalarimiz!
🔥
“Challange”da ishtirok etish
!
#Challange
#Poytaxt_yoshlari
🔎
Bizni kuzatishda davom eting!
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
📱
Facebook
|
📺
YouTube