
Yurist Haydarov Rasmiy
Prezident pedofillarning umrbod ozodlikdan mahrum qilinishini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi
Hujjat bilan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilib, ayrim ishlarni tergov qilish vakolati prokuraturaga o‘tkaziladi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni himoya qilish mexanizmlari, jumladan SOS tizimini joriy etish
rejalashtirilmoqda
.
⚡️
Samarqandda hokimlar Xitoy delegatsiyada o‘g‘illari, turmush o‘rtog‘i va qarindoshlarini yubordi
2026 yilning 11 fevral kuni samarqandlik mansabdorlarning yana manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani oshkor bo‘lgandi. Viloyatning Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabod tumani rahbarlari Xitoyga yo‘l olgan delegatsiya tarkibiga o‘g‘illari, haydovchisi va yordamchisini qo‘shib yuborgan.
"Sizlar nima qilsalaringiz ham qonunga to'g'ri kelaveradiya?"
"GAI" chiqargan noto'g'ri qarori uchun 30.000.000 (o'ttiz million) so'm ma'naviy zarar undiriladigan bo'libdi.
Uchtepa fuqarolik sudi sudyasi A.Hamroyev tomonidan chiqarilgan qaror bilan "GAI" noto'g'ri yozgan "shtrafi" uchun, davlat fuqaroga 30.000.000 so'm ma'naviy zarar to'lab beradigan bo'libdi.
Qoyil. Yashasin odil sud.
Endi "shtraf"lar xat bo'lib kelmaydi. Sababi Ichki ishlar vazirligi pochtaga pulini to'lamabdi, yangi davr uchun esa shartnoma tuzilmabdi.
Ma’lum qilinishicha (
https://t.me/uzauz/20396
), 2026 yil 1 martdan boshlab YHXX tomonidan shakllantirilgan jarima xatlari yetkazib berilmaydi. Sabab “Xavfsiz shahar” tizimi bilan 2026 yil uchun shartnoma imzolanmagan.
Ammo bir jihat aniq: qog‘oz xat kelmasa ham, jarima o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi. Muddat ham to‘xtamaydi.
Farg‘onada, bog‘cha bolasi yer ostidagi katta kuchlanishli transformatorni ustiga qulab tushgach butun boshli Eko shaharda svet o‘chib qolgan
Bola hozirgi kunda "reanimatsiya"da. Bog'cha mudirasiga jinoyat ishi qo'zg'atilishi aniq, agar nimadir noodatiy narsa yuz berib qolmasa.
❗️
Miroboddagi YTH bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mirobod tumanida voyaga yetmagan shaxs “BMW M4” rusumli avtomashinasida YPX inspektorini urib yuborgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Voyaga yetmagan bo'lsa, javobgarlikdan qutulib qolmaydimi degan savol berishingiz mumkin. Jinoyat kodeksi 266-moddasi uchun javobgarlikka tortish uchun 16 yoshga to'lgan bo'lsa yetarli. Demak, ro'lda bo'lgan o'quvchi 16 ga to'lgan va javobgarlikka tortish uchun asoslar yetarli.
Andijonda yigit qarindoshini tovuqlarni qamamagani uchun pichoqladi
Fuqaro oʻzi bilan bir xonadonda yashovchi ammasining oʻgʻli bilan tortishib qolgan. Yigit qarindoshiga bir necha marotaba pichoq urib, oʻldirgan. Ushbu shaxs 11 yilga qamaldi.
Kecha Istanbulda edim va bugun Samarqanddaman. Tergovda advokat sifatida qatnashishim kerak edi. Shu sababli ham Istanbul safaridan togri Samarqandga uchib keldim.
Bilim - bu kuch.
Istanbuldaman. Ish bilan kelganman. Til bilganing koni foyda. Vaqtida til kurslariga bergani uchun ota-onamga shu joyda rahmat aytmoqchiman.
Bo’lajak ota-onalar, bolalaringizga investetsiyani ta’lim, bilim va ilm bilan bering.