Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMLIGI MATBUOT XIZMATI

zarafshon_shahar_axborot_xizmat
Veb-sayt: https://gov.uz/oz/zarafshon Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61580123562384 Telegram: https://t.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmat You tube: https://www.youtube.com/@zarafshon_uz
Подписчики
5 423
24 часа
-1
30 дней
-227
Просмотры
311
ER
5,73%
Посты (30д)
625
Символов в посте
1 235
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 12:51

🚑
AVTOVISHKA AVTOMOBILI HAYDOVCHISI
📍
Navoiy viloyati, Southbay loyihasi
TALABLAR
:
🔹
C toifali amaldagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish (majburiy)
🔹
Kamida 3 yillik yuk avtomobillarini boshqarish staji va ko’tarish mexanizmlarida amaliy ish tajribasi
🔹
O‘rta yoki o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lish
🔹
Rus va/yoki o‘zbek tillarini ishchi darajada bilish (ikkala tilni bilish ustunlik hisoblanadi)
🔹
avtovushka/avtogidro ko’targich mashinistining ruxsat etilgan razryadi ko’rsatilgan guvohnomasi (guvohnomasi).
🔹
Har kuni texnik xizmat ko’rsatish va mayda nosozliklarni bartaraf etish ko’nikmalari
MAJBURIYATLAR
:
📦
Ish boshlanishidan oldin:
- Mashinani har kuni ko’zdan kechirish, tormozlar, gidravlika, o’qlar, beshiklar va xavfsizlik asboblarining soz ekanligini tekshirish.
- Xavfli zonalarda ishlashda yo’l varaqasi, ko’targichni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma va naryad-ruxsatnoma mavjudligini tekshirish.
Ish rejasi va harakat yo’nalishini aniqlashtirish.
Obyektda va ish vaqtida:
- Yerning relyefi va mustahkamligini inobatga olgan holda, tayanch ostidagi tagliklardan foydalanib, avtovushkani chiqariladigan tayanchlarga (autrigerlarga) to’g "ri o’rnatish.
- Barqarorlashtirish uchun qo’l ostidagi vositalarni qo’llash taqiqlangan.
- Xandaqlar, qozonxonalar yoki elektr uzatish liniyalari yaqinida texnika o’rnatilganda xavfsiz masofani kuzatib borish.
- Beshikni (люлька) ko’tarish, tushirish va to’xtatish undagi xodimlarning signallari bo’yicha qat’iy amalga oshiriladi.
- Eng yuqori balandlikka yaqinlashganda yoki murakkab ob-havo sharoitlarida o’qni past tezlikda boshqarish.
Xizmat ko’rsatish va smenani tugatish:
- Avtomashinaga yoqilg’i va moylash materiallari quyish.
- Mexanizmlarga bazaviy texnik xizmat ko’rsatish va profilaktik ta’mirlashni amalga oshirish. Yo’l varaqalarida va texnikani ko’zdan kechirish jurnalida ishlarning hisobini yuritadi.
📦
Yo‘l harakati qoidalari va kompaniya xavfsizlik talablariga rioya qilish.
SIZGA
:
💰
O‘z vaqtida maosh
📄
Rasmiy ishga qabul qilish
🗓
26/4 vaxta usulida ish grafigi
🚑
Zamonaviy ish sharoitlari
🤝
Professional jamoada ishlash imkoniyati
📈
Karyera o‘sishi imkoniyati.
📋
Botga o'ting va «
AVTOVISHKA AVTOMOBILI HAYDOVCHISI
» lavozimi bo‘yicha anketani to‘ldiring:
🤖
@KTungsten_jbot
Tel: +998701981625

September 11, 11:11

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
📚
Farmonga ko‘ra, xususiylashtirish subyektlariga tegishli yer uchastkasining bir qismi yo‘lning hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining muhofaza zonasi hududida joylashganda, uning
muhofaza zonasiga tushmagan qismini xususiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
📨
Davlat ulushi bo‘lgan tijorat banklari tumanlarda tadbirkorlar uchun sun’iy intellekt yordamida
"loyihalar fabrikasi"
tamoyilida loyihalarni ustuvor ravishda savdodagi davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari negizida amalga oshirishni taklif etadi.
💵
2026-yil 1-oktyabrdan
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi
50 foizdan ortiq
bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
⛔️
Raqobat muhiti shakllangan sohalarda Davlat budjetidan moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lmagan davlat muassasalarini
(mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq muassasalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)
tashkil etish taqiqlanadi.

Tijorat faoliyatini amalga oshiradigan davlat muassasalari (boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradigan davlat muassasalari bundan mustasno)
2026-yil 1-dekabrga qadar
xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi.
⏱️
Davlat ishtirokidagi korxonalar tizimidagi muassasa shaklidagi nosohaviy tashkilotlar davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibidan chiqariladi, xo‘jalik jamiyatlariga aylantirilgan holda
ommaviy savdolarga chiqariladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

September 11, 11:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Davlat mulkini boshqarish va sotishning yangi mexanizmlari joriy etiladi
☑️
Farmonga ko‘ra, hududlarda, shu jumladan, olis joylardagi boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llangandan keyin ham
3 oydan ortiq muddatda
sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga bo‘lgan
mulk va ijara huquqi:
▪️
ochiq elektron auksion savdolari orqali tegishli loyihani amalga oshirish sharti bilan yuridik shaxslarning ustav kapitaliga
ulush sifatida kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
🕐
Bunda auksion savdosida
1 nafar talabgordan
ariza kelib tushgan taqdirda ham yer uchastkasi uning ustav kapitaliga e’lon qilingan narxda kiritiladi va shakllangan ulush keyinchalik ushbu yuridik shaxsning o‘ziga sotib olish uchun taklif etiladi.
📋
Davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiylashtirilganda ularga biriktirilgan yer uchastkalariga nisbatan
sotilgunga qadar bo‘lgan huquqlar
(umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va ijara huquqi)
ularni xususiylashtirib olgan subyektlar uchun amaldagi tartibda saqlanib qoladi.
🔺
Bunda yer uchastkalari bo‘yicha ijara shartnomalarini
qayta tuzish talab etilmaydi.
🏢
Yer uchastkalarini hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi kelishuvidan o‘tkazgan va qurilishga bo‘lgan barcha ruxsatnoma hujjatlarini olgan holda
"tayyor paket"
usulida savdoga chiqarishni tashkil etishga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari mas’ul hisoblanadi.
📜
Bunda:
🔸
"tayyor paket"
ishlab chiqish uchun xizmat haqi xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplashga ruxsat etiladi;
🔸
yer uchastkasi uning boshlang‘ich narxiga "tayyor paket"ni ishlab chiqish xarajatlari qo‘shilgan holda auksionga chiqariladi va keyinchalik xarajatlar yer uchastkasini
sotishdan tushgan mablag‘lar
hisobidan qoplanadi;
🔸
yer uchastkalari ustuvor ravishda
master rejasi
ishlab chiqilib, tasdiqlangan hududlardan tanlanadi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

September 11, 10:59
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

“Jaholatga qarshi ma’rifat” — yot g‘oyalarga qarshi ma’rifiy targ‘ibot

11-sentabr kuni Zarafshon shahrining Alisher Navoiy mahallasi hududidagi 1-sonli umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida
“Jaholatga qarshi ma’rifat”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Zarafshon shahar bosh mutaxassisi
A.Xamdamov
hamda shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari
D.Bahranova
, viloyat kengashi deputati Z. Baxranova ishtirok etdi.

Unda yoshlarni turli yot va zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, radikallashuvning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek,
Yoshlar kuni
munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|

September 11, 09:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishining borishi hamda Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi. Davlatimiz rahbari aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini Olmazor tumani misolida o‘rganish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с ходом строительства Национального музея Узбекистана и созидательной работой, проводимой в Алмазарском районе столицы. Глава нашего государства также проведет видеоселекторное совещание по изучению исполнения задач по повышению доходов населения на примере Алмазарского района.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 11, 08:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan
telefon orqali muloqot
qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел
телефонный разговор
с Премьер-министром Республики Армения Николом Пашиняном.
#Mirziyoyev
#muloqot
#Armaniston
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 08:23
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi
qabul qildi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
основателя вьетнамской компании «ROX Group» Ань Туан Чана.
#Mirziyoyev
#qabul
#Vyetnam
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 11, 08:05
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

#Mustaqillik35Yil
#O
‘quv_seminari
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘quv seminari o‘tkazildi.
⚡️
2026-yil 11-sentabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanasidagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarni targ‘ib etishga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.
⚡️
Tadbirda shahar shahar Favqulodda vaziyatlar  bo‘limi boshlig‘i Olim Axmedov, shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahranova, shahar “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i H.Ernafasov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdi.
⚡️
Ushbu seminar shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilib,  seminar davomida davlatimiz rahbarining bayram tantanasidagi nutqida ilgari surilgan yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|

September 11, 07:09
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
29-avgust–8-sentyabr kunlari Zarafshon shahar delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo'lib, mamlakatning yetakchi ishlab chiqarish korxonalari va sanoat zonalari bilan yaqindan tanishildi.
Safar davomida quyidagi yo'nalishlardagi zavod va korxonalarga tashrif buyurildi:
🔹
Shisha butilkalar ishlab chiqarish zavodi;
🔹
Ekskavator va yuk tashuvchi maxsus texnikalar ishlab chiqarish zavodi;
🔹
Traktor yig'ish zavodi;
🔹
Granit kroshkasi va granitdan o'ymakorlik buyumlari ishlab chiqarish korxonalari;
🔹
Tosh qayta ishlash sanoat zonasi;
🔹
Grafit ishlab chiqarish zavodi;
🔹
Sport anjomlari va sport maydonchalari qoplamalari ishlab chiqaruvchi korxona;
🔹
Savatlar va uy-ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarish fabrikasi;
🔹
Dekorativ gul-ko'chatlar yetishtirish xo'jaligi.
Tashrif chog'ida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalari va mahsulot sifat standartlari bilan batafsil tanishildi, shuningdek, kelajakda o'zaro foydali hamkorlik yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.
O'z navbatida, xitoylik hamkorlarga Zarafshon shahrining investitsiya salohiyati, mavjud imkoniyatlari va istiqbolli loyihalari haqida taqdimot o'tkazildi.
Ushbu tashriflar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va yangi investitsiya loyihalarini joriy etish yo'lidagi muhim axamiyat kasb etadi.
📣
Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️
Telegram
|
🗳
Facebook
|
🌐
Veb Sayt
|
📹
Youtube
|

September 11, 07:09
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram