
PAXTACHI TUMANI HOKIMLIGI rasmiy
🌾
HOZIR: QISHLOQ XO‘JALIGIDA MAVSUMIY ISHLAR MUHOKAMA QILINMOQDA
Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vaziri
Ibrohim Yulchiyevich Abdurahmonov
rahbarligida zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llagan holda
kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish hamda paxtani to‘liq pishgan holda terimga tayyorlash
masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari selektor tarzida o‘tkazilmoqda.
Unda
Paxtachi tumanining qishloq xo‘jaligi sohasi tashkilotlari rahbarlari
ham ishtirok etmoqda.
Seminarda kuzgi ekinlarni sifatli va o‘z vaqtida ekish, agrotexnik tadbirlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, shuningdek, paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌱
Sifatli agrotexnologiya — mo‘l hosil va yuqori samaradorlik garovi!
Biz
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
#hozir
Navbatdagi hokim qabuli boʻlib oʻtmoqda
Ayni damda Paxtachi tuman hokimining navbatdagi qabuli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Paxtachi tumanidagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilmoqda.
Biz
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
Mojar mahallasida shtab a'zolari aholi muammolarini o'rganmoqda
Paxtachi tumanida mavjud resurslar va qoʻshimcha imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalangan holda mahallalarda kambag'allik va ishsizlikni qisqartirish maqsadida tashkil etilgan TUMAN SHTABI aʼzolarining Mojar mahallasida tuman hokimi Qayum Xushbakov boshchiligida oʻrganish jarayonidan fotolavhalar.
Biz
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
🎓
YOSHLARNI KASB-HUNARGA O‘RGATISH VA ISH BILAN TA’MINLASH — MUHIM YO‘NALISH
Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yoshlarni zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularning mustaqil daromad topishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📚
8 365 NAFAR YOSH ZAMONAVIY KASBLARGA O‘QITILDI
Bugungi kunga qadar tumanda 8 365 nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitildi.
Yoshlarning qiziqishi va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib, turli kasb va yo‘nalishlar bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi.
💻
“USTOZ AI” — ZAMONAVIY BILIMLAR SARI IMKONIYAT
Yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga keng jalb etishda “Ustoz AI” ilovasidan ham samarali foydalanilmoqda.
Bugungi kunda mazkur platforma orqali 5 171 nafar yosh qamrab olingan bo‘lib, ular 40 dan ortiq zamonaviy fan va kasblarni mustaqil o‘rganish imkoniyatiga ega.
Bu esa yoshlarning raqamli texnologiyalardan foydalanish, mustaqil ta’lim olish va zamonaviy kasblarni egallash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
🤝
“USTOZ-SHOGIRD” — TAJRIBA VA MAHORAT MAKTABI
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishda xalqimizning asrlar davomida shakllangan “ustoz-shogird” an’anasi ham muhim o‘rin tutadi.
Paxtachi tumanida yoshlarni tajribali ustalar va hunarmandlarga biriktirish, ularning amaliy tajribasini o‘rganishi va kasb sir-asrorlarini puxta egallashiga ko‘maklashishga e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu an’ana yoshlarni nafaqat kasb-hunarga, balki mehnatsevarlik, sabr-toqat, mas’uliyat va halollik kabi fazilatlarga ham o‘rgatadi.
🧵
MILLIY HUNARLAR — MILLIY QADRIYATLAR DAVOMCHISI
Zamonaviy kasblar bilan bir qatorda, milliy hunarmandchilikni yoshlar orasida ommalashtirish ham muhim yo‘nalishlardan biri.
Yoshlar:
🔹
tikuvchilik va bichish-tikish;
🔹
milliy kashtachilik;
🔹
gilamdo‘zlik va to‘qimachilik;
🔹
yog‘och o‘ymakorligi;
🔹
kulolchilik;
🔹
zargarlik;
🔹
poyabzalchilik va charm mahsulotlari tayyorlash;
🔹
naqqoshlik va bezak san’ati kabi yo‘nalishlarni o‘rganishga jalb etilmoqda.
Kasb-hunar egallagan yosh kelgusida o‘z ustaxonasini tashkil etishi, mahsulot ishlab chiqarishi, elektron savdo platformalaridan foydalanishi va hatto o‘z brendini yaratishi mumkin.
💼
KASB — BANDLIK VA MUSTAQIL DAROMAD MANBAI
Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish — ularning bandligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.
Shu bois tumanda yoshlarni kasbga o‘qitish bilan bir qatorda, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ustozlarga biriktirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatish va mustaqil faoliyat yuritishga tayyorlashga ham e’tibor qaratilmoqda.
Zero, kasb egallagan yosh nafaqat o‘zi uchun daromad manbaini yaratadi, balki kelgusida ish beruvchiga aylanib, yangi ish o‘rinlari yaratishi mumkin.
🎯
ASOSIY MAQSAD — HAR BIR YOSHGA MUNOSIB KASB
Bugun yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar zamonaviy bilimlar, innovatsion kasblar va milliy hunarmandchilik an’analarini uyg‘unlashtirmoqda.
Asosiy maqsad — har bir yoshning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatidan kelib chiqib, uni munosib kasbga yo‘naltirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish hamda kelajakda mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdir.
Eldor Eshonqulov
4-“Sardoba” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati
,
Kengash raisi
.
Biz
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
YANGI XUSUSIYLASHTIRISH IMKONIYATI: BOSHLANG‘ICH NARXI 1 MLN SO‘MDAN BO‘LGAN AKTIVLARNI SOTIB OLING!
Tadbirkorlar uchun auksion savdolariga
qulay narxlarda aktivlar
chiqarildi. Har bir obyekt haqida batafsil ma’lumotni quyida ko‘rsatilgan havolalar orqali olishingiz mumkin.
______
НОВАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ПРИВАТИЗАЦИИ: ПРИОБРЕТАЙТЕ АКТИВЫ СО СТАРТОВОЙ ЦЕНОЙ ОТ 1 МЛН СУМОВ!
Для предпринимателей на аукцион выставлены
активы по выгодным ценам
. Подробнее с каждым объектом можно ознакомиться по ссылкам, указанным ниже.
_______
NEW PRIVATIZATION OPPORTUNITY: PURCHASE ASSETS WITH A STARTING PRICE FROM UZS 1 MILLION!
Assets at attractive prices
are now available for entrepreneurs through auction. You can find more information about each asset through the links provided below.
🌎
Samarqand viloyati
🎞
Video-qo'llanma
👈
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
⏰
Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)
👇
Xabardor boʼlish uchun
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
🍁
Xazon va shox-shabbalarni yoqish - ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi!
Dala va aholi punktlarida ang'iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o'simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish O'zbеkiston Rеspublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Atmosfеra havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonuning 4, 24-moddalarining buzilishiga olib kеladi va O'zbеkiston Rеspublikasi “Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodеksi”ning 88-moddasi 3-qismiga asosan: fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan bеsh baravarigacha; mansabdor shaxslarga esa – bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo'ladi.
Undan tashqari, O'zbеkiston Rеspublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1647-son bilan davlat ro'yxatiga olingan nizomga muvofiq somon yoqilishi sababli ushbu еrdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida еtkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.
Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo'shiling
👇
👇
https://t.me/econewssamarqand
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar
www.dxxtmhal.uz
sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
✈️
Telegram
|
📘
Facebook |
📸
Instagram
|
📹
YouTube
Paxtachi tumanida yoshlar bilan sayyor qabul o'tkazildi
Paxtachi tuman prokurori, 2-sektor rahbari Madjidov Suxrob Nematullayevich tomonidan Farovon Yo'ldoshobod mahallasi yoshlari bilan sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabul davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar manfaatlarini ta'minlash, ularning muammo va takliflarini o'z vaqtida hal etish borasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
#hozir
Ayni paytda Paxtachi tumani 3-sektor shtabida Paxtachi tumani hokimi Qayum Xushbakov va Markaziy bank vakili ishtirokida tadbirkorlar qabuli boʻlib oʻtkazilmoqda.
Biz
👉
https://myurls.co/paxtachi_tumani
Нодир Жонузоқ,
- Жуда узоқ вақт икки алифбо орасида аросатда юрдик, энди бунга чек қўйиш арафасида турибмиз
✅
@Zarnews_uz