Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

zomin_60maktab
©️ Jizzax viloyati Zomin tumani 60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi Matbuot xizmati.
Подписчики
2 202
24 часа
3
30 дней
-34
Просмотры
669
ER
30,38%
Посты (30д)
35
Символов в посте
750
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 25, 08:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
25-OKTYABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI!
Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning mas’uliyatli xizmatingiz, jasoratingiz va xalq osoyishtaligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga loyiq. Zero, tinchlik bor joyda taraqqiyot, osoyishtalik bor joyda farovonlik bo‘ladi.
📚
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!
Bugungi kunda yosh avlodni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat va fuqarolik burchi tuyg‘ularini shakllantirish barchamizning muhim vazifamizdir.
Shu munosabat bilan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz
Bayramingiz muborak bo‘lsin, tinchligimiz posbonlari!
Hurmat bilan 60-maktab direktori
Dots. Ravshan Boyirov.
@zomin_60maktab

October 24, 16:27
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

💥
2026/27-yilgi o'quv mavsumida Zakovat bo'yicha 60-maktab terma jamoasining tarkibi aniq bo'ldi:
ANORBOYEVA OSIYO (6-E)
RAXMATULLAYEV ABBOS (8-LS)
USMONQULOV ABROR (8-M1)
©
XUDOYQULOV ELSHOD (8-M1)
ANORBOYEVA AFRUZA (8-LS)
SHERQO'ZIYEV RASHID (6-Rus)
👑
Ishonamizki, bu tarkib kelajakda katta yutuqlarga erishib, maktabimiz nomini munosib himoya qiladi!
@zomin_zakovat

October 23, 14:47
Файлы недоступны
3
7
Открыть в Telegram

🎶
“SEN ISTE’DODLISAN!” — ISTE’DODLAR BAYRAMI
🎤
💃
📅
2026-yil 22-oktabr kuni maktabimizda musiqa fanidan “Sen iste’dodlisan!” nomli ko‘tarinki ruhdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 4-, 5- va 6-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining musiqiy qobiliyatlari va ijodiy iste’dodlarini namoyish etdilar. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar hamda musiqiy cholg‘u asboblaridagi ijrolar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning sahna madaniyati, ijodkorligi, musiqaga bo‘lgan mehr-muhabbati va o‘z iste’dodini namoyon etishga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Sen iste’dodlisan!” tadbiri o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan musiqa fani o‘qituvchilari Boymurodova Zamira va Mahkamov Jahongirga,shuningdek, faol ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga samimiy minnatdorlik bildiramiz!

October 23, 14:45
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

📚
OCHIQ DARS — ZAMONAVIY TA’LIM VA IJODIY YONDASHUV!
Bugun, 23-oktabr kuni 60-maktabning 2-“B” rus sinfida o‘qish fanidan Ilhomova M. tomonidan ochiq dars tashkil etildi.
Dars kuz fasli bilan bog‘liq “Mevalar” metodi asosida qiziqarli va mazmunli tashkil etildi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, turli topshiriqlarni hamkorlikda bajardilar, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Mashg‘ulot davomida 4K modeli — tanqidiy fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va hamkorlik tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi. Dars matematika , mehnat va tasviriy san’at fanlari bilan integratsiyalashgan holda olib borilib, o‘quvchilarning ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
🌟
Dars davomida qo‘llanilgan interfaol metodlar, guruhli ishlar va fanlararo integratsiya mashg‘ulotni yanada qiziqarli, jonli va samarali tashkil etishga yordam berdi.
👏
Ilhomova M ga kelgusi pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ijodiy izlanishlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

October 23, 13:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎉
BIRINCHI O'RIN — MUNOSIB G'ALABA
!
🇷🇺
60-umumiy o'rta ta’lim maktabi jamoasi yana bir quvonchli yutuqni qarshi oldi!
Maktabimiz 11-Rus sinfi o‘quvchisi Abdikadirova Asel Rus tili fanidan olimpiadaning tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
🥇
👏
Ushbu muvaffaqiyat — o‘quvchining intilishi, bilimga bo‘lgan qiziqishi, tinimsiz mehnati hamda ota-onasining fidokorona sa’y-harakatlari samarasidir.
📚
O‘quvchimizni ushbu yuksak natija bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Uning ta’lim yo‘lidagi keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishiga, bilim va salohiyatini yanada yuksaltirishiga tilakdoshmiz!
🌟
Shuningdek, o‘quvchimizni ushbu musobaqaga tayyorlagan rus tili fani o‘qituvchisi Ismoilova Anjella Tashpulatovnaga ham samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Bir o‘quvchining yutug‘i — butun maktabning faxri! O'quvchimizga kelgusi olimpiadalarda ham omad va yangi marralar tilaymiz!
@zomin_60maktab

October 23, 06:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔰
DIQQAT !
@zomin_60maktab

October 22, 04:39
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
Ona tilimizni sevaylik, ardoqlaylik va uning sofligini asraylik!
🏫
Zomin tumani 60-umumta’lim maktabida bayram shukuhi!
🎆
🎆
@zomin_60maktab

October 22, 04:19
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

October 22, 04:19
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

October 22, 04:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
ONA TILIM — G‘URURIM, IFTIXORIM!
📚
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Zomin tumani 60-umumta’lim maktabida “Ona tilim — g‘ururim, iftixorim” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
🎉
Tadbir ona tilimizga bo‘lgan muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ona tilimizning naqadar bebaho ne’mat ekanini tarannum etuvchi chiqishlarga boy bo‘ldi.
Bayram dasturida ona tili va adabiyot uslubiy birlashmasi o‘qituvchilari faol ishtirok etib, tadbirning mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.
✨
Tadbir davomida:
📖
9-LS sinf o‘quvchilari tomonidan go‘zal g‘azallar;
🌷
5-sinf o‘quvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar;
🎭
9-LN sinf o‘quvchilari tomonidan ajoyib sahna ko‘rinishi;
💃
6-sinf qizlari tomonidan betakror raqslar namoyish etildi.
Ayniqsa, 7-F sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan laparlar bayramga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
📹
Shuningdek, 10-M1 sinf o‘quvchilari Ibrohim va Kamola tadbirning media yo‘nalishida faol yordam berib, bayramni yoritishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
💐
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu bayram tadbiri o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshirish, uning sofligini asrash, tilimizni qadrlash va milliy o‘zligimizni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Zero, ona tilini sevish — Vatanga muhabbatning eng go‘zal ifodasidir!
🇺🇿
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz timsolidir!
@zomin_60maktab