Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ZOMINIY

zominiy_uz
Facebook: 👉🏽 https://www.facebook.com/xudoyberdizominiy Facebook: 👉🏽 https://www.facebook.com/ZOMINIY?mibextid=LQQJ4d You tube: https://youtube.com/@zominiy Instagram: https://instagram.com/zominiy.uz Murojaat uchun: @Zominiiy
Подписчики
1 665
24 часа
1
30 дней
-24
Просмотры
674
ER
40,48%
Посты (30д)
99
Символов в посте
687
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 16:11
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

"Propiska" masalasida Prezidentimizni minglab odamlar duo qilgan boʻlsa ajabmas.
Rostdan ham, Oʻzbek oʻz poytaxtida begonadek edi.
😊

October 26, 06:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Özbekistonda ilk bor islomiy bank faoliyati uçun litsenziya berildi
Özbekiston Markaziy banki tarixda birinçi marta islomiy bank faoliyatini yuritişga ruxsat berdi.
Ilk litsenziyani «Open bank» oldi.
Markaziy bank Boşqaruvining 2026-yil 23-oktabrdagi qaroriga asosan, bankka
1-I-sonli litsenziya
berilgan.
Mazkur litsenziya «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunda belgilangan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beradi.
Islomiy bankning oddiy bankdan farqi nimada?
Uning asosiy tamoyillaridan biri — foiz evaziga qarz berişning taqiqlanişi. Buning örniga savdo, ijara va foydani bölişişga asoslangan moliyalaştiriş usullari qöllanadi.

October 24, 14:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Бир ватандошимизга оғир —
урогенитал туберкулёз (сийдик-жинсий аъзолари туберкулёзи)
ташхиси қўйилган.
Унда жарроҳлик амалиёти ўтказилиб, аъзонинг бир қисми олиб ташланган. Ҳозирда у бел ва тиззалардаги кучли оғриқлар ҳамда ҳаракатланишдаги қийинчиликлар билан курашмоқда.
Олдинда узоқ даволаниш бор ва қайта муолажалар кутиб турибди.
Оиланинг моддий имконияти тугагани сабабли сизнинг ёрдамингизга жуда муҳтож.
Озми-кўпми қилган эҳсонингиз беморнинг соғайишига катта сабаб бўлади!
💳
Карта
рақамлари
:
9860 1401 1306 8427
5614 6803 0027 8708
(Зупаров Эркин)
.

October 24, 08:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bazalt asosida issiqlik izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqaradigan
Termo Plus
korxonasi ta’sischisi
Eldor Tursunov
bilan ochiq va samimiy suhbat qildik.
Suhbat davomida o‘zimni anchadan beri qiziqtirib kelgan, shu bilan birga ko‘pchilik yurtdoshlarimizda ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollarni berdim va imkon qadar batafsil javoblar oldim.
Umid qilamanki, bu suhbat Termo Plus faoliyati, bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiyasi va umuman ushbu sohaga qiziqqanlar uchun foydali bo‘ladi.
To‘liq suhbatni YouTube kanalimda tomosha qilishingiz mumkin:
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
👇🏿
https://youtu.be/o-juXkHg4ng?si=H_pR2lK6YLluO7oH

October 24, 07:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MUROJAAT YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT BILDIRILDI
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, Ziyokor mahallasidagi G‘oyib ota qabristoni orqa tomonida joylashgan ariqning chiqindilarga to‘lib ketgani va hududdan yoqimsiz hid tarqalayotgani yuzasidan
e’lon qilgan murojaatimizga
tuman hokimligi tomonidan rasmiy
munosabat bildirildi
.
Ma’lum qilinishicha, murojaat mas’ullar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. Tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari va mahalla aholisi hamkorligida hashar tashkil etilib, ariq va uning atrofi chiqindilardan tozalangan.
Shuningdek, kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hududga kuzatuv kamerasi o‘rnatish, atrofini o‘rash hamda chiqindi tashlash taqiqlanganini bildiruvchi ogohlantiruvchi belgilarni joylashtirish rejalashtirilgan.
Tuman hokimligi
ushbu hududni doimiy nazoratga olish choralarini ham ko‘rishini ma’lum qildi.
Murojaatimizga munosabat bildirgan mas’ullarga rahmat. Faqat bir narsani unutmaylik, azizlar, hudud tozaligini saqlash va bunday holatlarning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik barchamizning mas’uliyatimizdir.

October 24, 05:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bolalik xotiralari va bugungi haqiqat...
Yaxshi eslayman, bolaligimizda uylarda, ayniqsa tandir yoki oʻchoq boshida idish-tovoqlarni tozalashda oddiy kuldan foydalanardik. Qozonlarning qorasi, yogʻli idishlar kul bilan ishqalanganda koʻz ochib yumguncha top-toza boʻlib, yaltirab ketardi.
Oʻshanda buni oddiy holdek koʻrgan ekanmiz.
Bugun esa oshxonamizni turli xushboʻy hidli idish yuvish gellarisiz tasavvur qilolmaymiz. Ammo achinarli haqiqat shundaki, hozirgi kimyoviy vositalar sababli turli allergiyalar, teri kasalliklari va oshqozon xastaliklari koʻpayib bormoqda. Kimyoviy moddalar idishdan yaxshi chayilmasa, asta-sekin organizmimizni zaharlaydi.
Momolarimiz ishlatgan oʻtin kuli esa mutlaqo tabiiy, sogʻliq uchun bezarar boʻlgan. Hech qanday kasallik keltirib chiqarmagan, aksincha, idish yuvilgan oʻsha suv tuproqqa toʻkilsa, yerga oʻgʻit boʻlgan. Salomatligimizni asrash uchun baʼzan oʻtmishning mana shunday oddiy, toza va sinalgan usullarini eslab turishimiz kerak ekan.
Tabiiylikka qaytish vaqti kelmadimi?

October 24, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Jizzaxda ariq chiqindilarga to‘lib, hududdan yoqimsiz hid tarqalmoqda
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani, Ziyokor mahallasi, G‘oyib ota qabristonining orqa tomonidagi ariq turli chiqindilarga to‘lib ketgani haqida murojaat kelib tushdi.
Murojaatchining ma’lum qilishicha, ariqda suv o‘rnini chiqindilar egallagan. Hududga turli maishiy chiqindilar tashlangan, hatto o‘lgan hayvonlarning jasadlari sababli ham atrofga yoqimsiz hid tarqalmoqda. Bundan tashqari, ayrim chiqindilar yoqib yuborilgani ham aytilmoqda.
Mazkur holat atrof-muhit va aholi salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Mas’ul tashkilotlardan hududni chiqindilardan tozalash, ariqning sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni noqonuniy tashlash va yoqish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rish so‘raladi, deb yozmoqda
Ekolog.uz

October 23, 06:37

⚡️
Jizzax viloyati xalqaro investorlar oldida o‘z bahosiga ega bo‘ldi
Dunyoning nufuzli reyting agentliklaridan biri — Fitch Ratings Jizzax viloyatiga «BB−» xalqaro kredit
reytingini
beribdi. Prognoz — «Barqaror».
Fitch tahlilchilariga ko‘ra, Jizzax iqtisodiyoti respublikadagi o‘rtacha sur’atdan tezroq o‘smoqda. Viloyatning moliyaviy profiliga esa «AA» baho berilgan.
❗️
Xo‘sh, bu reyting nima beradi?
Gap shundaki, xorijiy investor biror hududga pul tikmoqchi bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli, qarzlarini qaytarish imkoniyati va xatarlariga ham qaraydi. Fitch kabi xalqaro agentlikning bahosi shuning uchun kerak.
Endi Jizzax viloyatining ham investorlar oldiga qo‘yadigan mustaqil xalqaro bahosi bor.
Albatta, reytingning o‘zi zavod qurib, odamlarni ishli qilib qo‘ymaydi. Lekin investisiya jalb qilishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

October 22, 15:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Dunyoning ko‘plab davlatlarida prezidentlar va davlat rahbarlarining oila a’zolari turli xayriya fondlari orqali ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ayniqsa, bemor bolalarga yordam berish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistonda ham Prezident Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva “Zamin” fondi orqali ko‘p yillardan buyon bolalar salomatligi bilan bog‘liq xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ana shu mehnatlar xalqaro miqyosda ham e’tirof etilib, Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli "WHO Director-General’s Award 2026" mukofotiga sazovor bo‘libdi.
Bu mukofot avvalgi yillarda Nobel mukofoti sovrindorlari Katalin Kariko va Drew Weissman, shuningdek, dunyoga mashhur olim va davlat arboblariga ham berilgan.
Eng muhimi, buning ortida kasallik bilan kurashayotgan bolalarga ko‘rsatilgan yordam, ularning sog‘ayishi uchun qilingan harakat va minglab oilalarning umidi turibdi.
Yaxshilikning e’tirof etilishi ham yaxshi. Bunday xayrli ishlar bardavom bo‘lsin deb qolamiz.
😊
🌸

October 22, 11:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Respublikada yillik paxta topshirish rejasi bajarilibdi. Viloyatlar kesimida Jizzax 4-o'rinda...