
Zuhriddin_ jurnalist
FARGʻONA DERBISIDA JAMOAMIZ MUHIM GʻALABANI QO‘LGA KIRITDI
Bugungi uchrashuv kutilganidek ancha qiziqarli va shiddatli ruhda o‘tdi.Birinchi bo‘limni futbolchilarimiz juda hujumkor o‘yin bilan boshlashdi va 4-daqiqada Vladimir Yovovich, Farrux Sayfiyev va Zoran Marushich kombinatsiyasi chiroyli gol bilan yakunlandi.Golga Zoran Marushich mualliflik qildi 1:0.Ko‘p o‘tmay 6-daqiqada navbatdagi hujumda to‘p Ratinoga uzatildi. U bir nechta himoyachilarni aldab o‘tib olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi va darvozani ishg‘ol etdi 2:0. Urilgan gollardan so‘ng jamoamizning hujumkorligi va o‘yindagi ustunligi davom etdi.Mehmonlar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keldi.Lekin yakunda ushbu vaziyatlarda amalga oshirilgan zarbalarga biroz aniqlik yetishmadi. 42-daqiqada esa mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Yosh futbolchimiz Nurmuhammad Abdug‘aniyevga nisbatan qo‘pol harakat qilgan Javohir Sidiqov maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo‘lim ham jamoamizning faolligi bilan boshlandi va tezkor gol bilan yakunlandi. Chap qanotdan katta tezlikda to‘pni qabul qilib olgan Hurshid Gʻiyosov to‘pni mohirlik bilan qo‘qonliklar darvozasiga joylab qo‘ydi 3:0.Hech qancha o‘tmay Hurshidda uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritish uchun navbatdagi imkoniyat paydo bo‘lgandi. Ammo uning zarbasini qaytarishga erishgan mehmonlar 54-daqiqadagi zarbasiga ojizlik qilishdi 4:0.Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida jamoamiz tarkibida bir nechta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Zaxiradan maydonga tushgan to‘purar hujumchimiz Stipe Perisa yana gollar sonini oshirishga yaqin kelgan edi. Lekin uning bitta goligi offsayd, deb inobatga olishmagan bo‘lsa,keyingi vaziyatda uning zarbasiga aniqlik yetishmadi.Ta’kidlash joizki, bugungi uchrashuvda murabbiylarimiz qaydnomaga kiritilgan barcha yoshlarga imkoniyat berib,ularni maydonga tushirishdi va yoshlarimiz g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shib, murabbiylar ishonchini to‘liq oqlashdi.Aynan yoshlarimiz ijrosida berilgan zarbalar o‘yindagi hisobning yanada yirikroq ko‘rinishiga olib kelishi mumkin edi.Biroq ularning zarbalarini himoyachilar qiyinchilik bilan qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning qolgan qismi ham to‘laligicha jamoamiz ustunligida kechdi va yakunda jamoamiz yirik hisobda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga. 10-tur
“Neftchi" 4:0 "Qo‘qon-1912
"
Gollar
: Zoran Marushich, 4'(1:0), Jurani Fransisko Ferreira, 6'(2:0), Xurshid G‘iyosov, 46'(3:0), Xurshid G‘iyosov, 55'(4:0)
Bosh hakam
: Olim To‘ychiboyev
Yordamchi hakamlar
: Shohruhbek A'zamov, Azizbek Isaqov
Zaxira hakami
: Xushnudbek Suyunboyev
VAR
: Ilgiz Tantashev
AVAR
: Timur Gaynullin
Nazoratchi
: Sultonbek Zaylabiddinov
Komissar
: Feruzbek G‘aniyev
"Neftchi":
1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboyev, 8.Vladimir Yovovich (14.Daler Tuxsanov, 62)9.Xurshid G‘iyosov (11.Asilbek Jumayev,62) 10.Jamshid Iskanderov (27.Nurbek Sarsenbayev,72) 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Peritca,62), 34.Farrux Sayfiyev, 77.Jurani Fransisko Ferreira(30.Rustambek Fomin, 46)
Zaxira
: 45.Akbar To‘rayev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 22.Alisher Odilov, 23.Jovan Jokich
Bosh murabbiy
: Islombek Ismoilov
🟢
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
✅
Telegram
|
📒
Facebook
📷
Instagram
|
🖤
Youtube
Nurmuhammad Abdug’aniyev bugun ham boshlang’ich tarkibda maydonga tushgan. Nurmuhammad bugun o’n qanot himoya chizig’ida harakat qilmoqda va anchagina yuqoriga chiqib harakat qilmoqda. Unga imkonyat berildi, va oqladi katta kelajak yutuqlar kutib turipti Abdug’aniyevni omad tilab qolamiz.
⚡️
@Zuhriddin_Hakimov
Zuhriddinovlarni
hammasi lider
🫣
Zuhriddin ,,,,,,
✅
@Zuhriddin_Hakimov
MANSURJON NIYOZOVNI TABRIKLAYMIZ
!
Bugun "Neftchi" fan klubi yetakchilaridan biri Mansurjon Niyozovning tavallud topgan kuni. Biz jamoamiz va futbolimiz jonkuyari Mansurjonni shukrona kuni bilan chin yurakdan muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam salomatlik va doimiy baxt-saodat tilaymiz.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, Mansurjon!
@blogn01
🎟
BUGUNGI UCHRASHUV UCHUN CHIPTALAR SOTUVI DAVOM ETADI!
Xabaringiz bor, jamoamiz bugun O‘zbekiston Superligasi 10-tur doirasida viloyatimizning yana bir jamoasi — “Qo‘qon 1912”ga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuv uchun chiptalar bugun soat 09:15 dan boshlab “Istiqlol” stadionining asosiy kirish qismida joylashgan kassalarda sotuvga chiqariladi.
⏰
Uchrashuv boshlanish vaqti: 19:00
Barcha muxlislarimizni ushbu muhim derbiga chorlab qolamiz!
#BirgalikdaKuchlimiz
💛
🖤
🟢
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
✅
Telegram
|
📒
Facebook
📷
Instagram
|
🖤
Youtube
⚡️
Sergey Arslonov Andijon jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi
⚡️
@Zuhriddin_Hakimov