Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Abdulla Oripov she'rlari

Abdulla_Oripov_sherlari

Abdulla Oripov hayoti va ijodi...
Murojaat uchun:
@Xojayor_SH

Subscribers
6 660
Post views
5 615
ER
83,94%
Posts
2 488
August 17, 15:55

Абдулла Орипов
ОНА ЮРТ
Сиз, соҳибдавлатлар, зотлар муҳтарам,
Ўзингизга сийлов уяларингиз.
Мени эшитмассиз эҳтимол ҳеч ҳам,
Бироқ, етказади хуфяларингиз.
Етказади, гўё Ўрта Осиёда
Аллақандай шоир бир гan айтипти.
Сайловчилар тиргак сизга дунёда,
Бу тўлқин бир кун бор, бир кун — қайтипти.
Эътибор айлангиз, азиз тўралар,
Ўйланг сиз ҳам ахир ўз танингизни.
Тутаб ёнмоқдадир ўрмон, қўралар,
Нега ўйламайсиз Ватанингизни?
Сира ўйламайсиз остонангизда
Имдод сўраб ётган гадоларни сиз.
Ҳар куни кутгайсиз кошонангизда
Ўзингизга ўхшаш подшоларни сиз.
Аммо менинг учун жуда ғалат ҳол:
Бир чеккага қўйинг шараф ҳам шонни,
Нега ғалвангиздан юз буриб дарҳол,
Сиз ўйлай бошлайсиз Ўзбекистонни?!
Ўзбек дер: ўзингга енг бўлолмасанг,
Асло бўлолмассан бошқага этак.
Кимлигим ҳақида олам чалган занг,
Азал буюклигим бўлган-ку эртак.
Менинг тоғларим бор — баланддир, пастдир.
Нима бўлганда ҳам улар меники!
Бахши овозими, мақомми, сасдир –
Нима бўлганда ҳам улар меники!
Меники саналур Жайҳун, Сайҳун ҳам,
Муштипар мусича ку-кусигача.
Меники аталур Истиқбол - болам,
Жажжи набирамнинг кулгусигача.
Меники шу Ватан, меники шу юрт,
Бозорим, мозорим, шаҳру кентим ҳам.
Ҳуқуқим меники, айламанг унут,
Меники сайлаган Президентим ҳам!
Сизга шоирона битта сўз айтай:
Фаҳм этинг юмалоқ-япалоғини.
Унутмай турибсиз балки, ҳар қалай,
Бобом Амир Темур шапалоғини.
2003 йил 11 октябрь
@Abdulla_Oripov_sherlari

August 07, 16:37

***
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.
Na ishonchu, na quvonchu, na ko‘‎ngildan ochma gap,
Barchasidan ushbu kun yo‘‎qdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar o‘‎tdi, lekin holimni bir so‘‎rmading,
Oxirida hol so‘‎rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimda, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari

August 05, 11:15

***
Одамзод мангу яшашга ҳақлими? Одамзод қалбини Оллоҳ шундай яратганки, у мисоли бир тўлмаган косага ўхшайди, уни ярим қилиб яратган. Севимли ёзувчим Лев Толстой айтган эди: "Ёзувчи, олимларга ҳайкал кўйишади. Ўша ҳайкал кўйишганда, кўкрагидан тепасига қўйишсин, унинг пасти ҳеч кимга керак эмас. Кўкрагидан юқорида эса юрак, онг, тафаккур бор". Одамзод умр бўйи кўкрагидан пастига қулоқ тутиб, ҳаётини ўтказади. Одамларнинг феъл-атворида, хатти-ҳаракатларида нафс мавжуд. Шунинг учун у фаришта эмас. Тўғри, онг ва тафаккурнинг ўзи мукаммалми, деб сўраш мумкин. Йўқ, улар ҳам мукаммал эмас. Ана ўша онгнинг ўзида ҳасад, хусумат вужудга келади. Ҳозир ер юзида кечаётган барча салбий жараёнлар инсоннинг номукаммал эканлигидан.
Абдулла Орипов
@Abdulla_Oripov_sherlari
@abdullaorifijodi

August 01, 08:55

ABDULLA ORIPOV
POLIZ QO'RIQCHISI
Chaylamiz bor edi,
Dalada edik,
Jayralar o'ch bo'lar qovun-tarvuzga.
Har holda, cho'chitib turadi dedik ,
Qo'riqchi o'rnatdik bir kun polizga.
O'risning xochidek butani chopdik ,
Yerga qadab qo'ydik оyoq-dastakni.
Qaydandir eski bir shlyapa topdik,
Egniga kiygizdik yag'ir po'stakni.
G'aroyib qo'riqchi bo'lgandi paydo,
Dovdirar, tushsa gar shaytonning ko'zi.
Uzoqdan qorasin ko'rganda goho,
Juftakni rostlardi  bolalar o'zi.
Endi u joylarda qovun poliz yo'q,
Jayra ham, tarvuz ham yo'qdir, albatta.
Baland imoratlar ko'kka urar do'q,
Faqat saqlangandir chinorlar, katta.
Biz ham ulg'ayganmiz, ulg'aydi dunyo,
Qoldi xotiralar misoli yetim.
O'sha guzarlardan o'tganda ammo,
Qo'riqchini eslab, junjikar etim.

2015-yil 7- avgust, Хyuston.
@Abdulla_Oripov_sherlari

July 30, 16:12

TAʼZIYA
Abdulla Oripov sheʼrlari kanalining jamoasi va obunachilari naomidan taniqli shoir Botirjon Ergashevga volidai muhtaramasi Soraxon ayaning vafot etganlari munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Абдулла Орипов
ОНА
Кўкда юлдуз учса ногаҳон
Битди дерлар қайси бир тақдир.
Бундай ғамни кўтармак осон,
Бу эҳтимол бизлар ҳақдадир.
Баъзи тунлар кўкка тикиб кўз
Эслаб дейман онамни шу он:
Она кетса, юлдуз-ку, юлдуз,
Қулаб тушса арзийди осмон.
1967
@Abdulla_Oripov_sherlari

July 16, 08:06

***
Hali oldindadir go‘zal kunlarim,
Hali lab tegmagan kulgular oldda.
Vaznga tushmagan qo‘shiqlar oldda,
Hech nima emasdir bu ko‘rganlarim.
Hammasi oldinda, g‘am ham, alam ham,
Ayriliq ham, qanotlari zil...
Sakson yoshli bobo, sen ham dunyoning
Hammasini ko‘rdim, demagil.
Aslo unday dema,
O‘n gulimdan biri ham
Ochilmagan deb turgil har vaqg.
Hammasini ko‘rdim,
To‘ydim degan kuning, bilsang,
Yashamoqqa qolmaydi hojat.
1965
@Abdulla_Oripov_sherlari

July 11, 09:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Eʼlon
"Qo‘rqinchli odam" sekinlik bilan bo‘lsa ham kamayib boryapti.
Harakat qilib qoling!
Kitob muallifi: Jontemir.
Nomi: "Qo‘rqinchli odam".
Janri: Sheʼriy.
Qattiq muqova. Sifati aʼlo.
220 bet.
Adadi: 500 dona.
"Akademnashr" nashriyotida bosilgan.
Narxi: 250 000 so‘m.
(Istasangiz millonga sotib oling.)
#Sotib
olish uchun mana bu plastik raqamga pul o‘tkazasiz:
8600 0207 7960 3542
Jontemir Toshtemirov
(Karta raqami ustiga bitta bossangiz, nusxalanadi)
#Va
to‘lov cheki,
ism-familiyangiz,
manzilingiz,
telefon raqamingizni adashmay yozib ushbu telegramga yuborasiz:
@qorqinchliodam
sotish bilan shu
@qorqinchliodam
shug‘ullandi.
Va kitob sizga muallif dastxati bilan pochtadan yuboriladi, pochta puli sizdan.
Agar Toshkentda bo‘lsangiz, o‘z qo‘limdan olishingiz mumkin bo‘ladi kitobni.
@Jontemir_t

July 10, 06:17

***
Sevgidan so'ylarding u kun entikib,
So'ylarding visolning yaqin kelishin.
Men bo'lsam ko'zimni qaygadir tikib,
O'ylardim dunyoning savdoli ishin.
Bugun-chi, bir o'zim, yuribman tanho,
Sevgi ham visol ham bo'ldilar abas.
Barchasi manguga tark etdi, ammo
Faqat o'sha o'ylar tark etgan emas...
Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari

July 07, 07:12

SEVGISIZ ODAM
Quloq soling menga, yaxshi qiz, bir oz
Dilimni ochmoqchi bo‘lyapman Sizga.
Tunov qun bir do‘stim meni dab-durust
Aybladi sevgisizliqka.
Bexabar emishman muhabbatdan men,
Qalbimda ishq emas, bor emish ilon.
Isbot: qizlar bilan yurmas emishman,
Sirlashmas emishman har kimlar bilan....
Yetmasmidi o‘zi qalbdagi to‘lqin,
Kul bosgan otashni qo‘zg‘ading nechun?
Sevgi kerakmidi senga, do‘stginam?..
Sevaman tinch oqshom, yulduzli tunni,
Sevaman sayrasa qushlar betartib.
Sevaman oromni, suronni, lekin
Men uni sevardim bulardan ortiq.
Xuruj aylagandi bedavo firoq.
Achchiq alam ichra yonsam tutoqib,
O‘limni jonimdan sevaman, biroq
Men uni sevardim o‘limdan ortiq.
Ammo hayot oqar o‘z bilishicha...
O‘zganing yuragi senga bo‘ysunmas.
Sevsangu, sevsangu sevilmasang gar
Bundan qayg‘uliroq qayg‘u topilmas.
Nima kerak menga ishq-muhabbatni
Yana o‘zga qizdan talab aylamak!
Munosibdir bugun ishqsiz xilvatni
Mening nomim bilan balki boylamak.
Yaxshi qiz, xayolga toldingiz nechun?
Nechun ko‘z yoshingiz tomdi yo‘limga?
Sevgisiz odamga achinmoq nechun,
Ko‘zyosh yo‘l topolmas mening dilimga.
Xayr endi, chiqay, Oydin ko‘chadan
Eshitilsa agar bir yolg‘iz qadam,
Ajablanmang asti, u sizga tanish
Sevgisiz odam...
1960
@Abdulla_Oripov_sherlari

July 02, 17:19

SHAYTON
La'natlab bo'lsa ham, qarg'ab bo'lsa ham
Har kun tilovatda aytilar nomi.
Uning bosh suqmagan joyi kamdan-kam,
Ichilgan har qadah uning ham jomi...
Deydilar, norasta go'dakni hatto
Uyquda qitiqlab kuldirar emish.
Salgina g'aflatda qolsang mabodo
Qilmagan ishingni qildirar emish.
Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib o'ratgay.
Agar sidqidildan ko'rsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni so'ratgay.
Minoda Shaytonni qildik toshbo'ron,
La'natga ko'mildi badbaxt u lakin.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog'i tayin.
Shodumon yo'l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.
Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari