
𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️
Dehqonobod 24
✔
kanalida tumandagi tezkor va sifatli xabarlar bilan tanishib boring!
🔹
instagram.com/dehqonobod_24
🔹
facebook.com/dehqonobod.24
🔹
youtube.com/@dehqonobod_24
Admin:
@Temurbek_Yusupov
Murojaat:
👇
@Dehqonobod_24_admini
⚡
DIQQAT! E’LON!
🏡
Qurilishi tugallanmagan uy sotiladi!
Oshxonasi va koridori bitgan, 2 xonasi tayyor. Ichki fasad ishlari to‘liq yakunlanmagan, ozgina kamchiliklari mavjud.
Uy hovlisida hovuz bor. Shuningdek, katta trassaga yaqin joylashgan.
📄
Hujjatlari to‘liq
💦
Ichimlik suvi mavjud
⚡
Elektr energiyasi mavjud
📍
Manzil: Dehqonobod tumani, Qorashina shaharchasi, Jonabuloq ko‘chasi, Qurbon bobo kafesi orqasida, katta yo‘lga yaqin joyda (arentir).
📏
Yer maydoni: 8 sotix
💲
Narxi: Kelishilgan holda, sunnatiga o‘tib beriladi.
📞
Bog‘lanish uchun: +998 95 333 57 11
📢
Reklama joylashtirish uchun murojaat:
@Dehqonobod_24_admini
📢
DIQQAT, E'LON!
🔹
Dehqonobod tumani markazida joylashgan tadbirkorlik obyekti va qoʻshimcha yer maydoni sotiladi.
🏠
Avtoservis (avtomobillar ustaxonasi)
sifatida faoliyat yuritgan bino.
📐
Hajmi:
12 x 7,5 metr
📄
Hujjatlar:
To‘liq va rasmiy tayyorlangan.
✅
Avtoservis orqasida 10 soʻtix yer maydoni bor.
💰
Narxi — kelishiladi.
📍
Manzil:
M39 yo‘nalishi bo‘yida,
Qarashina shaharchasi, Dehqonobod tumani.
🎯
Mo‘ljal:
Ohak zavodi qarshisida, “Vatanparvar” tashkiloti ro‘parasida.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📱
+998 99 950 44 45
📬
Reklama joylashtirish uchun murojaat:
@Dehqonobod_24_admini
#reklama
#Live
Dehqonobod tumanining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — Do‘stlik, Istiqlol va Nodira mahallalarini tutashtirib turuvchi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida yo‘lsozlar tomonidan asfaltlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
#DIQQAT
#RASMАN
‼️
Oʻzbekistonda dabdabali toʻy va marakalarga qarshi “GURUH” tuzildi
Toʻy va marosimlarda isrofgarchilikka chek qoʻyish, odob-axloq hamda milliy qadriyatlarni targʻib etish maqsadida yangi 90 kunlik dastur ishga tushirildi.
Mazkur dastur Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, Mahalla uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi hamkorligida amalga oshiriladi.
Dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad — “Maromiylik” madaniyatini shakllantirish, ortiqcha isrofning oldini olish, toʻy va marakalarni ixcham hamda milliy an’analarga mos tarzda oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishdir.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
🇺🇿
Sharafli va mashaqqatli kasb sohiblari!
🇺🇿
25-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan siz, azizlarni chin qalbimdan tabriklayman!
Har bir kasbning o‘ziga xos mas’uliyati va sharafi bor. O‘zim ham ko‘p yillar davomida ushbu sohada faoliyat yuritganim sababli bu tizimdagi fidokorlik, mashaqqat va e’tirofga loyiq mehnatni yaxshi bilaman. Sizlarning Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz, xalqqa xizmat yo‘lidagi fidoyiligingiz va muqaddas burchingiz – barchamiz uchun ibratdir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ichki ishlar organlari xodimlari!
Kasbiy faoliyatingizda doimo yutuq va zafarlar, oilangizda tinchlik, farovonlik va baxt-saodat tilayman.
Vatanimiz ravnaqi hamda xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan xizmatlaringizda omad va zafar hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
#bayram_muborak
🇺🇿
El-yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish – oliy maqsadimiz
🇺🇿
25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni
🇺🇿
"
Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
"
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
.
🇺🇿
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan chin yurakdan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, g‘oyat mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz.
💬
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✅
Dehqonobodda “drayver” loyihasi doirasida sug‘orish tizimi barpo etilgan yerlar auksion savdosiga chiqarildi
Dehqonobod tumanida “drayver” loyihasi doirasidagi ishlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur bosqich natijasida “Ayridevol” mahallasida joylashgan 200 gektar lalmi yer maydonlari sug‘orishga yaroqli holatga keltirildi, suv ta’minoti tizimi to‘liq barpo etildi hamda endilikda ushbu hududlarda aholi uchun barqaror daromad manbai yaratish yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-sonli Farmoniga asosan mamlakat miqyosida har bir tuman va shaharda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish maqsadida “drayver” loyihalar amalga oshirilmoqda. Dehqonobod tumanida esa bu borada 6 ta loyiha tanlab olingan bo‘lib, shulardan biri — “Ayridevol” mahallasidagi sel suv ombori atrofidagi yerlarni sug‘orishga moslashtirish loyihasidir.
Ushbu loyiha Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida, “SAMARIDDIN BUILDING” MCHJ tomonidan amalga oshirildi. Respublika byudjetidan 4,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, loyiha doirasida 2,5 kilometr irrigatsiya tarmog‘i qazildi, 326 millimetrli metall quvurlar yotqizildi, 1000 kub metrli suv saqlash hovuzi, nasos stansiyasi va transformator o‘rnatildi.
Endilikda ushbu sug‘orish infratuzilmasi asosida “Ayridevol” mahallasining 538q, 539q, 540, 541 va 542-konturlarida joylashgan jami 57 gektar lalmi yer maydonlari auksion savdosiga chiqarildi.
Har bir dehqon xo‘jaligiga 30 sotixdan yer ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u yerlar dehqonchilik, poliz ekinlari va sabzavot mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishida foydalaniladi. Eng muhim jihati — mazkur yer maydonlari sug‘orish tizimiga ulangan, ya’ni suv bilan to‘liq ta’minlangan.
Aholi va tadbirkorlar ushbu yerlarga
e-auksion.uz
platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, tanlangan loyiha (lot)larga ariza berish va elektron auksion savdolari orqali ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Bu tashabbus “drayver” loyihasi doirasida yaratilgan infratuzilmaning amaliy natijasini ko‘rsatmoqda. Sug‘orishga yaroqli holga keltirilgan yerlarda faol dehqon xo‘jaliklari tashkil etilishi, o‘z navbatida, aholi bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va tuman iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dehqonobod tumanida amalga oshirilayotgan bunday ishlanmalar natijasida tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi uyg‘un ravishda rivojlanayotgan yangi iqtisodiy muhit shakllanmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Dehqonobodda “drayver” loyihasi doirasidagi ishlarning birinchi bosqichi yakunlandi
Dehqonobod tumanida “drayver” loyiha doirasida olib borilgan ishlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda 200 gektar yer o‘zlashtirilib, aholi uchun barqaror daromad manbai yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF–223-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat miqyosida har bir tuman va shaharda iqtisodiy o‘sishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan drayver loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Dehqonobod tumanida ushbu dastur doirasida 6 ta loyiha tanlab olingan bo‘lib, ulardan biri — “Ayridevol” mahallasidagi sel suv ombori atrofidagi 200 gektar lalmikor yerlarni o‘zlashtirish loyihasi hisoblanadi.
Xabar berganimizdek,
mazkur loyiha Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida, “SAMARIDDIN BUILDING” MCHJ pudratchiligida amalga oshirildi. Loyiha uchun Respublika byudjetidan 4,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Loyiha doirasida 2,5 kilometr uzunlikdagi irrigatsiya tarmog‘i qazilib, 326 millimetr diametrli metall quvurlar yotqizildi. Shuningdek, 1000 kub metr sig‘imga ega suv saqlash hovuzi barpo etildi. Hovuz atrofi to‘siq bilan o‘ralib, zamonaviy nasos stansiyasi hamda elektr ta’minoti uchun transformator o‘rnatildi. Amalga oshirilgan ishlarning umumiy qiymati 3,8 milliard so‘mni tashkil etdi.
Mazkur loyiha nafaqat yerlarni sug‘orishga yaroqli holatga keltirish, balki samarali va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni ham maqsad qilgan.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari — tomchilab va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari asosida bozorbop hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, va eng asosiysi, aholi bandligini oshirib, barqaror daromad manbaini yaratishdan iborat.
Mazkur tashabbus Dehqonobod tumanida tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini uyg‘un rivojlantirish sari tashlangan muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
📢
E’LON: ERTAGA DEHQONOBOD TUMANIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Dehqonobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xabar beradi:
“CJ ICM Tashkent” MCHJ tomonidan M–39 avtomagistralida og‘ir va yirik gabaritli yuk mashinalarining harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tabiiy gaz quvurlarini demontaj va montaj qilish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, Ertaga, 2025-yil 25-oktabr kuni soat 08:00 dan 19:00 gacha Dehqonobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
⛽️
Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:
• Paxtachi MFY — 436 ta xonadon
• Dehqonobod MFY — 502 ta xonadon
• Tepaguzar MFY — 415 ta xonadon
• Ayridеvol MFY — 102 ta xonadon
• O‘zbekiston MFY — 13 ta xonadon
• Shuningdek, 13 ta yirik iste’molchi korxona
🛠
Tabiiy gaz uzilishi texnik ishlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu hududlarda gaz ta’minoti ishlar yakunlangan zahoti qayta tiklanadi.
“Dehqonobodtumangaz” aholiga yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Reportaj: Olma yetishtirishga ixtisoslashgan Dehqonobod tumanining “Sarchashma” qishlog‘i haqida
Muxbir: Aziza Davlatova
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️