
𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️
Zavqiy mahallasida tuman hokimi tomonidan o‘tkazilgan qabulda ta’kidlangan muammo o‘z yechimini topmoqda
Avval xabar qilinganidek,
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida Zavqiy mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirilgan edi.
Mazkur murojaatlar asosida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar jalb etilib, hududda o‘rganish ishlari olib borildi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, mavjud elektr tarmoqlarini yangilash, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish hamda transformatorni yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hudud aholisining elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, kuchlanish barqarorligi ta’minlanadi.
Mazkur holat fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda tezkorlik va manzillilik tamoyillari izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Tovuq — 7 xazinadan biri
Xo‘jamaxmud mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisining ko‘magida mahalla hududida yashovchi fuqaro Mavlonov Anvar Bahodir o‘g‘liga parrandachilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Mazkur qo‘llab-quvvatlash natijasida bugungi kunda go‘sht yo‘nalishida broyler jo‘jalar yetishtirilmoqda. Ayni paytda 25 kunlik jo‘jalar o‘rtacha 1-3 kilogramm vaznga yetgani kuzatilmoqda.
Ushbu tashabbus orqali fuqaro uchun qo‘shimcha daromad manbai yaratilgan bo‘lib, mahallada parrandachilikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Tadbirkor bilan hamkorlik qilish niyatida boʻlgan tumandoshlarimiz quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin.
+998-77-111-00-53,
+998-99-952-70-00
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Dehqonobod tuman hokimining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi
Dehqonobod tumanidagi Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligida navbatdagi ommaviy fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglandi.
Qabul jarayonida aholi tomonidan uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam hamda boshqa turli sohalarga oid masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan alohida ko‘rib chiqilib, ularni tezkor va samarali hal etish maqsadida mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga murojaatlarni rasmiy tartibda rasmiylashtirish, tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlash mexanizmlari yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Mutasaddilar tomonidan huquqiy maslahatlar hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, bunday ommaviy qabullar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda davlat idoralari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
🦋
Qashqadaryoda media haftalik muvaffaqiyatli yakunlandi
✅
Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan 5 kunlik intensiv media marafon o‘z yakuniga yetdi. Unda 900 ga yaqin jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislari, mobilograflar
hamda davlat boshqaruv idoralari, tuman-shahar hokimligi axborot xizmati rahbarlari
faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish, feyk xabarlarni aniqlash, zamonaviy media trendlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Mazkur media haftalik ishtirokchilar uchun tajriba almashish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish hamda professional salohiyatni rivojlantirish maydoniga aylandi.
Qashqadaryodagi bosqich yakunlangan bo‘lsa-da, loyiha davom etadi.
Navbatdagi manzil — Samarqand shahri
bo‘lib, u yerda media haftalik 27-aprel – 1-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Foto: Dehqonobod tumanining Oqirtma mahallasi qirlarida bahor nafasi
Dehqonobod tumanining Oqirtma mahallasi qir-adirlarida lola va qizg‘aldoqlar ochilib, hududga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda.
Tabiatning ushbu go‘zal manzaralari bahoriy kayfiyatni yanada ko‘tarib, tomoshabinlarga estetik zavq ulashmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
🚖
Royal Taxi endi Dehqonobodda!
Endi siz istalgan vaqtda, juda arzon narxlarda taksi chaqirishingiz mumkin!
💰
Tariflar:
🔹
Taksometr atigi 4000 so‘mdan boshlanadi
🔹
Har 1 km uchun bor-yo‘g‘i 2000 so‘m
📊
Misol uchun:
Qorashinadan vokzalga 4 kishi bo‘lib borsangiz, umumiy narx 8000–9000 so‘m atrofida bo‘ladi
👉
Bu summa har bir odam uchun emas, balki butun mashina uchun to‘lanadi!
📞
Taksi chaqirish juda oson:
📲
1187 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va Royal Taxi buyurtma qiling!
👤
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📲
+998-88-735-22-33
📲
+998-77-090-82-23
☑️
Royal Taxi
– Dehqonobodliklar uchun maxsus, arzon va qulay taksi xizmati!
⚠️
DIQQAT! BUGUN TUMANDAGI AYRIM MAHALLALARDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Dehqonobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’lum qilishicha, Beshbuloqdan Qorashinaga eltuvchi yuqori bosimli yer osti gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun, 23-aprel kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
🔹
Beshbuloq
🔹
Paxtachi
🔹
Zavqiy
🔹
Dehqonobod
🔹
Aerodrom
🔹
Ayridevol
🔹
O‘zbekiston
🔹
Istiqlol
🔹
Do‘stlik
🔹
Nodira
🔹
Bo‘ston mahallalari
Jami 5 159 ta aholi xonadoni hamda 52 ta ulgurji iste’molchi gaz ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Gaz ta’minoti to‘xtatilgan davrda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, gaz jihozlaridan foydalanmaslik hamda gaz berilishi tiklangach ularni ehtiyotkorlik bilan ishga tushirish so‘raladi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aholidan tushunish bilan qarashlarini iltimos qilamiz. Ta’mirlash ishlari yakunlangach gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
✅
Kutib oling — ISHONCHdan “IKKINCHISI TEKIN” aksiyasi!
🎁
🔥
Bunday imkoniyatni o‘tkazib yuborish — haqiqiy yo‘qotish!
🗓
Atigi 3 kun: 23–24–25-aprel kunlari barcha ISHONCH do‘konlarida SAXOVAT KUNLARI!
💥
Shart juda oddiy:
Siz 1 ta mahsulot uchun to‘laysiz,
🎁
2-mahsulotni esa BEPUL olasiz!
🤯
💯
Bu degani:
💸
50% tejaysiz
🏡
Uyingizni 2 barobar ko‘proq yangilaysiz!
📺
Maishiy texnikalar
🏠
Uy jihozlari
— barchasi siz uchun foydali narxlarda!
🏃♂️
Shoshiling! Mahsulotlar soni cheklangan, aksiya tez tugaydi!
💚
ISHONCH — hayotni hozirdan boshlang!
📞
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 94 478 00 09
+998 99 553 87 77
+998 90 856 44 40
📍
Manzil: Dehqonobod tumani, Dehqonobod shaharchasi
🎯
Mo‘ljal: 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ro‘parasida
#Reklama
Oqmachit mahallasida tashabbus va birdamlik samarasi: muhim yo‘l infratuzilmasi yangilanmoqda
Dehqonobod tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi faolligi va hamjihatligi natijasida yana bir muhim infratuzilma tashabbusi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
2025-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi doirasida Oqmachit mahallasidan ilgari surilgan tashabbus 5265 ta ovoz bilan g‘olib deb topildi. Mazkur natija fuqarolarning hududdagi dolzarb muammolarni hal etishga bo‘lgan faol ishtiroki va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yaqqol ifodasidir.
Loyiha doirasida Oqmachit mahallasiga qarashli Qoluvdor va Oqmachit qishloqlaridagi umumiy uzunligi 3045 metr bo‘lgan yo‘l qismida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda qurilish ishlari belgilangan me’yor va talablar asosida jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Mazkur yo‘lning ta’mirlanishi hudud aholisi uchun muhim qulayliklar yaratib, ichki qatnovni sezilarli darajada yengillashtiradi. Shuningdek, transport harakati xavfsizligini oshirish, vaqt va resurs tejalishini ta’minlash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, ushbu loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturining amaliy samarasi sifatida fuqarolarning o‘z tashabbuslari orqali hudud ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Oqmachit mahallasi aholisi esa amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun bo‘lib, yangi va ravon yo‘lning yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishini intiqlik bilan kutmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Tuman hokimi yosh tadbirkor faoliyati bilan tanishdi
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov
Paxtachi mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul
davomida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan yosh tadbirkor Shaxzod Jo‘rayev bilan suhbatlashib, uning faoliyati bilan joyiga chiqib tanishishini ma’lum qilgan edi.
Shunga muvofiq, tuman hokimi tadbirkorning yog‘och mahsulotlariga ishlov berish sexi hamda qurilish mollari do‘konlarida bo‘lib, ishlab chiqarish va savdo jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat davomida yosh tadbirkor kelgusida qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishini kengaytirish rejalari borligini bildirib o‘tdi. Tuman hokimi esa tadbirkorni qonun doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlab, uning bugungi kunda tashabbuskorlik bilan olib borayotgan faoliyatini yuqori baholadi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️