
𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️
#Tayinlov
Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan kadrlar o‘zgarishlariga muvofiq, Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasiga yangi rahbar tayinlandi.
🔹
Egamshukurov Abdimalik Berdiyevich
— Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov hududda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda sohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Sarchashma mahallasida yo‘lsozlik ishlari jadal olib borilmoqda
Dehqonobod tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ilgari surilgan tashabbuslar asosida hududlarda amaliy ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda aholi faolligi va tashabbuskorligi muhim o‘rin tutmoqda.
2025-yil 2-mavsum yakunlariga ko‘ra, Sarchashma mahallasidan bildirilgan loyiha 6886 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlanib, g‘oliblar qatoridan joy oldi. Ushbu natija fuqarolarning o‘z yashash hududini obodonlashtirishga bo‘lgan yuksak e’tibori va faol ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda mazkur loyiha asosida mahalla hududidagi asosiy yo‘lning 2693 metr qismida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ishlar belgilangan reja asosida sifatli tashkil etilib, yo‘lsozlik jarayoniga zamonaviy yondashuvlar tatbiq qilinmoqda.
Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilishi natijasida hududda transport qatnovi ancha yengillashadi, aholi uchun qulayliklar ortadi hamda harakat xavfsizligi ta’minlanadi. Shu bilan birga, infratuzilmaning yaxshilanishi mahalla rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Umuman olganda, bu kabi loyihalar fuqarolarning tashabbuslari amalda o‘z samarasini berayotganini, ular orqali hududlarni obodonlashtirish va aholi turmush sifatini oshirishga erishilayotganini ko‘rsatmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
⚠️
DIQQAT!
BUGUN GAZ QUYISH SHOXOBCHALARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Dehqonobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ma’lum qilishicha, Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasining tegishli xatiga asosan Beshbuloq GTSning 2-tarmog‘iga o‘rnatilgan texnologik qurilmalarda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan bugun, 28-aprel kuni soat 12:00 dan 15:00 ga qadar tumandagi ayrim gaz quyish shoxobchalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Jumladan:
🔹
“Asror Mo‘minovich” AGTKSH
🔹
“Chambil Binni-Nur” AGTKSH
🔹
“Imkon faravon-Nur” AGTKSH
🔹
“Osiyo Fayz-Nur” AGTKSH
Gaz ta’minoti to‘xtatilgan davrda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish so‘raladi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizni so‘raymiz.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
#Live
Prezidentimiz qarorlari ijrosi doirasida Dehqonobodda ichki yo‘llar asfaltlashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Dehqonobod tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida tumanning “O‘zbekiston” mahallasi hamda unga tutash “Paxtachi”, “Dehqonobod”, “Bo‘ston”, “Oydin yo‘l” va “Yashnaobod” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va zamonaviy sharoitlar yaratish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugungi kunda “Dehqonobod” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kech bo‘lishiga qaramasdan qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Umumiy hisobda ushbu hududda 10 kilometr ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Hudud aholisi amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtboshimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar va yaratilayotgan qulayliklar uchun samimiy minnatdorlik izhor etmoqda.
Mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz qatnovni ta’minlash, transport infratuzilmasini yaxshilash hamda qishloq hududlarini zamonaviy maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Dehqonobodda 4000 gektardan ortiq maydonda no‘xat ekinlari parvarish qilinmoqda
Joriy yilda yog‘ingarchiliklarning mo‘l bo‘lishi Dehqonobod tumanida qishloq xo‘jaligi ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, dehqon va fermerlar faoliyatini yanada faollashtirdi. Barakali boshlangan mavsum hududda ekin maydonlaridan yuqori hosil olish uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Bugungi kunda tumanda no‘xat yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur ekin o‘zining iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turib, aholi uchun muhim daromad manbalaridan biriga aylanib bormoqda. Kavrak o‘simligi bilan bir qatorda, no‘xat ham hudud agrar yo‘nalishida istiqbolli ekin sifatida e’tirof etilmoqda.
Jumladan, joriy yilda Dehqonobod tumanida jami 4000 gektardan ortiq yer maydonida — fermer xo‘jaliklari hamda dehqonlarga tegishli dalalarda — no‘xat ekinlari ekildi. Hozirda ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlar, xususan, begona o‘tlardan tozalash va parvarishlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Bu jarayonlarda fuqarolarning mavsumiy bandligi ta’minlanayotgani ham alohida ahamiyatga ega.
Mutaxassislarning qayd etishicha, mavjud agroiqlimiy sharoitlar va olib borilayotgan parvarish ishlari hisobiga joriy mavsumda no‘xatdan mo‘l hosil olish kutilmoqda. Bu esa tumanning agrar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
Foto: Yog‘ingarchiliklar natijasida Dehqonobod sel suv omborida suv yig‘ilishi barakali kechmoqda. Bu esa joriy sug‘orish mavsumida aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
O‘z biznesingizni boshlash uchun yer izlayapsizmi?
35 mingga yaqin yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatda bo‘lib to‘lashga sotib oling!
⚡️
E-auksion.uz
platformasidan yer sotib olish afzalliklari:
✔️
To‘lov muddati:
Hudud toifasidan kelib chiqib 1 yildan 10 yilgacha;
✔️
Foydalanish maqsadi:
tadbirkorlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ko‘p qavatli uy-joy qurish;
✔️
Huquqiy kafolat:
Davlat yerlarini shaffof savdo orqali sotib olish imkoniyati;
✔️
Vaqt tejamkorligi:
Boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng kadastr
ko'chirmasi
hamda
davlat
orderi hujjatlari g‘olib nomiga rasmiylashtirilib, shaxsiy kabinetga elektron tarzda yuborilishi;
🔸
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔸
Andijon viloyati
🔸
Buxoro viloyati
🔸
Jizzax viloyati
🔸
Qashqadaryo viloyati
🔸
Navoiy viloyati
🔸
Namangan viloyati
🔸
Samarqand viloyati
🔸
Surxondaryo viloyati
🔸
Sirdaryo viloyati
🔸
Toshkent shahri
🔸
Toshkent viloyati
🔸
Farg‘ona viloyati
🔸
Xorazm viloyati
☎️
:
+998712022111
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️
🏛
RASMAN QARSHIDA AL-XORAZMIY MAKTABI OCHILDI!
Endi Qashqadaryolik iqtidorli o‘quvchilar ham O‘zbekistondagi eng nufuzli ta’lim maskanlaridan biri —
Al-Xorazmiy maktabi
da tahsil olish imkoniyatiga ega!
📌
Al-Xorazmiy maktabiga qabul
4-5-6-7-8-9-sinf o‘quvchilarning
Matematika
va
Ingliz tili
fanlari bo‘yicha bilimlari asosida, imtihon orqali amalga oshiriladi.
😄
Shu munosabat bilan markazimizda
Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlov guruhlari
ochildi!
👨👩👧👧
Bu kurs
4–5–6–7–8-sinf o‘quvchilari
uchun mo’ljallangan.
📆
Boshlanish sanasi: 3-may
☺️
Dars kuni: Haftaning juft kuni
⏰
Vaqti: 14:00-16:30 | 16:30-19:00
🎯
Farzandingiz kuchli maktabda o‘qishini istasangiz, tayyorgarlikni hozirdan boshlang!
Manzil:
📌
Qishloq xo’jaligi kolleji
Murojaat uchun:
📞
957006892
😎
Telegram kanal:
👈🏻
#talim_reklamasi
🚖
Royal Taxi endi Dehqonobodda!
Endi siz istalgan vaqtda, juda arzon narxlarda taksi chaqirishingiz mumkin!
💰
Tariflar:
🔹
Taksometr atigi 4000 so‘mdan boshlanadi
🔹
Har 1 km uchun bor-yo‘g‘i 2000 so‘m
📊
Misol uchun:
Qorashinadan vokzalga 4 kishi bo‘lib borsangiz, umumiy narx 8000–9000 so‘m atrofida bo‘ladi
👉
Bu summa har bir odam uchun emas, balki butun mashina uchun to‘lanadi!
📞
Taksi chaqirish juda oson:
📲
1187 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va Royal Taxi buyurtma qiling!
👤
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📲
+998-88-735-22-33
📲
+998-77-090-82-23
☑️
Royal Taxi
– Dehqonobodliklar uchun maxsus, arzon va qulay taksi xizmati!
Torqopchigʻay mahallasida tashabbus samara bermoqda: muhim yo‘l infratuzilmasi yangilanmoqda
Dehqonobod tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholi faolligi va hamjihatligi asosida ilgari surilayotgan tashabbuslar izchil hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan, 2025-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi doirasida Torqopchigʻay mahallasidan ilgari surilgan tashabbus 5144 ta ovoz to‘plab, g‘olib deb topildi. Bu esa fuqarolarning hududdagi dolzarb masalalarga befarq emasligi, ularning faol fuqarolik pozitsiyasi va birdamligini yaqqol namoyon etadi.
Mazkur loyiha asosida mahalladagi Tolli dovonigacha boʻlgan asosiy yo‘lning 2970 metr qismida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Amalga oshirilgan ushbu bunyodkorlik ishlari natijasida hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi. Yo‘l infratuzilmasining yaxshilanishi ichki qatnovni yengillashtirish, transport harakati xavfsizligini ta’minlash, vaqt va yoqilg‘i sarfini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi, mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturining amaliy samarasi sifatida fuqarolarning o‘z tashabbuslari orqali hudud rivojiga munosib hissa qo‘shayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Torqopchigʻay mahallasi aholisi esa amalga oshirilgan ishlarni mamnuniyat bilan qarshi olib, yangilangan yo‘lning samaralaridan unumli foydalanmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️