Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿

Mirahmedovas_blog

• vaqting borida sara adabiyotlar o'qib qol!
• postlar ba'zan ramziylik kasb etadi

@Bitiklarga_bot
- aloqa uchun

@book_wrap
| kitob o'ramlari
🎈
• since 2021

Subscribers
1 120
Post views
718
ER
61,96%
Posts
3 189
July 23, 14:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

🫧
Xabaringiz bordir, Toshkent kitob markazida qator nashriyotlar oʻzining filiallarini, shuningdek, ayrim yangi nashriyotlar oʻzining ilk doʻkonlarini ochishdi. Shunday nashriyotlardan biri
Huzur kitoblari
oʻzining ilk ochilish kuniga bizni taklif etdi. Imkoni va vaqti borlar albatta boring!
Manzil va vaqt taklifnomada koʻrsatilgan.
@Mirahmedovas_blog

July 23, 10:54

​​
#asarhaqida
#kichikxulosalar
🪽
"Terabitiya koʻprigi" Ketrin Paterson
Oxirgi payt har tomonlama sodir boʻlgan (jismonan va mental) sabablar bilan kitob oʻqishdan uzoqlashdim. Oʻzimcha biror kitobni ushlayman, bir-ikki varoqlab, qoʻyib qoʻyaman. Menga ortiqcha stress beradigan mavzudagi kitoblar kerak emasdi. Mendagi kortizol yetib ortayotgandi. Hozir oʻylasam, oʻzimcha "Jarayon" ni boshlamoqchi boʻldim ham. Ruhiyatimga fantastik janrdagi yoki oʻzimga tanish (yoqimli) boʻlgan hislarni qayta boshdan kechira olish hissini beradigan kitob kerak edi.
Har qanday inson xuddi Leslidek hayotga boshqa rakursdan qaray biladigan va buni oʻrgatadigan insonga muhtoj. Jes siz va mendan omadli. Chunki unda Lesli bor.
Oʻsmir yosh psixologiyasi, Amerika maktabi hayoti, bolalar oʻrtasidagi bullying va oilalardagi muhitni yaxshi tasvirlab bera olgan asarda. Asar hajman kichik, lekin men sanab oʻtgan mavzular goʻzal holatda jamlangan.
Oʻzlarining xayolot olamini jonlantirish bilan birga unda yashay olgan ikki qahramon har bir insonning oʻz bolaligini eslatadi.
Ikki oila – ikki olam
. Hayoti birlamchi ehtiyojlarni qondirish bilan band boʻlgan oila farzandi va ijodkor oila farzandi oʻrtasidagi tafovut Jes va Lesli misolida tasvirlanadi. Ijodkor ota-ona farzandi ham ulardek, xayoloti uchqur, fikrlarini erkin yetkazib beroladi. Jes boʻlsa oiladagi "irkit" farzand. Rassomchilikka qiziqadi, yaxshi koʻradi, maktabda yugurishda birinchi boʻlishni istaydi, lekin real hayotiga bular zarracha qiziqmas. Hatto, otasiga ham. E'tiborimni tortgan jihati, otasi Mey Belni quchgandek, Jesni ham quchishini xohlashi boʻldi. Qachonki, Leslini yoʻqotmaguncha bu istak qondirilmadi.
Daraxt ustidagi uycha
. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham muammolaridan bosh olib ketishga joy izlashadi. Xuddi shu kabi faqat oʻzlariga tegishli joy borligi odamni tinchlantiradi. Bolalarda esa kattalar, muhit va maktabdagi koʻngilsiz voqealardan qochib, oʻzlariga "uycha" yasashni xohlashadi. Hattoki bu "uycha" ni siz ham yasagansiz bolalik paytingizda. (Esladingizmi?) Jes va Leslida ham ularning yoshida sodir boʻladigan tragediyalardan qochishga urinish bor. Terabitiya esa shunday dunyo, koʻprik (arqon) esa unga eltuvchi yoʻl. Terabitiyada maxluqlar bilan oʻzaro janglari bu xuddi real hayotida kelishmovchilikka uchragan insonlari bilan ichki kurashi. Faqat ular oʻz dunyosida "jang" qilishyapti. Asarni shu singari allegorik yoʻsinda ham tahlil qilsa boʻladi.
Lesli Jesning hayotini tamomila oʻzgartirdi. Uning xayollariga qanot yasab berdi. Bu bilan oʻz bolaligini oʻz vaqtida yashay olishiga imkon yaratib berdi, desak toʻgʻriroq boʻladi
Hayotingizda Leslidek inson boʻlishini tilayman!
(c)
Mirahmedova
@Mirahmedovas_blog

July 21, 17:12
Media unavailable
2
Show in Telegram

July 21, 04:41

Kanalga ta'rif bering:
Masalan, monoton ruhdagi yangilik olish qiyin boʻlgan kanal
http://t.me/anonaskbot?start=6CcjelMkfhpS6qc

July 18, 12:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oxiri nima bilan tugashi Jesga qiziq emas.
Hayotida ilk bor tonglarda orziqib uygʻonayotgandi
. Bunga Lesli sabab va Jes u bilan shunchaki doʻst emasdi. Qizaloq uning hayajon bagʻishlovchi ikkinchi yarmi edi. Terabitiya hamda boshqa dunyolarga eltuvchi yoʻli edi.
(c) "Terabitiya koʻprigi" Ketrin Paterson
@Mirahmedovas_blog

July 14, 16:25

Martinning kirxonadagi hayoti. Buni his qiladiganlarni chuqur hurmat qilaman.

July 06, 05:17

Dard meni o'zgartib tashladi butkul,
Boshlab bo'larmikan barin boshidan?
Haqoratdan tilim charchamas nuqul,
Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan.
Nogoh eshitilib qolsa biror sas,
Lahzada buzilib ketar asabim.
Qiynalib yetganda o'pkamga nafas,
Sog'lom odamlarga kelar hasadim.
Sevgilim bor edi boshqalar kabi,
Yashadi yonimda qo'limdan tutib.
Dilozorlik meni toliqtirmadi,
Charchadi u barin ichiga yutib.
Na unga beroldim bironta orzu,
Na undan bema'ni orzum yashirdim.
U meni kaftidan tushirmadi-yu,
Men uning yuziga kaftim tushirdim.
Bir o'y kemiradi dilni erta-kech:
Nahotki topilmas dardimga davo?!
Xudodan mol-dunyo tilamadim hech,
So'raganim faqat bir hovuch havo.
Hali ham yetsa gar yuragim dodi,
Nimaga hayotdan mahrum etyapsan?
Erkam, nafasingda havo bor edi,
Sen uni kimlarga olib ketyapsan?..
(c) Jo‘rabek Ramazon

July 01, 11:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ayol bilan erkak oʻzaro teng boʻlolmaydi. Sabablardan biri sifatida gormonlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, vazn yoʻqotaman degan erkak rutinasi xuddi shu maqsaddagi ayolga muvofiq kelmaydi. Chunki erkakda oʻzgarmas 24 soatlik sikl, ayolda esa 24 soatlik sikldan boʻlak yana yashirin 28 kunlik sikl ham bor. Ayoldagi gormonlar erkak gormonlaridek kunma-kun bir tartibda boʻlmaydi, aksincha ayoldagi gormonlar kunma-kun turlicha boʻladi.
"..tanang har kuni bir xil emas.."
Bu degani tomonlarga bir xil rutina toʻgʻri kelmaydi. Tenglik deganda har sohani nazarda tutdim.
Hozir oʻqiyotgan kitobim Alisa Vittidan "In the Flo".
@Mirahmedovas_blog

July 01, 02:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Iyun emish.

June 28, 11:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😄
Doʻstlar, bizni taqdimotga taklif qilishdi. Imkon va vaqt topib siz ham keling!
🔥
@Mirahmedovas_blog