
✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿
"Goʻyo odamzodga baxtli damlar uchun juda qisqa fursat, mushohada va donishmandlik uchun esa butun bir abadiyat ajratilgandek edi."
Biz har doim avvalgi o‘zimizni, hislarimizni, makonimizni qo‘msab yashaymiz. Aslida biz o‘sha lahzalarni qidiramiz: inson, makon va hislar bahona, xolos. Oradan vaqt o‘tgach, o‘sha makonimizga qaytsak, biz izlagan lahzalarni topamizmi? Yo‘q, topolmaymiz. Buning iloji ham yo‘q. Negaki, vaqt o‘tgan, izlar qurigan bo‘ladi. Bu yerda biz jarayondan lazzatlanishimiz mumkin. Natija esa bizni qoniqtirmaydi. Kutuvlarimiz bizni oqlamaydi. Voqelik shu. Ayni haqiqat shu.
O‘ylab qaralsa, bunday bo‘lishi juda tabiiydek. Biz bolaligimiz o‘tgan hovliga borishimiz mumkin, biroq biz bolalik xotiralarimizni, oila a’zolarimizning bizga nisbatan munosabatini, o‘sha vaybni topolmaymiz. Yillar insonni o‘zgartirganidek, hislarni ham o‘zgartiradi tamomila. Yaqinda o‘tgan yillar davomida yaxshi ko‘rib iste’mol qilgan ovqatlarimni qayta yeb ko‘rdim. Avval suhbatlar suhbatga ulangan kishilarim bilan qayta suhbatlashishga harakat qilib ko‘rdim. O‘zim yoqtirgan avvalgi manzillarga borib ko‘rdim. Natija kutganimdek emas. Va bunday bo‘lishi tabiiy ekanini, asli voqelik shunday ekanini qabulladim.
Bir kitob o‘qidim. Asar bosh qahramoni urush davrida o‘z makonidan surgun qilinib, vataniga qaytolmay umrining katta qismi boshqa shahar va davlatlarda o‘tadi. Asar yakuniga kelib esa yurtiga qaytadi, biroq umri davomida izlagan o‘sha lahzalarni topolmaydi. Bolaligi o‘tgan qishloq, lekin u yerlar yillar o‘tgan sari o‘zgarishga uchragan. Bolaligida ko‘rgan kishilari ham yo‘q, chunki ko‘pi bu dunyoni tark etgan, bedarak yo‘qolgan. Kutuvlari o‘zini oqlamadi hisob.
Aytaylik, izlagan kishilari bo‘lganida ham aytarli hech nima o‘zgarmasdi. Oradan vaqt o‘tgan ikkala taraf ham evrilishgan uchragan bo‘lardi. Yaqinda “umumiylik” sarlavhasi asosida bir qoralama yozgandim, kontekstga qanchalik mosligi menga qorong‘u:
"Biror kishi bilan hamsuhbat boʻlishimiz uchun oʻrtamizda umumiy mavzular yoki suhbatdoshimiz biz uchun “qiziq personaj” boʻlishi kerak. Adabiyot ham shunday. Muallif koʻtargan gʻoya yoki fikrda umumiylik yoki asar qahramonlari siz uchun “yorqin obraz” boʻlsagina, ushbu kitobni sevib oʻqishingiz mumkin."
Biz “yaroqlilik muddati o‘tgan” hislarni, lahzalarni, insonlarni, makonlarni izlaymiz. Ayni haqiqatni bila turib, yana izlaymiz. Yoqimsiz haqiqat. Finish’ esa voqelikni qabullashda.
Ganga, 2026
@Mirahmedovas_blog
"Osmondagi bolalar" ni qayta koʻrdim. Endi ular osmonda emas..
Birinchi qismda toʻrtovlon ham hali yosh, rejissor Hamdamga aytganidek, hali "hayotni oʻrganishmagan" edi. Ikkinchi qismda ular illyuziyalardan xoli boʻlib, katta hayot bilan yanada yaqinlashadilar. Endi ular oʻlim va yoʻqotishni, xiyonatni, ozodlikdan mosuvolikni, yaqin insonlarining bir joyda yotib qolishlarini, ishsizlikni, rad etilishni, tasodifiy baxtni va ba'zi narsalarni oʻz vaqtida qoʻyib yuborish kerakligini his qilishdi. Tajriba bagaji.
Hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin. Biz sevganlarni keyinchalik oʻzgarib ketishini qabul qilishimiz kerakligini Hamdam va Lola obrazlarida koʻramiz. Hayot charxpalagi shundayki, Baxtiyorlar Lola kabilarga erishadi. Aytmoqchimanki, abzas boshida aytganimdek, hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin.
Voqelik shunday yoqimsiz narsaki, u sizdan oʻzini boricha qabullashingizni talab qiladi. Sizga yoqish yoki yoqmasligi muhim emas.
Javohirning otasi haydaydigan oʻsha tramvayga minib, Toshkentni aylangim keldi. Oʻsha paytdagi Toshkent hayotida yashashni istadim bir muddat. Bizga nastalgik ruhiyatni bergani uchun ham balki har yil shu filmni qayta-qayta koʻrarmiz?
Baxtiyorning bobosi aytgan jumla bu safar e'tiborimni tortdi: "men yoshligimda buvinglarni boshqa shahardan o'g'irlab kelganman, sen bo'lsa, o'tiribsan". Avvallari jur'at kuchli boʻlgan.
Yana bir jihati, Javohir oʻz sovchilarini yuborganidagi atmosfera. Tipik oilalarda bunday holat kuzatilmaydi hisob. Ota va qiz munosabatlarining ochiqligi, otaning dangalligiga bu safar mazza qildim, ochigʻi!
Kino ham kitobga oʻxshaydi. Ikkisida ham voqelik, gʻoya, personajlar bor. Farqi, kinoda vizualizatsiyani koʻrasiz, kitobda esa oʻzingiz yaratasiz. Ba'zan tayyor vizualizatsiyalangan kadrlarga muhtojmiz.
Film muhabbat liniyalari haqida emas, hayot haqida. Bu hayotning ichiga juda koʻp va juda kam narsalar sigʻib ketaveradi. Ashnaqa xullas)
Ikkinchi qismda barcha personajlar oʻzlari nima istayotganini tushunib yetishlari oydinlashadi. Qaysidir jihatdan mozaikalar oʻz oʻrnini topadi. Va yana paradoksal holatdek, film boʻshliq haqida:
- Men qanday yashashni bilaman, lekin nima uchun yashayotganimni bilmay qoldim... Bilasizmi, men oʻzimni oʻtgan asrda qolib ketgan vokzaldagi yoʻlovchiga oʻxshataman. Hamma poyezdlar ketib boʻlgan. Vokzal esa boʻm-boʻsh. Ulgurgan ulgurdi.
https://t.me/+X8FPiql7oBBlODBi
Toshkentda qor yogʻdi, qishloqda yomgʻir.
Live stream finished (23 minutes)
Live stream started
Kitobni ochganimda shu abzasga ko'zim tushdi:
"Biz esa muhabbatdan mast bo'lib, bu gaplarga – Li Singning ta'biri bilan aytganda, "Shamol har qancha kuchli bo'lmasin, uning toshdan oladigani faqat g'ubordir", deb e'tibor bermasdik."
"Huzur" nashriyoti o'tgan hafta "Yettinchi kun" kitobini yuborishgandi. Muallifning bundan avval chiqqan kitoblaridan boshqacha uslubda degan fikrlarni eshitdim. Asarlari bilan tanish kitobxonlarga yoqsa kerak. Shaxsan men muallif bilan mutlaqo tanish emasman. Balki bu belgidir?)
@Mirahmedovas_blog
Sentabr - oktabr emish.
*spoilerdagi kitob keyinroq aytiladi.
#rubrika
AVTOBUS DERAZASIDAN QARAB KETSANG
Uzoq-uzoqlarga,
Masofalar suvratini olib ko'zlarga.
Xususan, oy bulutlar orasiga berkinib tursa.
Xususan, yulduzlar so'nganda,
Xususan, zim-ziyo tun chog'I
Ayniqsa, shaharning shovqini seni zeriktirsa,
Ayniqsa, sevgiling sevmasa seni...
Ayniqsa, g'iybatlar to'qisa
Do'stlaring:
Yiroqlarga qochar qismatlar,
Avtobus derazasidan qarab ketsang...
@Mirahmedovas_blog
Atrofimiz Gogen va Dalilarga toʻla. Kimdir oʻz vaqtida, kimdir kechikib taniladi va tan olinadi. Lek ikkala tarafni ham oqlash kerakdir. Masalan, Dali singarilarni alqash zaruriyat.