✿𝙱𝚒𝚝𝚒𝚔𝚕𝚊𝚛✿
Tavsiya qilaman,
boringlar)
Shekspir haq. Hammamiz oʻz sahnamizda yuklatilgan rolni oʻynayapmiz. Kimdir yaxshiroq, kimdir yomonroq va yana kimdir oʻrtacha.
@Mirahmedovas_blog
Yomg‘ir yog‘sa,
umid gulday unar bo‘lsa,
Kemtik ko‘ngil xalqobdayin to‘lar bo‘lsa.
Yo‘l chetida yomg‘irpo‘shsiz turgandir deb,
Ketgan yoring qaytishiga ko‘nar bo‘lsa.
Ko‘lob yo‘llar yag‘rinida yo‘l ko‘rsatib,
Yolg‘izlikning azobini mo‘l ko‘rsatib.
Pinhon tutgan sog‘inchini etib oshkor,
Boshlab kelsa ro‘molchasin ho‘l ko‘rsatib.
Nigohidan yomg‘ir yuvgan so‘z taralsa,
Ifor sochib barmog‘ingda soch taralsa.
Peshonangga bitgan taqdir bo‘lib mulzam,
Ul yor bilan bir ketgulik yo‘l yaralsa.
Xovuchida gulgun gulob quyib bersa,
Tag‘in yomg‘ir tinmay battar quyib bersa.
Tosh ko‘chada chopsalaring qo‘l ushlashib,
Oh, bu dunyo o‘z holingga qo‘yib bersa.
Olib borsang, qo‘rg‘oningda issiq tancha,
Ostonada oyoq ilsa rafiq kecha.
Derazadan borligini etib isbot,
Yomg‘ir tinmay yog‘aversa jon chiqquncha.
Bir tong kelsa avvaliga o‘xshamayin,
Yengillashib borsang quyosh chiqqan sayin.
Yomg‘ir tingan dunyosiga etak siltab,
Uchib ketsang ul yor ila bir bug‘dayin.
Yomg‘ir yog‘sa...
(c) Najmiddin Ermatov
@Mirahmedovas_blog
Insonni kundalik maishiy muammolar butun energiyasini soʻrib oladi.
@Mirahmedovas_blog
Adabiyot nazariyasini o'qisam, miyamda yangi "lampocha" lar yonyapti. Mohiyatni tushunishim ancha osonlashyapti. Badiiy asar tahlilidagi bir jihat haqida yozmoqchiman.
O'qirman kitobni yakunlar ekan, ba'zi qahramonlar taqdiri haqida "eh, attang, boshqacha yakun kutgandim", "muallif bunday tamomlashi kerak edi" singari fikrlarga ko'p duch kelamiz. Avvalo asar qahramonlarining taqdiri mantiq doirasida bo'lishi zarur. Yana bir jihati esa "qahramonlar muallifning quli emas!" Muallif asar boshida obrazlarga o'z munosabatini bildirib, qahramonni sizga sevdirishi yoki nafratlantirishi mumkin, biroq ularning taqdiri muallif izmida emas. Bunday vaziyatda "muallif o'limi" sodir bo'lishi joiz.
Asarda har bir qahramonning taqdiri/o'limi muallif aralashuvisiz sodir bo'ladi. Agar aksi bo'lsa, asar sun'iylikka da'vo qilgan bilan barobar.
To'g'ri, adabiyot aniq fan emas, biroq ba'zi qonuniyatlari borki, ular aksiomadek ishlaydi. Ularga isbot talab etilmaydi. Izzat Sulton aytganidek, adabiyot insonshunoslikni o'rganadi. O'qirmanni ijobiy yoki salbiy qahramon orqali emas, hayot haqiqatiga mos keladigan qahramon orqali asarni sevdirish mumkin.
Jarayon qiziq. Yozish qiziq. Yozish jarayonida barcha yangi fikrlar quyilib keladi. Sen ifodalab bermoqchi bo'lgan narsani his qilsanggina originallikka da'vo qilolsang kerak, chamamda.
@Mirahmedovas_blog
Tushlar – ruhiyatimiz va voqeligimiz xohlayotgan narsani eng yuqori choʻqqisida koʻrsatib beradi. Tush shunday yoqimliki, siz unda orzu-maqsadlaringizga erishishingiz mumkin. Tush shunday yoqimsizki, siz qochib yurgan qarorlarni unda amalga oshirishingiz mumkin.
Tushda siz yaqin kishingizni quchishingiz ham, uni dafn etishingiz ham mumkin. Tush ana shunday ajoyib va bir vaqtning oʻzida gʻalati narsa!
Emishki, eng yaxshi asarlar tushda ilohiy ravishda inkishof etilarkan. Oxirgi oʻqigan ikki kitobimda shu faktga duch keldim. Yuklamalarim yengillagach, bu mavzu boʻyicha atroflicha oʻrganib chiqmoqchiman.
Tushda yashayapmiz. Uygʻonishimizni va roʻyolar roʻyobga aylanmasligini bilamiz. Shuningdek, tushda yashashning oxiri yoʻqligi ham bizga ayon.
– tushlaringiz xayrli boʻlsin!
@Mirahmedovas_blog
Chorasizlikdan Oʻzi asrasin.
Kechaginda bir tanishimning orzulari haqida oʻylayotgandim. Biz rejalar qilaveramiz, lekin Hayotning rejalari biznikiga teskari formulada ishlashi mumkin.
Bugun esa oʻzimnikini oʻylayapman. Qaysi bir orzumni unutib qoʻydim-u, qaysi birini qoʻlimdan chiqardim. Unutib qoʻyilganini qayta topib, amalga oshirsa boʻladi. Biroq qoʻldan chiqqani oʻz manziliga yetib boʻldi. Endi u ortiq bizniki emas.
Yana bir jihat bor: ich-ichingdan xohlagan hayotda yashash keyinchalik senga birinchi martadagidek hisni bermay qoʻyadi. Eng yomoni shu, rutinaga aylangach, sezilmay qolishi. Bu holat barcha keyslarga tusharkan.
Endi yomon jihati shuki, sen komfort deb hisoblagan yashash tarzi bilan xayrlashish. Qayerda stabil komfort bor- bu noma'lum. Muhimi, har qanday hikoya qachondir yakunlanadi.
peace
oʻchadi
@Mirahmedovas_blog