Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Muslimbek Abdurahimov

Muslimbek_Abdurahimov

Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi
❗️
Inson...
👉
@YozibQoldiring_bot
👉
instagram.com/muslimbek__abdurahimov

Subscribers
67 400
Post views
7 640
ER
10,37%
Posts
646
October 14, 14:19
Media unavailable
6
Show in Telegram

Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Mirziyoyeva bank ko‘magida irrigatsiya va “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalarni alohida qayd etdi. Shuningdek, “Women in Business” va “Youth in Business” dasturlari orqali mamlakatdagi ko‘plab ayollar va yoshlarning hayoti ijobiy tomonga o‘zgarayotganini qayd etdi.
U Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishga qaratilgan tashabbuslarni ham yuksak baholab, Markaziy Osiyoda ishonch va hamkorlik muhiti mustahkamlanayotganini alohida ta’kidladi.
Saida Mirziyoyeva ishonchini bildirdi: YTTB bilan sheriklik bundan buyon ham O‘zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 13, 13:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt’ning hozirda mavjud komlektatsiyalariga qo‘shimcha ravishda ikkita yangi — Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalarini taqdim etishi aytilmoqda...
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 13, 12:45
Media unavailable
4
Show in Telegram

O‘zbekiston pavilioni “EXPO 2025” Osaka, Kansai”da oltin medalga sazovor bo‘ldi
2025 yil 12 oktyabr kuni Osaka shahridagi EXPO Hall “Shining Hat” majmuasida “
EXPO 2025" Osaka, Kansai
” ko‘rgazmasining yopilish arafasida Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi (BIE) mukofotlari topshirildi.
O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston pavilioni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medal bilan taqdirlandi.
Bu mukofot pavilonning
“Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi”
konsepsiyasi orqali milliy meros va innovatsiyalar uyg‘unligini muvaffaqiyatli aks ettirganini e’tirof etadi.
“Biz taqdim etgan ‘Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G'oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi”, —
dedi
Saida Mirziyoyeva voqea haqida.
Avvalroq ushbu loyiha “German Design Award 2025” hamda “Red Dot: Best of the Best” kabi xalqaro mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan edi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 10, 14:55
Media unavailable
4
Show in Telegram

Saida Mirziyoyeva: "O‘zbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil"
Bryusselda bo‘lib o‘tgan Global Gateway forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etdi
.
Tadbirda Yevropa Ittifoqi va hamkor mamlakatlar o‘rtasidagi yangi tashabbuslar, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida Saida Mirziyoyeva Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari hamda qo‘shma tashabbuslarni muhokama qildi. Saida Mirziyoyeva muloqotdan mamnunligini bildirib, "O‘zbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil" -
deya xabar qoldirdi
o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vise-prezidenti Kaya Kallas bilan ham uchrashuv
o'tkazdi.
Muloqotda global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar, xususan, Markaziy Osiyodagi jarayonlar muhokama qilindi.
Tomonlar murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini
qayd etdi.
Saida Mirziyoyeva ochiq va mazmunli suhbat uchun Kallas xonimga minnatdorlik bildirar ekan, ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish yo‘lidagi keyingi qadamlarni intiqlik bilan kutayotganini bildirdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 10, 10:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

Instagramda prezidentni haqorat qilgan 18 yoshli yigitga hukm o‘qildi
❗️
Ohangaronlik fuqaro prezidentning Instagramdagi surati ostiga izoh qoldirgan, ekspertiza uni davlat rahbariga nisbatan haqoratli deb topgan. Sudda u o‘z aybiga iqror bo‘ldi va bu xabarni oqibatini o‘ylamasdan yozganini
aytdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 09, 05:25
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “HealthTech AI Hackathon” tanlovida tibbiyot sohasidagi ilg‘or IT-dasturlarni taqdim etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham qatnashdi.
Ushbu tadbirda 44 ta jamoa, 300 dan ortiq ishtirokchi yuzlab yangi tashabbus bilan qatnashdi.
“Endilikdagi umumiy maqsadimiz — bu loyihalarni to‘xtatib qo‘ymaslik, ularni yakuniga yetkazish, rivojiga ko‘maklashish va investorlarni jalb etishda yordamlashishdir”, —
dedi
Saida Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun:
“HealthTech AI Hackathon” — mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladigan keng ko‘lamli “AI Hackathon” umummilliy loyihasining bir qismidir. 2026-yil yakuniga qadar unda minglab yosh mutaxassislar qatnashadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 08, 11:15
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilma va iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan tanishdi.
Umummilliy
“Salomatlik marafoni”
doirasida Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholiga bepul tibbiy diagnostika o‘tkazilmoqda. AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI va AI Mammo kabi sun’iy intellekt yechimlari yordamida tibbiy yordam tezkor va aniq ko‘rsatilib, 12 mingga yaqin fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, 1 700 nafari chuqur tekshiruvdan o‘tgan, 116 nafari davolanishga yo‘naltirilgan.
Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bo‘limida kichik bemorlar bilan
uchrashdi
hamda yosh mutaxassislar tashabbusi bilan boshlangan “Oilaviy salomatlik maktabi” va “Salomatlik volontyorlari” loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.
Tashrif doirasida Nukus shahrida 870 o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy 55-maktab va To‘rtko‘l tumanidagi 77-maktab foydalanishga
topshirildi
. Ular zamonaviy texnologiyalar va raqamli o‘quv muhitini birlashtirgan yangi ta’lim modelini ifodalaydi.
Shuningdek, “Jeketerek” mahallasida modernizatsiya qilingan suv tozalash inshooti ishga
tushirildi
. Endilikda 71 ta mahalla va 350 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
Hududda 64 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 5 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi. Yaqin yillarda qiymati 2 milliard dollarlik yana 27 ta loyiha yo‘lga qo‘yilib, 10 mingga yaqin aholi ish bilan
ta’minlanadi
.
Bu tashabbuslar Qoraqalpog‘istonni sog‘lom turmush, zamonaviy ta’lim va innovatsion iqtisodiyot uyg‘unlashgan hududga aylantirishga xizmat qilmoqda.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

October 02, 14:08

Unutilgan tarix va qayta uyg‘onayotgan milliy iftixor
Qudratilla Rafiqovning "Alamim bor" maqolasi xorij matbuotida aks-sado bermoqda — kuni kecha
«Российская газета»
siyosatshunosning chiqishini e'lon qildi. Unda uzoq yillar davomida xalqimiz o‘zining asl tarixidan, boy madaniy merosidan uzilib qolgani, natijada dunyo o‘zbekni Ibn Sino, Beruniy yoki Ulug‘bek kabi buyuk allomalar orqali emas, balki paxta dalasi, do‘ppi va choynak timsolida tanigani afsus bilan tilga olinadi.
Eng achchiq tomoni shundaki, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi, ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni go‘yoki “yo‘qolib” ketgani ta'kidlanib, mashhur arboblardan birining achchiq haqiqati misol sifatida keltiriladi:
“Bugun ko‘pchilik uchun O‘zbekiston – Ibn Sino va Beruniylar yurti emas, balki boshqa joyga borish uchun yo‘ldagi notinch hudud sifatida qaraladi.”
Bu so‘zlar og‘ir botishi tabiiy, ammo ular o‘sha davr haqiqatini aks ettirar edi. Chunki uzoq vaqt davomida xalqimizning ilmiy va madaniy merosi soyada qolib, u bilan faxrlanish emas, balki uni yashirish siyosati hukmron bo‘ldi.
Bugun esa muhit tamomila boshqacha. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbuslar xalqimizning o‘z tarixiy sha’nini tiklash, dunyo miqyosida munosib o‘rnini qayta egallash yo'lidagi harakat ekani qayd etiladi maqolada. Muallif birgina Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi, tarixiy qo‘lyozmalar va artefaktlarning vatanga qaytarilishi, buyuk ajdodlarimiz merosining keng targ‘ib qilinishi — barchasi ushbu strategiyaning amaliy ko‘rinishi, deya e'tirof etadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 29, 15:45
Media unavailable
4
Show in Telegram

“O'z Mahal” turar-joy majmuasida shanba kuni muhim voqea ro‘y berdi — ulushdorlar yangi xonadon kalitlarini qabul qilib oldi
Ushbu tadbirga meni ham taklif qilishdi. Golden House tomonidan tashkil qilingan tadbir majmua hovlisida bo‘lib, do‘stona muhitda o‘tdi.
Yangi xonadon egalari uchun bu kun yangi hayot boshlanishi bilan esda qoladi. Qo‘shnilar bir-birlari bilan tanishib, kelajakdagi rejalarini baham ko‘rdi. Bolalar esa hovlida bir zumda yangi o‘yinlar topib, do‘stlashib ketdi.
“O'z Mahal” nafaqat zamonaviy arxitekturasi, balki milliy qadriyatlardan ilhomlangan me’moriy yechimlari bilan ham ajralib turadi. Loyihaning birinchi bosqichi to‘liq sotilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich hozirda qurilish jarayonida bo‘lib, baland shiftli xonadonlar, keng terrasalar va zamonaviy infratuzilmani o‘z ichiga oladi.
Aytib o‘tish kerak, bu kompleksni yana ikkinchi liniyasini sotuvlari ham boshlangan, maslahatim, sotib olishga ulgurib qoling, Darxon taraflar tez rivojlanyapti)
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

September 28, 08:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
Toshkent viloyatida zaharlangan ohir ahvoldagi bemor bolalar qolmadi
28 sentyabr holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ovqatdan zaharlangan 182 nafar bola shifoxonalarda qolmoqda.
Ularning holati barqaror deb baholanib, ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Hatto ilgari o‘rtacha og‘ir ahvolda bo‘lgan bolalarda ham yaxshilanish kuzatilmoqda. Og‘ir bemorlar yo‘q.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov