Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Muslimbek Abdurahimov

Muslimbek_Abdurahimov
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi ❗️ Inson... 👉 @YozibQoldiring_bot 👉 instagram.com/muslimbek__abdurahimov
Подписчики
36 600
24 часа
300
30 дней
-3 400
Просмотры
1 966
ER
5,8%
Посты (30д)
8
Символов в посте
868
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 12, 17:41
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📝
Ekspert F.Buranellining yangi tahliliy maqolasi: Mintaqamizning «madaniy kodi» katta siyosatda qanday ish beradi?
Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar asosan «raqobat» rejimida bo‘lib, turli keskinliklar kuzatilar edi. Yaqinlargacha bo‘lgan ko‘pgina mintaqaviy tashabbuslar ham shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq vaziyat tubdan o‘zgardi. Buyuk Britaniyalik xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert Filippo Kosta Buranelli o‘zining yangi tadqiqotida bu burilishning sabablarini
tahlil qildi.
Olimning qayd etishicha, mintaqadagi yangi va iliq muhit bevosita O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda BMT minbaridan turib ilgari surgan tashabbusi bilan bog‘liq. Aynan shu tashabbus asosida boshlangan «Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari» mintaqada mutlaqo yangi tartibni yaratdi. Endilikda davlatlar o‘zaro ustunlikka intilishga yoki sun’iy ravishda birlashishga emas, balki muammoli masalalarni chetlab o‘tib, faqat o‘zaro manfaatli va sog‘lom pragmatik hamkorlik qilishga o‘rgana boshladi.
Markaziy Osiyo endilikda tarqoq va o‘zaro raqobatlashadigan hudud emas, balki ishonch va diplomatiyaga asoslangan yagona kuch markazi sifatida shakllanmoqda. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqaviy muammolarni tashqi kuchlar aralashuvisiz, faqat o‘zaro hurmat asosida hal qilishning eng samarali mexanizmiga aylandi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

March 12, 08:25
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Toshkentda yo‘l o‘pirilib tushdi
Holat Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan yo‘l o‘tkazgich yonida yuz bergan.
Toshkent shahar hokimligiga koʻra, texnik tekshiruv yakunlari bo‘yicha tiklash ishlari yuzasidan qaror qabul qilinadi. Qoidabuzarliklar yoki ishlarning
lozim darajada bajarilmaganligi aniqlansa, mas’ul shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari
ko‘
riladi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

March 06, 07:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qonun istisnosiz, alohida xos odamlarsiz, hamma uchun barobar ishlashi shart — Saida Mirziyoyeva
Prezident Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Toshkentda 10 mart — Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali uchrashuvdagi
nutqidan:
Qonun hamma uchun barobar ishlashi shart. Istisnosiz, hech qanaqa xos odamlar yoki alohida vaziyatlarsiz. Bu gap har kimga, respublikamizning har bitta burchagida birdek taalluqli. Va buni hamma anglashi lozim.
O‘zbekistonning istalgan hududidagi har bir qizaloq singillarimiz shuni bilishini xohlardim. Agar, Xudo ko‘rsatmasin, boshiga kulfat tushsa, qonun undan yuz o‘girmaydi. Har bir ayol shuni bilsinki, uni jimgina zulmga chidashga hech kim majbur qilolmaydi. Har bir bola xabardor bo‘lsin, davlat uni himoya qilishga majbur.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

March 05, 15:52
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol sudyalari assotsiatsiyasi tuzildi
Saida Mirziyoyeva o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Toshkentda 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan o‘tgan tantanali uchrashuv haqida
xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon qabul qilingani ta’kidlandi. Ushbu hujjat inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini “an’ana” niqobi ostiga yashirishga yoki mavqe va mansab bilan xaspo‘shlashga urinayotganlarga nisbatan murosasiz yondashuvni nazarda tutadi.
Shu maqsadda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatining samaradorligi va mas’uliyati yanada oshiriladi, zo‘ravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Ta’kidlanishicha, ilk bor aynan ushbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Zo‘ravonlik atrofdagilarning sukuti va jabrlanuvchilarning qo‘rquvi ortiga yashirinib qolmasligi kerak. Jamiyatda aynan shunday muhitni barpo etish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi!
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

March 04, 08:20
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bolalar
huquqlari himoyasida yangi tizim joriy etilmoqda
Prezidentning yangi Farmoni
bilan ushbu yo‘nalishda nafaqat jazo choralari, balki profilaktika va tergov sifatini oshirishga qaratilgan qator tashkiliy-huquqiy o‘zgarishlar belgilandi.
🔆
Yangi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab
voyaga yetmaganlarning jinsiy erkinligiga qarshi
qaratilgan barcha turdagi jinoyatlar bo‘yicha tergov harakatlari
faqat prokuratura organlari tomonidan
yuritiladi.
Bu bunday murakkab ishlarni tergov qilishda xolislikni ta’minlash va nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.
🔆
Shuningdek, 2027-yildan e’tiboran bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar faqat
maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan
ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu jarayonda bolaning ruhiyati va uning qayta jarohatlanishining oldini olish asosiy mezon etib olingan.
🔆
Jinoyatni sodir etilgandan keyin jazolashdan ko‘ra, uni
barvaqt aniqlash va oldini olish
ustuvor vazifa qilib belgilandi. Shu maqsadda
"O‘smir-signal"
elektron moduli ishga tushiriladi. Endilikda maktab, mahalla, FXDY va tibbiyot muassasalari xodimlari erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlari haqida darhol xabar berishlari shart.
Ushbu ma’lumotlarni yashirgan yoki xabar bermagan mas’ul shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Mazkur islohotlarning bosh maqsadi — jamiyatda bolalarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq murosasizlik muhitini yaratishdir. Yangi tizim nafaqat aybdorlarning jazosiz qolmasligini kafolatlaydi, balki davlatning har bir bolani huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga qodir ekanini namoyon etadi. Bu choralar mamlakatimizda farzandlarimiz xavfsizligi va uning daxlsizligini ta’minlash yo‘lidagi eng muhim huquqiy qalqondir.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

February 27, 09:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Endi Toshkent yo'llaridagi muammolar hal bo'ladi
Saida Mirziyoyeva prezidentning transport tizimini modernizatsiya qilishga oid qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar boshlanganini ma’lum qildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

February 18, 06:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌙

Ramazon oyida davlat tomonidan qo‘shimcha ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, muborak Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etildi.
Nimalar nazarda tutilgan?
🔹
Ijtimoiy reyestrdagi “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi oilalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar
— 1 million so‘m bir martalik yordam;
🔹
“Kambag‘al oila” toifasidagi hamda mahalla tomonidan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalarga — 500 ming so‘m bir martalik yordam;
🔹
Shuningdek, 6 ming nafar bemor fuqaroning davolanishi va zarur operatsiya xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Bu yordamlar aniq mezonlar asosida, Ijtimoiy reyestr orqali amalga oshiriladi.
Mazkur dastur Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan hayotga tatbiq etiladi.
Ramazon — mehr va mas’uliyat oyidir.
Muborak oy har bir xonadonga tinchlik, baraka va yengillik olib kelsin.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

February 16, 12:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun 1 159 nafar odam ko‘chib keldi
2025-yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1 159 nafarni tashkil etgan. Ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1,9 baravarga kamaygan.
Doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning 61,5 foizi Toshkent shahriga, 8,2 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 18,3 foizi Toshkent viloyatiga, 4,6 foizi Farg‘ona viloyatiga va 7,4 foizi boshqa viloyatlarga to‘g‘ri kelgan.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

February 07, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
|
🇺🇸
Avval bo‘lib o‘tgan qator muhim uchrashuvlardan so‘ng, Saida Mirziyoyeva navbatdagi dolzarb va strategik ahamiyatga ega tadbir haqida ma’lumot berdi
Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi
o‘tkazildi
. Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratildi.
Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan ruhda o‘tdi. Oldinda O‘zbekiston va AQSh uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mazmunli va amaliy ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
So‘nggi paytlarda AQSh Markaziy Osiyoga bo‘lgan e’tiborini ochiq va izchil tarzda kuchaytirayotgani kuzatilmoqda. Bu esa mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani bilan quvonarli holatdir.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov

February 07, 13:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#ZoʻrSport
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
⁉️
❗️
PAXTAKOR
🆚
KAYRAT
🤩
Bugun 19:00
📍
Zoʻr Play platformasi
Zoʻr Sport 2
kanalida
Tomosha qilish uchun ilovani quyidagi havolalardan yuklab olishingiz mumkin
👇
📲
👉
https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.ag.zorplay
🍎
👉
https://apps.apple.com/uz/app/zor-play/id6747072810
📱
Telegram |
📱
Instagram |
📱
Facebook