
Muslimbek Abdurahimov
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik salkam 7 mln so‘mga yetdi, Toshkentda 11,7 mln so‘m
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,4%ga o‘sib, 6 mln 825,9 ming so‘mga yetgan.
Hududlar orasida eng katta maosh haliyam Toshkent shahrida — 11 mln 684,3 ming so‘m (+18,8%), eng past maosh esa Qashqadaryoda — 4 665,2 ming so‘m (+14,3%). Poytaxt va Qashqadaryodagi maoshlar o‘rtasidagi farq 2,5 baravardan oshgan (o‘tgan yilning shu davridagi farq 2,42).
Sohalar aro eng yuqori maosh bank-moliya sohasida saqlanmoqda — 15 847,9 ming so‘m (+19,8%). Eng past maosh esa sog‘liqni saqlashda — 3 626,1 ming so‘m (+11,1%).
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ziroat Mirziyoyeva ekofaollar bilan birgalikda “Arda Xiva” turizm majmuasida 3 mingdan ortiq daraxt va boshqa oʻsimliklar ekish tadbirida
ishtirok etdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
1-maydan tonirovka narxlari arzonlashishi haqidagi xabarlarni YHXX rad etdi
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda 1-maydan “tonirovka” ruxsatnomasi narxi 412 ming so‘m bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy munosabat bildirgan.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va amaldagi tartib o‘zgarmagan. Hozirda oynalarni qoraytirish ruxsatnomasi narxi BHMning 8 baravari bo‘lib, 3 mln 296 ming so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, yoz mavsumida narxni 412 ming so‘mgacha tushirish bo‘yicha taklif muhokama qilingan, biroq u hali qonuniy kuchga ega bo‘lmagan va amaliyotga joriy etilmagan.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ziroat Mirziyoyeva Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalar ijodkorligi va iste’dodlarini rivojlantirish inklyuziv markazi tarbiyalanuvchilari bilan
suhbatlashdi
.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Ziroat Mirziyoyeva Urganchdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga bordi
Vasiylik kengashi raisi tashrifi davomida u yerda tashkil etilgan o‘quv novvoyxonasi faoliyati bilan
tanishdi.
O‘quvchilar amaliyot orqali kasb o‘rganib, kelajakda mustaqil hayotga tayyorlanish imkoniyatiga ega ekani ko'rildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Saida Mirziyoyevaning ta’limga e’tibori haqida
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Prezident topshirig‘iga binoan joylarga tashrif buyurganda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga tashrif buyuradi va ta’lim dargohlarini ham yodidan chiqarmaydi. Bu safar ham Samarqandga tashrif bundan mustasno bo‘lmabdi. Tashrif natijasi o‘laroq shahardagi musiqa maktabini butunlay yangilanadigan bo‘ldi. Boshqa bir dargoh geologlar mahallasida yangitdan qurilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi esa hududdagi eng katta bog‘chaga aylanadi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Urgutdagi xarob ahvoldagi poliklinika yodingizdami? U qisqa muddatda zamonaviy tibbiyot markaziga aylantirildi
Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududlarda
amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Toyloq tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, Bog‘ichinor mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganilib, suv inshootini rekonstruksiya qilish va yangi tarmoqlar qurish orqali aholini to‘liq qamrab olish choralari belgilandi.
Urgut tumanida esa avvalgi tashriflar chog‘ida «Navoiy» oilaviy poliklinikasi yetarli shart-sharoitlarga ega bo‘lmagan, binosi eski va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari cheklangan holatda edi.
Bugungi kunda mazkur muassasa to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida yangilandi, qo‘shimcha binolar va tug‘ruq bo‘limi barpo etildi. Natijada 13 mingdan ortiq aholi uchun sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, hududda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish doirasida 23 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish va 770 nafar tibbiyot xodimining malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, fermer xo‘jaliklarining ilg‘or tajribasi o‘rganildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko’riladi
❗️
Yig’ilishda
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani
tanqid qilindi.
Ushbu
13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish
topshirildi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
Shavkat Mirziyoyevga hokimligi davrida ishlagan kabineti va “Volga” xizmat avtomobili ko‘rsatildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga bordi. Davlat rahbari dastlab hokimlik binosi yonidagi Salar kanali ustiga qurilgan koʻprikni borib koʻrdi. Shundan soʻng tuman hokimligi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Prezident 1992-1996-yillarda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Hokimlik binosida davlat rahbari hokim boʻlib ishlagan davrdagi qiyofada qayta tiklangan xizmat kabineti va xizmat avtomobili koʻrsatildi. Davlatimiz rahbari hokimligi paytida qabul qilgan eng muhim qarorlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Tanishuv chog‘ida Prezidentimiz o‘sha vaqtdagi faoliyatidan xotiralari bilan bo‘lishdi.
👉
@Muslimbek_Abdurahimov
❤🔥
❤🔥
❤🔥
💜
💜
💜
💛
💛
💛
🎮
GameFest 2026 — Mintaqadagi eng yirik O‘yin va Animatsiya Festivali 15-16 May kunlari bo'lib o'tadi!
🌍
GameFest 2026 bu
-
40dan ortiq davlatlardan 10 mingdan
ortiq o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar va mutaxassislarni bir joyga jamlaydigan xalqaro tadbir.
🇺🇸
🇯🇵
🇮🇳
🇨🇳
🇰🇷
🇨🇦
🇫🇷
🇵🇱
🇩🇪
🇹🇷
🇰🇿
🇰🇬
🇦🇪
🇪🇸
🇦🇿
🇺🇾
🇨🇴
🇬🇧
🇮🇹
🇸🇪
🇪🇸
🇷🇸
🇲🇽
🇮🇩
🇲🇦
🇲🇽
2 KUNLIK FESTIVALDA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?
🟢
Game Forum
— xalqaro ekspertlar bilan o‘yin industriyasidagi yangi trendlar va imkoniyatlar
🟢
Animation Forum
— animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar
🟢
International Game Jam
— 48 soatlik xakaton, unda ishtirokchilar yangi o‘yin prototiplarini yaratadilar
🟢
ScaleUp & Fund: Pitch Session
— startaplar uchun investitsiya sessiyasi
🟢
B2B Growth Exchange
— ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar
🟢
Games and Animations Expo
— mahalliy va xalqaro studiyalar tomonidan yaratilgan o‘yin va animatsiya loyihalari ko‘rgazmasi
🟢
Cosplay Show
— Sevimli qahramonlaringiz qiyofasiga kiring va maxsus sovrinlar uchun kurashing!
🟢
Music Fest
— Top DJ va musiqachilar ijrosidagi yorqin shou. (Musiqa festivali biletlari
iTicket.uz
sayti orqali xarid qilishingiz mumkin).
📍
MANZIL:
"Renessans Hall" majmuasi
(Zo’r TV)
✍️
💻
Tadbirda ishtirok etish uchun -
www.gamefest.uz
sayti orqali ro'yhatdan o'tishingiz zarur bo'ladi.