
Germaniyada Bepul Ta’lim
Assalomu alaykum, ushbu kanalda Nemis tili o‘rganishingiz, Germaniyada o'qish, ishlash, praktika kabi mavzular haqida ham ma‘lumot olishingiz mumkin.
Zafar Usarov:
https://taplink.cc/zafar.u
O'zbekiston Talabalari Germaniyadagi Ferienjob Tajribasi: Asosiy Muammolar va Sabablar
Ferienjob
haqida video ham tayyorlab, YouTube'ga yuklagan edim. Agarda u sizga qiziq bo'lsa va hali ko'rmagan bo'lsangiz, quyidagi link orqali ko'rishingiz mumkin.
Ayni kunlarda Germaniyada
Ferienjob
qilib kelgan ko'pchilik talabalarining asosiy muammolaridan biri — Germaniyada ishsiz, uysiz ko'chada qolayotganini juda ko'p guvohi bo'lyapmiz. Bu holatlar aslida har yili uchraydi, ammo bu yil ularning soni yil sayin oshib bormoqda. Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi ham bu holatdan xabardor bo'lib, choralarini ko'rish jarayonida degan gaplar ham yo'q emas.
Xush, buning sabablari nimalar?
Soxta hujjatlar:
Ko'pchilik, qo'shtirnoq ostidagi o'z orzularini amalga oshira olmagan ammo boshqalarni orzularini amalga oshiruvchi firmalarning qallobliklariga uchramoqda. Bizning aybimiz esa ularga ishonishimizda.
Tilni yetarli darajada bilmaslik:
Bu eng asosiy muammolardan biri. Ishonavering, borib olsam, eplab ketaman deb chuchvarani xom sanamang. Nemis tilini kamida B1 darajada bilib keling. Ingliz tilini suv qilib ichib yuborgan bo'lsangiz ham, nemis tilini bilishingiz shart — nafaqat ish beruvchi, balki o'zingiz uchun ham.
Ishga jiddiy yondoshuv:
Agar Germaniyaga ishlash maqsadida borilsa, o'zingizni ishchi sifatida ko'rib, barcha mas'uliyatni his etgan holda ishlashga tayyor bo'ling. Faqat sayohatlarni emas, balki ish beruvchi uchun siz ishchi bo'lib kelayotganingizni unutmang. Bu dasurning asosiy maqsadi ham shundaki, chet ellik talabalardan eng kam ish haqqi evaziga foydalanishdir.
Yolgon ma'lumotlarga ishonish:
Juda ko'p ijtimoiy tarmoqdagi "aqlli" blogerlarga ishonavermang. Ular sizga 10 marta qayta ishlanib, rang berilgan videolarga uchmang. Ba'zi birlari aytganidek,
"vijdon dalalari"
yo'q, Susambil emas bu yer. Nemislar xatto ona bolasiga ishonmaydi. Alloh borligiga ishonmaganlardan, bandalariga ishonishi haqidagi safsatalarga ishonmang.
P.S.
Sabablar ko'p, yozsa gaplar ham ko'p. Ammo buni kimga qiziq? Zafar deb, gohida o'zimga o'zim savol berib qolaman. Lekin ichimda hech bo'lmasa bir kishiga foydasi tegib qolar deb yana yozaveraman. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi degan gap juda to'g'ri. Germaniyani "Jannat" qilib ko'rsatayotganlarga faqat va faqat Allohdan insof so'rayman. Albatta barcha joyda bo'lganidek bu yerda ham yaxshi insonlar juda ko'p, rostdan ham ko'p ammo ular bilan bir davrada bo'lish uchun kishi o'zi ham ularga loyiq bo'lishi kerak.
Ko'p sayohat qilgan kishilar bu hisni bilishadi, ya'ni hech bir davlatda Germaniyachalik kishi o'zini chet ellik ekanligini his qilmaydi. O'zbekistonda "chet ellik" so'zi ijobiy ma'noda tushuniladi, ammo ko'pgina rivojlangan davlatlarda bu salbiy ma'noni beradi.
@Nemistili_uz
Nega O‘zbek qizlari AuPair dasturi orqali Germaniyaga kelmasligi kerak?
Ko‘plab opa singillarimiz Germaniyaga borishning eng oson yo‘li sifatida
AuPair
dasturini tanlashadi. Biroq bu yo‘l har doim ham foydali yoki xavfsiz bo‘lavermaydi. Quyida hayotiy tajribalarga tayanib, bu qarorni qayta ko‘rib chiqish zarurligi haqida bir qancha sabablarni sanab o'tmoqchiman.
🔻
1. Diniy va madaniy tafovutlar
AuPair dasturida yashash va ishlash oilaning uyida bo‘lishni talab qiladi. Bu esa ba’zan dinimizga zid turmush tarziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri duch kelish degani: aralash yashash, hijobga bo‘lgan to‘sqinliklar, halol ovqat bilan bog‘liq muammolar va hatto ibodat qilish imkoniyati cheklanishi mumkin. Bu holatlar juda kam uchrasada ammo eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
🔻
2. Huquqiy jihatdan zaif holat
AuPairlar ko‘pincha oilaning ichki tizimiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi – bu esa ba'zi hollarda zo‘ravonlik, ekspluatatsiya yoki adolatsiz munosabatlarga olib keladi. Germaniyada ko‘plab AuPair qizlar bu holatlarga duch kelgan – lekin huquqiy himoya cheklangan bo‘lgani uchun yordam olish qiyin bo‘lgan.
🔻
3. Kelajak uchun foydasi kam
AuPair tajribasi sizga na diplom, na kasb, na akademik yutuq beradi. Bu vaqt ichida siz tilni o‘rganishingiz mumkin, ammo boshqa sohaga o‘tish uchun yana ko‘p vaqt va resurs kerak bo‘ladi.
🧕
Musulmon qizlar uchun qanday yo‘l maqbul?
✅
Akademik yoki grant asosidagi dasturlar:
Germaniyada talaba sifatida kelish – bu nafaqat sizga huquqiy xavfsizlik, balki mustahkam bilim, xalqaro diplom va istiqbolli kelajak beradi. Masalan:
DAAD grantlari, Bakalavr, Master yoki PhD
dasturlari
Studienkolleg orqali bakalavr yo’llari. Bu yo‘llar og‘irroq bo‘lishi mumkin, lekin bu orqali siz o‘z qadriyatlaringizni saqlagan holda, mustaqil va munosib hayot qurishingiz mumkin.
👉
Xulosa:
AuPair dasturi qisqa muddatli, cheklangan imkoniyatli yo‘ldir. O‘zbek qizlari, ayniqsa musulmon bo‘lgan opa-singillarimizga bu dasturni aslo tavsiya qilmagan bo’lar edim. Tushunaman O’zbekistonagi vaziyat va moliyaviy holat ham tilni mukammal o’rganishga qaysidir ma’nodagi tusiqlarni yaratishi mumkin ammo AuPairga masalangiz yechimi sifatida qaramang.
@Nemistili_uz
🌕
«Erdbeermond 2025»
Bugun – 2025-yil 11-iyun osmonning noyob mo‘jizasi –
Erdbeermond
(Qulupnay oyi) hodisasi yuz beradi!
Bu – so‘nggi 18 yilda ilk bor ko‘rinayotgan juda pastda turgan to‘lin oy bo‘lib, keyingi safar faqat 2043-yilda kuzatiladi.
🌠
🔸
Nega Erdbeermond deyiladi?
Bu nom qadim amerikalik hindular tomonidan iyun oyida qulupnay yig‘imi davrida berilgan. Oy odatda oltin yoki to'q sariq rangda ko‘rinadi – bu esa "Asal oyi" (Honigmond) deb ham ataladi. Rang o'zgarishi – oy pastda turgani uchun quyosh nurlarining atmosferada tarqalishi natijasi.
🔸
Eng yaxshi kuzatish vaqti:
📍
Bugun kechasi, soat 22:00 dan boshlab ochiq va qorong‘i joyda kuzatish tavsiya etiladi. Oy eng yuqori nuqtasiga ertalab soat 09:00 da yetadi.
🔸
Astrologik ta’siri:
Bu to‘lin oy
Yoy (Schütze)
burji ostida bo‘lib, ayrim burjlar uchun hissiy jihatdan og‘ir bo‘lishi mumkin. To‘rtta burj vakillari o‘z muammolari bilan yuzma-yuz kelishlariga to‘g‘ri keladi.
🔸
Germaniyada
– xususan,
Berlin
va
Hamburgda
hodisa aniq ko‘rinadi. Ammo ba’zi shimoliy hududlarda bulutlar sababli ko‘rinishi cheklanishi mumkin.
P.S.
Ushbu postni sizlar bilan ulashayotganimning sababi shundaki, astronomik hodisalar, Nobel mukofoti sovrindorlari va ularning ilm-fanga qo‘shgan hissaslari haqida xabardor bo‘lish – ayniqsa nemis tilidagi ilmiy suhbatlarda faol ishtirok etishimiz uchun muhim. Bu kabi mavzular bizning dunyoqarashimiz, ilmiy salohiyatimiz va akademik bilim darajamizni ko'rsatib beradi.
@Nemistili_uz
🇩🇪
Ko‘pchilik bu 15 nemischa so‘zni birinchi o‘qishda noto‘g‘ri tushunadi. Sababi – bu so‘zlar g‘alati birikmalardan tuzilgan bo‘lib, miya ularni avtomatik tarzda noto‘g‘ri ajratishga harakat qiladi.
Urinstinkt
– Ichki instinkt (aslida bu "ur-" emas, "Urinstinkt" emas!)
Altbaucharme
– Eski bino jozibasi
Hoffensterchen
– Umid oynachasi
Rohrohrzucker
– Qayta ishlanmagan qamish shakari
Baumentaster
– Daraxtni tekshiruvchi qurilma/yoki hasharot
Gehwegschäden
– Yura yo‘llaridagi zararlar (masalan, yoriqlar)
Staubecken
– To‘g‘on, suv ombori
Musikerleben
– Musiqachining hayoti
Brathering
– Qovurilgan seld baliği
Nachtruhe
– Tungi osoyishtalik
Kreischorverband
– Tuman xorlar uyushmasi
Duschlampe
– Dush xonasidagi chiroq
Nudelauflauf
– Makaron zapekankasi
Nachteilzug
– Kamchilik olib keluvchi tortishish (yoki noqulay poezd)
Torflaute
– Gollar yo‘qligi (futboldagi gol qurg‘oqchiligi)
🧠
Bu so‘zlar miyani chalg‘itadi, chunki ko‘zimiz ularni boshqa so‘zlar bilan "adashgan" holda o‘qiydi. Ayniqsa, tez o‘qiganda miya so‘zlarni bo‘lib o‘qishga urinishda xatoga yo‘l qo‘yadi.
💬
Siz qaysi birini noto‘g‘ri o‘qidingiz? Fikrlaringizni izohlarda yozing!
👇
@Nemistili_uz
Olaf Scholz
1 203 kunlik ish faoliyatidan so'ng, o'z lavozimidan rasman ozod etilishi haqidagi hujjatlar taqdim etildi. Yangi Bundestag yig'ilganidan so'ng, eski hukumat ishdan bo'shatiladi – bu Germaniyaning asosiy qonuni (Grundgesetz) bilan ta'minlanadi.
Shunday bo'lsa-da, Olaf Scholz va uning vazirlari dastlabki bosqichda ish faoliyatini davom ettiradi. 25-mart kuni Federativ Prezident Frank-Walter Steinmeier Scholz va uning 14 nafar vaziriga ishdan bo'shatish hujjatlarini topshirdi.
Asosiy qonunning 69-moddasiga ko'ra, yangi Bundestag yig'ilganidan so'ng, federal kansler va vazirlarning vakolatlari yakunlanadi. Ammo, eski hukumat rasmiy ravishda ishdan bo'shatilgan bo'lsa-da, amalda boshqaruvni davom ettiradi. Chunki yangi kabinet tuzilguncha eski hukumat "o'tish davri"da faoliyat ko'rsatadi.
Asosiy qonunning 39-moddasiga ko'ra, yangi Bundestag eng kechagi 30 kun ichida yig'ilishi kerak. Shundan so'ng Scholz, yangi kansler Merz bilan barcha qarorlar bo'yicha maslahatlashishi shart. Avvalgi qonunlar o'z kuchini saqlasa-da, hali imzolamagan qonunlar yangi Bundestagga qayta taqdim etilishi kerak.
@Nemistili_uz
Nemis tilida
"Kein Problem"
o'rniga nima ishlatish mumkin?
Nemis tilini o'rganayotganda,
"Kein Problem"
iborasi juda ko'p ishlatiladi, ammo bu iborani doim ishlatishdan ko'ra, boshqa variantlardan ham foydalanishingiz mumkin. Bu nafaqat so'z boyligingizni oshiradi, balki tilni tabiiyroq va boyroq ishlatishga yordam beradi.
•
Keine Sorge
– "Tashvishlanma" yoki "Qiziqma". Kimdir xavotirda bo'lsa, bu iborani ishlating.
•
Das macht nichts
– "Bu muammo emas" yoki "Hech narsa emas". Biror narsa noto'g'ri bo'lsa ham, bu ibora tinchlantiradi.
•
Alles gut
– "Hammasi yaxshi". Oddiy va ijobiy javob sifatida foydalaning.
•
Passt schon
– "Hammasi joyida" yoki "Muammo emas". Juda ko'p ishlatiladi.
•
I
st in Ordnung
– "Hammasi tartibda". Biror narsaning to'g'ri ekanligini tasdiqlash uchun.
•
Kein Ding
– "Muammo emas". Yengil va informal javob.
Bu iboralarni o'rganib, suhbatlaringizni yanada tabiiy va boy qilishga harakat qiling!
🌟
Yaratgan sizni til o'rganishingizni oson qilib qo'ysin, ilohim
🤲
@Nemistili_uz
"Wieso"
va
"warum"
ikkalasi ham nemis tilida "nega" yoki "nimaga" ma'nosini anglatadi. Ularning asosiy farqi quyidagicha:
1. Rasmiy va norasmiy kontekstlar:
•
"Warum"
ko'pincha neytral va har qanday vaziyatda ishlatiladi, rasmiy va norasmiy suhbatlarda.
•
"Wieso"
odatda norasmiyroq va kundalik muloqotda ko'proq ishlatiladi.
2. Intonatsiya va uslub:
"Wieso"
savolda yoki hayratda ko'proq emotsional ohang beradi, masalan:
•
Wieso hast du das gemacht? -
Nega buni qilding?.
"Warum"
esa ko'proq to'g'ri, oddiy savol uchun ishlatiladi:
•
Warum bist du spät?
- Nega kech qolding?.
O'zingizni qaysi uslubga yaqin his qilishingiz yoki kontekstga qarab ishlatishingiz mumkin!
"worauf"
nemis tilida
"nima ustida"
yoki
"nima asosida"
degan ma'noni anglatadi. U ko'pincha savollar tuzishda yoki bog'lovchi so'z sifatida ishlatiladi.
•
Worauf wartest du? –
Nimani kutyapsan?
• Worauf basiert das?
– Bu nimaga asoslangan?
"wofür"
biror narsaning maqsadini, sababini yoki qaysi maqsad uchun ekanligini so'rash uchun ishlatiladi.
•
Wofür interessierst du dich?
- Sen nima bilan qiziqasan?
•
Wofür ist das?
- Bu nimaga mo'ljallangan?
•
Wofür kann ich das benutzen?
- Men buni qaysi maqsadda ishlata olaman?
@Nemistili_uz
O‘qishni
tashlab, Germaniyaga Au-pair, FSJ, Ausbildung yoki amaliyot dasturlari bilan kelish to‘g‘ri qarormi?
Bu savolga aniq va bitta javob berish qiyin, chunki har kimning shaxsiy holati va maqsadlari har xil. Ammo bunday katta qaror qabul qilishdan oldin quyidagi omillarni chuqur o‘ylab ko‘rish kerak:
1. Moliyaviy holat
Ko‘pchilik O‘zbekistonda qiyin sharoitda yashab, Germaniyada hamma narsa birdan oson bo‘lib ketishiga umid qiladi. Ammo yuqorida tilga olingan dasturlarning hech biri moliyaviy mustaqillik bermaydi. Ya’ni, o‘qishingizni tashlab kelib, bu yerda ham birdan boyib ketolmaysiz.
2. Shaxsiy hayot va moslashish
Oilangiz va do‘stlaringizdan uzoqda yashash oson emas. Yangi muhitga moslashish esa vaqt va kuch talab qiladi. Shu bois, bu qarorni shoshilmay, o‘zingizning ruhiy tayyorgarligingizni ham hisobga olgan holda qabul qiling.
3. Ta’lim va kelajakdagi karyerangiz
Agar Germaniyadagi tajriba va ta’lim sizning kelajak rejalaringizga mos bo‘lsa, bu sizga yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. Lekin unutmaslik kerakki, Germaniyada ham akademik va akademik bo‘lmagan sohalar o‘rtasida katta farq bor. Ilm yo‘lini tanlagan odamga bu yerda keng imkoniyatlar bor, lekin kasb-hunar orqali ham yaxshi kelajak qurish mumkin. Demoqchimanki agarda bu yerda o'qishni tamomlashga ko'zingiz yetmasa O'zbekistondagi o'qishingizni oxirigacha o'qing. O'zbekistonda akademik darajaga ega bo'lish ancha oson. Eng muhimi – o‘z kelajagingizni oldindan rejalashtirish.
4. Til bilimi
Ko‘pchilik ingliz tilini yaxshi bilsa yetarli deb o‘ylaydi, lekin Germaniyada yashash va ishlash uchun nemis tilini kamida B1 darajasida bilish zarur. Chunki ish va jamiyat ichida o‘z o‘rningizni topish uchun til asosiy omil hisoblanadi. Shu joyiga yaxshilab e'tibor bering agarda siz ingliz tilini kamida C1 darajada bo'lsangiz, sizning o'qish va ishlaringiz ingliz tilida bo'lsa nemis tilidan B1 yetarli bo'lishi mumkin. Agarda siz nemis tili bilan keladigan bo'lsangiz B2 ham ancha kamlik qiladi.
5. Boshqalarga taqlid qilmaslik
Eng katta xatolardan biri – birovning hayotiga qarab qaror qilish. Tanishingiz yoki qo‘shningiz Germaniyaga kelgan bo‘lsa, siz ham shu yo‘lni tanlashingiz shart emas. Germaniya yagona imkoniyat emas, boshqa rivojlangan davlatlar ham bor. Muhimi – o‘zingiz uchun eng to‘g‘ri yo‘lni tanlash.
Xulosa
Bu qaror shaxsiy hayotingiz, maqsadlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Germaniyada o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo, bu haqida chuqur o‘rganing, maslahat oling va barcha + va - larini hisobga oling.
P.S.
Shaxsan men o‘qishni tashlab kelmagan bo‘lar edim. Agar imkon bo‘lsa, avval universitetni tugatib, keyin Germaniyaga kelgan ma’qul. Balki hozirgi vaziyatingiz qiyin, balki xorijga chiqishni juda xohlarsiz, ammo har qanday qarorni qabul qilishda uzoqni o‘ylang, iltimos!
Alloh barchamizni o'zi to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!
Postni do'stlaringiz bilan ham ulashing, balki kimgadir foydali bo'lib qolar. Kuningiz xayrli o'tsin
🙌
@Nemistili_uz
Ramazon Mubarak!
Ramazon oyi barcha musulmonlar uchun muborak bo'lsin! Bu muqaddas oydan foydalanib, birgalikda nemis tilimizni yanada mustahkamlash uchun ba'zi foydali iboralarni o'zganishimiz mumkin.
• Frohes Ramadan!
– Ramazon muborak!
•
Lasst uns zum Suhur essen.
– Saharlikni qilaylik.
•
Es ist Zeit für das Iftar.
– Iftar vaqti keldi.
•
Gute Taten tun.
– Savob ishlash.
•
Lass uns beten.
– Duo qilaylik.
•
Allahs Barmherzigkeit.
– Allahning rahmati.
•
Sei geduldig.
– Sabrli bo'ling.
•
Frohes Eid al-Fitr!
– Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
•
Reinigung und Reinheit.
– O'zini tozalash va poklanish.
•
Zakat geben.
– Zakat berish.
•
Monatliches Fasten.
– Oylik ro'za tutish.
•
Iftar-Tisch.
– Iftar dasturxoni.
•
das Fasten brechen.
– Ro'za ochish. (ro'zani buzish)
•
Die Pflicht des Ramadan.
– Ramazonning farzlari.
•
Möge Allah unsere guten Taten annehmen
– Allohim bizning yaxshi amallarimizni qabul qilsin.
🤲
@Nemistili_uz
🇩🇪
Nemis tilida „Ich bin gut“ o‘rniga qanday so‘zlar ishlatiladi?
Ko‘pchilik
“Ich bin gut”
iborasini “men yaxshiman” degan ma’noda ishlatishga harakat qiladi, lekin bu grammatik jihatdan to‘g‘ri emas. Quyidagi ifodalar esa aynan shu ma’noni to‘g‘ri ifodalaydi:
•
Mir geht’s gut
– Mening holatim yaxshi
•
Es geht mir gut
– Ishlarim yaxshi
•
Alles bestens
– Hammasi a’lo
•
Ich fühle mich gut
– O‘zimni yaxshi his qilyapman
•
Ich bin wohlauf
– Men sog‘-salomatman
•
Mir geht’s prima
– Kayfiyatim zo‘r
Bu iboralarni og‘zaki va yozma nutqda bemalol ishlatishingiz mumkin!
@Nemistili_uz