
Germaniyada Bepul Ta’lim
Germaniya ish muhitidagi ustunliklar va Oʻzbekiston bu borada nimalarni o‘rganishi kerak?
Quyida yoziladigan fikrlar mening subyektiv qarashlarim. Bu mavzuda juda ko‘p gapirish mumkin, lekin men oddiy va tushunarli misollar bilan yozishga harakat qilaman.
1. Kuchli mehnat qonunlari va xodim huquqlari
Germaniyada xodimlarning huquqlari qonun bilan juda kuchli himoyalangan. Masalan, boshliq sizni shartnomada ko‘rsatilgan soatdan ortiq ishlashga majbur qila olmaydi. Shuningdek, xodimni istagan paytda sababsiz ishdan bo‘shatish ham mumkin emas.
2. Ish va hayot muvozanati (Work–Life Balance)
Germaniyada haftasiga o‘rtacha 38–40 soat ish qilinadi va odatda yiliga 30 kun ta’til beriladi. Eng muhim jihati — xodim ta’til vaqtida umuman ishlamasa ham oy oxirida to‘liq maoshini oladi. Bu esa odamlarning dam olishi va oilasi bilan vaqt o‘tkazishiga imkon beradi.
3. Punktuallik va intizom
Germaniyada vaqtga aniqlik juda muhim qadriyat hisoblanadi. Uchrashuvlar va ish jarayonlari odatda oldindan rejalashtiriladi va belgilangan vaqtga qat’iy amal qilinadi.
Oʻzbekistonda esa vaqtni boshqarish madaniyati, jarayonlarni standartlashtirish va rejalashtirish juda achinarli ahvolda.
4. Ishga kirish jarayoni
Germaniyada ishga kirish jarayoni ham ancha shaffof. Kompaniyalardagi barcha bo‘sh ish o‘rinlari odatda rasmiy saytlar yoki ish qidirish platformalarida e’lon qilinadi.
Siz qiziqqan ish o‘rniga shunchaki email orqali hujjatlaringizni yuborishingiz mumkin. Ishxonaga borib topshirish yoki kimdandir iltimos qilish shart emas. Agar sizning malakangiz mos kelsa va kompaniyaga ma’qul bo‘lsangiz, sizni suhbatga taklif qilishadi va suhbatdan o'tsangiz ishga qabul qilinasiz.
@Nemistili_uz
Germaniyaga kelishni istaganlar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlarda bir xil savollarni berishadi:
“Aka, Germaniyaga qanday borgansiz?”, “Qanday kelsa bo‘ladi?”, “Yozda Germaniyaga boryapman — nimadan boshlay?”, “Qancha pul topasiz?”, “Ishlab o‘qib qancha topsa bo‘ladi?” va shu kabi savollar juda ko‘p uchraydi.
Albatta, Germaniyaga kelish masalasida kimdandir maslahat so‘rash — yaxshi narsa. Lekin savolni ham madaniyat va hurmat bilan berish muhim. Google orqali osongina topish mumkin bo‘lgan savollarni berishdan avval, iltimos, o‘zingiz mustaqil izlanib ko‘ring.
Shaxsiy tavsiyam: agar biror ishga jiddiy kirishmoqchi bo‘lsangiz, kimdandir savol so‘rashdan oldin kamida 10 soat vaqt ajratib, mavzuni chuqur o‘rganing. “O‘rganish” deganda faqat Instagram yoki YouTube’dagi reels ko‘rishni nazarda tutmayapman. Rasmiy internet saytlarni o‘qing, mutaxassis va bilimli insonlarning batafsil videolarini tomosha qiling.
Tushunmagan joylaringiz qolsa, shundan keyin savol bering. Shunda siz javob berayotgan insonning vaqtini ham hurmat qilgan bo‘lasiz va savolingizga aniq hamda foydali javob olish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
@Nemistili_uz
|
#Tavsiya
Der Gebrauch des unbestimmten Artikels
Noaniq artiklning ishlatilishi (ein / eine)
Nemis tilida noaniq artikl quyidagi holatlarda ishlatiladi:
1. Narsa yoki predmet haqida birinchi marta gapirilganda
Agar predmet ham so‘zlovchiga, ham tinglovchiga noma’lum bo‘lsa:
Das ist ein Auto.
(Bu — bir mashina.)
Er liest einen Roman.
(U bir roman o‘qiyapti.)
Dort steht ein Schrank.
(U yerda bir shkaf turibdi.)
2. “haben”, “brauchen” fe’llaridan va “es gibt” iborasidan keyin
Ot birlikda va Akkusativ kelishigida noaniq artikl bilan ishlatiladi:
Ich habe einen Computer.
(Menda bir kompyuter bor.)
Sie braucht eine Handuhr.
(Unga bir qo‘l soati kerak.)
Neben dem Haus gibt es einen Garten.
(Uyning yonida bir bog‘ bor.)
3. Ot-kesim bo‘lib kelgan bosh kelishikdagi ot oldidan aniqlovchi turganda
Er ist ein erfahrener Lehrer.
(U tajribali o‘qituvchi.)
Samarkand ist eine alte Stadt.
(Samarqand qadimiy shahar.)
4. Ikki predmet “wie” (kabi, xuddi) orqali qiyoslanganda
Noaniq artikl Nominativ kelishigida ishlatiladi:
Umar läuft wie ein Sportler.
(Umar sportchidek yuguradi.)
Diyora singt wie eine Sängerin.
(Diyora qo‘shiqchidek kuylaydi.)
Eslab qoling:
ein – maskulin / neytral
eine – feminin
@Nemsitili_uz
|
#Grammatik
Sizga Germaniyada 6 yildan buyon yashab, o‘qib va IT sohasida yirik kompaniyalardan birida Software Engineer bo‘lib ishlayotgan inson sifatida ishonch bilan ayta olamanki, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilayotgan
“jannatmakon Germaniya”
to‘liq haqiqat emas.
Imkon qadar negativlikdan yiroq bo‘lishga harakat qilaman — chunki bu yerda yaxshi insonlar ham, chiroyli joylar ham juda ko‘p. Ammo ayrim holatlarni ko‘rib turib jim qolish fitratimga to‘g‘ri kelmaydi.
Germaniyaga keling — lekin nemis tilini yaxshi o‘rganib keling.
O‘zbekistonda o‘qishingizni tamomlab, bu yerga sifatli akademik muhitda ishlash uchun keling.
Ilmiy izlanishlaringizni davom ettirish, bilim olib ummatga va vatanga foydasi tegadigan inson bo‘lish uchun keling.
Ammo til bilmasdan, faqat eng oson kelish yo‘llarini izlab kelmang.
O‘zbekistonda, afsuski, o‘zbek tilini bilmasdan ham yashash mumkin bo‘lishi mumkin. Lekin Germaniyada nemis tilisiz siz hech qachon o‘zingizni to‘liq va erkin his qila olmaysiz — chunki bu yerning muhiti va tizimi bunga yo‘l qo‘ymaydi.
Qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, agar inson yaxshi o‘qimagan bo‘lsa, yaxshi kasb yoki barqaror ishga ega bo‘lmasa, hayot qanchalik qiyin bo‘lsa — bu yerda ham xuddi shunday. Germaniya bu borada istisno emas.
P.S.
A
gar ushbu xabarni o‘qigan bo‘lsangiz, Germaniyaga ketishga harakat qilib yurgan birodarlaringiz bilan ham ulashing.
Rahmat!
@Nemistili_uz
|
#Tavsiya
🇩🇪
Nemis tilida artikllarning turlanishi (2-qism)
Aniq artikllar – Plural
die Kinder – bolalar
N. die Kinder – bolalar
G. der Kinder – bolalarning
D. den Kindern – bolalarga
A. die Kinder – bolalarni
⚠️
Eslatma:
Dativ pluralda → den + -n
Noaniq artikllar (ein / eine)
❗
Plural shakli yo‘q
m (ein Tisch – stol)
N. ein Tisch
G. eines Tisches
D. einem Tisch
A. einen Tisch
f (eine Tasche – sumka)
N. eine Tasche
G. einer Tasche
D. einer Tasche
A. eine Tasche
n (ein Buch – kitob)
N. ein Buch
G. eines Buches
D. einem Buch
A. ein Buch
Xulosa:
Nemis tilida kelishikni artikl ko‘rsatadi
O‘zbek tilida esa qo‘shimcha
@Nemistili_uz
|
#Grammatik
🇩🇪
Nemis tilida artikllarning turlanishi (1-qism)
Nemis tilida otlar kelishik qo‘shimchasini olmaydi.
- Kelishik artikl orqali ko‘rsatiladi.
- O‘zbek tiliga tarjimada esa -ning, -ga, -ni kabi qo‘shimchalar ishlatiladi.
📘
Nemis tilida 4 ta kelishik bor:
Nominativ (N) – kim? nima?
Genitiv (G) – kimning? nimaning?
Dativ (D) – kimga? nimaga?
Akkusativ (A) – kimni? nimani?
Aniq artikllar (der / die / das)
m (der Vater – ota)
N. der Vater – ota
G. des Vaters – otaning
D. dem Vater – otaga
A. den Vater – otani
f (die Mutter – ona)
N. die Mutter – ona
G. der Mutter – onaning
D. der Mutter – onaga
A. die Mutter – onani
n (das Kind – bola)
N. das Kind – bola
G. des Kindes – bolaning
D. dem Kind – bolaga
A. das Kind – bolani
📌
Davomi → 2-postda (Plural + noaniq artikllar)
@Nemistili_uz
|
#Grammatik
Germaniyaga til kursi bilan kelish – rostdan ham o‘zini oqlaydimi?
So‘nggi yillarda Germaniyaga til kursi orqali keluvchilar soni keskin oshdi. Bunga vizaning nisbatan osonligi va ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim “blogerlar” Germaniyani haddan tashqari chiroyli qilib ko‘rsatayotgani.
Ammo romantik videolar bilan real hayot orasida katta farq bor.
6 oylik minimal xarajatlar (real hisob)
Til kursi: 1 800 €
Ijara (eng arzon variant): 2 700 €
Oziq-ovqat (tejab): 1 500 €
Sug‘urta, transport, aloqa: 700–1 200 €
Kutilmagan va mayda xarajatlar: 300–600 €
Bloklangan hisobdan tashqari: 7 000–8 000 €
Bloklangan hisob (Sperrkonto): 11 904 €
Umumiy tayyor bo‘lishi kerak bo‘lgan mablag‘: 19 000–20 000 €
“Haftasiga 20 soat ishlayman” deganlarga. Ha, qonunan mumkin lekin nemis tili past bo‘lsa, ish topish juda qiyin
Ko‘p ishlar kurs vaqti bilan to‘g‘ri kelmaydi. Dastlabki oylar ish topilmasligi juda odatiy. Ya’ni “kelib ishlab ketaman” — reja emas, ko‘pi bilan omad.
Xulosa
Til kursi bilan Germaniyaga kelish:
puli tayyor,
bosimga tayyor,
natija bo‘lmasa ham “tajriba bo‘ldi” deya oladiganlar uchun mos.
Oxirgi umid bilan kelish esa ko‘pincha qimmat xato bo‘lib chiqadi.
Eng to‘g‘ri yo‘l — Germaniyaga kelishdan oldin nemis tilini imkon qadar yuqori darajagacha o‘rganish. Ingliz tili yaxshi bo‘lsa ham, bu yerda nemis tili shart.
@Nemistili_uz
NOANIQ ARTIKLLARNING KELISHIKLARDA O‘ZGARISHI (ein / eine)
Nominativ — (Kim? Nima?)
•
ein Mann
kommt. — Bir erkak kelmoqda.
•
eine Frau
wartet. — Bir ayol kutyapti.
•
ein Kind
spielt. — Bir bola o‘ynamoqda.
Akkusativ — (Kimni? Nimani?)
• Ich sehe
einen Mann.
— Men bir erkakni ko‘ryapman.
• Ich kenne
eine Frau
. — Men bir ayolni bilaman.
• Ich habe
ein Kind
. — Menda bir bola bor.
Dativ — (Kimga? Nimaga?)
• Ich helfe
einem Mann.
— Men bir erkakka yordam beraman.
• Ich danke
einer Frau
. — Men bir ayolga rahmat aytaman.
• Ich gebe
einem Kind
ein Buch. — Men bir bolaga kitob beraman.
Genitiv — (Kimning? Nimaning?)
• das Auto
eines Mannes
— bir erkakning mashinasi
• die Tasche
einer Frau
— bir ayolning sumkasi
• das Spielzeug
eines Kindes
— bir bolaning o‘yinchog‘i
@Nemistili_uz
|
#Grammatik
ARTIKLLARNING KELISHIKLARDA O‘ZGARISHI
Nemis tilida artikl + ot birga kelib kelishikda o‘zgaradi.
Quyida aniq (der, die, das) artiklining jadvali. Noaniq (ein, eine) artikilining jadvalini esa keyingi postlarda ko'rishingiz mumkin.
@Nemistili_uz
|
#Grammatik
🇩🇪
NEMIS TILIDA KELISHIKLAR (Kasus)
Nemis tilida artikllar ham otlar bilan birgalikda kelishiklarda o‘zgaradi.
📌
Jami 4 ta kelishik mavjud:
✅
1. Nominativ — Bosh kelishik
Savollari: Wer? – Kim? │ Was? – Nima? │ Wo? – Qayerda?
Qo‘shimchasi: Yo‘q
✔
Gapdagi asosiy subyekt shu kelishikda bo‘ladi
Misol:
Der Lehrer kommt. — O‘qituvchi kelmoqda.
✅
2. Genitiv — Qaratqich kelishigi
Savoli: Wessen? – Kimning? / Nimaning?
Qo‘shimchasi: -ning
Misol:
Das Buch des Lehrers. — O‘qituvchining kitobi.
✅
3. Dativ — Jo‘nalish kelishigi
Savoli: Wem? – Kimga? / Nimaga?
Qo‘shimchasi: -ga
Misol:
Ich gebe dem Schüler ein Buch. — Men o‘quvchiga kitob beraman.
✅
4. Akkusativ — Tushum kelishigi
Savoli: Wen? – Kimni? │ Was? – Nimani?
Qo‘shimchasi: -ni
Misol:
Ich sehe den Mann. — Men erkakni ko‘ryapman.
📌
Eslab qolish oson bo‘lishi uchun:
Wer/Was? → Nominativ
Wessen? → Genitiv
Wem? → Dativ
Wen/Was? → Akkusativ
@Nemistili_uz