
PSIXODIAGNOSTIKA
PSIXOLOGIYANI BIZ BILAN O'RGANING
YAGONA ILMIY PSIXOLOGIK KANAL
YOU TUBE kanal:
https://bit.ly/3qvEaI1
Psixologik testlar, trening materiallari:
@PsixologiyaBaza
Admin: Psixolog Azamat Baxriddinov
@az_uz
Donate uchun:
https://tirikchilik.uz/azuz
Ko‘payish, avlod qoldirish – bu hayotning biologik asoslariga tayanadigan, insoniyat hayotida haligacha eng kuchli instinkt sifatida saqlanib qolayotgan universal mexanizmdir. Ushbu instinkt atrofida shakllanuvchi eng muhim psixologik hodisalardan biri bu jinsiy obyekt (juft) tanlovi, ya’ni insonning kimni “o‘ziga juft” sifatida qabul qilishidir
.
Vatan tinchligi yo’lida xizmat qilayotgan barcha Ichki ishlar organlari xodimlarini bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab qolaman.
Ayniqsa IIV tizimidagi psixolog (kriminalist-psixolog, inspektor-psixolog, mutaxassis psixolog)larni alohida tabriklayman.
®️
Psixologiya
"Psixolog hammaga kerak" — Zoir Mirzayev.
Viloyat hokimi shunday deb turgan bir vaqtda sen psixologga bormasang, bo'mapti...
Bo'ldi shuncha qiynalganing, kel qabulimga
😂
😂
😂
©️
Psixologiya
Avlodlar nazariyasi va bizning zumerlar
➡️
So‘nggi yillarda “Z avlod”, “Zumerlar”, “Milleniallar”, “Alfa avlod”, “X avlod” kabi jarangdor atamalar O‘zbekiston ijtimoiy hayotida ham keng muhokama qilina boshladi. Ularni nafaqat jurnalistik manbalarda, balki psixologik treninglar, ijtimoiy media kontentlari va hatto ma’ruzalar matnida ham ko‘rish mumkin. Ba’zan bu atamalar bahsli hamda keskin taqqoslashlarga sabab bo‘layotgani meni bu mavzuga qayta nazar tashlashga undadi.
Avlodlar nazariyasi ilk marotaba amerikalik sotsiolog va psixolog olimlar tomonidan XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida ilgari surilgan. Ular o‘z tadqiqotlarida so‘ngi 100–125 yillik ijtimoiy o‘zgarishlar davomida tug‘ilgan insonlarni muayyan avlodlarga ajratib, har bir avlod vakillari uchun umumiy sotsiopsixologik xususiyatlar tizimini taklif qilganlar. Tadqiqotlar asosan AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari aholisi asosida olib borilgan va ochiq, ixtiyoriy so‘rovnomalarga tayanadi.
Shu boisdan ham, avlodlar nazariyasiga doir umumlashtiruvchi ta’riflar, ayniqsa Zumerlar (1998-2012 yillarda tug'ilganlar) haqida aytilgan psixologik portretlar masalan, ularning ijtimoiylashuv darajasining pastligi, tezkorlikka intilishi, chidamsizlik, individualistik kayfiyat, hattoki immun tizimining avvalgi avlodlarga nisbatan zaifligi kabi xulosalar, bizning jamiyatdagi yoshlar profiliga har doim ham mos kelavermaydi.
➡️
Shaxsan men Zumerlar haqida aytilayotgan
“dangasa”, “faqat fikr bilan yashaydigan”, “tez natijani xohlaydigan”
degan stereotiplarga shubha bilan qarayman. Chunki O‘zbekistondagi zumer avlod vakillari G‘arbdagi tengqurlaridan madaniy, iqtisodiy, tarbiyaviy va diniy jihatdan tubdan farq qiladi. Bizda oilaviy rishtalar mustahkam, avlodlararo uzviylik kuchli va yoshlar tarbiyasida hamon an’anaviy nazorat mexanizmlari ishlamoqda. O‘zbek jamiyatining bu jihatlari, tabiiyki, Z avlod vakillarining qadriyatlari, motivatsiyasi, psixologik moslashuv darajasi va sotsial xulq-atvorida jiddiy farqlarni yuzaga keltiradi.
Avlodlar nazariyasini mutlaqo inkor etmayman. Haqiqatan ham, har bir avlod o‘z davrining texnologik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy fonidan ta’sirlanadi. Masalan, Milleniallar (1981–1996 yillarda tug‘ilganlar) raqamli inqilob, internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan birga ulg‘aygani sababli ularning axborotni qayta ishlash usuli, motivatsiya manbalari va kasbiy yo‘nalish tanlovi oldingi avlodlardan sezilarli darajada farq qiladi. Bugungi 30–40 yoshdagi bu avlod vakillarining bolalar kabi kompyuter o‘yinlariga qiziqishi, “yoshlar madaniyati” bilan ijtimoiy uyg‘unlashuvi bunga misoldir.
➡️
Ammo muammo shundaki, har qanday nazariya yoki psixologik model universallik da’vosida bo‘lishi uchun u replikatsion barqarorlikka ega bo‘lishi kerak. Psixologiyada
“replikatsiya inqirozi”
degan tushuncha mavjud. Bu biror ilmiy natija, agar boshqa kontekstlarda va boshqa sinovlarda takroriy tasdiqlanmasa, u barqaror ilmiy asos deb qabul qilinmaydi deganidir. Shuning uchun ham avlodlar nazariyasining G‘arbdan tashqari madaniyatlarda (xususan, postsovet, Osiyo yoki musulmon jamiyatlarida) qayta ko‘rib chiqilishi zarur deb o‘ylayman.
➡️
Ehtimol, bu fikrlarimda skeptik kayfiyat bordir. Chunki men o‘zim millenialman va bu nazariyadagi “avlod portreti” men haqimda to‘liq haqiqatni ifodalayolmaydi. Ammo bir narsada qat’iy ishonchim bor: har qanday nazariya, avvalo, madaniy va ijtimoiy kontekstni hisobga olgan holda talqin qilinishi kerak. Aks holda, u shunchaki sotsiologik trend yoki ijtimoiy stigma vositasiga aylanishi mumkin.
Xullas, shunaqa gaplar.
©️
Psixologiya
Rahmat ustoz!
Barcha ustozlarimni bayram bilan tabriklab qolaman.
©️
Psixologiya
Ludoman qimorda yutqazganida jarayon tugamaydi, aksincha, u ichki dialog orqali o‘zini yutqazilgan narsani tiklashga undaydi. “Bu safar albatta yutaman”, “hech bo‘lmasa yutqazgan pulimni qaytarishim kerak” kabi irratsional fikrlar orqali u takroriy stavkalarga kirib boradi. Bu holat psixologiyada chasening deb ataladi. Ya’ni yo‘qotilgan narsani tiklashga bo‘lgan shoshqaloq, impulsiv harakatlar zanjiri. Bu zanjir shaxsni asta-sekin moliyaviy va psixologik botqoqqa tortadi.
Maqolaning davomi...
“Falonchi totalizator (online qimor) o‘ynab, katta qarzga kirib ketibdi”, “Qo‘shimni eri qimor o‘ynab, qarzga kirib, uylarini, hamma narsasini sotvoribdi”, “Bir tanishim qimor o‘ynab qarzga kirib o‘zini osib qo‘ydi”, “Falonchi joyda ishlaydigan bir tanishim, qimor o‘ynab, qarzga kirib, hammani nomiga kredit olib tashlabti”
va shu kabi gaplarni siz ham eshitgansiz yoki ko‘rgansiz.
Buning sababi nima, nega 30-40 yoshli, oilasi, bola-chaqasi, ishi bor odam online qimorga berilib yuqoridagi kabi holatlarga tushib qoladi?
Bugun sizlar bilan shu kabi yo‘lga (
ludomaniyaga
) kirib qolishining psixologik sabablari haqida fikrlashamiz.
©️
Psixologiya
Tashxis qo‘yishda ilmiy asos va differensial yondashuvning zarurati.
➡️
Psixologik amaliyotda tashxislash jarayoni oddiy kuzatuv emas, balki chuqur analitik fikrlash va empirik asosga tayanilgan klinik qaror qabul qilish faoliyatidir. Afsuski, amaliyotda ayrim mutaxassislar tomonidan tashxislar yuzaki va asossiz tarzda qo‘yilayotganining guvohi bo‘lamiz. Ayniqsa, bu holat bolalar va o‘smirlar bilan ishlashda jiddiy muammolarga olib keladi.
➡️
Yaqinda qabulimga 11 yoshli o‘smir olib kelindi. Unda mendan oldingi mutaxassis (psixiatr) tomonidan
obsessiv-kompulsiv buzilish
(OKB) tashxisi qo‘yilgan va unga antidepressant preparat buyurilgan. Biroq, klinik kuzatuv va anamnez asosida ushbu tashxisga nisbatan menda jiddiy shubha paydo bo‘ldi. Chunki ilk o'smirlik davrida aynan gigienik simptomlarga asoslangan OKB uchrashi juda kam kuzatiladi va bu holat har doim differensial tahlilni talab qiladi.
DSM-5-TR
diagnostik mezonlariga ko‘ra, OKB tashxisini qo‘yish uchun bemorda kamida 5 ta asosiy belgi mavjud bo‘lishi, bu simptomlar kamida 6 oy davomida turli muhitlarda (uyda, maktabda, jamoat joylarida) bir xilda va muntazam takrorlanib kelayotgan bo‘lishi lozim. Eng muhim mezonlardan biri, ushbu obsessiya va kompulsiyalar bemorning funksional hayot sifatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. Faqatgina ushbu shartlar bajarilgandagina, differensial diagnostika asosida OKB tashxisi qo‘yilishi mumkin.
Qabulimdagi 11 yoshli o‘smirda OKBga xos bo‘lgan atigi 2 ta belgi mavjud edi. Bu simptomlar esa faqatgina uy sharoitida, ya’ni ota-onasi huzurida namoyon bo‘lgan, umumiy ijtimoiy muhitda kuzatilmagan. Yana bir muhim jihat, bu simptomlar hali 6 oylik mezonga ham yetmagan edi. Shunga qaramay, bemorga antidepressant preparat buyurilgan, natijada dori vositasi uning kognitiv funksiyalarida tormozlanish (kognitiv inertlik, diqqat pasayishi)ni keltirib chiqargan.
➡️
Bularni nima uchun yozyapman?
Hurmatli hamkasblar mijozga yoki bemorga tashxis qo‘yishda, tashxisni ilmiy asoslantirishga o‘rganing. Mijozning subyektiv shikoyatlari yoki ota-onaning aytganlari asosida, diagnostik vositalarsiz tashxis qo‘yish, kasbiy etikaga va zamonaviy ilmiy yondashuvlarga ziddir.
Tashxisni ilmiy asoslantirish deyilganda, diagnostik mezonlar (masalan DSM, ICD), diagnostik vositalardan (masalan psixologik testlar, klinik intervyu, shaxs so‘rovnomalari,
kompyuterlashtirilgan testlar
),
differensial diagnostikadan
(simptomlarning boshqa psixik holatlardan farqlanishini aniqlash) foydalanib xulosa chiqarish nazarda tutiladi.
Xulosa shuki, tashxis bu “shubha” emas, balki kompleks va tizimli diagnostik qarordir. Har bir tashxis ortida inson salomatligi va hayoti turganini unutmang.
Xullas, shunaqa gaplar.
©️
Psixologiya
Psixologik suhbat san’ati: so‘z boyligi nima uchun muhim?
➡️
Psixologik amaliyotda mutaxassisning asosiy vositasi — bu uning so‘z boyligidir. Aynan so‘z orqali mijozning ichki kechinmalari, hissiy holati, muammolari va ehtiyojlari aniqlanadi. So‘zlar orqali anglash, izohlash va o‘zgarish uchun zamin yaratiladi. So‘z qanchalik aniqlik va ehtiyotkorlik bilan qo‘llansa, psixologik konsultatsiya, korreksiya va terapiya shunchalik samarali bo‘ladi.
➡️
Ko‘p hollarda mijoz o‘z holatini ifodalay olmaydi yoki so‘z topishda qiynaladi. Bunday vaziyatda psixologning boy lug‘at zaxirasi muhim rol o‘ynaydi. U mijozning ichki dunyosidagi noaniq, lekin sezilayotgan hissiy holatni nomlay oladi, ya’ni mijoz ayta olmayotgan hissiy holatlarni so‘zga aylantirib, unga tushunishga yordam beradi. Esdan chiqarmang, yuzdan ortiq psixoterapevtik texnikalarni bilsangiz ham, lekin so‘z boyligingiz yetarli bo‘lmasa, mijoz birinchi qabulni o‘zidayoq sizdan voz kechadi. Shuning uchun ham mijoz bilan ishlashda sizning so‘z boyligingiz o‘zaro ishonch darajasini ta’minlab beradi. Shuningdek so‘z boyligi deganda faqat ko‘p gapirish tushunilmaydi. Bu aniq, mazmunli va psixologik jihatdan to‘g‘ri so‘zlarni tanlay olish qobiliyatidir. Ayniqsa, bu salmoqli psixologik terminologiyaga va emotsional sezuvchanlikka asoslanishi kerak.
➡️
So‘z boyligini shakllantirishda eng samarali vosita bu kitob o‘qishdir. Ilmiy, badiiy va psixologik adabiyotlar nafaqat tilni, balki analitik fikrlashni ham rivojlantiradi. Shu bilan birga, mening kanalimdagi uzundan-uzoq post, maqolalarni o‘qish ham sizni foydangizga ishlaydi!
©️
Psixologiya
“Zo‘ravon” pedagoglar haqida
“Pedagog (yunoncha paidagogos – “bola yetaklovchi”) — bu ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi, o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis”
➡️
Ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilar (pedagog)ning o‘quvchilarga qo‘l ko‘targaniga ko‘zimiz tushib qoladi va bu ko‘plab o‘rinli muhokamalarga sabab bo‘ladi. Xo‘sh, nega bola yetaklovchi kasb egasi bu kabi noprofessional ishga qo‘l uradi? Uning qandaydir psixologik omillari bormi? Quyida ushbu savollarga batafsil javob beraman.
➡️
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi — bu shunchaki
“asabiylashish”
emas. Bu holat ortida chuqur psixologik omillar, emotsional beqarorlik va tizimli kasbiy stresslar yotadi. Ilmiy manbalar asosida tahlil qilinganda, bunday zo‘ravonlik xatti-harakati ko‘pincha o‘qituvchining o‘ziga xos shaxsiy tajribalari, jumladan, bolalikda o‘zi ham zo‘ravon tarbiyaga duch kelganligi, kasbiy charchoq, affektiv boshqaruvdagi zaiflik, emotsional vaziyatlarda o‘zini boshqarolmaslik, stressga bardoshsizlik bilan bog‘liq bo‘ladi.
Agar o‘qituvchi o‘z ishiga nisbatan motivatsiyani yo‘qotgan bo‘lsa, u asta-sekin o‘qituvchilik rolidan chiqib, nazorat va buyruq berish pozitsiyasiga o‘tadi. Bu pedagogik munosabatda autoritar modelning kuchayishiga, ijtimoiy-emotsional masofaning ortishiga va natijada tajovuzkor munosabatga yo‘l ochadi.
➡️
Aksar holatlarda o‘qituvchi zo‘ravonlikni oqlash uchun o‘zida ichki “himoya mexanizmlar”ni ishga soladi. Masalan:
“Meni urishga majbur qildi”
,
“Bu bolaning tarbiyasi uchun kerak edi”
kabi fikrlar orqali u o‘zini psixologik jihatdan oqlaydi. Bunday holat psixologiyada axloqiy uzilish (moral disengagement) deb nomlanadi. Bu jarayonda shaxs o‘z salbiy xatti-harakatini yomon deb hisoblamaydi, chunki u bu xatti-harakatni ijtimoiy maqbullashtirishga urinish bilan o‘z vijdoniy dissonansini yo‘qotadi.
Pedagogik faoliyatda doimiy stress, yuqori darajadagi tashqi nazorat, ijobiy muhitning yo‘qligi va doimiy ichki zo‘riqish o‘qituvchini ruhiy jihatdan zaiflashtiradi. Bunday vaziyatda u o‘quvchini emas, balki o‘z ichki emotsional zo‘riqishini boshqarishga urinadi va bu holat jismoniy jazolash orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Bu esa nafaqat tarbiyaviy nuqtayi nazardan zararli, balki psixologik xavf tug‘diruvchi xatti-harakatdir.
➡️
Eng qizig‘i, shu kabi holatlarga guvoh bo‘lgan ba’zi bir
“Made in SSSR”
odamlari,
“Biz ham kaltak yeganmiz, mana hech narsa bo‘lmasdan yuribmiz”, “Bizni maktabda domalarimiz tayoq bilan urardi, mana shu urganlari uchun ham yaxshi bo‘lib yuribmiz”
kabi fikrlar orqali munosabat bildirishadi. Bunga ham javob bor:
O‘sha sizning davringizda jazo normal qabul qilingani, uning to‘g‘ri bo‘lganini anglatmaydi. Shunchaki boshqa muqobil yondashuvlar yo‘qligi, shaxsiy his-tuyg‘ularni ifoda qilish madaniyatsizlik deb hisoblangani va avtoritar tizimning ustunligi tufayli bu holat ichki norozilik bilan emas, befarqlik bilan qabul qilingan. Bugun esa bizda tanlov, ilm-fan va bolaga inson deb qarash mas’uliyati bor.
➡️
O‘qituvchining zo‘ravonligiga individual xarakter bilan bir qatorda, tashkiliy omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan kasbiy-emotsional disfunksiya deb qarashimiz masalaga ancha oydinlik kiritadi. Bunday holatlarni faqatgina o‘qituvchini jazolash orqali emas, balki ularni yuzaga keltirayotgan muhit, ta’lim tizimi va psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini chuqur tahlil qilish orqali bartaraf etish mumkin.
Siz-chi? Siz ham o‘qituvchilardan tayoq yeganmisiz? Fikrlarni izohda kutaman.
©️
Psixologiya