
PSIXODIAGNOSTIKA
BARCHA AYOLLARIMIZNI BAYRAM BILAN TABRIKLAB QOLAMIZ.
TILAGIMIZ STRESS, DEPRESSIYA DOIM SIZLARDAN YIROQ YURSIN.
HAYOTINGIZ ENDORFIN GARMONIGA BOY BO'LSIN.
®️
Psixologiya
Psixopatologiyami yoki Patopsixologiyami? Qaysi biri to‘g‘ri? Ikkalasi bir xil narsami yoki farq qiladimi?
Ba’zida ushbu ikki atamani adashtirib yuborishadi. Siz ham adashtirmasligingiz uchun sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman.
➡️
Psixopatologiya
— bu psixiatriya sohasiga tegishli bo‘lib, ruhiy buzilishlarning simptomlarini va sindromlarini o‘rganadi. Masalan, gallyutsinatsiya, deluziya, depressiv sindrom, maniakal sindrom kabi holatlarning namoyon bo‘lishi, kechishi va klassifikatsiyasi bilan shug‘ullanadi.
➡️
Patopsixologiya
— bu klinik psixologiya doirasidagi yo‘nalish. U kasallik yoki buzilish ta’sirida psixik jarayonlarning qanday o‘zgarishini tadqiq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, odam kasal bo‘lganda uning tafakkuri, xotirasi, diqqati, idroki, hissiy-irodaviy sohasi qanchalik o‘zgaradi kabi savollarga javob qidiradi.
Umumiy tomonlari bormi?
Qisman bor. Ikkalasi ham ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq. Lekin psixopatologiya ko‘proq psixiatriyada uchraydigan klinik belgilar va simptomlar haqida gapiradi. Patopsixologiya esa psixologik funksiyalar buzilishiga va ularni psixodiagnostika usullari orqali aniqlashga e’tibor qaratadi.
Xullas, adashtirmang!
©️
Psixologiya
Menga eng ko‘p beriladigan savollardan:
“kechagi holatim bugungidan keskin farq qilyapti, kecha boshqacha edim rejalarim bor edi, bugun esa umuman boshqachaman. Kecha qilaman degan ishlarimni bugun negadir qilolmayapman, xohish o‘ldi. Kecha motivatsiyam yuqori edi, bugun esa motivatsiyasamdan asar yam yo‘q. Shunda, men jinnimanmi?”
Sizda ham shunaqa holat kuzatiladimi?
Xavotir olmang siz “jinni” emassiz va bu patologiya ham emas, aksincha bu sizning psixikangizning tabiiy xususiyati. Bizning psixikamiz statik holatda ishlamaydi, u doimiy ravishda, biologik, kognitiv va ijtimoiy omillar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Ana endi sabablarini tushuntiraman. Ya’ni nega o‘zgarib ketamiz, buning asosiy 3 ta sababi bor.
➡️
Birinchisi, bu organizmdagi biologik ritmlar. Uyqu sifati, gormonal fon, qonda shakar darajasi, charchoq yoki jismoniy zo‘riqish kayfiyatga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, bir kun yaxshi uxlamaslikning o‘zi ham ertangi kun emotsional fonini pasaytirishi mumkin. Miya faoliyatida serotonin, dofamin va kortizol kabi neyromediatorlarning o‘zgarishi kayfiyat o‘zgarishlariga olib keladi. Shu sababli kecha o‘zingizni faol va optimistik his qilgan bo‘lsangiz, bugun esa sustlik yoki bezovtalik sezishingiz tabiiy jarayon hisoblanadi.
➡️
Ikkinchi sabab, vaziyatlarni kognitiv baholash mexanizmi, ya’ni bir vaziyatni turli kunlarda turlicha qabul qilinishi. Kecha bir muammo sizga yengil tuyulgan bo‘lsa, bugun u xavotirli yoki yechimsizdek ko‘rinishi mumkin. Bu esa muammoning ta’siridan ko‘ra, uni ichki talqin va fikrlash uslubiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kognitiv-behavioral yondashuvga ko‘ra, odamning hissiy holati muammoning o‘zidan emas, balki u haqdagi fikridan kelib chiqadi.
➡️
Uchinchi sabab, ijtimoiy muhit ta’siri. Oddiy suhbat, ijtimoiy tarmoqdagi noxush xabar hattoki ishdagi kichik muvaffaqiyatsizlik kayfiyat fonini o‘zgartirishi mumkin. Ba’zan bu o‘zgarish sezilmas darajada bo‘ladi, lekin umumiy psixologik holatni o‘zgartiradi.
Esdan chiqarmang, kayfiyatning kunlik tebranishi normal jarayon hisoblanadi. Agar o‘zgarishlar keskin, uzoq davom etuvchi yoki funksional faoliyatga jiddiy xalal berayotgan bo‘lsa, bu psixolog qabuliga borishingiz kerak degani.
✔️
Xullas, kun tartibi, ovqatlanish, jismoniy mehnat va uyquga jiddiy qarang. Zararli illatlar, “gazirovka”, energetiklar iste’mol qilmang va eng asosiylaridan biri, ijtimoiy tarmoqlardan o‘zingizni cheklang, shunda bugungi motivatsiyamiz ancha barqarorlashadi.
©️
Psixologiya
⭕️
DIQQAT!
Ushbu PSIXOTERAPIYA kursimiz, Ramazon oyi munosabati bilan 60% chegirmada.
Ya'ni kurs to'lovi 5 mln emas, 2 mln.
Imkoniyatdan foydalaning!
🔔
Kutilgan PSIXOTERAPIYA o‘quv kursimizga yana qabul boshlandi!
Ushbu kursda zamonaviy psixoterapiya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan, ilmiy asoslangan terapevtik yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Kurs davomida ishtirokchilar quyidagi asosiy psixoterapevtik usullarni o‘rganadilar:
1. KBT – Kognitiv xulq-atvor terapiyasi
🔗
Batafsil ma’lumot
➖
Disfunksional fikrlash va noadekvat xulq-atvor belgilarini aniqlash va o‘zgartirish
➖
Depressiv holatlar, tashvish va stressni boshqarish strategiyalari
➖
Kognitiv reframing va xulqiy tajriba asosida ijobiy hayot pozitsiyasini shakllantirish
2. DBT – Dialektik xulq-atvor terapiyasi
🔗
Batafsil ma’lumot
➖
Suitsidal fikrlar va affektiv berqarorlik bilan ishlash
➖
Impulsiv xatti-harakatlar va salbiy avtomatik fikrlarni kamaytirish
➖
Stressga bardoshlilik, interpersonal munosabatlar va mindfulness ko‘nikmalarini mustahkamlash
3. Ekspozitsiya terapiyasi
➖
Spetsifik fobiyalarni qayta ishlash va fobiyalardan klinik tarzda xalos bo‘lish
➖
PTSB va vahima xurujlarini tizimli desensitizatsiya orqali bartaraf etish
➖
Ilmiy jihatdan tasdiqlangan, samaradorligi yuqori bo‘lgan ekspozitsion texnikalarni qo‘llash
Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan?
✔️
Psixologiya yoki psixoterapiya sohasida amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirmoqchi bo‘lgan talaba va mutaxassislar
✔️
O‘z hissiy salomatligini mustahkamlash va psixologik barqarorlikni oshirishni istagan shaxslar
✔️
Amaliy faoliyatida empirik asoslangan va zamonaviy terapevtik yondashuvlardan foydalanishni maqsad qilgan mutaxassislar
Kurs formati va davomiyligi:
➡️
Davomiylik:
2 oy
(16-18 ta dars)
➡️
Darslar vaqti:
Online:
haftada 2 marta (Dushanba va Payshanba, 21:00 da)
Offline:
individual kelishuv asosida tashkil etiladi
Kurs to‘lovi:
💻
Online:
5 000 000
so‘m
🏫
Offline:
10 000 000
so‘m
📌
Boshlanish sanasi: 26-fevral, soat 21:00
🪪
Xizmatlar litsenziyalangan: N:336021
📜
Kurs yakunida, malaka oshirganlik bo'yicha rasmiy sertifikat taqdim etiladi
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun:
Telegram orqali murojaat qiling:
@az_uz
📩
Joylar soni cheklangan — oldindan band qiling!
©️
Psixologiya
➡️
Bundan bir necha kun oldin, gipnoz haqida
post
qilgan edim. Ba’zilar ushbu postimga e’tiroz bildirib shaxsiyimga yozishga ham ulgurishdi. Ularning fikricha gipnoz ilohiy kuchga ega emish. Haqiqatdan ham ba’zi odamlar gipnozni o‘ta sirli va mistik hodisa sifatida tasavvur qiladi.
Keling bugun gipnoz haqidagi stereotip va “haqiqatlar”ni sindiramiz, shuningdek sizga gipnoz haqidagi, siz o‘ylab yurgan 6 ta mifni, mif ekanligini ekanligini isbotlab beraman.
1-mif: Gipnoz bu xavfli qurol
Yo‘q, bekorlarni beshtasini aytibsizlar! Gipnoz bu diqqatning torayishi va chuqur relaksatsiya holati bo‘lib, zamonaviy psixologiya va nevrologiya gipnozni uyqu yoki uyqudan oldingi holat sifatida ta’riflaydi. Unda inson hushsiz bo‘lmaydi, balki e’tiborini ma’lum stimullarga kuchliroq jamlaydi.
2-mif: Odamni gipnozga tushirib, boshqarish mumkin
Yo‘q, bo‘lmagan gap! Gipnoz odamni robotga aylantirmaydi. Shaxs o‘z qadriyatlari va axloqiy me’yorlariga zid harakatni qilmaydi. Ilmiy tadqiqotlar ko‘p bora isbotlangan holat shuki, gipnoz ostidagi odam ichki nazoratni saqlab qoladi.
3-mif: Gipnozdan chiqmay qolish mumkin
G‘irt safsata! Amaliyotda bunday holat qayd etilmagan. Eng ko‘pi bilan inson chuqur relaksatsiya holatida qolishi yoki uxlab qolishi mumkin. Bir necha daqiqada tabiiy ravishda uyg‘onadi.
4-mif: Kuchsiz yoki irodasiz odamlar gipnozga tushadi
Aksincha, yaxshi tasavvur qobiliyatiga va diqqatni jamlay olish qobiliyatiga ega odamlar gipnozga tezroq kiradi. Bu irodaning zaifligi emas, balki psixologik moslashuvchanlik bilan bog‘liq.
5-mif: Gipnoz bilan bolalikdagi xotiralarni ochish mumkin
Bu eng xavfli yolg‘onlardan biri. Gipnoz yoki chala uyqu vaqtida sugestiya kuchayadi, shuning uchun noto‘g‘ri yo‘naltirilgan savollar soxta xotiralarni yuzaga keltirishi mumkin. Natijada odam oldin boshdan kechirmagan xotiralarni o‘ziga qabul qiladi. Shu sababli ham ko‘plab davlatlarda tergov jarayonlarida gipnoz qo‘llash mumkin emas.
6-mif: Gipnoz hamma kasallikni davolaydi
Gipnoz universal yoki asosiy terapiya usuli emas. Gipnoz ayrim holatlarda masalan, og‘riqni boshqarish, stressni kamaytirish, fobiyalar bilan ishlashda yordamchi metod (qaytaraman yordamchi metod) bo‘lishi mumkin. Gipnoz hech qachon mustaqil holatda tibbiy davolash o‘rnini bosa olmaydi.
➡️
Eslatma:
agar kimdir sizga, gipnozni o‘ta xavfli, maxfiy quroldek tanishtirsa va u orqali har qanday odamni boshqarish mumkin desa, demak o‘sha odam gipnozni hali chuqur o‘rganmagan, xuddi bilimsiz odam kabi gipnoz atrofida aylanib yurgan soxta mutaxassis bo‘lishi mumkin.
➡️
Eslatma 2:
yana bir holatda, o‘zini “gipnolog” deb tanishtirgan ayrim shaxslar odamlarning qiziqishini oshirish uchun gipnozni mo‘jizaviy yoki xavfli vosita sifatida taqdim etadi. Bu esa ilmiy yondashuvdan ko‘ra qora marketing usulining o’zginasi, maqsad esa oddiy, odamlarga kurs sotish.
➡️
Eslatma_3:
men gipnozni rad etmayapman, bo‘lmagan narsa demayapman, aksincha uni atrofidagi yolg‘onlar, miflarni inkor qilyapman va sizni ham yolg‘onlarga ishonmang deb ogohlantiryapman.
©️
Psixologiya
⭕️
DIQQAT!
Ushbu PSIXOTERAPIYA kursimiz, Ramazon oyi munosabati bilan 60% chegirmada.
Ya'ni kurs to'lovi 5 mln emas, 2 mln.
Imkoniyatdan foydalaning!
🔔
Kutilgan PSIXOTERAPIYA o‘quv kursimizga yana qabul boshlandi!
Ushbu kursda zamonaviy psixoterapiya amaliyotida keng qo‘llanilayotgan, ilmiy asoslangan terapevtik yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Kurs davomida ishtirokchilar quyidagi asosiy psixoterapevtik usullarni o‘rganadilar:
1. KBT – Kognitiv xulq-atvor terapiyasi
🔗
Batafsil ma’lumot
➖
Disfunksional fikrlash va noadekvat xulq-atvor belgilarini aniqlash va o‘zgartirish
➖
Depressiv holatlar, tashvish va stressni boshqarish strategiyalari
➖
Kognitiv reframing va xulqiy tajriba asosida ijobiy hayot pozitsiyasini shakllantirish
2. DBT – Dialektik xulq-atvor terapiyasi
🔗
Batafsil ma’lumot
➖
Suitsidal fikrlar va affektiv berqarorlik bilan ishlash
➖
Impulsiv xatti-harakatlar va salbiy avtomatik fikrlarni kamaytirish
➖
Stressga bardoshlilik, interpersonal munosabatlar va mindfulness ko‘nikmalarini mustahkamlash
3. Ekspozitsiya terapiyasi
➖
Spetsifik fobiyalarni qayta ishlash va fobiyalardan klinik tarzda xalos bo‘lish
➖
PTSB va vahima xurujlarini tizimli desensitizatsiya orqali bartaraf etish
➖
Ilmiy jihatdan tasdiqlangan, samaradorligi yuqori bo‘lgan ekspozitsion texnikalarni qo‘llash
Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan?
✔️
Psixologiya yoki psixoterapiya sohasida amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirmoqchi bo‘lgan talaba va mutaxassislar
✔️
O‘z hissiy salomatligini mustahkamlash va psixologik barqarorlikni oshirishni istagan shaxslar
✔️
Amaliy faoliyatida empirik asoslangan va zamonaviy terapevtik yondashuvlardan foydalanishni maqsad qilgan mutaxassislar
Kurs formati va davomiyligi:
➡️
Davomiylik:
2 oy
(16-18 ta dars)
➡️
Darslar vaqti:
Online:
haftada 2 marta (Dushanba va Payshanba, 21:00 da)
Offline:
individual kelishuv asosida tashkil etiladi
Kurs to‘lovi:
💻
Online:
5 000 000
so‘m
🏫
Offline:
10 000 000
so‘m
📌
Boshlanish sanasi: 26-fevral, soat 21:00
🪪
Xizmatlar litsenziyalangan: N:336021
📜
Kurs yakunida, malaka oshirganlik bo'yicha rasmiy sertifikat taqdim etiladi
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun:
Telegram orqali murojaat qiling:
@az_uz
📩
Joylar soni cheklangan — oldindan band qiling!
©️
Psixologiya
Bugun shu desangiz, kursdoshlar gruppasida bir kursdoshim
“Bizda gipnoz mumkinmi, taqiqlangan deb eshitgandim”
degan mazmunda savol berdi. Aslini olganda ayni savolni ko‘pchilikdan eshitganman va ushbu savolga post ko‘rinishida javob bermoqchiman.
➡️
Demak, savol:
bizda (O‘zbekistonda) gipnoz ishlatish mumkinmi yoki taqiqlanganmi?
➡️
Qisqa javob:
taqiqlanmagan.
➡️
Uzun javob:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida “gipnoz taqiqlanadi” degan umumiy norma mavjud emas. Qonunlarda gipnoz alohida usul sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlanmagan. Lekin bu degani, uni har kim istagancha qo‘llashi mumkin degani emas.
➖
Birinchidan, agar gipnoz psixologik yordam sifatida qo‘llanilsa:
2024-yil 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, psixologik yordam ko‘rsatish uchun mutaxassis, birinchi navbatda, psixologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xususiy tartibda ishlasa, tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lishi, mijozning roziligi asosida faoliyat yuritishi kerak.
Demak, agar gipnoz psixologik amaliyot (masalan, relaksatsiya, terapiya elementi) sifatida qo‘llansa, u psixologik xizmat ko‘rsatish talablari doirasida amalga oshirilishi kerak.
➖
Ikkinchidan, agar gipnozni “davolash” yoki “tashxis qo‘yish” vositasi sifatida talqin qilinsa
:
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, tashxis qo‘yish va davolash faoliyati litsenziyalangan tibbiy faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun kimdir “gipnoz bilan kasallikni davolayman” deb da’vo qilsa, bu tibbiy faoliyat sifatida baholanib, litsenziya talablari bilan bog‘liq masala yuzaga kelishi mumkin.
➖
Uchinchidan, gipnozni reklama qilish masalasi:
Ijtimoiy taqmoqlarda ayniqsa Instagramda gipnoz, gipnoterapiya, oliy toifali gipoterapevt, 500 yillik tajribaga ega gipnolog singari yolg‘on-yashiq, safsatatologlarning reklamalariga ko‘zimiz tushadi. “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunda ruxsat etilmagan usullar orqali tashxis qo‘yish yoki davolashni reklama qilish mumkin emas deb belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, gipnozni “mo‘jizaviy davolash usuli” sifatida targ‘ib qilish qonunan mumkin emas.
Xullas, gipnolog bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, mening
“GIPNOZ SIRLARI-PRO MAX”
deb nomlangan mualliflik kursimda o‘qishni tavsiya qilaman. Ushbu kurs orqali siz, bir vaqtning o‘zida 1000 dan oshiq odamlarni gipnoz qilishni o‘rganasiz. Har qanday odamni bir deganda gipnozga tushirib uni o‘z maqsadlaringiz yo‘lida boshqarishni o‘rganasiz. Gipnoz orqali odamni xotiralarni o‘chirib tashlashni va ushbu postga biriktirilgan, yuqoridagi rasmdagi kabi odamni gipnoz orqali havoda muallaq ushlab turishni (levitatsiyani) o‘rganasiz!
©️
Psixologiya