
PSIXODIAGNOSTIKA
Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 64-modda
Barchamizga Konstitutsiyamizning 33 yilligi muborak bo’lsin!
©️
Psixologiya
“Bugun 1-dekabrdan boshlab sportni boshlayman, ingliz tilini o‘qiyman, ozaman, chekishni tashlayman, dieta qilaman, o‘zimni butunlay o‘zgartiraman”
,
deb o'zicha chuqur hayol qilayotgan odam, aslida shunaqa hayol bilan, o’tgan 11 oy davomida hech narsa qilmagan bo‘ladi.
Bugun 1-dekabr,
“oy boshidan boshlayman”
deydiganlar uchun 2025-yilning rasmiy so‘nggi imkoniyati. Agar rejalaringizni bugundan boshlamasangiz, u holda avtomatik ravishda “
keyingi yil, 2026-yilda boshlayman
” paketiga o‘tasiz.
Yaxshi tomoni: bahona tayyor. Yomon tomoni: hayotingiz o‘zgarmaydi.
Yana o’zingiz bilasiz.
©️
Psixologiya
ChARCHAGAN XODIMLAR
O’tgan hafta boshida bank filialiga borganimda, ish jarayonini diqqat bilan kuzatish imkoniyati bo‘ldi. Zal odamga to‘la, har bir xodim oldida kamida beshtadan mijoz, ish kuni esa endigina boshlanganiga qaramay, xodimlarning yuzida charchoq, hafsala yo‘qligi va emotsional zo‘riqish aniq sezilib turardi. Ertasi kuni qayta borganda ham deyarli xuddi shu manzarani ko‘rdim.
Men ham hamma qatori navbatga turdim. Navbatim kelgach, bank xodimasiga yuzlanib:
— “Kofe ichasizmi?” - deb so‘radim.
Xodima hayron bo‘lib:
— “Nimaga bunaqa deyapsiz?”
- deb so‘radi.
Men esa:
— “Juda charchagan ko‘rinyapsiz, balki kofe biroz bo‘lsa ham tetiklashtirar, demoqchiman”,
- deb javob qaytardim.
Xodima esa mijozlar ko‘pligidan kofe ichishga ham vaqti yo‘qligini aytdi.
Bu voqeani yozishimdan maqsad shuki, ayrim banklarimiz norozi, charchagan, ishini ham, mijozlarni ham yoqtirmaydigan xodimlarga to‘la. Eng achinarlisi, xodimning kayfiyati mijoz bilan muloqot sifati va xizmat ko‘rsatish madaniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Natijada bir joyda to‘plangan o‘nlab asabiy va sabrsiz odamlarning o‘zaro ta’siri umumiy psixologik iqlimni yana ham og‘irlashtiradi.
Bankdagi bu holat aslida boshqa ko‘plab tashkilotlarda ham uchraydi. Tuman poliklinikalari, yirik supermarketlar, mijozlari ko‘p bo‘lgan turli xizmat ko‘rsatish maskanlarida xodimlarning ishga bo‘lgan ichki munosabati, kasbidan charchagani va motivatsiyaning pasaygani tez ko‘zga tashlanadi. Bunday holat uzoq davom etsa, professional charchash (burnout), ishga befarqlik, mijozga nisbatan bepisand munosabat, hatto kasbidan nafratlanish darajasigacha olib kelishi mumkin.
Bu jarayonning ildizida, odatda, mehnat va tashkiliy omillar yotadi. Mehnat yuklamasining me’yorlardan ortib ketishi, ish vaqtining samarasiz tashkil etilishi, vazifalar va majburiyatlarning adolatsiz taqsimlanishi, ish haqining qilinayotgan mehnatga mutanosib emasligi xodimda ichki norozilikni kuchaytiradi. Ish joyida ijtimoiy himoya va psixologik qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi, ta’til va dam olish kunlaridan o‘z vaqtida hamda to‘liq foydalana olmaslik, rahbarning boshqaruv ko‘nikmalari pastligi, lavozimda noloyiq xodimlarning faoliyati bilan bog‘liq tarangliklar ham umumiy psixologik muhitni izdan chiqaradi.
Qisqasi, hozirgi ishingiz yoqmasa ishdan tezroq bo’shang. Sababi sizni alkagol va tamakidan ko’ra ishingiz tezroq o’ldiradi.
Eslatma: Hozirgi ishingizdan bo‘shashdan oldin, albatta yangi ish topib qo‘ygan bo‘lishingiz kerak.
©️
Psixologiya
22-NOYABR XALQARO PSIXOLOGLAR KUNI
Barcha hamkasblarimni bugungi bayram bilan tabriklayman!
Har doim xalqning nazaridagi kasbimizga loyiq bo'lib yuraylik!
®️
Psixologiya
Biz
“Psixoterapiya”
kursimizda nimalarni muhokama qilamiz?
©️
Psixologiya
Keyingi masalamiz darsliklar
Psixologiya yo’nalishi bor bo’lgan universitetlarimizda foydalanilayotgan psixologiya darsliklari hanuzgacha sovet davri psixologiyasiga tayangan holda tuzib chiqilmoqda. Ayniqsa fundamental psixologiya bo‘yicha darsliklarda 70-80 yillardagi tadqiqotlar va nazariyalar takror-takror nashr qilinib kelmoqda. Ushbu darsliklarga zamonaviy ilmiy yangiliklar, yangi konsepsiyalar va hozirgi tadqiqotlar natijalarining yetarlicha qo‘shilmagani yaqqol seziladi.
Men bu bilan mavjud darsliklarimizni butunlay inkor etmoqchi emasman va gap darsliklar yomonligida emas, balki ularga yangi bilimlar, ilmiy va zamonaviy tadqiqot natijalari qo‘shilishi juda sust kechayotganida. Masalan, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni yoki darslik yozgan (yoki hozirda yozayotgan) olimlar ilg‘or OTMlarning darsliklarini, yangi nashrlarini muntazam o‘rganib, hech bo’lmaganda zarur bo‘limlarini tarjima qilib, milliy ta’lim kontekstiga moslashtirgan holda qo‘shib borsa bo‘lardi. Bu harakat katta moliyaviy yoki texnik resurs talab qilmaydigan, lekin ilmiy sifatni sezilarli oshiradigan oddiy qadam.
Afsuski, hozirgi nashr etilayotgan darsliklar psixologiya ta’limining mazmunini yangilash uchun emas, balki ilmiy daraja yoki ilmiy unvon olish talablari doirasida “shartni bajarish” maqsadida ishlab chiqilmoqda. Natijada darslikning ilmiy va amaliy qiymati ikkinchi planga tushib qoladi.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya ta’limi bo‘yicha xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashni istar ekanmiz, faqat o‘quv rejalari yoki auditoriya jarayoni emas, balki darsliklarimizning ham ilmiy darajasi, zamonaviyligi va yangilanish dinamikasiga jiddiy e’tibor berishimiz zarur.
©️
Psixologiya
Demak, masalaga qaytamiz.
Yaqinda “
Stanford universiteti: Psixologiya sohasida yetakchilik siri nimada?
” nomli qisqa matnli
post
joylagan edim. Ushbu savolga javob topish maqsadida Stanford universitetining butun psixologiya bo‘yicha o‘qitish tizimini batafsil o‘rganishga to‘g‘ri keldi.
Birinchi navbatda, Stanford universitetidagi psixologiya bakalavr dasturiga kiritilgan fanlarni tahlil qildim. So‘ngra ularni bizdagi, xususan Milliy universitet psixologiya yo‘nalishi bilan solishtirdim. Yuqoridagi rasmga e’tibor bersangiz,
Stanford
va
Milliy universitet
o‘quv rejalari o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni ko‘rishingiz mumkin. O‘xshash tomoni shundaki, ularda o‘qitiladigan fanlar bizda ham o’qitiladi.
Farqli jihatlar esa ancha muhim. Bizda
(Milliyda)
fakultativ fanlar soni juda ko‘p, mutaxassislik fanlari ichida esa bir-birini takrorlaydigan kurslar ham uchraydi
(masalan, 16-fan Psixologik ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash va 37-fan Psixologiyada miqdoriy tadqiqot metodlari)
. Bu esa o‘quv yuklamasining mazmunan zichlashishidan ko‘ra, takrorlanishiga olib kelmoqda.
Ushbu qisqa, ammo men uchun ahamiyatli bo‘lgan tahlillar natijasida asosiy xulosam shuki: bizdagi muammo faqat o‘quv rejalari yoki fan nomlarida emas, balki o‘qitish va o‘qish motivatsiyasining yetishmasligida. Huddi zanjir halqalari kabi bu holat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda: o‘qitishga motivatsiyasi past bo‘lgan pedagoglar jamoasi tomonidan o‘qishga motivatsiyasi sust bo‘lgan talabalar tayyorlanmoqda. Ertaga bugungi talabalar ham ustozga aylanadi va shu “zanjir” qayta-qayta takrorlanaveradi.
Ko‘pchilik oliy ta’lim tizimini tanqid qilishga odatlanib qolgan. Biroq tanganing ikkinchi tomoni, ya’ni ta’lim ishtirokchilari bo‘lgan o‘qituvchi va talabaning ichki mas’uliyati, motivatsiyasi, shaxsiy pozitsiyasi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Menimcha, mavjud oliy ta’lim tizimida ham ancha salmoqli natijalarga erishish mumkin. Ayniqsa, psixologiya yo‘nalishida, qachonki mazmunli o‘qitish va ongli o‘qish madaniyatini shakllantirishga jiddiy yondashilsa.
Davomi keyingi postda…
©️
Psixologiya
Stanford universiteti: Psixologiya sohasida yetakchilik siri nimada?
Times Higher Education (THE)
xalqaro reyting tashkiloti tomonidan
e’lon qilingan
so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,
psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha
dunyoning eng kuchli oliy ta’lim muassasasi bu AQSHdagi
Stanford universiteti
deb topilgan. Reytingda undan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniyadagi
Kembrij universiteti
(2-o‘rin) va
Prinston universiteti
(3-o‘rin) joy olgan.
Meni esa bir haftadan beri quyidagi savollar qiynamoqda:
➖
Stanford universiteti talabalariga psixologiya sohasida qanday fanlar o‘qitiladi?
➖
Ularning ilmiy qudratini nima ta’minlaydi?
➖
Nega bizning universitetlar bunday reytinglarda (psixologiya bo'yicha) umuman ko‘rinmaydi?
➖
Biz chindan ham ilmiy jihatdan shu darajada orqadamizmi?
Tez kunlarda ushbu savollarga tayanib, muammoga nisbatan o'z fikrlarimni bildirishga harakat qilaman.
©️
Psixologiya
Ko‘payish, avlod qoldirish – bu hayotning biologik asoslariga tayanadigan, insoniyat hayotida haligacha eng kuchli instinkt sifatida saqlanib qolayotgan universal mexanizmdir. Ushbu instinkt atrofida shakllanuvchi eng muhim psixologik hodisalardan biri bu jinsiy obyekt (juft) tanlovi, ya’ni insonning kimni “o‘ziga juft” sifatida qabul qilishidir
.