
Qarshi davlat texnika universitetining Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti
Qarshi davlat texnika universitetining Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti
#qonunchilik_yangiliklari
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Prezidentning
“Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni tasdiqlandi.
Farmonga asosan
, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida
Kasbiy ta’lim agentligi
tashkil etildi.
Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda
samarali va yaxlit boshqaruv tizimi
yaratiladi.
Kasbiy ta’lim agentligi
:
➖
texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul
bo‘ladi;
➖
kasbiy
ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni
belgilaydi.
➖
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan
“vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi
.
➖
Migratsiya agentligining
xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi
.
2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga
bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi
yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek:
🟢
davlat kasbiy ta’lim muassasalariga
ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash
va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.
🟢
Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha
hududiy tadbirkorlar kengashlari
tuziladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
❗️
Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Bu Sizga maʼlumotlarni
birinchi manbadan o‘qish
imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.
📌
Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
🟦
🟦
“Raqamli avlod qizlari” tanlovining kuzgi mavsumi boshlanish arafasida!
➖
Mazkur tanlovning
tuman (shahar) bosqichi
quyidagi yo‘nalishlarda
tashkil etiladi
:
➖
Yashil iqtisodiyot;
➖
Sun’iy intellekt;
➖
Iqlim o‘zgarishi;
➖
Ta’lim.
Tanlovda ikki yosh toifasida —
16-20 va 21-30 yoshlardagi qizlar
ishtirok etishlari mumkin. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar alohida
aniqlanadi
.
✈️
Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar
chet elga ta‘lim sayohati
ni qo‘lga kiritishadi.
👉
Tanlovda qatnashish uchun
qizlar.raqamliavlod.uz
sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
#Digital_Generation_Girls
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#InnoWeek_2025
🌐
“InnoWeek”da ishtirok eting va sertifikatga ega bo‘ling!
Eslatib o‘tamiz, buning uchun dastavval
www.innoweek.uz
sayti orqali umumiy, shundan so‘ng alohida tadbirlar uchun ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Misol uchun, “O‘zbekiston ilm-fan forumi”da ishtirok etib, sertifikatini olishni istasangiz, rasmiy sayt orqali tadbirga avvaldan yozilasiz.
Tadbirda ishtirok etganingizdan so‘ng shaxsiy kabinetingizdagi “Sertifikatlar” bo‘limidan tasdiqlovchi hujjatni yuklab olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#InnoWeek_2025
📣
Hurmatli InnoWeek–2025 mehmonlari!
2025-yil 9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek–2025” doirasida ishtirokchilar va mehmonlar hamda OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning bir nechta hududidan “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasiga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
“InnoWeek–2025
” — bu ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi eng ilg‘or ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim platforma. Sizni ko‘rgazmalar, panel sessiyalar, startaplar taqdimotlari, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda keng ko‘lamli networking imkoniyatlari kutmoqda.
❗️
Diqqat!
Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
📱
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
www.innoweek.uz
🤔
Yilning eng yirik innovatsion voqeasida ko‘rishguncha!
Bizni kuzating
Web-site
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
❗️
Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring
.
Davlat idoralari xalqimiz uchun xizmat qilishi kerak. Ular qanday ishlayotganini bilishning eng yaxshi usuli yashayotgan hududingiz rasmiy resurslarini kuzatib borishdir.
Sizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistondagi barcha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining “Telegram” messenjeridagi kanallarini bir joyga jamladik.
Ro‘yxat bilan tanishing, o‘zingizga ma’qul kelgan kanalga a’zo bo‘ling.
Kanalga ulanish:
👇
@hudud_inform
🛰
“O‘zbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida Toshkentda yirik “HAKATON” musobaqasi o‘tkaziladi!
➖
O‘zbekiston muhandis yoshlari uchun eksklyuziv imkoniyat —
4-5 oktyabr
kunlari poytaxt yana bir yirik tadbirga mezbonlik qiladi.
➖
Yoshlar dasturlash, tahlil, muhandislik, dizayn va menejment kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.
❗️
Qatnashish istagida bo‘lganlar mazkur havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
https://www.spaceappschallenge.org/2025/local-events/tashkent/
▪️
Maxsus videorolik:
https://www.youtube.com/watch?v=kI6wqP_iUvk
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
⏺
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan iqtisodiyot, moliya, bank va tadbirkorlik sohalariga oid kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan
“Moliyaviy bilimlar”
loyihasi yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilamiz.
⏺
Ekspertlar tomonidan tanlangan dastlabki 10 ta adabiyotdan tashqari yana qaysi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinishini istaysiz?
⏺
Ushbu
so‘rovnomani
to‘ldiring va o‘z takliflaringiz bilan bo‘lishing.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram