Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shahrisabz oziq-ovqat muhandislig fakulteti

Shahrisabz_QDTU
Qarshi davlat texnika universiteti Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti
Подписчики
1 380
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
259
ER
16,09%
Посты (30д)
82
Символов в посте
975
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 27, 16:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Qonunchilik_yangiliklari

Endi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega litsey o‘quvchilari davlat imtihonlarini topshirmaydilar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i
(2026-yil 10-mart, 100-son)
bilan “
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom
”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
kiritildi
(ro‘yxat raqami — 19.03.2026-y., №2011-5)
.
Quyida tizimdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing:
📝
Sertifikati bor o‘quvchilarga imtiyoz
🚪
Endilikda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi
milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar
mazkur fanlardan
davlat imtihonlarini
topshirmaydilar. Ularga tegishli fan bo‘yicha
avtomatik ravishda maksimal ball
beriladi.
➡️
Apellyatsiya tizimidagi shaffoflik va kafolatlar
💬
Imtihon bahosidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun
shikoyat qilish tartibi
takomillashtirildi:
📆
Baho e’lon qilingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida
ariza berish mumkin.
👥
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga OTM professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislaridan iborat
5 kishi
kiritiladi.
📢
Apellyatsiya jarayonida o‘quvchining olgan ballini pasaytirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️
Shikoyatni ko‘rib chiqishda o‘quvchi yoki uning ota-onasi bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
🔄
Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar uchun imkoniyat
🔍
Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyani
3 yil davomida
topshira olmasa, unga eksternat tartibida
imtihon topshirish
huquqiga ega boʻladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
davlat namunasidagi shahodatnoma
taqdim etiladi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 27, 15:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📇
👨‍💻

Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
💡
Hurmatli talaba (
2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)
! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🎯
Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning!
🚀
Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
📍
Akademik mobillik:
tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;
🛒
O‘qish davri uchun:
🍛
bir mahal issiq ovqat;
🤑
rag‘bat puli
(oyiga – 1 320 000 so‘m)
beriladi.
🧑‍💻
Moddiy texnik ta’minot:
⌨️
noutbuk;
🌐
internet ;
📖
online darsliklar;
⚙️
amaliyotchi mutaxassislar darslari.
📊
Kursda:
🗄
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish
(vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari)
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.
🗓
Hujjat topshirish
: 2026-yil 28-apreldan.
🗺
Ariza topshirish
: faqat onlayn!
🌐
dscience.uz
saytiga tashrif buyuring!
💬
Aloqa uchun:
+998 90 177 20 22
👨‍💻
Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱
Sayt
📱
Telegram

April 27, 15:05
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#OIV
#bugunning_gapi
OIV infeksiyasi bugungi kunda jamiyatimiz uchun dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu sababli, har birimiz hushyor bo‘lishimiz, o‘z salomatligimizga befarq bo‘lmasligimiz zarur!
🤝
Keling, birgalikda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olaylik!
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 27, 12:59
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#xalqaro_hamkorlik
Qarshi davlat texnika universiteti Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida Yildiz Technical University professorlari ishtirokida ilmiy-amaliy darslar yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tashrif davomida oziq-ovqat texnologiyasi va biotexnologiya yo‘nalishlarida seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etilib, zamonaviy yondashuvlar, probiotiklar hamda ishlab chiqarish texnologiyalari yoritildi.
Shuningdek, Scopus maqolalari, xalqaro grantlar va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🤝
Tashrif yakunida xayrlashuv marosimi tashkil etilib, mehmonlarga universitet tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tomonlar kelgusida ham ilmiy-amaliy hamkorlikni davom ettirish, tajriba almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida o‘zaro kelishuvlar bo'ldi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 27, 12:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
DIQQAT, E’LON!
Joriy yilning 25–27-aprel kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi hamkorligida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, professor Dilmurod Islomov xotirasiga bag‘ishlab “Zarb–2026” Respublika doirachilar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
🌟
Iqtidorli va qiziquvchi talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.
📌
Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 27, 08:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#targ
'ibot
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” PQ-428-son Qarori ijrosini ta’minlash,yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, xalq ta’limi, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini universitetga jalb qilish ko'zda tutilgan.
Qarshi davlat texnika universiteti rektorining 04.02.2026-yildagi 115/M-sonli hamda 266/M-sonli buyrugʻlari ijrosini ta’minlash uchun
"Sanoat muhandisligi va menejment"
kafedrasi v.b.dots S. R.Xo'janazarova
"Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi"
kafedrasi professor-o'qituvchisi L.Suyunova hamda
"Oliy matematika"
kafedrasi professor-o'qituvchisi Sh.Muxtorovalar Shahrisabz shahar 3-13-25 maktablari bitiruvchilarini oliy ta’lim tizimi bilan tanishtirib, Universitetning mavjud ta'lim yoʻnalishlari, imkoniyatlari, oʻquv va texnik bazasi haqida umumiy ma’lumotlar berdilar.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 24, 15:31
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Salomatlik
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida
“Orfan kasalliklari haqida tushuncha”
mavzusi yuzasidan talaba qizlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi S. Azimova tomonidan kam uchraydigan (orfan) hamda irsiy-genetik kasalliklar, ularning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sog‘lom oila qurish va sog‘lom farzand dunyoga keltirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova ham ishtirok etib, mavzuning dolzarbligi va talaba qizlar uchun ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 24, 15:10
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#sport_kuni
Fakultetimizda sport tadbirlari davom etmoqda.
Shu munosabati bilan
fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida sport kuni doirasida futbol turi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada jamoalar o‘zaro bellashib, jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvlar ko‘tarinki ruhda, sportga xos do‘stona muhitda o‘tdi hamda ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️

April 24, 13:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim —
career.edu.uz
ishga tushirildi.
♻️
Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar:
🟢
AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish
🟢
Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish
🟢
Frilans xizmatlaridan foydalanish
🎓
Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar:
🟢
Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish
🟢
Frilans xizmatini taklif etish
🟢
Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish
🟢
“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar
career.edu.uz
— talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil!
📲
Ilovani yuklab olish
Android
|
IOS
— — —
Запущена
career.edu.uz
— новая цифровая экосистема для содействия в трудоустройстве студентов и выпускников.
🏢
Удобные решения для работодателей:
🟢
Подбор подходящих кандидатов с помощью искусственного интеллекта (ИИ)
🟢
Быстрая и удобная публикация вакансий
🟢
Привлечение фрилансеров для выполнения задач
🎓
Новые возможности для студентов и выпускников:
🟢
Создание профессионального резюме всего за несколько минут
🟢
Предоставление фриланс-услуг
🟢
Онлайн-отклик на открытые вакансии
🟢
Прохождение интерактивных собеседований с AI HR-менеджером
career.edu.uz
— самая удобная площадка, где встречаются студенты и работодатели!
📲
Скачать приложение
Android
|
IOS
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

April 24, 12:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” PQ-428-son Qarori ijrosini ta’minlash,yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, xalq ta’limi, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini universitetga jalb qilish ko'zda tutilgan.
Qarshi davlat texnika universiteti rektorining 04.02.2026-yildagi 115/M-sonli hamda 266/M-sonli buyrugʻlari ijrosini ta’minlash uchun

Sanoatda axborot texnologiyalari va turizm”
kafedrasi vb dots D.O.Shokirova
"Sanoat muhandisligi va menejment"
kafedrasi dots F.Boboqulova, F.Abduxomidova hamda
"Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi"
kafedrasi katta o'qituvchisi Sh.Uzoqovalar Shahrisabz shahar 2-4-16 maktablari bitiruvchilarini oliy ta’lim tizimi bilan tanishtirib, Universitetning mavjud ta'lim yoʻnalishlari, imkoniyatlari, oʻquv va texnik bazasi haqida umumiy ma’lumotlar berdilar.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️