
Shahrisabz oziq-ovqat muhandislig fakulteti
Diqqat to'garaklar jadvali bilan tanishing.
Qarshi davlat texnika universitetida sportga qiziquvchi talabalar uchun tashkil etilgan sport to'garaklari hamda mashg'ulotlarning o'tkazilish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Sport - sog'lom turmush tarzining muhim omili ekanligini inobatga olgan holda, barcha talabalarni mazkur to'garaklarda faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️
#hemis
#yangi_versiyasi
❗️
HEMIS tizimining yangi versiyasida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar
Tizimning 2026-yil
12-martdagi yangilanishida quyidagi funksiyalar va texnik tuzatishlar
foydalanishga topshirildi:
1️⃣
O‘quv rejasidan tashqari fanlar davomati:
“Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasiga kirmaydigan mashg‘ulotlarni dars jadvaliga kiritish va ular bo‘yicha alohida davomat yuritish imkoniyati qo‘shildi.
2️⃣
QR-davomat funksionali:
Dars vaqtida real vaqt rejimida dinamik QR-kodni o‘qitish orqali talabalar davomatini avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirildi.
3️⃣
Kursdan kursga o‘tkazish:
Ta’lim buyruqlari menyusi orqali talabalarni yuqori bosqichga
(kursga)
o‘tkazish bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.
4️⃣
O‘qishni ko‘chirish:
Tizimga boshqa OTMlardan o‘qishini ko‘chirib kelgan talabalar ma’lumotlarini kiritish va tegishli ta’lim buyruqlarini shakllantirish imkoniyati yaratildi.
5️⃣
Bitirish buyrug‘i:
Bitiruvchi kurs talabalari uchun ta’lim buyruqlari funksionali orqali o‘qishni tamomlash
(bitirish)
buyrug‘ini rasmiylashtirish funksiyasi qo‘shildi.
6️⃣
Semestrdan semestrga o‘tkazish:
Talabalarni bir o‘quv yili doirasidagi navbatdagi semestrlarga o‘tkazish jarayonini boshqarish funksionali ishlab chiqildi.
7️⃣
Ijtimoiy faollik indeksi:
Talabalarning grant taqsimoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik ballarini hisoblash, arizalar yuborish va ularni tasdiqlash moduli qo‘shildi.
8️⃣
Akademik yozuvlar importi:
OTMlarning boshqa axborot tizimlaridan akademik ma’lumotlarni
(baholarni)
integratsiya orqali HEMIS tizimiga ko‘chirish
(import qilish)
imkoniyati yaratildi.
9️⃣
O‘quv reja filtrlari:
O‘quv rejalar ro‘yxati sahifasida qidiruv tizimi takomillashtirilib, unga “
Ta’lim turi”
va “
Ta’lim shakli”
bo‘yicha saralash filtrlari qo‘shildi.
🔟
Fanga biriktirish va baholash turi:
Talabalarni fanga biriktirish jarayonida fanning yakuniy nazorat turi
(imtihon)
ni tanlash va ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi.
1️⃣
1️⃣
Resurslar katalogi filtrlari:
Fan resurslari bo‘limidagi resurslar katalogi sahifasida qidiruv imkoniyatlari kengaytirildi va yangi filtrlar qo‘shildi.
1️⃣
2️⃣
Baholarni tuzatishdagi texnik kamchilik:
Kurs ishi va amaliyot qaydnomalarida so‘rov orqali o‘zgartirilgan baholarning akademik yozuvlarda
(transkript)
ko‘rinmaslik xatoligi to‘liq bartaraf etildi.
✅
Barcha yangi funksiyalar hozirda tizimda faol holatda.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram |
YouTube
|
Telegram
#oʻquv_seminari
Oliy ta’lim tashkilotlari startap ekotizimini rivojlantirish dasturiga taklif etiladi
“AK Capital” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida respublika oliy ta’lim tashkilotlari vakillari uchun BMT Taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida
“Universitet tadbirkorlik ekotizimlarini rivojlantirish”
mavzusida o‘quv seminari
tashkil etilmoqda.
📍
Format:
oflayn
🗓
O‘quv sessiyalari: 2026-yil
24–27-mart va 30-mart – 1-aprel
(jami 7 ta sessiya)
💰
Ishtirok:
bepul
🧩
Dastur mazmuni: vaqtning 50 foizdan ortiq qismi
amaliy mashg‘ulotlar,
guruh ishlari va tajriba almashishdan iborat.
Nega qatnashish kerak?
Ushbu dastur orqali ishtirokchilar universitetlarda startap ekotizimini shakllantirish, inkubatsiya jarayonlarini rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni investitsiyaga tayyorlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
🏁
Natija: dastur mashg‘ulotlarining kamida
75 foizida qatnashgan
tinglovchilarga
sertifikat
taqdim etiladi.
👥
Kimlar qatnashishi mumkin?
Oliy ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik, innovatsiyalar va startap tashabbuslari yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar.
⏳
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 17-mart.
📌
Tanlov: konkurs asosida, joylar soni cheklangan.
👉
Ariza topshirish:
https://forms.gle/hFXyQnY45XQUa9cE6
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@reinvigorated
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
📢
E’LON
🌸
Navro‘z bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sport o‘yinlariga start beriladi!
🏐
⚽
🎾
Voleybol, futbol va tennis musobaqalari tyutorlar kesimida barcha talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Musobaqalar jadvali bilan tanishing
.
🏐
Voleybol
📅
16-mart
⏰
Soat 14:00
🎾
Stol tennisi
📅
17-mart
⏰
Soat 14:00
⚽
Mini futbol
📅
18-mart
⏰
Soat 14:00
Barcha talaba-yoshlarni ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etishga va jamoalarini qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz!
🏆
Barchangizni kutib qolamiz!
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️
#tanishing_startap
🦠
Havo ifloslanish manbasini soniyalar ichida aniqlovchi tizim yaratildi
ECO-FINDER
— atrof-muhit ifloslanish manbalarini real vaqt rejimida aniqlash va tahlil qilishga mo‘ljallangan innovatsion platformadir. Sun’iy intellekt texnologiyasi asosida ishlovchi ushbu tizim havo tarkibidagi zararli moddalarni skanerlaydi va muammoni bartaraf etish bo‘yicha aniq texnik tavsiyalar beradi.
Ushbu loyiha ekologik monitoring jarayonini to‘liq raqamlashtiradi. Bu esa ifloslanish sabablarini tezkor aniqlash, ma’lumotlarni tizimlashtirish va atrof-muhit holatini nazorat qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Loyiha
Qarshi Yoshlar texnoparkidagi “InnoX”
inkubatsiya va akseleratsiya dasturi doirasida g‘oyadan tayyor startap holatiga keltirilgan. Loyiha rahbari Qarshi davlat texnika universiteti talabasi
Dilshoda Abdiyeva
hozirda platformani respublika miqyosida joriy etish ustida ish olib bormoqda.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
#Tanlov
Viloyat musiqali drama teatrida “Yurtim qadriyatlari” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad
yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash
, anʼana va urf-odatlar, milliy
sanʼatimiz bilan yaqindan tanishtirish
, yurtimizning tarixi va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan
keng koʻlamli islohotlardan yoshlarimizni xabardor qilishga
qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur tanlovda
universitetimizning “Shahri Kesh malikalari” jamoas
i ham ishtirok etdi. Talabalarimiz sahnada b
eshik toʻyi udumlarini
namoyish qildilar,
laparlar kuyladilar
.
Jadidlar haqida savollarga javob berdilar.
Yakunda talabalarimiz
2-oʻringa sazovor boʻldilar
.
Bizni birga kuzatib boring:
👇
🌐
Website
|
🗳
Facebook
|
📱
Instagram
|
💻
YouTube
QarDTU axborot xizmati
✍️
#natija
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o'tkazilgan talabalar o‘rtasida
“Yurtim qadriyatlari”
respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Qarshi davlat texnika universiteti sharafini himoya qilgan Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti qizlaridan iborat bo'lgan "
Shahri Kesh malikalari"
jamosi Qashqadaryo viloyat bosqichida faxrli
2-o'rinni
egallashdi.
Talaba qizlarimizni fakultetimiz jamoasi nomidan tabriklaymiz
.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️
#targ
'ibot
Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-apreldagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-4884-son Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi “Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” PQ-428-son Qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, xalq ta’limi, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini universitetga jalb qilish maqsadida “Sanoatda axborot texnologiyalari va turizm” kafedrasi professor- o’qituvchilari O.Valiyev, Z.Ergashev, D.Mo'minovlar Kitob tumanidagi 1-son texnikumi bitiruvchilarini oliy ta’lim tizimi bilan tanishtirib, ularga o‘zlari yoqtirgan hamda bilgan va bilmagan yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar berdi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
📌
Nomdor stipendiyalar soni 13 ta
📋
Ularning
yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖
pedagogika yo‘nalishida —
Abdulla Avloniy
;
➖
tarix va geografiya yo‘nalishlarida –
Bobur
;
➖
texnika yo‘nalishlarida –
Beruniy;
➖
tibbiyot yo‘nalishlarida –
Ibn Sino;
➖
gumanitar yo‘nalishlarda
– Navoiy;
➖
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida –
Kamoliddin Behzod;
➖
tabiiy yo‘nalishlarda
– Ulug‘bek;
➖
kinematografiya yo‘nalishida –
Xudoybergan Devonov;
➖
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida –
Pahlavon Mahmud;
➖
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida
– Imom al-Buxoriy;
➖
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda
– To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
➖
barcha yo‘nalishlarda –
Islom Karimov
nomli davlat stipendiyalari
.
✔️
Bundan tashqari
Prezident stipendiyasi va Prezident granti
ham bor.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️
#yoshlar_kuni
An’anaga muvofiq yoshlar kuni munosabati bilan "Dekan va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni
“Yoshlar kuni”
sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan bu galgi "Dekan va yoshlar" uchrashuvi "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi" talaba yoshlari bilan bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda
“Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi”
kafedrasi
talabalari bilan yoshlar siyosati, ta’lim sifati, startap loyihalar hamda grant imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning innovatsion g‘oyalari va ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida dekan va talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti axborot xizmati
✍️