Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

Surxon_DSB

Facebook:
https://www.facebook.com/Surxondaryo-viloyati-davlat-soliq-boshqarmasi-348610182428392/
Telefon: (76) 228-03-38

Subscribers
1 130
Post views
214
ER
18,63%
Posts
14 816
October 29, 07:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlari
🗓
Soliq kodeksining
483-moddasiga
muvofiq
2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrgacha
:

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari
bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning
(aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha
5 %
miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari
bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.
👉
Telegram

October 29, 06:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#mobil_ilova
#soliq_biznes

Soliq biznes – to‘lovlar
va
ijara shartnomalarini boshqarish bo‘yicha yangi xizmatlar
📲
"Soliq"
mobil ilovasining yangilangan
versiyasida
biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun “
Soliq biznes”
bo‘limida
direktorlar (hisobchilar)
ga
2 ta yangi
xizmat yaratildi:
- kommunal xizmatlar uchun to'lov
(tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suv)
;
- ijara shartnomalarini tasdiqlash va ko‘rib chiqish.
Yangi xizmatlar
yuridik kommunal to‘lovlarini
oʻz vaqtida toʻlash va nazorat qilish, bundan tashqari umumiy foydalanishga moʻljallangan
tutash
yer uchastkalarini ijara
shartnomalarini
ro‘yxatga olish va hisobini yuritish imkonini beradi.
❗️
Ogohlantiramiz: ilovani noma’lum manbalardan yuklab olmang.
________
#мобильное_приложение
#soliq_biznes

Soliq biznes – новые функции для оплаты и управления договорами
аренды
📲
В приложении
"Soliq"
добавлены
2 новые услуги
в разделе
“Soliq biznes” для директоров (бухгалтеров)
с целью оптимизации бизнес-процессов.
- оплата коммунальных услуг
(природный газ, электроэнергия, холодная и горячая вода)
;
- просмотр и утверждение
договоров аренды
.
Нововведения позволяют
своевременно отслеживать и оплачивать коммунальные услуги
, а также
официально зарегистрировать и вести учет договоров
аренды
земельных участков общего пользования
– прилегающих территорий.
❗️
Предупреждаем: не скачивайте приложение из неизвестных источников
.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

October 28, 13:11
Media unavailable
4
Show in Telegram

#antikorrupsiya
Pushaymonlik jazodan ozod etmaydi!
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan Soliq qoʻmitasi Hayʼatining navbatdagi kengaytirilgan majlisida
“Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va mehnat intizomiga rioya qilish to'g'risida”
berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan
Muzrabot tumani
soliq inspeksiyasida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Dastlab soliq xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lish kerakligi tushuntirildi.
“Ishonch va nafs chegarasi”
filmi namoyish etilib, har bir nojo‘ya hatti-harakatning nihoyasi pushaymonlik bilan yakunlanishi, shu bois korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi qayd etildi.
👉
Telegram

October 28, 10:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

#issiqxona_xojaligi
Hududlarda issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish va ularning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tadbirkorlar bilan muloqot va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
2026-yil 1-yanvardan
boshlab
2028-yil yakuniga qadar
issiqxona xoʻjaliklari faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun
ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz
etib
belgilanmoqda.
Surxondaryo viloyatida tashkil qilingan muloqotlarda issiqxona xo‘jaliklari uchun berilgan shu va boshqa imtiyozlar mazmuni, amaliy yo‘nalishlari va ularni qo‘llash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

October 28, 10:23
Media unavailable
4
Show in Telegram

#antikorrupsiya
Ertaga kech bo‘lmasin!
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari
Termiz tumani
soliq inspeksiyasida bo‘lib, soliq xodimlari bilan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tinchlik-osoyishtalik, yaqinlar davrasi eng bebaho ne’mat ekanligi ta’kidlanib, korrupsiya mana shunday osuda turmushga barham beruvchi, zalolatga yetaklovchi illat ekanligi qayd etildi.
Shaxsiy manafaatni davlat va jamiyat manfaatidan ustun qo‘yish va xizmat vazifasini suiiste’mol qilishning salbiy oqibatlari Soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan
“Ishonch va nafs chegarasi”
filmi namoyishi orqali ko‘rsatib berildi.
Uchrashuv yakunida shaxsiy tarkibga bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish, ichki mehnat tartib-qoidalari va jamoat tartibigi rioya etish lozimligi yana bir bor eslatildi.
👉
Telegram

October 28, 06:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#yashirin_iqtisodiyot
Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish – ustuvor vazifa
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda
.
⚪️
Joriy yilning
yanvar-sentabr
oylarida hamkorlikda o‘tkazilgan xatlov tadbirlari davomida:
◽️
2 410 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumlarni yashirish va kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlandi.
2 132 ta
korxonadan
41,5 mlrd
so‘mga qayta hisobot olinib, shundan
36,2 mlrd
so‘mi budjetga undirilishi ta’minlandi.
◽️
1 866 ta fermer xo‘jaligida
foydalanilgan suv hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlandi.
1 138 ta
subyektdan
23,7 mlrd
so‘mga qayta hisobot olinib, shundan
19,3 mlrd
so‘mi undirildi.
👉
Telegram

October 28, 04:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#savol_javob
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqlar qanday tartibda hisoblanadi?
🟢
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkalari
qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga
nisbatan
0,95 foiz
miqdorda belgilanadi.
Soliq kodeksi 429-modda
📌
Normativ qiymatni aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining
“O‘zdaverloyiha”
davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi.
VMQ-235-son 18.08.2014
🔍
Soliq to‘lovchilar yer uchastkalarining normativ qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Soliq qo‘mitasining
www.soliq.uz
rasmiy sayti orqali ham ko‘rishlari mumkin.
👉
Telegram

October 27, 11:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

#savol_javob
– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?
Soliq kodeksining
445-moddasiga
muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining
1 kub metri uchun 700 so‘m
, yer osti manbalarining
1kub metri uchun 850 so‘m
miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.
⚠️
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining
5 baravari
miqdorida belgilanadi.
👉
Telegram

October 27, 11:24
Media unavailable
2
Show in Telegram

#antikorrupsiya
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
🔵
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
🔹
Call-markaz – 1253
⚪️
Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
◽️
Elektron pochta:
org@soliq.uz
◽️
Telegram bot:
@dsq_antikorrupsiya_bot
◽️
Ishonch telefoni:
+99871 244-98-98
◽️
Qisqa raqam:
1198
◽️
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining ishonch telefoni:
+99876 228-03-38.
❗️
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
👉
Telegram

October 27, 11:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

#keshbek

Bir oyda qancha keshbekni olish mumkin
Oylik xarid summasidan keshbek olishda
chegaraviy miqdor
oʻrnatilgan. Unga ko‘ra:
1️⃣
🔤
keshbek
- iste'molchilar bir oyda
BHMning 60 baravaridan
(24 720 000 so‘m)
oshmagan
xaridlari uchun
247 200 so‘m
olishi mumkin.
1️⃣
2️⃣
🔤
keshbek
- “
Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga
kiritilgan iste'molchilar bir oyda
BHMning 10 baravaridan
(4 120 000 so‘m)
oshmagan
xaridlari uchun
441 428 so‘m
olishi mumkin.
👉
PQ-13-son,10.01.2024-y
👉
Ijtimoiy keshbekni
bank kartasiga
qanday o‘tkazish mumkin
va o‘tkazilgan summalarni qayerdan ko‘rish mumkin?
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads