Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

Surxon_DSB
Facebook: https://www.facebook.com/Surxondaryo-viloyati-davlat-soliq-boshqarmasi-348610182428392/ Telefon: (76) 228-03-38
Подписчики
2 720
24 часа
-1 110
30 дней
711
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
161
ER
7,76%
Посты (30д)
170
Символов в посте
1 047
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
April 24, 16:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qoʻmitasi tomonidan goʻyoki umumiy ovqatlanish sohasi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) nol stavkasi joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan maʼlum qilamizki, mazkur soha vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda umumiy ovqatlanishni qoʻllab-quvvatlashning turli yondashuvlari hamda xalqaro tajriba muhokama qilindi. Xususan, ayrim davlatlarda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQS boʻyicha imtiyozli shartlar qoʻllanilishi misol tariqasida keltirildi. Bunda, odatda, bunday imtiyozlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan muayyan majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻladi, jumladan, xodimlar soni, ish haqi darajasi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha talablar nazarda tutiladi.
Shu bilan birga, alohida taʼkidlash joizki, mazkur masala doirasida faqat xorijiy tajribani oʻrganish va sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ehtimoliy yondashuvlarni koʻrib chiqish haqida soʻz yuritildi. Hozirgi bosqichda umumiy ovqatlanish sohasi uchun QQSning nol stavkasi joriy etilishi boʻyicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilingani yoʻq.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga mazkur sohani qoʻllab-quvvatlash yuzasidan oʻz takliflarini taqdim etish taklif qilindi. Ushbu takliflar har tomonlama oʻrganilganidan soʻng, biznes va davlat manfaatlarini inobatga olgan holda eng maqbul qarorlar ishlab chiqiladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 24, 16:21
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Soliq tizimida yangi bosqich: adolat va himoya kuchaymoqda
Mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Yangi qabul qilingan qonun aynan soliq tizimini yanada shaffof va adolatli qilishga xizmat qiladi.
❗️
Endilikda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Biroq muhim jihati shundaki – yetkazilgan zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish imkoniyati saqlanib qoladi.
✍️
Shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha himoya mexanizmlari joriy etilmoqda. Endi ular sud va tergov jarayonlarida jamoat himoyachisi — ombudsman yoki Palata vakili orqali o‘z manfaatlarini himoya qilishi mumkin.

Yana bir muhim yangilik — sudga qadar hisoblangan penya miqdori cheklanadi, yer olib qo‘yish bilan bog‘liq kompensatsiyalar esa daromad solig‘idan ozod etiladi.

Bu o‘zgarishlar nima beradi?
🟡
halol ishlayotgan tadbirkor uchun kafolat;
🟡
soliq tizimida adolatli yondashuv;
🟡
iqtisodiyotda barqarorlik va ishonch.
⚡️
Yangi qonun soliq sohasini faqat nazorat emas, balki ishonch va himoyaga asoslangan tizimga aylantirishga xizmat qiladi.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 24, 16:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#yoshlar_kuni

“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA YOSHLAR BILAN MULOQOT
Joriy yilning 24-fevral kuni Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan muhim tashabbuslardan biri — har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash g‘oyasi ayni paytda joylarda o‘z amaliy ifodasini topmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Hakimov yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashi, mustahkam bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi naqadar muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunda soliq tizimida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish va yangilanishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, bugun davlat xizmatchisi bo‘lish uchun faqat bilim yetarli emas, balki yuksak intellektual salohiyat ham talab etiladi.
Eng muhimi, har bir yosh kadr o‘z faoliyatida halollik va yuksak mas’uliyatni asosiy mezon deb bilishi lozimligi alohida qayd etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan aniq va asosli javoblar berildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Telegram

Facebook
📹
youtube
🌐
instagram

April 24, 16:17
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

April 24, 12:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#eʻtirof
Bugun Soliq qoʻmitasida “Samarali mehnatingiz – yuksak eʼtirofga sazovor!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, ochiqlik va inson qadrini yuksaltirish tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, soliq tizimi kabi mamlakat iqtisodiy barqarorligini taʼminlovchi muhim sohada faoliyat yuritayotgan har bir xodimning bilim va salohiyati, fidoyiligi va masʼuliyati yuksak qadrlanishi zarur.
Shu maʼnoda, bugun Soliq qoʻmitasida
“Samarali mehnatingiz – yuksak eʼtirofga sazovor!”
shiori ostida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir nafaqat bir marosim, balki inson qadrini ulugʻlash, mehnatga boʻlgan ehtiromni mustahkamlash va jamoada yangi ruh uygʻotishga qaratilgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqelik sifatida namoyon boʻldi.
Joriy yil 6-aprel kuni davlat rahbari tomonidan soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga bagʻishlangan taqdimotda taʼkidlanganidek, har qanday islohotning muvaffaqiyati, eng avvalo, inson kapitaliga, yaʼni kadrlar salohiyatiga bogʻliq. Zero, bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va yuksak masʼuliyat hissiga ega xodimlargina tizimni yangi bosqichga olib chiqa oladi.
Ushbu tadbir ana shu ezgu gʻoyalarning amaliy ifodasi boʻlib, soliq tizimida samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishgan, oʻz burchiga sidqidildan yondashayotgan 28 nafar xodimning mehnati munosib ravishda eʼtirof etildi. Bu esa, oʻz navbatida, boshqa xodimlar uchun ham ilhom manbai, masʼuliyat va sadoqatning yorqin namunasiga aylanadi.
Mehnatni qadrlash – taraqqiyotning poydevori. Chunki inson qadri ulugʻlangan jamiyatdagina adolat, farovonlik va barqaror rivojlanish qaror topadi. Shu bois, bu kabi tashabbuslar nafaqat sohaviy rivojlanishga, balki umummilliy yuksalishga xizmat qiladi.
Zero, samarali mehnat – bu shunchaki vazifani bajarish emas, balki Vatan taraqqiyotiga qoʻshilgan munosib hissadir.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

April 24, 11:35
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Haftaning har juma kuni
“Milliy liboslar kuni”
!
Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish, an’analarimizni asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotimizda tutgan o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari ham “Milliy liboslar kuni” chellendjida faol ishtirok etishdi.
👉
Telegram

April 24, 10:41
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#soliq_bilimlari
Soliq madaniyati yuksalmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida
“Soliq bilimlari – yosh avlodga”
ko‘rik tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli
ishtirok etgan
surxondaryolik o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Otabek Umirov
so‘zga chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida soliqlar haqidagi bilimlarni shakllantirish va ularning huquqiy tafakkurini rivojlantirishda mazkur ko‘rik tanlovning muhim o‘ringa egaligini ta’kidladi.
“Soliq bilimlari – yosh avlodga ” tanlovining respublika bosqichida munosib ishtirok etgan o‘quvchilarga minnatdorlik bildirilib,
Soliq qo‘mitasi Raisining
esdalik sovg‘alari hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyatining tashakkurnomasi topshirildi.
👉
Telegram

April 24, 09:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Soliqchi — qonunga tayanadi.
Har bir qaror — qonun asosida.
Har bir qadam — xalq manfaati yo‘lida.
Ular xizmat qiladi.
Fidoiylik bilan.
Sadoqat bilan.
Xalq uchun.
Kelajak uchun!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads

April 23, 17:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#yashirin_iqtisodiyot
"SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyatida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi
Joriy yilda viloyatda  soliq tushumlari
rejasi 4 trillion so‘m
etib belgilangan.
Mavjud ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish maqsadida
9 ta
asosiy soha va
38 ta
yo‘nalish kesimida tahlillar amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida
1 trillion 373 milliard so‘m
dan ortiq qo‘shimcha tushum manbalari aniqlandi.
Davlatimiz rahbarining
“Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoni ijrosi doirasida viloyatdagi
26 ta
bozorda
mingdan
ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatilib, savdo jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi.
Jumladan, Termiz shahridagi
“Yashil dunyo”
dehqon bozorida qo‘shimcha
47 ta kuzatuv kamerasi
o‘rnatilib,
jami 84 ta kamera “Click” tizimiga integratsiya qilindi.

Telegram

facebook
📹
youtube
🌐
instagram

April 23, 17:43
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#yashirin_iqtisodiyot
"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyatida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi
Joriy yilda viloyatda  soliq tushumlari
rejasi 4 trillion so‘m
etib belgilangan.
Mavjud ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish maqsadida
9 ta
asosiy soha va
38 ta
yo‘nalish kesimida tahlillar amalga oshirildi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida
1 trillion 373 milliard so‘m
dan ortiq qo‘shimcha tushum manbalari aniqlandi.
Davlatimiz rahbarining
“Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmoni ijrosi doirasida viloyatdagi
26 ta
bozorda
mingdan
ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatilib, savdo jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi.
Jumladan, Termiz shahridagi
“Yashil dunyo”
dehqon bozorida qo‘shimcha
47 ta kuzatuv kamerasi
o‘rnatilib,
jami 84 ta kamera “Click” tizimiga integratsiya qilindi.

Telegram

facebook
📹
youtube
🌐
instagram