
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
#hashar
Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi!
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari
“Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi”
shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda.
Boshqarma binosi atrofi tartibga keltirilib, daraxtlarni oqlash hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, xayriya hasharlari xalqimizning umummilliy qadriyatlaridan biri bo‘lib,
o‘zaro birdamlik va hamjihatlik namunasidir.
👉
Telegram
Avtomobillar yoqilg‘isi uchun to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida naqdsiz iqtisodiyotni rivojlantirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
S.Muhammadiyev
, Markaziy bank, “Paynet” kompaniyasi, viloyatdagi barcha banklar hamda AYOQSH mas’ullari ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazilgan bevosita muloqotda
naqdsiz to‘lov tizimlarini amaliyotga keng joriy etish
masalalari ko‘rib chiqildi.
“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Prezident Farmoniga
muvofiq
2026-yil 1-apreldan
quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi tushuntirildi:
◽️
barcha davlat xizmatlari uchun to‘lovlar;
◽️
elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
◽️
alkogol va tamaki mahsulotlarini xarid qilish;
◽️
avtotransport uchun yoqilg‘i xaridi;
◽️
qiymati
25 million
so‘mdan ortiq bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
◽️
koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga
10-yildan
oshmagan
M, N, O va G toifaga
kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
Transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar naqdsiz tarzda amalga oshirilishi munosabati bilan barcha
AYOQSH
mas’ullariga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
👉
Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Farmatsevtika tarmog‘i korxonalari uchun yangi soliq imtiyozlari
💊
2026-yildan boshlab farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va ularni qayta ishlash sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalar uchun qator
soliq imtiyozlari joriy etildi
.
📑
Prezidentning
2026-yil 5-martdagi PF-35-son Farmoniga
muvofiq, mazkur korxonalar 2040-yilgacha bo‘lgan davrda quyidagi yengilliklardan foydalanishi mumkin:
🔹
investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘idan
3-yil muddatga
;
🔹
investitsiya loyihasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng
foyda solig‘idan 3-yilga
;
🔹
investitsiya loyihasi doirasida qurilgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha
mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.
🌿
Mazkur imtiyozlar farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqarish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish yoki qayta ishlashdan olingan daromad ulushi soliq to‘lovchining umumiy daromadining
kamida 60 foizini tashkil etgan
taqdirda qo‘llaniladi.
🗓
Shuningdek,
2030-yil 1-yanvarga qadar
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va tovar belgilarini o‘tkazganlik uchun norezidentlarga to‘lanadigan royalti daromadlariga soliq stavkasi
5 foiz etib belgilandi
.
💉
Bundan tashqari,
davlat tibbiyot muassasalariga bepul berilgan dori vositalari
va tibbiy buyumlar qiymati belgilangan tartibda korxonaning iqtisodiy
asoslangan xarajatlari sifatida
e’tirof etiladi.
💰
Mazkur imtiyozlar farmatsevtika tarmog‘iga investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va sohaning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#antikorrupsiya
Korrupsiyasiz soha sari ildam qadam
Soliq tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi tizimli ishlar doirasida
Qiziriq hamda Bandixon tumani
soliq inspeksiyalarida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirokida profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shaxsiy tarkibga soliq to‘lovchilar bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish, berilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish kabi tartib-qoidalar yana bir bor tushuntirilib,
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik
kerakligi ta’kidlandi.
Xususan shaxsiy manafaatni davlat va jamiyat manfaatidan ustun qo‘yish va xizmat vazifasini suiiste’mol qilishning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari eslatib o‘tildi.
👉
Telegram
#soliq_qarzdorligi
153,9 mlrd soʻm miqdoridagi qarzdorlik soliq toʻlovchilarning debitorlari hisobidan undirildi
Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlarga asosan
2026-yil 1-yanvardan boshlab
soliq qarzini undirishni soliq toʻlovchining
debitorlik qarziga qaratish amaliyoti
yoʻlga qoʻyildi.
Shu munosabat bilan, ayni paytda soliq qarzi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar soliq organiga soliq qarzini
oʻz debitori hisobidan
undirishni soʻrab murojaat qilmoqdalar.
Joriy yil mart oyining birinchi oʻn kunligida
soliq xizmati organlariga qilingan murojaatlarga asosan
67 ta korxonaning jami 153,9 mlrd soʻmlik soliq qarzi ularning debitorlaridan undirib berildi.
Jumladan,
-
Sirdaryo viloyatidagi
“Peng sheng international agricultural science and technology” MCHJning
1,4 mlrd soʻmlik soliq qarzi
Qashqadaryo viloyatidagi "Indorama agro" MCHJ hisobidan;
-
Buxoro viloyatidagi
“WBM Romitex” MCHJning
404,6 mln soʻmlik soliq qarzi
Xorazm viloyatidagi “Integral eco free” MCHJ hisobidan;
-
Samarqand viloyatidagi
“Filatoff 1868” MCHJning
220 mln soʻmlik soliq qarzi
Fargʻona tumanidagi “Grand osiyo sharob” MCHJ hisobidan
undirib olindi.
Eslatib oʻtamiz: belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlash – bu soliq toʻlovchilarning majburiyatlari.
Soliq kodeksining 22-moddasi
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#soliq_qarzdorligi
Surxondaryo viloyatida soliqdan qarzdor korxonalarning mol-mulklari xatlanmoqda
Bugungi kunda viloyatda
19 976 ta
yuridik shaxsning o‘z vaqtida to‘lanmagan
soliq qarzi 644 milliard so‘mni
tashkil etmoqda. Shu bois viloyatda soliq xizmati organlari va Majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorligida qarzdor korxonalarning mol-mulklarini xatlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan ayrim korxonalarning soliq qarzdorliklari uchun avtotransport vositalari va noturar obyektlari xatlovga olindi.
Shuningdek, Uzun tumanidagi
“SOLIJON GʻUNCHA FAYZ”
fermer xo‘jaligining
228,2 million so‘m
soliq qarzi uchun unga tegishli avtomashina xatlandi.
Agar qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmasa, mazkur avtomashinalar elektron auksion orqali sotilib, qarzdorlik davlat budjetiga undiriladi. Yil boshidan buyon hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida
1 909 ta
korxonaning
230,1 milliard so‘mlik
soliq qarzi evaziga ularga tegishli mol-mulklar xatlovga olindi. Natijada
1 852 ta korxona
tomonidan
74,1 milliard so‘m soliq qarzi
to‘lab berildi.
Eslatib o‘tamiz, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash — har bir fuqaro va tadbirkorning konstitutsiyaviy burchidir!
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#yashirin_iqtisodiyot
Xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish – ustuvor vazifa
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamkorligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda.
⚪️
Joriy yilning
yanvar-fevral
oylarida hamkorlikda o‘tkazilgan xatlov tadbirlari davomida:
◽️
6 020 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumlarni yashirish va kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlandi.
1 143 ta
korxonadan
16,8 mlrd
so‘mga qayta hisobot olinib, shundan
13,2 mlrd
so‘mi budjetga undirilishi ta’minlandi.
◽️
1 972 ta fermer xo‘jaligida
foydalanilgan suv hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatish holatlari aniqlandi.
637 ta
subyektdan
5,3 mlrd
so‘mga qayta hisobot olinib, shundan
4,1 mlrd
so‘mi undirildi.
👉
Telegram
#hamkorlik
Toshkent shahrida xalqaro ilgʻor yondashuvlar asosida yashirin iqtisodiyotni tartibga solishning muhim jihatlari muhokama qilinmoqda
Poytaxtimizda
Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston mamlakatlari soliq idoralari rahbarlarining
III forumi
boshlandi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) hamda XVJning KMOM mamlakatlari salohiyatini rivojlantirish Mintaqaviy markazi koʻmagida tashkil etildi.
Forumning asosiy mavzusi –
yashirin iqtisodiyotni tartibga solish
, jahon tendensiyalari va mintaqaviy oʻziga xoslik masalalaridan iborat. Unda ishtirokchilar soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligini oshirish va norasmiy sektor ulushini qisqartirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilishmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida XVJ Budjet masalalari departamenti boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari
Margaret Kotton
, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi Raisi
Farrux Pulatov
hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi
Abdulaziz Xaydarov
tabrik soʻzlari bilan ishtirok etdi.
Forum doirasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
12–13-mart
kunlari boʻlib oʻtayotgan mazkur forum budjet daromadlarini boshqarish sohasida kasbiy muloqotni rivojlantirish, hamkorlikdagi munosib yechimlarni ishlab chiqish hamda ikki tomonlama uchrashuvlar orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
_____
#сотрудничество
В Ташкенте обсуждают передовые международные подходы регулирования теневой экономики
В столице стартовал
III форум руководителей налоговых ведомств стран Кавказа, Центральной Азии и Монголии
(КЦАМ).
Мероприятие организовано Налоговым комитетом Республики Узбекистан при поддержке Международного валютного фонда (МВФ) и Регионального центра развития потенциала МВФ для стран КЦАМ.
Основная тема форума —
проблемы регулирования теневой экономики,
мировые тенденции и региональная специфика. Участники обсуждают современные подходы к повышению эффективности налогового администрирования и снижению масштабов неформального сектора.
С приветственным словом выступили заместитель начальника отдела Департамента по бюджетным вопросам МВФ госпожа
Маргарет Коттон
, председатель Налогового комитета Республики Узбекистан
Фаррух Пулатов
и председатель Комитета казначейской службы при Министерстве экономики и финансов Республики Узбекистан
Абдулазиз Хайдаров
.
В рамках форума состоится обмен мнениями по передовым международным подходам к сокращению теневой экономики.
Форум проходит
12–13 марта
и служит важной площадкой для профессионального взаимодействия, выработки совместных решений в сфере управления бюджетными доходами, а также проведения двусторонних встреч, способствующих укреплению международного сотрудничества.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads
#raqamlashtirish
Tasavvur qiling: yoqilg‘i quyish shoxobchasiga keldingiz, lekin plastik kartangiz yodingizdan ko‘tarilgan yoki hamyoningizda faqat naqd pul bor. Xavotirga o‘rin yo‘q, aziz haydovchilar!
2026-yil 1-apreldan boshlab tizim o‘zgarsa-da, hech kim yo‘lda qolib ketmaydi. Prezidentimizning
PF–246-sonli
farmoniga ko‘ra, "zapravka"larda naqd pulni qabul qilish tartibi zamonaviy va xavfsiz shaklga o‘tkazilmoqda.
Тelegram
|Facebook
|Youtube|
Instagram
|X|
Threads