
Ulug‘bek Inoyatov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari
______
👉
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi:
https://t.me/UzbekistonXDP
#Biz_OAVda
#Munosabat
📰
«Xalq so‘zi»
gazetasining 215-sonida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek INOYATOV
ning «Aks sado» ruknida
«Insonning mehnati va qadri baland»
sarlavhali maqolasi chop
etildi
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
Bugun fraksiyamiz yig‘ilishida
Ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish va sotishni tartibga solish tizimini takomillashtirishga
qaratilgan qonuni loyihasini ham muhokama qildik.
Qonun loyihasi bilan ekologik toza hududlar tushunchasi kiritilib, ular jumlasiga ekologik tizimlarni saqlab qolish, tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrash va ularga salbiy texnogen ta’sirning oldini olish tartibi belgilanmoqda.
Loyihada ekologik toza hududlarning rejimini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralari belgilanmoqda. Jumladan,
ekologik toza hududlarning rejimini buzish
–
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
,
mansabdor shaxslarga esa
–
ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlarimiz
jarimalarni qo‘llashda aniq mexanizm ishlab chiqilishi kerakligi, belgilanmagan joyga bitta plastik buyum tashlagan odam o‘rmonga o‘t qo‘ygan bilan bir xil jarimaga tortilmasligi, har bir harakat ijtimoiy darajasidan kelib chiqib baholanishi kerakligini
ta’kidlashdi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Biz_OAVda
#Munosabat
📰
«Xalq so‘zi»
gazetasining 213-sonida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek INOYATOV
ning
«Barqarorlik va faollik mahalla bilan»
sarlavhali maqolasi chop
etildi
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
#Biz_OAVda
#Munosabat
📰
«Xalq so‘zi»
gazetasining bugungi, 208-sonida
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek INOYATOV
ning
«Ko‘p qirrali strategik sheriklik aloqalarining muhim bosqichi: Hayotiy taklif va tashabbuslar»
sarlavhali maqolasi chop
etildi
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
#munosabat
Hamkorlik hamjihatlikni mustahkamlaydi
Hech bir davlat o‘z-o‘zidan izchil rivojlana
olmaydi
. Hamkorlikni, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish xalqning farovonligini oshirish,
davlatning mavqeini mustahkamlashda eng muhim omillardan
biridir. Ayniqsa,
tarixi, ijtimoiy psixologiyasi va iqtisodiyoti o‘zaro o‘xshash hamda bir-birini to‘ldiradigan davlatlarning hamdo‘stligi bugungi global dunyoda nihoyatda muhim.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik shu jihatlarga asosan davlatimiz va xalqimiz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Ozarbayjonning Gabala shahrida
bo‘lib o‘tgan
TDTning navbatdagi sammiti
, unda bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan takliflar turkiy xalqlar jamoatchiligi bilan birga, xalqaro jamoatchilik va ekspertlar diqqat-markazida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qayd etish kerakki,
O‘zbekiston dunyoda nufuzi ortib borayotgan mazkur tashkilot safida barcha mamlakatlar uchun manfaatli bo‘lgan hayotiy tashabbuslarni
ilgari surib kelmoqda. Bu tashabbuslar bosqichma-bosqich amalga oshmoqda. Xususan, tashkilotning 2022-yilda o‘tgan
Samarqand sammitida
yangi iqtisodiy imkoniyatlar umumiy makonini barpo etish va Turkiy investitsiya jamg‘armasini ishga tushirish
tashabbusi ko‘tarilgandi. Qisqa vaqt davomida tashabbuslarning aksariyati deklarativ darajadan amalga oshish bosqichiga o‘tdi.
Turkiy investitsiya jamg‘armasi
bugungi kunda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni boshladi.
Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish taklifi
faol muhokama jarayoniga chiqdi.
Tashkilotning
Samarqand sammitida
Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini
qabul qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida turkiy davlatlar hamkorligi faol amaliy bosqichga o‘tmoqda. Iqtisodiyot, investitsiya, ijtimoiy hamda ma’rifiy munosabatlar izchil integratsiya davriga kirib bormoqda.
Gabaladagi sammitda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
qardosh xalqlar farovonligini oshirishga xizmat qiladigan
yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan,
strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnoma
tez fursatda qabul qilinishi qo‘llab-quvvatlandi, shuningdek,
Turkiy davlatlar tashkilotini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqildi...
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra,
davlatlarimiz o‘rtasida tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, elektron tijorat platformalarini rivojlantirishga qaratilgan aniq bitim va kelishuvlar ishlab chiqilishi lozim.
Hozirga qadar tashkilot doirasida
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi
to‘g‘risida bitim imzolanishidan tashqari,
ruxsatnoma tusidagi hujjatlarni raqamlashtirish, xavflarni boshqarish va vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish
bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilgan. Shu bilan birga, faol va tez o‘zgaruvchan texnologik taraqqiyot davrida hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda qamrab olish, izchillik bilan davom ettirish lozim bo‘lmoqda.
Har bir yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish siyosiy, iqtisodiy munosabatlar bilan birga,
ilmiy-amaliy yaqinlik kengayishiga
ham bog‘liq, albatta. Shu ma’noda O‘zbekiston rahbari
yurtimizda qo‘shma tadqiqotlar va innovatsiyalar maydoniga aylanadigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etilishini
e’lon qilishi barchamiz uchun yana bir quvonchli xabar bo‘ldi. Qo‘shma tadqiqot va innovatsiyalar ildizi chuqur xalqlarimizning hamjihatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonamiz.
Turkiy davlat tashkilotining istiqboliga ishonganlar ko‘p. Avvalo
xalqlarimiz qalbidagi o‘zaro mehr-muhabbat yorqin istiqbolning manbai
, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Albatta, qardosh davlatlar rahbarlarining
siyosiy irodasi, bag‘rikengligi va diplomatik shijoati
hali katta yutuq va natijalarni
olib keladi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
Bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya
yig‘ilishida
bir nechta qonun loyihalari qatorida
shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan
qonun loyihasi ham muhokama qilindi.
Mazkur loyiha bilan shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiy ekani belgilanmoqda. Bunda agar shaxs muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, rozilik uning qonuniy vakili tomonidan, shuningdek, shaxs vafot etgan taqdirda, agar u hayotligi chog‘ida rozilik bermagan bo‘lsa, uning vorislari tomonidan beriladi. O‘n olti yoshga to‘lmaganlar nomidan rozilik ularning ota-onasidan biri yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan biri tomonidan berilishi nazarda tutilmoqda.
Bunda
istisnolar ham bor.
Masalan,
noqonuniy xatti-harakatlarni
tasvirga olib, uni ma’lum qilganlik uchun javobgarlik ko‘zda
tutilmagan
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
🎉
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Ochiq_muloqot
Toyloq tumanida pedagoglar bilan ochiq muloqot
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari
Ulug‘bek Inoyatov
Samarqand viloyati Toyloq tumanida
o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh pedagoglar, mas’ul mutasaddilar bilan ochiq muloqot
o‘tkazdi
.
Muloqotda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan fikrlar, taklif va tashabbuslar ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Qayd etildiki, nutqda mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson kapitalini rivojlantirish ustuvor vazifa ekani bayon qilindi.
Uchrashuvda yurtimizdagi islohotlarni xalqaro hamjamiyat, nufuzli tashkilotlar ham tan olib, e’tirof etayotgani barchamizni quvontirishi ta’kidlandi.
Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchi va murabbiylarning fidoyiligi, ilg‘or pedagogik bilim va texnologiyalarni qo‘llay olishi dolzarb ahamiyatga ega ekani xususida fikr-mulohazalar aytildi.
Muloqotda pedagoglar nutqda ilgari surilgan pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish borasida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashlarini qayd
etishdi
...
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X
#munosabat
Xalqaro barqarorlikka qaratilgan tashabbuslar
Shu kunlarda xalqaro hamjamiyatning diqqat e’tibori insoniyat tarixidagi eng yirik va keng qamrovli xalqaro tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining
80-sessiyasiga
qaratilgan
.
Ta’kidlash kerakki, xalqaro maydonda yuz berayotgan murosasiz siyosiy tarangliklar, o‘tkir iqtisodiy inqirozlar, kuchayib borayotgan texnologik va ijtimoiy tengsizliklar fonida xalqaro tashkilotlarning global miqyosdagi nufuzini oshirish dolzarb masala. Shunday murakkab global muhitda davlatlarning bir-biriga ishonchini mustahkamlash, xalqaro me’yorlarning ustuvorligini ta’minlashda BMTning mavqeini oshirish davr talabiga aylandi.
O‘zbekiston Prezidenti BMT minbaridagi nutqida shu jihatga alohida to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari tashkilotni asosiy platforma sifatida saqlab qolishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuksak baholashini, “BMT – 80” tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va O‘zbekiston Kelajak uchun paktga qat’iy sodiqligini tasdiqladi.
Shuningdek, Prezident BMT sessiyasida O‘zbekistonning ustuvor maqsadlariga dunyo e’tiborini qaratdi. Jumladan, mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson qadri va farovonligini oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.
Bu O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarning ortga qaytmas ekanligini, asosiy maqsad fuqarolarimiz uchun farovon hayotni ta’minlashdan iboratligini xalqaro hamjamiyatga baralla aytishdir. Shuni ham qayd etish kerakki, yurtimizdagi islohotlarni xalqaro hamjamiyat, nufuzli tashkilotlar ham tan olib, e’tirof etmoqda.
O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda yurtimizda kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga qisqarganini ma’lum qildi.
Bundan bir necha yillar oldin kambag‘allik tan olinmagan, lekin eng og‘riqli masala edi. Lekin keyingi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli, tizimli islohotlar yurtimizda kambag‘allar soni keskin kamayishiga, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ko‘tarilishiga muhim zamin yaratdi.
Yana bir jihatga e’tibor qarataylik, bir odam kambag‘allikdan chiqishi, to‘kis hayotga qadam qo‘yishi uning ish bilan ta’minlanganligi, munosib mehnat sharoitining yaratilganligi, ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanganligi kabi ko‘plab omillarga bog‘liq.
Nutqda keltirilganidek, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9 foizdan 42 foizga yetgani O‘zbekistonning bu yo‘nalishda real va muhim natijalarga erishayotganini ko‘rsatadi. Ta’lim sifati oshgan, fuqarolari kasb-hunarli bo‘lgan mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish, aholining farovonligini oshirish ishlari samara
beradi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
#Rasmiy_bayonot
❗️
Taqiqlash emas, qo‘llab-quvvatlash yo‘lidan borish maqsadga muvofiq
Joriy yilning 1-oktabridan
moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishi haqidagi xabar
jamoatchilikning keng muhokamalariga, turli fikr-mulohazalarga
sabab
bo‘lmoqda
.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hozir
130 ming nafarga yaqin
yoshlar kuryerlik xizmati bilan band. Bu faqat velosiped, moped va skuterlar orqali xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolardir.
☝️
Kambag‘allikni qisqartirish, bitta barqaror ish o‘rni yaratish uchun ko‘plab choralar ko‘rilayotgan hozirgi muhim davrda
o‘zini o‘zi band qilgan, xalqimizga xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinayotgan vaqt, albatta, qisqa hisoblanadi. To‘g‘ri, bu borada hukumat tomonidan
muddatlar uzaytirilgan
, biroq
talabgorlarning juda ham ko‘p bo‘lgan miqdorini
inobatga olib, bu davrda hujjat talab qilish maqsadga muvofiqligini yana bir bor o‘ylab ko‘rish lozim. Boisi, mazkur sohada xizmat qilayotgan
ko‘plab fuqarolar boqimandalik kayfiyatiga berilmasdan
, kimdandir yordam kutmasdan, daromad topishga, moliyaviy
muammolarini o‘zi hal qilishga intilmoqda
.
❗️
Joriy etilishi kutilayotgan tartibga ko‘ra,
bir kunda yuz minglab yoshlar
daromad manbaisiz, ishsiz qolishi mumkinligi haqida o‘ylasak, masalaning qanchalik chuqur va keng ekani ravshanroq bo‘ladi.
☝️
O‘zbekiston
kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli kurashayotgan, o‘zini o‘zi band qilganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakat
sifatida
xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Shunday davrda asl maqsadi oilasiga, jamiyatga xizmat qilish bo‘lgan hamyurtlarimizni murakkab vaziyatga tushirishdan yiroq bo‘lish hamda ularga imkon qadar yengillik yaratish,
muammoni hal qilishning innovatsion, odamlarga qiyinchilik tug‘dirmaydigan yo‘llari
haqida o‘ylab ko‘rish maqsadga muvofiq.
☝️
Shu bois, joriy yilning
1-oktabridan
moped va skuterlarni boshqarish uchun
haydovchilik guvohnomasi talab etilishi muddatini keyingi yilga qoldirgan
holda,
haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamini olish uchun muddatlar va to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish
lozim, deb hisoblaymiz.
❗️
Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati juda yuqori bo‘lgan masala bo‘yicha davlatimiz siyosatiga munosib yechim topilishini so‘raymiz va bu borada tegishli tartibda deputatlik so‘rovini
kiritamiz
.
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X