Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ulug‘bek Inoyatov

UInoyatov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP
Subscribers
3 820
24 hours
10
30 days
1 820
Post views
513
ER
11,68%
Posts (30d)
14
Characters in post
996
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 24, 06:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Munosabat
Bugun bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti
muhokama qilindi.
Unda
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari
M.Abdullayev
ma’ruza qilib,
hisobot yilida amalga oshirilgan ishlar va nazorat tadbirlari natijalari
haqida ma’lumot berdi.
Fraksiyamiz a’zolari i
jtimoiy sohada kuzatilgan moliyaviy nomuvofiqliklarni
tahlil qilib, vazirliklarning
ichki audit xizmatlari faoliyatini yanada jonlantirish zarur
ligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, budjetga qaytarilishi lozim bo‘lgan
mablag‘ni undirish bo‘yicha choralarni jadallashtirish
hamda
davlat mablag‘laridan foydalanishda mas’uliyat va nazoratni takomillashtirish
yuzasidan takliflarimizni bildirdik.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 23, 10:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun fraksiya yig‘ilishida
Hisob palatasining 2025-yildagi hisoboti
muhokama qilindi.
Deputatlarimiz hisobotda
davlat mablag‘larining maqsadli sarflangani, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda elektoratimiz manfaatlari uchun ajratilgan resurslarning qay darajada to‘g‘ri va manzilli o‘zlashtirilganiga
alohida e’tibor qaratdi.
Hisobotda keltirilishicha, Budjet xarajatlarida 8,1 trln so‘m mablag‘ maqbullashtirilgan, 1,1 trln so‘mlik noqonuniy xarajatlarning oldi olingan, budjet daromadiga 7,6 trln so‘m qo‘shimcha manbalar qo‘shilgan. Tashqi qarzlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarda 5,7 trln so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkoniyatlari aniqlanib, ularning 4,1 trln so‘mi boshqa sohalarga qayta yo‘naltirilgan.
Shuningdek, Hisob palatasi sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali “Masofaviy audit” axborot tizimini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida qisqa vaqt ichida 75 ta vazirlik, idora va banklarning 259 ta axborot bazasi bilan integratsiya qilinib, o‘tkazilgan 93 ta audit tadbirlarning 47 tasi masofaviy o‘tkazilgan.
Ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida kuzatilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi
ta’kidlandi. Bu borada parlament nazorati yanada
kuchaytiriladi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 21, 05:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Plenum
#Munosabat
Plenumda
Oliy Majlis Senati a’zosi
Malika Qodirxonova
“Kengash tekshiruvi”
va
“Kengash so‘rovi”
institutlaridan partiyamizning mahalliy Kengashlardagi deputatlari
unumli foydalanishlari kerak
ligini ta’kidladi.
Mahalliy ijro hokimiyatini idoralari va mutasaddilarining Kengashlar oldidagi mas’uliyatini oshirishda
bu institutlar muhim ahamiyatga ega
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 20, 13:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun fraksiya yig‘ilishida
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy qonun loyihasi
uzoq muhokama qilindi.
Ushbu qonun
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining maxsus hudud sifatidagi maqomini va uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilash
ga qaratilgan.
Ya’ni, ushbu
Konstitutsiyaviy Qonun va unga zid bo‘lmagan holda, Angliya va Uels umumiy huquqining elementlariga asoslangan
Markazning maxsus normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilinib,
maxsus qonunchilik tizimi
yaratiladi.
Deputatlarimizda bu ayrim savollarni yuzaga chiqardi. Jumladan,
O‘zbekiston huquqiy tizimining roman-german huquqiga yaqinligini, bu Markazda hududida esa anglo-sakson huquq tizimi elementlarining mavjudligi ertangi kunda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin
ligini aytildi.
Qonun tashabbuskorlari
bu borada ixtisoslashtirilgan sudlar tashkil etilishi, qolaversa, bu me’yorlar ayrim yo‘nalishlarga kiritilishi, huquqiy masalalarning katta qismi milliy qonunchiligimizga asoslanishi
ni ma’lum
qilishdi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 17, 12:00
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Plenum
❗️
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining Plenumi bo‘lib o‘tdi
Plenumda partiya
10 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat Saylovoldi dasturini amalga oshirishga qaratilgan Harakat dasturi ijrosi ham tahliliy tanqidiy
ko‘rib chiqildi
. Dasturning 39 bandi amalda bajarilgan.
Bunda erishilgan yutuqlar bilan birga, maqsad va vazifalarni amalga oshirish jarayonida
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham e’tibor qaratildi.
📌
Shuningdek, plenumda deputatlarning
“Tashabbusli budjet”
jarayonlarida yetarli ovoz to‘plamagan loyihalarni g‘olib, deb topish, mahallalarda yashil hududlar, bog‘ va jamoat parklarini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlaridan
saylovchilar va partiya elektorati manfaatlarini yanada samarali himoya qilish yo‘lida doimiy unumli foydalanish lozimligi
ta’kidlandi.
📌
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi
qonun ijodkorligi jarayonida partiya dasturiy maqsadlarini ifoda etish
bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda, shu bilan birga, jamiyatda sodir bo‘layotgan
muhim voqea-hodisalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektorat manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy masalalarda fraksiya a’zolari shaxsiy tashabbus va pozitsiya ko‘rsatishi
talab etilmoqda.
👆
Muhokamalarda partiyaning yuqori organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashda
talabchanlik va samarali nazorat yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani
, ayrim hududiy kengashlar tomonidan elektorat manfaatlari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘rganish, ularni ochiq muhokama qilish va qat’iy siyosiy pozitsiya bildirishda
yetarli tashabbus ko‘rsatilmagani tanqid qilindi.
📌
Joriy yilda
har bir mas’ul o‘z faoliyatiga tanqidiy baho bergan holda
, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va yuksak mas’uliyat bilan bajarishi shartligi aytildi.
💭
Plenumda kun tartibidagi masalalar yuzasidan
senatorlar, deputatlar, partiya hududiy kengashlari raislari
o‘z
fikr-mulohazalarini aytib, takliflarini bildirdi
. Shular asosida
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ustuvor vazifalari
belgilab olindi. Bunda, avvalo,
partiya siyosiy pozitsiyasi, elektorat manfaatlari, strategik hujjatlarda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, global o‘zgarishlar va jamiyat ehtiyojlari
dan kelib chiqildi.
🟣
Birinchidan
, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, ayniqsa, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish. Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan bandma-band deputatlik va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
🟣
Ikkinchidan
, joriy yilda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 2 mingdan ziyod qonunchilik hujjatlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda har bir deputat faol va tashabbuskor bo‘lishi shart. Qonunlar hayotga xizmat qilishi uchun ularni takomillashtirishda faol pozitsiya zarur.
🟣
Uchinchidan
, deputatlar joylardagi muammolarini o‘rganishi, ularni ochiq ko‘tarib chiqishi va yechimi bo‘yicha qat’iyat ko‘rsatishi.
🟣
To‘rtinchidan
, jamoatchilik muhokamalari va jamoatchilik eshituvlarini muntazam o‘tkazib borishga alohida e’tibor qaratish muhim vazifa sifatida
belgilandi
...
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

April 17, 06:06
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Plenum
#Live
🔴
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tmoqda.
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

April 15, 11:37
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎉
Javohir Sindarov o‘zbek shaxmati tarixida muhim bosqichni boshlab berdi!
Kiprda bo‘lib o‘tayotgan
Nomzodlar turnirining 13-turida
yurtdoshimiz Javohir Sindarov o‘zining eng yaqin ta’qibchisi Anish Giri bilan durang o‘ynadi va
musobaqada muddatidan oldin g‘oliblikni rasmiylashtirdi
.
📌
Endi
Javohir shu yil yakunida amaldagi jahon chempioni – hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon toji uchun bellashish
imkoniga ega bo‘ldi.
👆
Bu nafaqat sportdagi yirik yutuq, balki
tarixiy natija
bo‘ldi. Eng e’tiborlisi, ushbu musobaqani minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlar katta qiziqish bilan kuzatdi. Bu esa
kelajakda yangi iste’dodlarning yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratadi, yoshlarni yuksak marralar sari ruhlantiradi.
Bunday yutuqlar
jamiyatimizda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga
xizmat qilishiga ishonamiz.
❗️
Javohir Sindarovni, uning oila a’zolari va ustozlarini, albatta, butun xalqimizni ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 13, 12:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugungi fraksiya yig‘ilishida dastlab
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”
gi qonun loyihasini muhokama qildik.
Loyihada fuqarolarga
pensiya tayinlashda yangi axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, inson omilini yanada kamaytirish
ga qaratilgan me’yorlar o‘rin olmoqda. Shu bilan birga,
nogironligi bor shaxslarga pensiya tayinlashda yengilliklar berilishi
nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi bilan 50 mingdan ortiq nogironligi bor shaxslarga pensiya tayinlashni soddalashtirish imkoni paydo bo‘lib, bu orqali
Xalq demokratik partiyasi ilgari surib kelayotgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ovoragarchiliklardan xalos qiladigan tashabbus
amalga oshadi. Qonun tashabbuskorlari partiyamiz taklifini alohida
ta’kidladi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 09, 08:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi
Amir Temur xalqimiz uchun
mustaqil va buyuk davlatchilikning, kuch-qudratning, shuningdek, ijtimoiy birdamlikning
ulug‘ timsolidir.
U, shubhasiz,
jahon davlatchiligi tarixidagi eng yirik shaxslardan biridir!
Buyuk bobomizning xalqparvar siyosat yuritish haqidagi tuzuklari bugungi kunimiz, hozirgi dunyo uchun ham juda dolzarb.
Amir Temurning
sivilizatsiya yaratgan sohibqiron sarkarda, tengsiz strateg, ilm-ma’rifatni qo‘llab-quvvatlovchi, muhtojlarni himoya qiluvchi hukmdor
sifatida insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgani hammamiz uchun faxr-iftixor manbaidir.
Uning
shonli hayoti va faoliyati
har bir avlod uchun ezgu ibrat bo‘lib mangu qoladi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

April 06, 12:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

Fraksiyamizning bugungi yig‘ilishida ham muhim qonun loyihalari muhokama
etildi
.
Xususan,
«Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida»
gi qonun loyihasi alohida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Loyihaga ko‘ra,
tovar-mahsulotlarga nisbatan texnik jihatdan tartibga solish,
xususan
, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish
nazarda tutilmoqda.
Deputatlarimizning fikricha,
elektron platformalar orqali realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi masalasini tartibga solish
maqsadga muvofiq. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu bo‘yicha qator fikrlar bildirilmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram