Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ulug‘bek Inoyatov

UInoyatov
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP
Подписчики
8 100
24 часа
9
30 дней
-900
Просмотры
377
ER
0,05%
Посты (30д)
18
Символов в посте
974
December 08, 02:20
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Konstitutsiya_33
🎉
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi muborak bo‘lsin!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

December 06, 07:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Konstitutsiya_33
#Konferensiya
“Konstitutsiya va davlat tili”
mavzusidagi ilmiy-amaliy
anjuman
dan lavha
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

December 04, 12:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda, jumladan,
«2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»
gi,
«Budjet jarayoni takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
gi qonun loyihalarini
ikkinchi o‘qishda
muhokama qildik.
Loyihaga ko‘ra, 2026-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarni
to‘laqonli amalga oshirish uchun zarur huquqiy asoslarni yaratish, soliq yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlash
, shuningdek,
budjet mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish
nazarda tutilmoqda.
Shu bois
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi
qonun loyihalari muhokamasida
asosiy elektorati manfaatlari hamda so‘l qanot partiya sifatidagi siyosiy pozitsiyasiga alohida
e’tibor
qaratdi
.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

December 01, 11:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugungi fraksiya yig‘ilishida
2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi
birinchi o‘qishda
partiyamiz dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib
muhokama qilindi.
Loyihada
mamlakat iqtisodiyoti 2026-yilda 6,6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda
. O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida
tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,0 milliard AQSH dollari
etib belgilanmoqda.
Kelgusi yilda
Davlat budjeti xarajatlari 402,4 trillion so‘m
bo‘lishi kutilmoqda va undan ish haqi,
ijtimoiy nafaqalar va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 172,8 trln so‘m
mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Budjetdan
ijtimoiy sohaga 220 trln so‘m
yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu jami xarajatlarning 54,7 foizini tashkil etadi. Xususan,
nafaqalar, moddiy yordam va aholiga boshqa imtiyozli to‘lovlar uchun 17 trillion
ajratilishi belgilanmoqda.
Yig‘ilishda deputatlar hukumat vakillari, mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan Davlat budjetida ko‘zda tutilayotgan
ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, transport
sohalaridagi rejalar haqida fikr-mulohazalar bildirib, mutasaddilar bilan savol-javoblar o‘tkazishdi.
Budjet loyihasi muhokamasi davomida fraksiyamiz a’zolari
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlarida ustuvorlik kasb etadigan soha va yo‘nalishlarga ajratilayotgan mablag‘lar, ko‘zda tutilayotgan marralar
haqida loyiha ijodkorlari bilan qizg‘in muhokama
olib bordi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

December 01, 05:50
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Rasmiy_bayonot
❗️
Atrof-muhitni asrashda ijtimoiy muloqot va jamoat nazorati mexanizmini keng joriy etish lozim
Keyingi yillarda butun dunyoda iqlim o‘zgarishlari aholi turmush sifatiga, iqtisodiyotga va ijtimoiy hayotga turli darajada salbiy ko‘rsatmoqda. Ayniqsa,
murakkab ekologik muammolar qurshovida qolayotgan mintaqamizda ekologik muhitni asrash dolzarb masalaga aylandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning
“Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi Farmoni bu boradagi ustuvor vazifalarni belgilab bergani bilan juda ijtimoiy ahamiyatga ega hujjat bo‘ldi.
Avvalo, ushbu Farmonda eng muhim ekologik vazifalar belgilanishida keng jamoatchilik vakillarining taklif-mulohazalari hisobga olinganini alohida ta’kidlash zarur.
Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi. Maxsus komissiya qurilish ishlarini amalga oshirishga cheklov va ularga talablar joriy qilishi, shu jumladan, qurilish vaqtida changni bartaraf etuvchi uskunalarni o‘rnatishi va boshqa talablarni belgilashi muhim ahamiyatga egadir.
Maxsus komissiyaning unga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari, ko‘rsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanishi
ekologik barqarorlikka erishishda tezkor choralar ko‘rilishiga asos bo‘ladi.
Xalq demokratik partiyasi mazkur farmonni real ehtiyojlarga muvofiq ravishda
aholini ijtimoiy va ekologik muhofazalash bo‘yicha eng zarur paytda qabul qilingan hujjat
, deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, o‘z dasturiga muvofiq, davlat va jamiyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishni nazorat qilish hamda tartibga solish lozimligini ta’kidlaydi.
Ushbu maqsadda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha barcha jabhalarda
ijtimoiy muloqot va jamoat nazorati
mexanizmini joriy etish, mazkur jarayonlarni aholining mehnat muhofazasi, xavfsizlik darajasi va
ishlab chiqarishning ekologik tozaligini ta’minlash bilan uyg‘unlikda olib borish
zarurligini qayd etadi.
Belgilangan dolzarb vazifalarni sifatli amalga oshirish, murakkab ekologik vaziyatda aholining ehtiyojmand qatlami, xususan,
bolalar va nuroniylarni muhofazalash bo‘yicha ayrim choralar ko‘rilishi
kerakligini ilgari suradi.
Birinchidan
, poytaxtimizda va boshqa shaharlarda nuroniylar uchun xordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, zarur hollarda ularga tezkor tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish choralarini ko‘rish muhimdir.
Ikkinchidan
, ta’lim muassasalarida, mashg‘ulotlar va dars xonalarida havoni tozalash choralarini ko‘rishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xalq demokratik partiyasi
parlamentdagi fraksiyasi, xalq deputatlari Kengashlaridagi guruhlari va hududiy tashkilotlari bilan birga ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarning sifatli bajarilishi uchun
keng jamoatchilik va ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirishga
kirishadi
.
Xalq demokratik partiyasi
Axborot xizmati
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

November 29, 11:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#munosabat
Byurokratiya – davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan g‘oyaga zid
Ochig‘ini aytish kerak, bundan o‘n yil oldin fuqarolarimiz hujjat ko‘tarib davlat idoralari orasida sarson bo‘lardi. Hech bir ishimiz silliq
bitmas edi
.
Keyingi yillarda mamlakatimizda byurokratiyani qisqartirish yo‘lida bir qator farmon va qaror qabul qilindi. Davlat xizmatlari markazlari, Yagona portal platformasi, “Raqamli hukumat” kabi tizimlar tashkil etildi. Natijada ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi bugungi kunda 1 ming 40 taga yetdi. 90 dan ortiq xizmatlarni proaktiv va kompozit shaklda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bunda tug‘ilish bilan bog‘liq xizmatlarning kompozit shaklda ko‘rsatilishi odamlarga katta qulaylik yaratmoqda.
Xalq demokratik partiyasi elektorati bo‘lgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy nafaqalar murojaatlarisiz avtomatik tarzda amalga oshirilmoqda.
Raqamlashtirish natijasida 30 turdagi xizmatlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratilib, joriy yilning o‘zida 8 millionga yaqin xizmatlar avtomatik ravishda ko‘rsatilgan. Bu odamlar hech bir tashkilotning eshigini taqillatmasdan, uyida yoki kundalik mashg‘ulotidan ajralmasdan o‘ziga kerak xizmatdan foydalanayotganini anglatadi.
Davlat rahbari
“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi
ni tasdiqlab, unda eng avvalo, davlat va aholi, davlat va biznes hamda davlat tuzilmasining ichki munosabatlarida byurokratiyani bartaraf etish, har tomonlama qulay davlat xizmatlari ekotizimini yaratish ko‘zlanganini aytib o‘tdi.
Hujjat aholining davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanishi, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish, raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu jarayonlarning shaffofligini oshirib,
odamlarni ortiqcha ovoragarchilik va hujjatbozlikdan xalos etishi
bilan birga, ularning
davlatga bo‘lgan ishonchining
yanada mustahkamlanishiga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi mazkur
dasturni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi
. Partiyamizning asosiy maqsadi
aholining ehtiyojmand qatlami manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarga teng va adolatli imkoniyatlar yaratish
dan iborat. Davlat xizmatlarining qulay, shaffof va barcha qatlam uchun birdek ochiq bo‘lishi – adolatli ijtimoiy siyosatning ajralmas qismi
hisoblanadi
...
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

November 29, 06:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Munozara_klubi
O‘zbek tili juda shirin til...
Eskender Serliyev,
Toshkent shahar Qrimtatarlar milliy madaniy markazi raisi.
👆
|
Klub sessiyasini
YouTube
kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin
.
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Instagram

November 26, 12:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Javohir Sindarov – Jahon Kubogi 2025 chempioni!
🏆
Goa (Hindiston)dagi
FIDE Jahon Kubogi 2025
finalida vatandoshimiz
Javohir Sindarov
xitoylik
Vey Yi
ga qarshi bahsda ustun kelib,
turnir chempioniga aylandi!
👏
Tarixiy g‘alaba bilan Javohir Sindarov va uning oila a’zolarini, ustozlarini, albatta, butun xalqimizni tabriklaymiz!
Yurtimiz yoshlariga sharoit va imkoniyatlar qilib berilishi natijasida bunday yuqori natijalarni hali ko‘p ko‘rishimizga ishonamiz.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram

November 25, 06:32
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Parlament_muhokamasi
#Fraksiya_pozitsiyasi
#Munosabat
Kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborimizda bo‘lishi lozim
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
X

November 22, 07:02
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Munozara_klubi
Sohibqiron qo‘rg‘oniday,
«Xazoyin ul-maoniy»day,
Asli buyuk shavkat tilim,
O‘zbek tilim, davlat tilim!..
Olena Kulak,
O‘zbekiston ukrain milliy madaniy markazi faoli.
👆
|
Klub sessiyasini
YouTube
kanalimizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin
.
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Instagram