Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

UrDU_XAB_yangiliklar

Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi
🌐
Veb-sayt:
www.urdu.uz
Facebook:
https://www.facebook.com/urduuz
Youtube:
https://www.youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Murojat uchun
@UrDU_XAB

Subscribers
1 020
Post views
362
ER
34,89%
Posts
3 233
July 22, 14:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 22, 09:21
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

Urganch davlat universitetida Oxford universiteti filmi namoyish etildi
🎬
Bugun, 22-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida
Oxford universiteti tomonidan Xorazm zaminida tasvirga olingan hujjatli film
namoyish qilindi.
Mazkur filmda Orol dengizining qurib borishi, Amudaryoning butun mintaqa hayotidagi beqiyos o‘rni, atrof-muhitga taʼsiri hamda tabiat va ekologiyaga oid dolzarb haqiqatlar chuqur tahlil va badiiy yondashuv orqali yoritib berilgan. Tomoshabinlarda ekologik muammolarga nisbatan chuqur tafakkur va mas’uliyat uyg‘otgan ushbu film nafaqat ilmiy, balki insoniy qarashlarni ham o‘zgartirish kuchiga ega bo‘ldi.
➡️
Film namoyishini
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari
hamda
ekologiya sohasi mutaxassislari
tomosha qilishdi.
Ushbu tadbir universitetda ekologik savodxonlikni oshirish, yosh avlodda atrof-muhitga nisbatan e’tibor va mas’uliyat hissini shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

July 21, 08:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌍
UrDUDA OXFORD FILMI NAMOYISHI!
Tabiat va ekologiyani sevuvchilar uchun ajoyib yangilik!
Aziz talabalar, sizlarni Oxford universiteti tomonidan Xorazmda suratga olingan film namoyishiga taklif qilamiz!
📍
Joy: Universitet Madaniyat saroyi
⌛️
Sana: 2025-yil 22-iyul, seshanba

Vaqt: 10:00
Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?
🌿
Tabiat va ekologiya haqidagi hayratomuz haqiqatlar;
🎥
Film namoyishi;
✔️
Film ijodkorlari jamoasi bilan jonli muloqot (UrDU va Oxford universiteti talabalari);
🌐
Xorazmda amalga oshirilayotgan xalqaro ekologik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati!
🗣
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ekologik ong, ilmiy hamkorlik va ilhom baxsh etuvchi film sizni kutmoqda.
Barchani taklif qilamiz! Kirish bepul!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

July 04, 07:21
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🌟
🌟
🌟
#Yozgi_maktab
UrDUda “Differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha yozgi maktab konferensiyasi” mavzusida yozgi maktab bo’lib o’tmoqda
✔️
Bugun
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida
“Dolzarb 90 kun”
doirasida yozni talabalar uchun mazmunli o‘tkazish maqsadida
Novosibirsk davlat universiteti hamda V.I.Romonovskiy nomidagi matematika instituti
bilan hamkorlikda 3-10 iyul kunlariga mo’ljallab tashkil etilayotgan
“Differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha yozgi maktab konferensiyasi”
mavzusida yozgi maktab o’z ish faoliyatini boshladi.
➡️
Dastlab yozgi maktabning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda
oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyazov hamda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor G’.O’razboyev
lar so’zga chiqib, maktab faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.
🔴
Ayni paytda
Novosibirsk davlat universiteti
hamda
V.I.Romonovskiy nomidagi matematika instituti matematik olimlari
tomonidan differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha ma’ruzalar tinglanmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi yozgi maktab 10-iyulga qadar davom etadi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTubeb

July 01, 06:33
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

⚖️
👨‍💻
👩‍💻
💬

UrDU professori Mongoliyada bo’lib o’tayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
➡️
Mongolyaning eski poytaxti Qoraqurum
shahrida 30-iyun hamda 1-iyul kunlariga mo’ljallangan
“Ichki Osiyo tarixida ko‘chmanchi qabilalar va o‘troq xalqlar integratsiyasi”
mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tmoqda. Unda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Tarix kafedrasi mudiri, prof. O’.Abdullayev
ham o’z ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
➡️
Konferensiya
Mongoliyaning uchinchi prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj
raisligida olib borilmoqda. Ushbu nufuzli konferensiyada
Rossiya, Turkiya, Mongoliya, O’zbekiston hamda Qozog’istondan tarixchi olimlar
ishtirok etib, ichki Osiyoda ko‘chmanchi qabilalar va o‘troq xalqlar tarixi hamda ushbu davrda fan va taraqqiyot tushunchasi to’g’risida dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilishmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

July 01, 06:27
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

⚖️
👨‍💻
👩‍💻
💬

Joriy yilning 27-28 iyun kunlari
Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida "Axborot texnologiyalar davrida Yangi Ipak yo'lida Koreyashunoslik bo'yicha tadqiqotlar"
mavzusidagi XIII O'rta Osiyo Koreyasunoslik ilmiy anjumani bo’lib o’tdi.
🟠
Ushbu nufuzli anjumanda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dotsenti Jamila Ermetova
"Orolbo‘yi mintaqasi universitetlarida Koreyashunoslik va koreys filologiyasi ta'limining sifatini yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari"
mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

June 27, 06:15

https://idd.az/en/announcements/2115

June 25, 05:11

2026-2027 o‘quv yili uchun Serbiya davlati oliy ta’lim muassasalarida tahsil
olish uchun  stipendiya e'lon qilgan.
To'liq ma'lumotlar:
https://prosveta.gov.rs/skolski-i-studentski-zivot/stipendije/stipendije-srbije-stranim-studentima/stipendije-svet-u-srbiji/

June 20, 04:58
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🤝
🌏
👨‍🏫
👩‍🏫
🇺🇿
🇨🇳
Universitetimiz talabalari Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin Xorijiy tillar universitetida amaliyot o'tashdi

Joriy yilning 16-20 iyun kunlari
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
ning bir guruh talaba-yoshlari
dotsent G.Saparbayeva
boshchiligida tajriba almashish va amaliyot o'tash maqsadida
Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin Xorijiy tillar universiteti
ga tashrif buyurishdi.

Mazkur universitetda oliygohimiz talabalari
“Tarjima va interpretatsiya” bo’limi rahbari, professor Joshua
ning
“Tarjimada zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt”
mavzusidagi amaliy mashg’ulotlarida faol qatnashishdi. Shuningdek, universitet bilan yaqindan tanishishdi va xitoylik talabalar bilan muloqotda bo'lib, o'zaro tajriba almashishdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube

June 18, 10:32
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

🤝
🌏
👨‍🏫
👩‍🏫
🇺🇿
🇰🇷
Koreyaning Kyungbuk kolleji delegatsiyasi Urganch davlat universiteti talabalari uchun "K-Art" hamda "K-Health" dasturlari bo'yicha dars mashg’ulotlari olib bordi
🟢
Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Kyungbuk kolleji
o‘rtasida imzolangan
Anglashuv Memorandumiga
asosan, bugun 18-iyun kuni
Kyungbuk kollejining professor-o’qituvchisi Kim Kyung Hwan boshchiligida 14 nafar talabadan iborat delegatsiya
oliygohga tashrif buyurdi.
🟢
Dastlab
Kyungbuk kolleji o’qituvchisi Kim Kyung Hwan universitet rektori v.v.b Sardor Xodjaniyazov
bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida oligohning Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hamda hamkorlik doirasida joriy yilning fevral oyida o’tkazilgan
"Koreya madaniyati" haftaligi
to’g’risida so’z yuritildi. Shuningdek, professor Kim Kyung Hwan universitet talabalarining koreys tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini e’tirof etib, universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi.
🟢
Mazkur tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad hamkorlikni yanda mustahkamlashdan iborat bo’lib, koreyalik mehmonlar tomonidan
Urganch davlat universiteti talabalari
uchun
"K-Art
" hamda
"K-Health"
dasturlarini olib borilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, "K-Art" darslarida talabalarimiz koreys madaniyati va K-Pop o‘yinlari bilan yaqindan tanishishgan bo’lsa, "K-Health" mashg’ulotlarida esa koreys sog‘liqni saqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Jarayonlarda talabalarimiz katta qiziqish bilan ishtirok etib, koreys madaniyatiga doir ko’plab yangi bilimlarga ega bo’lishdi. Bu kabi hamkorliklar ikki xalq o’rtasidagi do’stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
Ln
|
YouTube