
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy
“Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli boshlanmoqda!
Agar sizning ishlanmangiz ertangi kunni o‘zgartira olsa — uni faqat g‘oya sifatida qoldirmang. Uni rivojlantiring, sinovdan o‘tkazing va dunyoning yetakchi muhandislik tashkilotlarida stajirovka o'tab, xalqaro darajaga olib chiqing.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
– 20–40 yosh oralig‘idagi yoshlar
– Muhandislik yo‘nalishida bilim va amaliy ko‘nikmaga ega nomzodlar
– Bakalavr, magistratura talabalari hamda professor-o‘qituvchilar
Asosiy talablar:
– Istiqbolli muhandislik ishlanmasi (g‘oya, loyiha yoki ixtiro) muallifi bo‘lish
– Xorijiy tilni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) yetarli darajada bilish
– Aniq maqsad va reja bilan stajirovkada ishtirok etishga tayyor bo‘lish
🔹
Qanday ishlanmalar qabul qilinadi?
– Dolzarb va amaliy ahamiyatga ega
– Innovatsion yechimlarni o‘z ichiga olgan
– Texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan
– Tijoratlashtirish va rivojlantirish imkoniyatiga ega loyihalar
✨
Bu — o‘z g‘oyangizni global darajaga olib chiqish, yangi bilim va tajriba orttirish uchun katta imkoniyat!
📩
Hujjatlaringizni topshirishga shoshiling!
Kelajak muhandisi bo‘lish sari ilk qadamni bugun qo‘ying!
Batafsil:
muhandis.edu.uz
#KelajakMuhandislari
#Stajirovka
#Innovatsiya
#Muhandislar
#YoshlarImkoniyati
👍
👍
👍
👍
⚡️
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING 6 TA YOʻNALISHI XALQARO AKKREDITATSIYADAN OʻTDI
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
da ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi yetakchi xalqaro akkreditatsiya tashkilotlaridan biri boʻlgan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tan olingan
Germaniyaning xalqaro ASIIN akkreditatsiya tashkiloti
bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 2025-yil noyabr oyida ushbu tashkilot tomonidan akkreditatsiya jarayoni tashkil qilindi.
2026-yil 17-aprel kuni ASIIN tashkiloti Akkreditatsiya komissiyasining umumiy xulosasi
taqdim etildi. Unga koʻra, Urganch davlat universitetining tekshiruvdan o'tkazilgan barcha taʻlim dasturlari ijobiy deb baholandi:
✅
60540100 - Matematika (bakalavr taʻlim yoʻnalishi),
✅
60540200 - Amaliy matematika (bakalavr taʻlim yoʻnalishi),
✅
60530500 - Fizika (bakalavr taʻlim yovnalishi),
✅
70540101 - Matematika (magistratura mutaxassisligi),
✅
70530501 - Fizika (magistratura mutaxassisligi),
✅
70540202 - Matematik injiniring (magistratura mutaxassisligi)
Mazkur natija oliy ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro talablar asosida kadrlar tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir. Ushbu yutuq — professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarning fidokorona mehnati, jamoaviy sa’y-harakatlari natijasidir.
🎊
Qadrli jamoa, ushbu yutuq barchangizga muborak bo‘lsin!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Diqqat_tanlov
⚡️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2026-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qiladi!
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, nufuzli universitetlarda
bakalavriat, magistratura
va
doktorantura
dasturlarida taʼlim olish uchun
2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi
eʼlon qilinadi.
Hujjatlar maxsus
➡️
onlayn platforma
orqali 2026-yil
3-apreldan 24-aprelga
qadar
(shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar)
qabul qilinadi.
Murojaatlar uchun
:
@eyufadmissionbot
🔗
Website
:
Eyuf.uz
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
📢
E’LON
⚡️
Urganch davlat universiteti iqtidorli talaba-yoshlari diqqatiga!
✔️
Joriy yilning 24–27 aprel kunlari
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan musiqa va san’at yo‘nalishida
“Gold Talents” xalqaro televizion tanlovi
o‘tkaziladi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va xalqaro maydonda namoyon etish maqsadida tashkil etilmoqda.
🌍
Ushbu nufuzli tanlovda
10 dan ortiq xorijiy davlatlardan iqtidorli yoshlar
ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur tanlov talaba-yoshlarning o‘z iste’dodini namoyon etishi, milliy san’atimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etishi hamda yurtimiz nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
💻
Tanlov Nizomi bu yerda.
➡️
Xalqaro tanlovga arizalar 2026-yilning
24-martidan 23-apreliga qadar
tashkiliy qo‘mita tomonidan quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi:
@newtalents_24
Barcha iqtidorli talaba-yoshlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#xalqaro_hamkorlik
|
#Turkiya
🇺🇿
🇹🇷
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova
Turkiyaning Konya shahridagi Selchuk universiteti “Selchuklu” tadqiqotlari instituti direktori, O‘rta asrlar va Islom sivilizatsiyasi professori Mustafa Demirji
ni qabul qildi.
Uchrashuvda Xorazm vohasining boy tarixiy merosi, bu hududdan yetishib chiqqan buyuk allomalar hamda Islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ilm-ma’rifat o‘chog‘i sifatida shakllangan Xorazm qadimdan turkiy xalqlar bilan mustahkam qardoshlik rishtalari orqali bog‘langan.
Uchrashuv davomida Urganch davlat universiteti va Selchuk universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#intervyu
Urganch davlat universitetida 2025-2026 oʻquv yilida akademik mobillik dasturi doirasida ta'lim olayotgan Malayziyaning Xalqaro Islom universiteti talabalarining universitetimiz haqidagi fikrlariga qiziqdik.
____________
We were interested in the opinions of students from the International Islamic University of Malaysia studying at Urgench State University under the academic mobility program in the 2025–2026 academic year.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
Feruza Madraximova Malayziya universitetlaridagi o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova Malayziyaning Melaka shahrida o’tkazilgan Forumdan so’ng,
Malayziyaning boshqa universitetlarida tahsil olayotgan Vatandoshlarimiz - o’zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida UrDU rektori talabalar bilan muloqot qilib, ularning o'z sohalari bo'yicha puxta bilim egallashlari va albatta O'zbekistonimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan yetuk kadrlar bo'lishlarida muvaffaqiyat tiladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Malayziya
|
#Forum
Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishni taʼminlashda ayol olimalarning salohiyatini kuchaytirish: Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi” mavzusidagi Forumi davom etmoqda.
Forum davomida O’zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va O’zbekiston-Malayziya OTMlarining rektorlari, prorektorlari so’zga chiqib, ilm-fan sohasida ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ikkala davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Forum so’ngida Urganch davlat universiteti rektori
Feruza Madraximova tomonidan
Malayziyaning Melaka texnika universiteti rektori
Massila Binti Kamalrudinga minnatdorchilik bildirilib,
o’zbek milliy choponi hadya qilindi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Malayziya
|
#Forum
Malayziyaning Melaka shahrida o’tkazilayotgan Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi bo’yicha ayol rektorlar Forumi doirasida
Urganch davlat universiteti rektori, professor Feruza Madraximova hamda Malayziyaning Melaka texnika universiteti rektori, professor Massila Binti Kamalrudin
o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Malayziya
|
#Forum
Ayni damda Malayziyaning Melaka shahrida “Innovatsiya va barqaror rivojlanishni taʼminlashda ayol olimalarning salohiyatini kuchaytirish: Oʻzbekiston – Malayziya oliy taʼlim hamkorligi” mavzusida ayol rektorlar Forumi boshlanmoqda.
Forumda O’zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va O’zbekiston-Malayziya OTMlarining rektorlari, prorektorlari, xususan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova ishtirok etmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube