
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi
🌐
Veb-sayt:
www.urdu.uz
Facebook:
https://www.facebook.com/urduuz
Youtube:
https://www.youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos
Murojat uchun +998622246611
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿
🇨🇳
Urganch davlat universiteti va Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasidagi almashinuv dasturi yakunlandi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
hamda
Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti
o‘rtasida o‘tkazilgan bir haftalik madaniy va ta’limiy almashinuv dasturi bugun o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur loyiha doirasida har ikki universitet talabalari o‘zaro tajriba almashib, dars mashg‘ulotlarida qatnashdilar, til o‘rganish va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.
Dastur yakunida o‘tkazilgan uchrashuvda
universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev
hamda
Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov
so‘zga chiqib, loyiha ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Bu kabi tashabbuslar ikki oliygoh o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada mustahkamlash, ta’lim va madaniyat sohasida yangi istiqbollar ochishiga ishonch bildirdilar.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga almashinuv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari uchun
sertifikatlar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur dasturda qatnashish uchun
Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba
hamda
2 nafar o‘qituvchi
Urganch davlat universitetida mehmon bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
🇺🇿
🇨🇳
Xitoylik mehmonlarimiz Xorazm milliy taomlarini tayyorlashdi
✅
Ayni kunlarda
Urganch davlat universiteti
va
Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti
hamkorligida amalga oshirilayotgan almashinuv dasturi doirasida universitetimizda bo‘lib turgan xitoylik talabalar va ularning ustozlari oliygoh yotoqxonasida professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda
Xorazm milliy taomlarini
tayyorlashdi.
🟠
Mazkur jarayon do‘stlik, madaniyat va an’analarning o‘zaro uyg‘unligini namoyon etgan samimiy muhitda o‘tdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
🩺
Xalqaro tajriba: oziq-ovqat xavfsizligida zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi
27-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida
xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassisi, “Fulbright” dasturi olimi doktor Omar Oyarzabal ishtirokida “Mahalliy oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish imkoniyatlari hamda oziq-ovqat xavfsizligidagi muammolar”
mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirni universitetning
Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev
ochib berdi. Taqdimot
Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov
moderatorligida olib borildi.
Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistr va bakalavr talabalari, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari, xususiy universitetlar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.
✔️
Doktor Oyarzabal
o‘z ma’ruzasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonida sifat standartlarini joriy etish, shuningdek, sohada ilmiy hamjamiyat, sanoat va sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.
Tadbir Xorazm viloyatida oziq-ovqat ishlab chiqarish va qayta ishlashning barqaror rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy hamkorlik va tajriba almashuvining muhim maydoniga aylandi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
🤝
🌏
👨🏫
👩🏫
🇺🇿
🇨🇳
“Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi o'z faoliyatini boshladi!
✅
Bugun, 27-oktabr kuni
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
hamda
Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti
hamkorligida tashkil etilgan
“Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi
o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur dasturda ishtirok etish uchun
Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba
hamda
2 nafar o‘qituvchi
UrDUga
tashrif buyurishgan.
🟠
Dastur doirasida xorijlik mehmonlar
Xorijiy filologiya fakulteti talabalari
bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda, tajriba almashishmoqda va madaniy muloqotlar olib borishmoqda.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
💜
💜
💜
💛
💛
💛
🇨🇳
“Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi bo‘lib o‘tadi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
hamda
Xitoyning Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti
hamkorligida
2025-yil 25-oktabr – 4-noyabr kunlari “Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishi maktabi
tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📍
Mazkur dasturda qatnashish uchun bugun
Gansu qishloq xo‘jaligi universitetidan 17 nafar talaba
hamda
2 nafar o‘qituvchi
Urganch davlat universitetiga yetib kelishdi.
Dastur davomida mehmonlar Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi, tajriba almashishadi va madaniy muloqotlar olib borishlari ham rejalashtirilgan.
Ushbu maktab ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro ta’lim va madaniyat almashinuvini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Ilmiy_amaliy_anjuman
✅
Bugun
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Zamonaviy va qiyosiy tilshunoslik, chog‘ishtirma adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik masalalari”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi kuni o‘z ishini davom ettirdi.
🟠
Anjumanda
respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy mamlakatlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va yosh tadqiqotchilar
ishtirok etdi. Shuningdek, joriy yilning 25-oktabr 4-noyabr kunlari universitetda tashkil etilayotgan
“Xitoy tili ta’limi” yo‘nalishida maktabida
ishtirok etish uchun
Xitoydan tashrif buyurgan Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti dotsenti Wang Xiaomei, ilmiy tadqiqotchi Liu Xinyu
hamda
bir guruh talabalari
ham konferensiyada ishtirok etdi.
Anjumanning sho‘baviy yig‘ilishlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔶
“Qiyosiy adabiyotshunoslikning muammolari”;
🔶
“Badiiy-ilmiy adabiyot va madaniyatlararo muloqotda tarjimaning roli”;
🔶
“Til ta’limida lingvodidaktik yondashuvlar”.
Mazkur anjuman tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
📈
Logistika yo‘nalishi talabalari uchun “2-RISMUz” loyihasi taqdimoti oʻtkazildi
Bugun
Texnika fakulteti Transport tizimlari kafedrasi
tashabbusi bilan
2-bosqich Logistika yo‘nalishi talabalari
ishtirokida
“2-RISMUz” loyihasi a’zolari — Germaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar
bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️
Ma’lumki, ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida
“2-RISMUz” O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma loyihasi
doirasida integratsiyalashgan barqaror mobillikni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda aqlli va ekologik barqaror mahallalarni barpo etish hamda istiqboldagi tadqiqotlarni amalga oshirish yo‘lida ilmiy izlanishlar
olib borilmoqda.
Uchrashuv davomida loyiha vakillari o‘z taqdimotlari orqali transport tizimlaridagi zamonaviy yondashuvlar, transport xavfsizligini taʼminlash hamda logistika masalalari va ekologik transport infratuzilmasi haqidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Mazkur uchrashuv nafaqat nazariy bilimlarni boyitdi, balki yosh mutaxassislarning xalqaro ilmiy hamkorlik muhiti bilan tanishishiga ham xizmat qildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
#Ko‘rgazma
🌷
Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligida san’at jilosi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti
da bugun san’atsevar talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun madaniy koʻrgazma tashkil etildi.
🇹🇷
Joriy yil 1-oktabrdan buyon
Turkiya Respublikasining Çanakkale Onsekiz Mart universiteti professori Minara Guliyeva
San’at yo‘nalishi talabalari
bilan ijodiy dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Bugun
professor Minara Guliyev
a milliy an’analar va zamonaviy dizayn yechimlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan o‘zining
shaxsiy kiyim-kechaklar ko‘rgazmasi
ni namoyish etdi.
🟠
Ko‘rgazmada zamonaviy modaning nafis uslublari bilan uyg‘unlashgan milliy liboslar, o‘ziga xos bezaklar va rang uyg‘unligi orqali san’atning boy ma’naviy merosi ko‘rsatib berildi.
Filologiya va san’at fakulteti talabalari hamda oʻqituvchilari professor Guliyeva
ning mahoratini yuksak baholab, uning ijodida milliy qadriyatlar va zamonaviy tafakkurning uyg‘unligini his etdilar.
🟠
Ushbu ko‘rgazma nafaqat san’atning estetik go‘zalligini, balki yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalashdagi muhim qadriyatlarni ham yoritib berdi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
UrDU professor-o'qituvchilari xorijda malaka oshirishmoqda
🇪🇸
2025-yil sentabr-oktabr oylarida
UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sherzod Kurambayev
va
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Mansur Rajabov
Ispaniyaning Extremadura universitetida
malaka oshirishdi.
🔬
Ushbu malaka oshirish safari
Yevropa Ittifoqining ECAMPUZ loyihasi
doirasida tashkil etilgan bo‘lib, ular
Oziq-ovqat fani va texnologiyasi yo‘nalishida
zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va ta’lim metodikalari bilan yaqindan tanishdilar.
💦
Malaka oshirish doirasida o‘zaro tajriba almashinuvi, laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok hamda kelgusidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
©️
UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt |
Telegram
| Facebook
| Instagram
| Ln
| YouTube