
UzDK REKTORining rasmiy kanali
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Maxsus fortepiano kafedrasi katta o‘qituvchisi Xusanova Nigora Kaxramonjonovna
mazkur
Farmon bilan “
Do‘stlik” ordeni
bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e’tirof bilan Nigora Xusanovani chin qalbdan muborakbod etib, ularga ijodda va yoshlarni tarbiyalashdek sharafli mehnat faoliyatida ulkan zafar tilaymiz.
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с тридцать четвертой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации», за значительный вклад в укрепление независимости нашей Родины, активное участие в реформах по построению Нового Узбекистана, проявленный яркий талант, широкий научно-творческий и практический труд, способствующий развитию интеллектуального потенциала и духовности народа, за заслуги в развитии науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и СМИ, а также за многолетнюю плодотворную деятельность по воспитанию молодого поколения в духе любви к Родине и уважения к общечеловеческим ценностям, и за активное участие в общественной жизни группа представителей различных сфер была удостоена почётных званий, орденов и медалей.
Старший преподаватель кафедры специального фортепиано Государственной консерватории Узбекистана Хусанова Нигора Кахрамонжоновна данным Указом награждена орденом «Дўстлик».
От всей души поздравляем с этим высоким признанием и желаем новых творческих достижений и больших успехов в благородной педагогической и творческий деятельности!
O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasining 2025-yil 14-avgustdagi 69-3-son bayoni bilan tasdiqlangan 2025-2026 o'quv yili uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasining bakalavriyat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovi natijalari qaydnomalarini quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin:
______________
Ознакомьтесь с результатами тестирования на 2025-2026 учебный год по направлениям бакалавриата Государственной консерватории Узбекистана, утвержденный протоколом № 69-3 от 14 августа 2025 года Государственной комиссии по приему в образовательные учреждения Республики Узбекистан, можно по следующим ссылкам:
🗂
️ 60210900-Bastakorlik san’ati
🗂️
60211000-San’atshunoslik-musiqashunoslik
🗂️
60211300-Dirijyorlik: Opera-simfoniya dirijyorligi
🗂️
60211300-Dirijyorlik: Akademik xor dirijyorligi
🗂️
60211400-Vokal san’ati akademik xonandalik
🗂️
60211500-Cholg’u ijrochiligi Fortepiano organ
🗂️
60211500-Cholg’u ijrochiligi Torli cholg’ular
🗂️
60211500-Cholg’u ijrochiligi Puflama va zarbli cholg’ular
🗂️
60211500-Cholg’u ijrochiligi Xalq cholg’ulari
🗂️
60110100-Texnogen san’ati musiqiy ovoz rejissorligi
⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-son qaroriga
muvofiq talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi asosida 2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga qabul qilinib, birinchi bosqichni nizom talablariga muvofiq muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarning arizalari Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlashning yakuniy natijalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Natijalar yuzasidan shikoyatlar natijalar e’lon qilinganidan so‘ng
48 soat
davomida Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya uchun arizasini berish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy va jahon musiqa san’ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ’ib etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2025-yil 28-iyuldagi PQ-231-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Davlat simfonik orkestri bosh dirijyori Kamoliddin Urinbayev, Madaniyat vazirligining Madaniy-ommaviy tadbirlar va festivallarni tashkil etish bo’limi boshlig’i Farrux Batirov, O’zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tadjibayev Farg’ona shahrida xizmat safarida bo’lishdi.
Safar davomida Fargʻona viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida qaror bilan tashkil etilishi belgilangan Farg’ona milliy cholg’ular orkestri va Farg’ona simfonik orkestri uchun sharoitlar va uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, cholg’ular bilan ta’minlash, shuningdek, konsert dasturlarini o’tkazish va jamoalarning repertuarlarini shakllantirish kabi masalalar muhokama qilindi va ijodiy xodimlar bilan suhbat o’tkazildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, mazkur qarorni qabul qilinishi chin ma’noda milliy va jahon musiqa san’atini mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ’ib qilishga, yosh ijodkor va ijrochilarni izlab topishga, yangi musiqiy asarlar ijod qilinishiga, shu bilan birga, aholiga yuksak darajada madaniy xizmat ko’rsatilishiga erishiladi va xizmat qiladi.
В целях обеспечения исполнения задач, определённых Постановлением Президента Республики Узбекистан от 28 июля 2025 года № ПП‑231 «О дополнительных мерах по широкой пропаганде среди народа достижений национального и мирового музыкального искусства», с рабочим визитом в городе Фергана побывали ректор Государственной консерватории Узбекистана, главный дирижёр Государственного симфонического оркестра Камолиддин Уринбаев, начальник отдела по организации культурно-массовых мероприятий и фестивалей Министерства культуры Фаррух Батыров, а также генеральный директор Государственной филармонии Узбекистана Анвар Таджибаев.
В ходе поездки, при содействии заместителя хокима Ферганской области по вопросам туризма, культуры, культурного наследия и массовых коммуникаций Хуршиджона Ахмедова, были обсуждены вопросы, касающиеся создания условий и формирования материально-технической базы для вновь учреждённых согласно постановлению Ферганского оркестра национальных инструментов и Ферганского симфонического оркестра, обеспечения их музыкальными инструментами, организации концертных программ и формирования репертуара коллективов. Также были проведены беседы с творческими работниками.
Особо отметим, что принятие данного постановления по-настоящему служит делу широкого продвижения национального и мирового музыкального искусства среди населения нашей страны, особенно среди молодёжи, способствует поиску и поддержке молодых талантов — композиторов и исполнителей, созданию новых музыкальных произведений, а также активному включению населения в культурное пространство страны.
Hurmatli bitiruvchilar!
Bugun sizlar uchun hayotingizdagi unutilmas va muhim bosqichlardan biri – oliy ta’lim muassasasini tamomlash kunidir. Barchangizni O‘zbekiston davlat konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
O‘tgan yillar davomida siz nafaqat kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz, balki madaniyat va san’atga bo‘lgan sadoqatingizni, ijodiy salohiyatingizni va intiluvchanligingizni amalda namoyon eta oldingiz. Endilikda o‘sha bilimlarni mehnat faoliyatingizda ko‘rsatib, yurtimiz ravnaqi, jamiyat rivoji, xalqimiz madaniy hayotini yanada boyitishga hissa qo‘shish uchun katta maydonga chiqish vaqti yetdi.
Siz O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish davrida o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, taniqli ijodkor ustozlardan saboq olib, o‘z ustingizda tinimsiz mehnat qilib, bugungi hayajonli va yorqin kunga yetib keldingiz. Bu – sizning qat’iyatingiz, fidoyiligingiz va mehnatingiz mahsulidir.
Aziz bitiruvchi yoshlar!
Men O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yana bir avlodi — iqtidorli, fidoyi va ijodkor yoshlari katta hayot sari ilk qadam qo‘yishini qalbimda ulkan hayajon va faxr bilan kuzatmoqdaman.
Endilikda oldingizda yangi bosqich – professional faoliyat, mustaqil izlanishlar va katta sahnadagi sinovlar turibdi. Ishonchim komilki, sizlar egallagan bilim va tajribangiz, musiqiy va madaniy saviyangiz bilan nafaqat o‘z ustozlaringiz, balki xalqimizning ham ishonchini oqlaysiz. Sizlardan kelajakda yetuk san’atkorlar, fidoyi pedagoglar hamda xalqimiz madaniyati va san’atining munosib namoyandalari yetishib chiqishiga ishonamiz.
Sizlarga kelgusi faoliyatingizda ulkan zafarlar, mustahkam iroda va omad tilayman! Har qadamda ustozlaringizning ishonchi, ota-onangizning duosi va yurtimizning madaniy taraqqiyotiga xizmat qilishdek ulug‘ burchingiz yo‘ldosh bo‘lsin!
Ushbu kun bilan yana bir bor tabriklab, Sizlarga yuksak ijodiy parvoz, yuqori marralarni zabt etishda cheksiz ilhom va kuch-g‘ayrat tilayman!
Hurmat bilan,
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor
——
Уважаемые выпускники!
Сегодня для вас один из самых незабываемых и важных этапов жизни – день окончания высшего учебного заведения. От всего сердца поздравляю вас с успешным завершением обучения в Государственной консерватории Узбекистана!
За эти годы вы не только приобрели профессиональные знания и навыки, но и сумели проявить свою преданность культуре и искусству, свой творческий потенциал и стремление к развитию. Пришло время применить эти знания и мастерство на практике, внести свой вклад в процветание нашей страны и обогащение культурной жизни нашего народа.
За время учёбы в Государственной консерватории Узбекистана вы обучались у выдающихся специалистов и известных мастеров своего дела, упорно трудились над собой и пришли к этому волнительному и знаменательному дню. Это – результат вашей решимости, самоотдачи и труда.
Дорогие выпускники!
Я с огромным волнением и гордостью наблюдаю, как ещё одно поколение талантливых, преданных своему делу и творческих молодых людей Государственной консерватории Узбекистана делает свой первый шаг во взрослую жизнь.
Впереди у вас новый этап – профессиональная деятельность, самостоятельные поиски и испытания на большой сцене. Уверен, что благодаря своим знаниям и опыту, высокому музыкальному и культурному уровню вы оправдаете доверие не только своих наставников, но и всего нашего народа. Мы верим, что среди вас вырастут выдающиеся деятели искусства, преданные педагоги, достойные представители культуры и искусства нашей страны.
Желаю вам больших успехов в дальнейшей деятельности, стойкости, воли и удачи! Пусть на каждом шагу вас сопровождают вера ваших учителей, молитвы родителей и высокая миссия служить культурному развитию нашей Родины!
Ещё раз поздравляю вас с этим знаменательным днём и желаю вам высокого творческого полёта, неиссякаемого вдохновения и сил для покорения новых вершин!
С уважением,
Камолиддин Уринбаев
Ректор Государственной консерватории Узбекистана,
Народный артист Узбекистана, профессор
Oʼzbekiston davlat konservatoriyasida 14-iyul sanasida o’tkazilgan apellyatsiya jarayoni natijalari
___
Результаты апелляционного процесса, проведённого 14 июля в Государственной консерватории Узбекистана
Abituriyentlar diqqatiga!
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari
yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko’rib chiqish jarayonlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
Apellyatsiya jarayonlarini havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
(soat 10:00dan)
————————
Вниманию абитуриентов!
Сообщаем, что начат процесс рассмотрения жалоб по результатам профессиональных (творческих) экзаменов Апелляционной комиссией Государственной консерватории Узбекистана.
Вы можете наблюдать за процессом апелляции с 10:00 по ссылке.
Abituriyentlar diqqatiga!
Sizda o’tkazilgan
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari
yuzasidan shikoyat mavjud bo’lib murojaat etgan bo’lsangiz ertaga 14-iyul kuni soat 9:00 da
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Apellyatsiya komissiyasi
shikoyatlarni ko’rib chiqishini e’lon qilamiz
Apellyatsiya jarayonlarini havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
————————
Вниманию абитуриентов!
Если вы подавали апелляцию по результатам профессиональных (творческих) экзаменов, информируем, что завтра, 14 июля, в 9:00 апелляционная комиссия Государственной консерватории Узбекистана начнёт рассмотрение всех обращений.
Следить за ходом рассмотрения апелляций можно по ссылке.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2025–2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari ommaviy axborot vositalari nigohida
————————
Профессиональные (творческие) экзамены на программы бакалавриата на 2025–2026 учебный год в Государственной консерватории Узбекистана глазами СМИ.
Oʼzbekiston davlat konservatoriyasida 12-iyul sanasida o’tkazilgan taʼlim yoʼnalishlari kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari
___
Результаты вступительных творческих экзаменов в Государственную консерваторию Узбекистана, состоявшихся сегодня,
12 июля