Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UzDK REKTORining rasmiy kanali

UzDKrektor
Подписчики
3 410
24 часа
30 дней
-50
Просмотры
2 168
ER
64,34%
Посты (30д)
5
Символов в посте
1 917
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 10, 09:16

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Janubiy Koreyaning “Soul Korea” tashkiloti rahbari Eunjeong Kim xonim tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev qabul qildi.
————
В Государственную консерваторию Узбекистана с визитом прибыла руководитель Южнокорейской организации Soul Korea госпожа Эунжеонг Ким. Гостью принял ректор консерватории Камолиддин Уринбаев.
https://uza.uz/posts/829476

March 08, 04:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Aziz ayollar!
Siz azizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jamiyatimiz taraqqiyoti, oila muqaddasligini asrab-avaylash hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda sizlarning o‘rningiz va hissangiz beqiyosdir. Hayotimizning ma’no-mazmunini, butun borlig‘imizni sizlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Sizlar hamisha go‘zallik va nazokat, mehr va sadoqat, sabr-qanoat va shukronalik timsolisiz. Ana shu yuksak fazilatlaringiz bilan doimo bizlarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, hayotga va kelajakka ishonch uyg‘otib kelmoqdasiz.
Muhtarama opa-singillar, aziz ayollar!
Barchangizga samimiy mehr va cheksiz hurmat izhor etib, ushbu qutlug‘ bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik, mehnat faoliyatingiz va ijodingizda ulkan zafarlar tilayman.
Xonadoningizdan fayz-u baraka, quvonch va totuvlik hech qachon arimasin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor
———
Дорогие женщины!
От всей души искренне поздравляю вас с Международным женским днём -8 Марта !
Ваша роль и вклад в развитие нашего общества, сохранение святости семьи и гармоничное воспитание молодого поколения поистине бесценны. Невозможно представить смысл нашей жизни и всё наше существование без вас
Вы всегда являетесь символом красоты и изящества, доброты и верности, терпения и благодарности. Именно благодаря этим высоким качествам вы постоянно дарите нам силу и вдохновение, вселяете уверенность в жизнь и в будущее.
Уважаемые женщины, дорогие сёстры!
Выражая всем вам искреннюю любовь и безграничное уважение, ещё раз от всей души поздравляю вас с этим светлым праздником. Желаю вам семейного счастья и благополучия, крепкого здоровья, больших успехов в вашей трудовой деятельности и творчестве.
Пусть в ваших домах всегда царят мир, радость и благополучие.
С праздником вас!
С уважением,
Камолиддин Уринбаев
Ректор Государственной консерватории Узбекистана,
Народный артист Узбекистана, профессор.

March 05, 06:50
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Janubiy Koreyaning “Soul Korea” tashkiloti rahbari Eunjeong Kim xonim tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev qabul qilindi.
Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi yutuqlar va innovatsion yondashuvlar borasida tajriba almashish, shuningdek, hamkorlikda turli loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, zamon talablari asosida professional kadrlarni tayyorlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Eunjeong Kim xonim ikki tomonlama hamkorlik kelgusida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar kelgusida o‘zining samarasini berishini va davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Bu kabi uchrashuvlar talaba-yoshlar uchun ilmiy va ijodiy izlanishda yangi imkoniyatlar yaratilishiga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga, ta’lim jarayonlarini zamon talablariga mos ravishda nazariy va amaliy yechimlar orqali rivojlantirishga, ijodiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
————
В Государственную консерваторию Узбекистана с визитом прибыла руководитель Южнокорейской организации Soul Korea госпожа Эунжеонг Ким. Гостью принял ректор консерватории Камолиддин Уринбаев.
В ходе встречи были обсуждены вопросы дальнейшего развития двусторонних культурных связей, обмена опытом в сфере новых достижений и инновационных подходов в сфере, а также разработки и реализации совместных проектов и подготовки профессиональных кадров в соответствии с требованиями времени.
Госпожа Эунжеонг Ким подчеркнула, что двустороннее сотрудничество в будущем послужит дальнейшему укреплению связей между странами, а совместно реализуемые проекты принесут свои результаты и внесут вклад в развитие культурных отношений между государствами.
Подобные встречи способствуют созданию новых возможностей для научных и творческих поисков студентов, подготовке высококвалифицированных специалистов, развитию образовательных процессов в соответствии с современными требованиями посредством теоретических и практических решений, а также выведению творческих исследований на новый уровень.

February 27, 06:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi
Joriy yil 24-fevral kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot Yangi O‘zbekistondagi yoshlarga oid davlat siyosati tarixidagi yana bir muhim kun, chin ma’nodagi tarixiy voqelik bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mazkur uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar – ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni va startaplarni rag‘batlantirish, xorijiy oliygohlar hamkorligida yoshlarni biznesga o‘qitish va ularga ko‘maklashish, volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi tizimli tashabbuslar – yurtimizdagi 22 milliondan ortiq yoshlarimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Yoshlarning mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotini belgilovchi asosiy kuchi sifatida xalqaro fan olimpiadalaridagi yutuqlari, madaniyat va san’at yo‘nalishida xalqaro sahnalarda o‘z mahoratlarini namoyish etayotganligi, nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olayotgani, startap loyihalar orqali global bozorlarga chiqayotgani hamda katta sport maydonlaridagi g‘alabalari yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlar samarasidir.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kelajak tadbirkori” dasturi, “Yangi avlod tadbirkorlari” tashabbusi, “Yoshlar biznes inkubatori” markazlari, “O‘sish va rivojlanish (Upshift)” loyihasi, volontyorlik harakatini keng qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi ham ushbu tashabbuslar ijrosini ta’minlashni, shubhasiz, eng muhim vazifa etib belgiladi.
Konservatoriyada tahsil olayotgan talabalarni yangi va zamon talablari asosida o‘qitish, dual ta’limni yanada keng joriy etish, yosh ijodkorlar va startap tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni reja qildik.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Konservatoriya va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida aloqalar samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash kun tartibidagi eng muhim vazifadir.
Prezidentimizning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti va unda ilgari surilgan tashabbuslar – har bir rahbar, har bir pedagog va har bir mas’ul shaxs zimmasiga yuklangan aniq vazifa va mas’uliyatdir.
Biz ham kelgusi faoliyatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda ro‘yobga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz.
Zero, yoshlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy kuchi va kelajagidir.
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor

February 25, 10:50
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yil uchun mo‘ljallangan rejalar muhokamasi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta‘lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Sharipov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining rektori Kamoliddin Urinbayev, shuningdek, prorektorlar Yulduz Xusnitdinova, Farhod Abdullayev, Sayyora G‘afurova, Boshqarma boshliqlari Najmiddin Namozov, Murodjon To‘rajonov va mas‘ul xodimlar ishtirok etishdi.
Taqdimot davomida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, jumladan, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash, ilmiy tadqiqot faoliyati, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, infratuzilmani yanada mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 2026-yilda o‘quv-uslubiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yuksaltirish, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan istiqbolli rejalar va loyihalar taqdim etildi.
Taqdimot yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
————
В Министерстве культуры Республики Узбекистан состоялось обсуждение и презентация итогов деятельности Государственной консерватории Узбекистана за 2025 год, а также планов, намеченных на 2026 год.
В мероприятии приняли участие первый заместитель министра культуры Республики Узбекистан Авазхон Таджиханов, начальник отдела координации сферы образования Шерзод Шарипов, ректор Государственной консерватории Узбекистана Камолиддин Уринбаев, а также проректоры Юлдуз Хуснитдинова, Фарход Абдуллаев, Сайёра Гафурова, начальники управлений Наджмиддин Намозов, Муроджон Туражонов и ответственные сотрудники.
В ходе презентации была представлена подробная информация о работе, проделанной в 2025 году, в том числе по направлениям совершенствования учебного процесса, работы с молодёжью, научно-исследовательской деятельности, развития международных связей, дальнейшего укрепления инфраструктуры и другим направлениям.
Затем были представлены перспективные планы и проекты Государственной консерватории Узбекистана на 2026 год, направленные на дальнейшее развитие учебно-методической деятельности, повышение качества образования, расширение и поддержку научных исследований, повышение эффективности работы с молодёжью, а также расширение сотрудничества с зарубежными высшими учебными заведениями и организациями.
По итогам презентации были определены приоритетные задачи на будущее и даны соответствующие поручения ответственным лицам.

January 30, 10:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Taniqli sozanda, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Galina Borisovna Kalmikova 95 yoshida vafot etdi.
Galina Borisovna musiqa madaniyatining chinakam jonkuyari, talabchan, mehribon va yuksak mahorat sohibi bo‘lgan fidoyi ustoz edi. Uning ijrochilik va pedagogik tafakkuri o‘z davrining yirik musiqachilari davrasida shakllangan bo‘lib, R. Kerer va I. Slonim kabi mashhur ustozlar an’analariga tayanib, ijrochilik maktabi va uning davomiyligini ta’minlagan nufuzli pedagoglardan biri sifatida tanilgan.
U o‘z shogirdlarida nafaqat yuqori ijrochilik mahoratini, balki keng dunyoqarash, yuksak mas’uliyat, har bir ishga qunt va sidqidildan yondashish, musiqani qalb tubidan his eta olish kabi ezgu fazilatlarni ham shakllantira olgan chin ma’nodagi ustoz edi. Uning ta’lim berish uslubi teran fikrlash, musiqiy did, ichki intizom, asar va muallifga chuqur hurmat timsoli bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi kunda Galina Borisovna qo‘l ostida tahsil olgan ko‘plab shogirdlar madaniyat va san’at sohasida uning shogirdlari hamda izdoshlari sifatida samarali faoliyat yuritib, ustoz merosi va qadriyatlariga sodiq holda yangi avlodni tarbiyalab kelmoqdalar. Marat Gumarov, Madina Fayziyeva, Sayyora G‘afurova, Janat Muratbekova, Lola Shakirova, Tamara Yusman, Yana Nizametdinova, Yuliya Popelova, Kseniya Semyonova shular jumlasidandir.
Mehribon ustoz, professor Galina Borisovna Kalmikovaning yorqin xotirasi uning shogirdlari, hamkasblari va u bilan muloqotda bo‘lgan barcha insonlar qalbida abadiy saqlanib qoladi.
Galina Borisovna Kalmikovaning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi marhumaning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
———
На 95-м году жизни ушла из жизни Галина Борисовна Калмыкова — выдающийся музыкант, профессор Государственной консерватории Узбекистана.
Галина Борисовна была носителем подлинной музыкальной культуры — глубокой, аристократичной, требовательной и в то же время щедрой к ученикам. Её исполнительское и педагогическое мышление формировалось в кругу крупнейших музыкантов своего времени: будучи лично знакомой с такими мастерами, как Р. Керер и И. Слоним, она была связующим звеном между эпохами, школами и традициями.
Для Галины Борисовны преподавание никогда не сводилось к передаче навыков: она воспитывала музыкантов с широким кругозором, ответственным отношением к профессии и глубоким пониманием художественного смысла музыки. Её уроки были школой мышления, вкуса и внутренней дисциплины, школой уважения к тексту, стилю и автору.
Галина Борисовна воспитала плеяду достойных учеников, которые сегодня продолжают её путь, оставаясь верными профессии и высоким профессиональным принципам своего учителя. Среди них — Марат Гумаров, Мадина Файзиева, Сайера Гафурова, Джанат Муратбекова, Лола Шакирова, Тамара Юсман, Яна Низаметдинова, Юлия Попелова, Ксения Семёнова. Их работа в разных городах и странах — лучшее свидетельство жизнеспособности и глубины той школы, которую создала Галина Борисовна.
Светлая память о Галине Борисовне Калмыковой — Музыканте, Профессоре, Человеке редкой внутренней культуры — навсегда сохранится в сердцах учеников, коллег и всех, кому посчастливилось быть рядом с ней.

January 29, 05:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
yakuniy nazorat sinovlari haftaligi
davom etmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida zaruriy texnik vositalar va barcha sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, nazorat sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalar ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, jarayonlarni onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Musiqiy etnografiya
"Musiqa san'ati" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
451-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Garmoniya
"Musiqa san'ati" fakulteti
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
454-auditoriya
soat 10:30 dan 13:20 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Umumkasbiy fanlar
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
454-auditoriya
soat 14:00 dan 17:00 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
455-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Umumkasbiy fanlar
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
456-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Solfedjio
"Musiqa san'ati" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
457-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
❗️
Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonlari soat 10:30 da boshlanadi.

January 28, 05:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
yakuniy nazorat sinovlari haftaligi
davom etmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida zaruriy texnik vositalar va barcha sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, nazorat sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalar ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, jarayonlarni onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Musiqiy pedagogika va psixologiya
"Musiqa san'ati" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
451-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Garmoniya
"Musiqa san'ati" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
454-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
455-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Estetika
"Musiqa san'ati" fakulteti
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
456-auditoriya
soat 10:30 dan 11:50 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Umumkasbiy fanlar
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
456-auditoriya
soat 11:50 dan 17:00 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Solfedjio
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
"Musiqa san'ati" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
457-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Umumkasbiy fanlar
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
349-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
❗️
Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonlari soat 10:30 da boshlanadi.

January 27, 05:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
yakuniy nazorat sinovlari haftaligi
davom etmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida zaruriy texnik vositalar va barcha sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, nazorat sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalar ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, jarayonlarni onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Musiqiy pedagogika va psixologiya
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
451-auditoriya
soat 10:30 dan 15:20 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Musiqiy pedagogika va psixologiya
"Musiqa san'ati" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
451-auditoriya
soat 15:30 dan 17:00 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Garmoniya
"Musiqa san'ati" fakulteti
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
454-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Sharq xalqlari musiqa tarixi
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
455-auditoriya
soat 10:30 dan 15:20 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Umumkasbiy fanlar
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
455-auditoriya
soat 15:30 dan 17:00 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Sogʼlom turmush tarzi asoslari
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
456-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Solfedjio
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
457-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
❗️
Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonlari soat 10:30 da boshlanadi.

January 26, 05:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
yakuniy nazorat sinovlari haftaligi
davom etmoqda.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida zaruriy texnik vositalar va barcha sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, nazorat sinovlari o‘tkaziladigan auditoriyalar ovozli rejimdagi video-kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, jarayonlarni onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:
Musiqiy pedagogika va psixologiya
"Musiqa san'ati" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
451-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Garmoniya
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
454-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Sharq xalqlari musiqa tarixi
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
3-bosqich bakalavriat
455-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Sogʼlom turmush tarzi asoslari
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
2-bosqich bakalavriat
456-auditoriya
🎥
Online kuzatib borish
———
Solfedjio
"Cholg‘u ijrochiligi" fakulteti
"Musiqa san'ati" fakultet
1-bosqich bakalavriat
457-auditoriya
soat 10:30 dan 13:20 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
Amaliy italyan tili
"Musiqa san'ati" fakulteti
1-bosqich bakalavriat
457-auditoriya
soat 14:00 dan 17:00 gacha
🎥
Online kuzatib borish
———
❗️
Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonlari soat 10:30 da boshlanadi.