
UzDK REKTORining rasmiy kanali
Qadrli talaba-yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab giyohvandlik va narkojinoyatlarning kun sayin kengayib borayotgani jamiyat va millat uchun jiddiy xavf.
Yosh avlodning sog‘lig‘i, ma’naviy kamoloti va kelajakka tahdid bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashish har bir insonning, jumladan, ota-onalar, yoshlar va yoshlarga ta’lim berayotgan ustozlar oldida turgan chin ma’nodagi vazifalaridan biridir.
Aziz talaba-yoshlar!
Sizlar Yangi O‘zbekistonning kelajagi, mamlakatimiz taraqqiyotining ulkan kuch va ishonchisiz. Sizlarning giyohvandlik va narkojinoyatga qarshi kurash uchun immunitet shakllantirishingiz, sog‘lom turmush tarzini tanlash va unga amal qilishingiz, ilm olish, ijod qilish bilan band bo‘lishingiz — bu nafaqat shaxsiy, balki jamiyat oldidagi burchingizdir. Har biringizdan qonunlarga hurmat ruhida bo‘lish, o‘zingiz va yon atrofdagilarning sog‘lig‘iga beparvo bo‘lmaslik hamda shubhali holatlardan uzoq yurishni qat’iy so‘raymiz.
Unutmangki, giyohvandlik va narkojinoyatchilik har bir insonga, jamiyatga katta zarar va oilalarga baxtsizlik olib keladi.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsatib, hamisha ochiq muloqot qilib, ularni tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Ularga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon va turli zararli odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik hamda o‘zimiz namuna bo‘laylik. Ishonamizki, ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qanday illat to‘g‘ri yo‘ldan adashtira olmaydi.
Biz uchun aziz bo‘lgan jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrash uchun barchamiz hamisha ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda bunga qarshi kurashaylik.
Muhtaram ustozlar!
O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda sizning o‘rningiz beqiyos. Taʼlim dargohlarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish va tushuntirish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ta’lim berish jarayonida har bir talaba-yoshlar bilan suhbatlashib, ularda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotish lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!
Azizlar!
Barchamiz birlashaylik! giyohvandlik va narkojinoyatlarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi bir tanu bir jon bo‘lib faol kurashaylik.
Yurtimizning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!
Hurmat bilan,
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlari bilan uchrashdi.
Kamoliddin Urinbayev uchrashuv davomida ular bilan suhbatlashib, o‘quv jarayonlariga zamonaviy texnoligiyalarni joriy etish, ta’lim sifatini yanada oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sohaviy muassasalar bilan hamkorlikda
talaba-yoshlar bandligini ta’minlash, shuningdek, Konservatoriyaning Nukus filialida o‘quv va ijodiy jarayonlar uchun kerak jihozlar bilan ta’minlash hamda talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi va bu borada professor-o‘qituvchilarning takliflari tinglandi.
———
Ректор государственной консерватории Узбекистана Камолиддин Уринбаев встретился с профессорско-преподавательским составом Нукусского филиала государственной консерватории Узбекистана.
В ходе встречи Камолиддин Уринбаев обсудил с ними вопросы внедрения современных технологий в образовательный процесс для дальнейшего повышения качества образования, подготовки высококвалифицированных кадров, сотрудничества с отраслевыми учреждениями, также были обсуждены такие вопросы как обеспечение занятости студенческой молодежи, необходимым оборудованием для учебных и творческих процессов в Нукусском филиале консерватории и создание необходимых условий для получения студентами качественного образования, были заслушаны предложения профессорско-преподавательского состава.
Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurib, Konservatoriya rektori, professor Kamoliddin Urinbayev bilan uchrashdi.
———
Чрезвычайный и Полномочный Посол Франции в Узбекистане Уалид Фук посетил Государственную консерваторию Узбекистана и встретился с ректором высшего учебного заведения профессором Камолиддином Уринбаевым
https://uza.uz/ru/posts/dialog-proshel-plodotvorno_775476
Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurib, Konservatoriya rektori, professor Kamoliddin Urinbayev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, Fransiyada faoliyat olib borayotgan sohaga doir oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va bu borada tajriba almashish, shuningdek, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli loyiha va festivallarni yuksak saviyada davom ettirish va uning yangi istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.
Elchi Ualid Fuk janoblari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayevga Elchixona bilan hamkorlikda joriy yilning aprel oyida tashkil etilgan Fransiya musiqa festivalini yuksak badiiy saviyada tashkil etilishida tashabbuslari va samarali hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirib, bu kabi loyihalarni davom ettirish yuzasidan o‘zining fikrlarini bildirdi.
Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk Konservatoriyada tahsil olayotgan talabalarning ijodi va talabalar xor jamoasining chiqishlarini tinglab, Konservatoriyadagi musiqa cholg‘ulari muzeyi bilan tanishishdi.
—————
Чрезвычайный и Полномочный Посол Франции в Узбекистане Уалид Фук посетил Государственную консерваторию Узбекистана и встретился с ректором консерватории, профессором Камолиддином Уринбаевым.
В ходе встречи обсуждались вопросы развития двустороннего сотрудничества с высшими учебными заведениями Франции, дальнейшая разработка и внедрение в практику совместных образовательных программ, привлечение высококвалифицированных кадров и обмен опытом, также в ходе беседы обсуждались такие вопросы, как дальнейшие совместные проекты и фестивали с посольством Франции в Узбекистане, а также новые перспективы совместной деятельности.
Посол Уалид Фук поблагодарил ректора Государственной консерватории Узбекистана Камолиддина Уринбаева за инициативы и плодотворное сотрудничество в продвижении фестиваля французской музыки на высоком профессиональном уровне в апреле текущего года.
Чрезвычайный и Полномочный Посол Франции в Узбекистане Уалид Фук прослушал выступления студентов и студенческого хора консерватории, а также познакомился с музеем национальных музыкальных инструментов консерватории.
Aziz ustozlar va murabbiylar!
Avvalo, barchagangizni mashaqqatli va sharafli kasb bayrami bo‘lmish – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etishga rusxsat etgaysiz.
Ustozlik — mas’uliyatli kasb. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli yosh avlod ilmga chanqoq, ma’naviy barkamol va Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatli insonlar bo‘lib ulg‘aymoqda. Ustoz qo‘lidan ta’lim olgan shogirdlar yurtimiz kelajagini bunyod etuvchi, millatimiz sha’nini yuksaltiruvchi kuchga aylanib, yurt taraqqiyoti yo‘lida faol ishtirok etmoqda.
Siz azizlarning mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehr-muhabbatingiz natijasida jamiyatimizda ilm-ma’rifat, madaniyat va san’at yanada yuksalmoqda.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan bayram — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati yana bir bor samimiy tabriklayman!
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinch va farovon hayot, yoshlarni tarbiyalashda, soha rivoji yo‘lidagi samarali faoliyatingizda ulkan zafar va omadlar tilayman. Sizni kuch-g‘ayrat, shijoat va ijod ilhomi aslo tark etmasin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor
———
Уважаемые учителя и наставники!
Примите мои самые искренние поздравления с почётным и благородным праздником — Днём учителя и наставника!
Профессия педагога по праву считается одной из самых ответственных. Именно благодаря вашему самоотверженному труду подрастающее поколение воспитывается любознательным, духовно зрелым и готовым нести ответственность за будущее нашей Родины. Ваши воспитанники становятся созидателями завтрашнего дня, укрепляют честь и достоинство нашего народа и вносят весомый вклад в развитие страны.
Ваш кропотливый труд, терпение, забота и искренняя любовь позволяют науке и просвещению, культуре и искусству подниматься на новые высоты.
Дорогие учителя и наставники!
Сердечно поздравляю вас с этим светлым праздником! Желаю вам крепкого здоровья, семейного счастья, мира и благополучия, а также новых успехов и достижений в вашем благородном деле воспитания молодёжи и развития сферы образования. Пусть вас всегда сопровождают сила, энергия, вдохновение и радость творчества!
С праздником!
С уважением,
Камолиддин Уринбаев
Ректор Государственной консерватории Узбекистана,
Народный артист Узбекистана, профессор
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Kamoliddin Urinbayev Konservatoriyada tahsil olayotgan, davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan talabalar bilan suhbatlashib, ularga guvohnomalarni topshirdi.
Rektor “Musiqashunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi bosqich magistranti Sabina Gimadiyevani Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lganligi hamda “Fortepiano” yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabasi Yasmin Yakubova Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo‘lganligi bilan tabriklab, ularga ilmiy va ijodiy izlanishlarida omad va zafarlar, yangi marralarni zabt etishda g‘ayrat va shijoat tiladi.
Ректор Государственной консерватории Узбекистана, профессор Камолиддин Уринбаев побеседовал со студентами, обучающимися в консерватории и являющимися победителями государственных стипендий, и вручил им сертификаты.
Ректор поздравил магистрантку первого курса по направлению “Музыковедение” Сабину Гимадиеву с государственной стипендией имени Алишера Навои и студентку 4-го курса по направлению “фортепиано” Ясмин Якубову с государственной стипендией имени Ислама Каримова и пожелал им удачи и успехов в научных и творческих исследованиях, энтузиазма и мужества в достижении новых высот.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o'tkazilgan Matbuot anjumani - ommaviy axborot vositalari nigohida
———
Пресс-конференция, проведённая в Государственной консерватории Узбекистана, глазами средств массовой информации
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - Musiqaning muhtasham maskani
Kultura.uz - Дружеская встреча в Консерватории: музыканты и журналисты нашли общий язык
Kultura.uz - Встреча с представителями СМИ, посвященная подготовке к празднованию 90-летнего юбилея Государственной консерватории Узбекистана, прошла очень плодотворно и открыла новые пути для укрепления творческих связей с прессой
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollari ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Kamoliddin Urinbayev ochib berib, ushbu Anjumanda ishtirok etayotgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollariga doimiy hamkorlik uchun o‘zining samimiy minnatdorligini bildirib o‘tdi.
Matbuot anjumani davomida Konservatoriyaning tashkil etilganiga 90 yil to‘lishi munosabati bilan 2025-2026-o‘quv yili davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tanlov va festivallar, konsert dasturlari, talaba-yoshlarni ijodkorligini rag‘batlantirishga qaratilgan turli loyihalar, madaniyat va san’at sohasini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar, shuningdek,
musiqashunoslik va musiqa tanqidi yo’nalishida musiqa jurnalistikasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlikni yanada rivojlantirish, musiqa san’atiga oid turli maqolalar va ma’lumotlarni xalqimizga sodda tilda yetkazish hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi hamda fikr almashindi.
В Государственной консерватории Узбекистана состоялась пресс-конференция с участием представителей средств массовой информации, блогеров и общественных активистов.
Открыл мероприятие ректор Государственной консерватории Узбекистана, профессор Камолиддин Уринбаев. Он выразил искреннюю благодарность всем представителям СМИ, журналистам, блогерам и активистам за сотрудничество.
В ходе пресс-конференции были обсуждены мероприятия, приуроченные к 90-летию со дня основания консерватории, которые планируется реализовать в течение 2025–2026 учебного года. Среди них: конкурсы и фестивали, концертные программы и разнообразные проекты, направленные на стимулирование творчества молодых музыкантов, инициативы по популяризации культуры и искусства среди общественности, особенно среди молодёжи.
Отдельное внимание было уделено вопросам дальнейшего развития сотрудничества в подготовке высококвалифицированных кадров в области музыкальной журналистики — музыковедения и музыкальной критики, созданию статей и материалов о музыкальном искусстве в доступной форме для широкой аудитории, а также укреплению взаимодействия со средствами массовой информации, блогерами и общественными активистами.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga Koreyaning Cheorvon shahri hokimi boshchiligidagi delegatsiya hamda Cheorwon Children’s Choir jamoasi a’zolari tashrif buyurdi.
Ularni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev kutib oldi va Kwon Yong-su (tuman meri), Kim Tae-woo (Madaniyat va sport bo‘limi boshlig‘i), Jang Mi-gyeong (xor jamoasi rahbari) va boshqa mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, madaniy tadbirlar va yangi loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va shu kabi boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Bu kabi uchrashuvlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga, sohaga doir yangi loyihalarni amaliyotga joriy etishga va bu borada tajriba almashish uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Государственную консерваторию Узбекистана с официальным визитом посетила делегация во главе с мэром города Чорвон (Республика Корея), а также участники детского хора Cheorwon Children’s Choir.
Гостей встретил ректор консерватории Камолиддин Уринбаев. На встрече, в которой приняли участие глава уезда Квон Ён-су, начальник отдела культуры и спорта Ким Тэ-у, руководитель хора Чан Ми-гён и другие ответственные лица, были обсуждены вопросы дальнейшего сотрудничества, проведение культурных мероприятий и новых проектов, обмен опытом и другие важные направления взаимодействия.
Подобные встречи способствуют выводу сотрудничества на существенно новый уровень, внедрению в практику новых проектов в сфере культуры и создают широкие возможности для обмена опытом.
Muhtaram do‘stlar, aziz hamkasblar!
Barchamiz uchun qadrli va ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami bilan tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etaman.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari va sa’y-harakatlari bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan qadamlar qo‘yildi. Fan, ta’lim, madaniyat, sport sohalari rivojining yangi davri boshlandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu sohalarda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda uning rivojiga hissa qo‘shayot har bir insonning mehnati har qachongidanda yuksak e’tirof etilmoqda. Buning misolini kuni kecha e’lon qilingan Farmonga muvofiq e’tirof etilganlar ijodkorlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Albatta, bu madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan ijodkorlarga yangi g‘ayrat va ilhom bag‘ishlaydi.
Aziz do‘stlar!
Qalblarimiz faxr va iftixorga to‘lgan bugungi bayram bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, sizga va sizlarning oila a’zolaringizga sog‘lik-omonlik, xonadoningizga fayzu-baraka tilayman.
Inson qadri va manfaatlari e’zozda bo‘lgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” olib borayotgan mehnat faoliyatingizda kuch, g‘ayrat va shijoat tilayman.
Hurmat bilan,
Kamoliddin Urinbayev
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori,
O‘zbekiston xalq artisti, professor.
___
Уважаемые друзья, дорогие коллеги!
Поздравляю вас с дорогим и великим для всех нас праздником — 34-й годовщиной Государственной Независимости Республики Узбекистан и выражаю вам свои самые искренние пожелания.
По инициативе и при усилиях Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на пути построения Нового Узбекистана были сделаны огромные шаги. Можно без преувеличения сказать, что начался новый этап развития науки, образования, культуры и спорта.
Сегодня труд каждого человека, работающего и вносящего вклад в развитие этих сфер, признаётся и ценится как никогда ранее. Ярким подтверждением этого стал недавно опубликованный Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении в связи с тридцать четвертой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации», которым были отмечены представители творческих профессий. Безусловно, это вдохновляет и придаёт новые силы представителям культуры и искусства.
Дорогие друзья!
Ещё раз поздравляю всех вас с этим праздником, наполняющим наши сердца гордостью и чувством величия, и желаю вам и вашим семьям здоровья, благополучия и достатка в домах.
На пути развития Нового Узбекистана, где в центре внимания находятся человек, его ценность и интересы, желаю вам сил, энергии и успехов в вашей трудовой деятельности во имя Родины, нации и народа.
С уважением,
Камолиддин Уринбаев
Ректор Государственной консерватории Узбекистана,
Народный артист Узбекистана, профессор