Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Transport nazorati inspeksiyasi

Uztransnazorat

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi
Veb sayt:
https://gov.uztn.uz
Murojaat uchun:
E-mail: devon@uztn.uz
E-xat: uztn@exat.uz
Korrupsiya holatlari bo`yicha xabar berish uchun telefon:
71-202-05-01 (515)

Subscribers
1 120
Post views
435
ER
38,84%
Posts
6 391
October 27, 14:38
Media unavailable
7
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani
qabul qildi.
Uchrashuvda AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar ham ishtirok etdi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
принял
американскую делегацию во главе со специальным посланником Президента США по Южной и Центральной Азии Серджио Гором. Во встрече также приняли участие заместитель Государственного секретаря Кристофер Ландау и другие официальные лица.
#Mirziyoyev
#qabul
#AQSh
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 14:38
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan
kengaytirilgan yig‘ilishda
joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.

На состоявшемся под председательством Президента Шавката Мирзиёева
расширенном совещании
рассмотрены ожидаемые результаты экономического развития в текущем году и основные макроэкономические показатели на 2026 год.
#Mirziyoyev
#yigilish
#iqtisodiyot
#byudjet
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 14:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzit ruxsatnomasiga taalluqli qarorni qabul qilish muddati qisqartirilmoqda
Qonun (O‘RQ–1090-son, 23.10.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰
Mazkur Qonun maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning
tranziti hajmini oshirishga
, aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy
asoslarini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
✔️
Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra,
tranzit ruxsatnomasini
berish to‘g‘risidagi yoki uni berishni rad etish haqidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran
yigirma kundan ortiq
bo‘lmagan muddatda qabul qilinishi belgilandi.
🔗
Qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish,
qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda
mazkur muddat
o‘n kungacha
uzaytirilishi mumkin.
❇️
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar maxsus vakolatli davlat organining harbiy, ixtisoslashtirilgan
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalaridan
, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tarkibiga kiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning tegishli
tuzilmalari hamda bo‘linmalaridan
iboratligi belgilandi.
📌
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

October 27, 14:18
Media unavailable
5
Show in Telegram

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
Nukus shahrida Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri P.Kayipbekov ishtirokida yuk va yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular duch kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ijobiy hal etishdan iborat bo‘ldi. Sayyor qabulda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli tuman va shaharlaridan kelgan yuk va yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar, transport korxonalari rahbarlari, xususiy tashuvchilar ishtirok etdi.
Inspeksiya boshlig`i tadbirkorlarning murojaatlarini diqqat bilan tinglab, har bir masala bo‘yicha aniq choralar belgilab o‘tdi. Soha faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish, tadbirkorlarning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish hamda davlat nazoratini raqamlashtirish lozimligi qayt etildi hamda bu borada boshlangan ijobiy ishlar muntazam davom etishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlari vakillari amaldagi qonunchilikka, tender hamda litsenziya talab va shartlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘z faoliyatini amalga oshirishga chaqirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur me’yorlarga amal qilish nafaqat soha barqarorligini ta’minlaydi, balki halol raqobat va sifatli xizmat ko‘rsatishga zamin yaratadi.
Sayyor qabul ochiq muloqot va samarali muhokama ruhida o‘tdi. Uchrashuv yakunida bir qator masalalar joyida hal etildi, tadbirkorlarning qonuniy talablarini qondirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

October 27, 10:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari uchun Xiva shahriga uyushtirilgan safar tafsilotlari "Yoshlar" telekanalining "Yangi Davr" informatsion dasturi orqali yoritildi.

#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

October 27, 10:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📞
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Transport nazorati inspeksiyasining korrupsiya
holatlari to‘g‘risida xabar berishga mo‘ljallangan
aloqa kanallari:
Telegram bot
@anticorruption_uztn_bot
📞
Ishonch telefoni
: 71-202-03-02(515)
Rasmiy veb saytdagi sahifa:
https://gov.uz/oz/uztn/anti-corruption
Elektron pochta manzili:
antikorrupsiya@uztn.uz
#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

October 27, 07:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning boshlangan ish haftasi har doimgidek muhim voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Bugun davlatimiz rahbari joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazadi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezidentimiz
AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor
boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston tarixiy tadbir –
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini
qabul qilmoqda. Prezidentimiz Samarqandga tashrif buyurib, ilk bor Parij shahridan tashqarida o‘tkazilayotgan anjumanning ochilishida ishtirok etadi, madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalaridagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari suradi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, joriy haftada mamlakatimizga
Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich
va
Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb
tashrif bilan keladi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Начавшаяся рабочая неделя Президента Шавката Мирзиёева, как и всегда, обещает быть насыщенной важными событиями.
Сегодня глава нашего государства проведет расширенное совещание, посвященное анализу ожидаемых результатов текущего года и обсуждению ключевых макроэкономических показателей, запланированных на 2026 год.
Во второй половине дня Президент примет делегацию во главе со
специальным посланником Президента США по Южной и Центральной Азии Серджио Гором.
Как известно, на этой неделе Узбекистан принимает историческое мероприятие –
43-ю сессию Генеральной конференции ЮНЕСКО
. Президент посетит Самарканд, где примет участие в церемонии открытия форума, который впервые проходит за пределами Парижа. В своем выступлении глава государства представит новые инициативы по укреплению международного сотрудничества в сферах культуры, науки и образования, а также проведет ряд двусторонних встреч.
Кроме того, в течение недели в Узбекистан с официальными визитами прибудут
Президент Республики Сербия Александр Вучич
и
Президент Республики Финляндия Александр Стубб
. В рамках саммитов состоятся переговоры на высшем уровне, на которых будут обсуждены актуальные вопросы дальнейшего расширения двустороннего сотрудничества.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 24, 11:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari uchun Xiva shahriga safar uyushtirildi. Tafsilotlar "O`zbekiston 24" telekanali nigohida.

#yangiliklar
🌐
gov.uztn.uz
|
✈️
Тelegram
|
📎
Facebook
|
🎞
YouTubе

October 21, 14:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔠
Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.
Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.
t.me/Rasmiy_axborot_official

October 21, 12:23
Media unavailable
7
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish masalalari yuzasidan
videoselektor yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось
видеоселекторное совещание
по вопросам ускоренного внедрения технологий искусственного интеллекта в государственном управлении, отраслях экономики и регионах.
#Mirziyoyev
#videoselektor
#IT
#suniyintellekt
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X